Amerika iqtisodiyoti


Download 498.21 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi498.21 Kb.
#1611709
Bog'liq
Amerika iqtisodiyoti. Ismoilov Ja\'farbek

Toshkent moliya instituti sirtqi ta’lim shakli Xalqaro valuta-kredit munosabatlari yo’nalishi 70/22-guruh talabasi Ismoilov Ja’farbekning Xalqaro Iqtisod fanidan tayorlagan taqdimoti


Topshirdi: Ismoilov Ja’farbek

Amerika iqtisodiyoti

Amerika Qoʻshma Shtatlari, Qoʻshma Shtatlar yoki shunchaki Amerika Shimoliy Amerikadagi mamlakatdir. Poytaxti — Vashington shahri, Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzosi. AQSh sharqdan Atlantika, gʻarbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan. 

  • Amerika Qoʻshma Shtatlari, Qoʻshma Shtatlar yoki shunchaki Amerika Shimoliy Amerikadagi mamlakatdir. Poytaxti — Vashington shahri, Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzosi. AQSh sharqdan Atlantika, gʻarbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan. 
  • Pul birligi: AQSh dollari
  • Aholi jon boshiga YaIM: 69 287,54 USD (2021) Jahon banki
  • Ishsizlik darajasi: 3,5% (sen, 2022)
  • YaIM oʻsish koʻrsatkichi: 5,7%
  • Internetga ulanganlar soni: 90,9%
  • Yalpi ichki mahsulot (YIM) – maʼlum bir yildagi mamlakatning barcha tayyor mahsulot va xizmatlarning bozor qiymati. Mamlakatlar iqtisodiyoti hajmi moliya va statistika institutlarining bozor yoki davlat rasmiy kurslari boʻyicha hisoblanadigan YIMning nominal baholari boʻyicha saralanadi.
  • Amerika Qoʻshma Shtatlari jahondagi eng yirik iqtisodiyotga ega davlat hisoblanib, ushbu davlatning 2019-yildagi yalpi ichki mahsuloti $21,439 milliard hisoblanadi.

Iqtisodi

  • Xoʻjaligi
  • AQSh — dunyoda iqtisodiy jihatdan eng yuksak darajada rivojlangan mamlakat. Yalpi milliy mahsulot, sanoat va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish hajmi, tovar va kapital eksport qilish, ishlab chiqarishning tuplanish va markazlashuvi, ilmiy tadqiqotlarga sarf-xarajat va sh.k. boʻyicha 1-oʻrinda turadi. Butun dunyodagi sanoat ishlab chiqarishning uchdan bir qismi AQSh ulushiga toʻgʻri keladi. Xalqaro boshqaruv taraqqiyoti instituti oʻtkazgan tadqiqot maʼlumotlariga koʻra, 1994-96-yillarda iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan yetakchi davlatlar oʻrtasida ham AQSh birinchi oʻrinda turibdi.

Qishloq xoʻjaligi

  • Qishloq xoʻjaligi
  • AQSh milliy daromadining 8 % dan koʻprogʻi qishloq xoʻjaligida hosil qilinadi. Yirik fermalar yetakchi rol oʻynaydi. Umuman qishloq xoʻjaligi sermahsul va sertovar boʻlib, muayyan hududlar ayrim mahsulot turlariga ixtisoslashgan va markazlashgan. Mamlakatda 2 mln.ga yaqin fermer xoʻjaligi bor, bir fermer xoʻjaligi oʻrta hisobda 190 ga yerda dehqonchilik qiladi. Mehnatga yaroqdi aholining 2,5 % qishloq xoʻjaligida band. AQShda asosan makkajoʻxori, soya, paxta, tamaki, sholi, kartoshka, kungaboqar, qand lavlagi, shakarqamish va boshqa ekiladi. Bugʻdoyzorlar („bugʻdoy mintaqasi“) Buyuk tekisliklar va Kolumbiya platosida (asosan Kanzas va Shimoliy Dakota shtatlari), makkajoʻxori („makkajoʻxori mintaqasi“) Buyuk koʻllarning janubiy va gʻarbida (Ayova, Illinoys shtatlari) ustunlik qiladi, paxtazorlar faqat Missisipi daryosi vodiysi hamda Texas, Arizona va Kaliforniya shtatlarida uchraydi. Qand lavlagi, shakarqamish Missisipi daryosi etaklarida va Gavayi orollarida, tamaki Shimoliy Karolina, Virginiya va Kentukki shtatlarida yetishtiriladi. Bogʻdorchilik va polizchilik Kaliforniya, Floridada, Atlantika okeani va Buyuk koʻllar sohillarida koʻproq. Keng choʻllar va „makkajoʻxori mintaqasi“ shtatlarida goʻshtbop chorvachilik, shimoli-sharqda va Kaliforniyada sut chorvachiligi rivojlangan. Minnesota va Viskonsin shtatlarida sutning koʻp qismi qayta ishlanib, pishloq va sariyogʻ ishlab chiqariladi. Qoʻychilik asosan qurgʻoqchil togʻli shtatlarda rivojlangan. Goʻshtbop joʻja (broyler), tovuq, kurka yetishtirishga katta ahamiyat beriladi. Tuxum koʻproq janubi-sharqiy shtatlardagi yirik parrandachilik fab-rikalarida yetishtiriladi. AQShda 102 mln. bosh qoramol, 51 mln. bosh choʻchqa, 10 mln. bosh qoʻy bor. Baliq ovlash rivojlangan. Hamma turdagi yogʻoch tayyorlanadi.

Tashqi savdosi

  • Tashqi savdosi
  • Dunyoning turli mamlakatlariga bevosita mablagʻ sarflash koʻpayib bormoqda. Eksportda ham, importda ham tayyor mahsulot ustun. AQShdan sanoat va energetika mashina-uskunalari, transport vositalari, kimyo tovarlari, toʻqimachilik va qogʻoz mahsulotlari, koʻmir, oziq-ovqat va yembop don, soya, paxta, tamaki va boshqa mahsulotlar chiqariladi; neft va neft mahsulotlari, ruda va metall, sanoat mashina-uskunalari, uzoq muddat foydalaniladigan roʻzgʻor anjomlari, kiyim-kechak, poyabzal, yogʻoch, qogʻoz, baliq, goʻsht, qand-shakar, kofe va boshqa keltiriladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari — Kanada, Yaponiya, Meksika, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari. Pul birligi — Amerika dollari.

E’tiboringiz uchun rahmat !

  • E’tiboringiz uchun rahmat !

Download 498.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling