Ambivalentlik bir vaqtda qararna-qarshi hissiyotlarning namoyon bo‘lishi
Download 9.11 Kb.
|
2 5346219597496331223(1)
GLOSS ARIY AMBIVALENTLIK - bir vaqtda qararna-qarshi hissiyotlarning namoyon bo‘lishi ( masalan, kulgu va qayg‘u) GENEZIS - biror bir hodisa yoki narsa rivojlanishi jarayonining qonuniyatlarini aks ettiruvchi tushuncha. GENETIK METOD - psixik holatlarning paydo bo‘lishi va ularning quyidan yuqoriga qarab rivojlanish jarayonini o‘rganish usullari. GENETIK PSIXOLOGIYA - odam individual psixologik xususiyatlarining kelib chiqishi, ularning shakllanishida genotip va muhitning rolini o ‘rganadigan soha. GENIALLIK - shaxsning eng yuksak darajadagi ijodiyoti bilan o‘zini namoyon qilish hodisasi. DEPRESSIYA - tushkunlik kayfiyati; odamda intilishlarning susayishi, harakatlarning tormozlanishi bilan bogiiq ravishda yuzaga keladigan ruhiy holat. DETERMINIZM - tabiatdagi barcha narsalar, shu jumladan, psixik hodisalaming ro‘y berishi ob’ektiv sabablar va qonunlar bilan belgilanadi, degan qarash. DIALOG - ikki va undan ortiq kishilarning o‘zaro og‘zaki gaplashishi. DIN PSIXOLOGIYASI diniy ong, his-tuyg‘ular kabi fenomenlarning ijtimoiy-psixologik omillarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘i. YOSH - individning ma’lum aniq vaqtda belgilangan psixik taraqqiyotining bosqichi. YOSH PSIXOLOGIYASI - psixologiya fani tarmoqlaridan bo‘lib, turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlarini va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi. YOSH DAVRI NIZOLARI - o ‘ziga xos, uncha uzoqqa cho‘zilmaydigan ontogenez davrlari bo‘lib, bu vaqtda keskin psixik o‘zgarishlar ro‘y beradi. JAMOA - maqsadlari jamiyat maqsadiga mos keladigan umumiy faoliyat bilan birlashgan odamlar guruhi. ZAVQLANISIi - muvaffaqiyatli biror bir ijodiy ishni ko‘rish, eshitish, sezish orqali paydo boMadigan psixik holat. IDEAL -■ biror narsaning namunasi, ayrim odam yoki guruh xattiharakatlari va intilishini belgilovchn oliy maqsad. IDENTIFIKATSIYA - shaxsning o ‘zini o ‘zga odam bilan emotsional va boshqa tomondan tenglashtirishi. IDEOMOTOR АКТ - muskullar harakati haqidagi tasavvurlarning real harakatlarga ta’siri. IDROK - sezgi a’zolariga ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning bevosita yaxlitligacha aks ettirilish jarayoni. IDROKNING KONSTANTALIGI - idrok sharoiti o‘zgarsa~da, idrok qilishdan hosil bo‘lgan narsalar (ularnnng shakli, rangi, hajmi) idrok etilishining nisbatan o ‘zgarmasligi, turg‘unlik hoiati. Download 9.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling