Shimoliy Amerika kurortlarining asosiy turi — balneologik tipda. Ular barcha shtatlarda mavjud bo‘lib, AQSHning markaziy qismida Arkanzas shtatida joylashgan Xot—Springs, Xiber-Springs, Mammot — Springs kurortlari o‘zining mineral suvlari bilan mashhur. Nyu-York shahri chekkasidagi Long-Bich, Atlantika okeani qirg‘og‘idagi Xatteras, Shimoliy Karolina, Floridadagi Mayami—Bich, Kaliforniyadagi San-Diyego va Santa-Kruz dengiz bo‘yi iqlim kurortlarida dam olishga talab katta. Ko‘l bo‘yi kurortlari ham mashhur. Ko‘pchilik amerikaliklar dam olish va davolanish uchun Markaziy Amerika, Barbados, Kuba va Bagam orollarini ma’qul ko‘rishsa-da, bu ko‘lbo‘yi kurortlari ham doimo gavjum.
Do'stlaringiz bilan baham: |