Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.
Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat tarkibiga 19 ta departament kiradi. Urugvay Braziliyadan 1828-yil 25-avgustda
mustaqillikka erishadi. Shu sana milliy bay ram — Mustaqillik kuni hisoblanadi. Davlat va hukumat boshlig‘i — prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Senat (yuqori palata) va Vakillar palatasi (quyi palata) dan iborat Bosh Assambleya amalga oshiradi. Yirik siyosiy partiyalari: Milliy partiya (Blanko), Kolorado partiyasi, Xiristian-demokratik partiya, Urugvay sotsialistik partiyasi, Urugvay kommunistik partiyasi.
Venesuela davlatining bayrog’i
Venesuela davlatining bayrog’i
Venesuela davlatining jaxon siyosiy xaritasida joylashuvi
Venesuela
Geografik joylaskuvi va tabiati.
Janubiy Amerikadagi davlat. Janubda — Braziliya, g‘arbda va
janubi g‘arbda — Kolumbiya, sharqda Gayana davlatlari
bilan chegaradosh. Shimoliy qirg‘oqlari Karib dengizi va
Atlantika okeani bilan tutashgan. Mamlakatning shimoli va shimoli g‘arbida Karib Andlari tog‘ zanjirining Siyerra-de-Perixa, Kordilyera-de-Merida tizmalari joylashgan. Venesuelaning eng yuqori nuqtasi — Bolivar cho‘qqisi (5007 m). Mamlakat markazida Orinoko pastligi, janubi sharqda Gviana tekis tog‘liklari joylashgan. Tog‘ tizmalari orasida botiqlar va cho‘kmalar ko‘p bo‘lib, u yerlarda ko‘llar hosil bo‘lgan. Yirik ko‘llari — Marakaybo va Valensiya.
Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari.
Davlat va hukumat boshlig‘i — prezident. Ijro etuvchi hokimiyat Ministrlar Kengashiga ham tegishlidir. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — ikki palatali, Senat va Deputatlar palatasidan tashkil topgan — Milliy Kongressdan iborat. Наг bir shtatning o‘z qonun chiqaruvchi yig‘ini mavjud. Venesuela — respublika, 22 ta shtatga bo‘lingan. Siyosiy partiyalari: Demokratik faoliyat, Sotsial-xristian partiyasi, Milliy birdamlik.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |