Аmerikaning buyuk yozuvchilaridan biri Ernst Xemingueyning «Insonni yo‘q qilish mumkin, ammo uni yengib bo‘lmaydi»,- degan ajoyib gapi bor. Bu fikr meni ko‘p o‘ylantiradi. Nima uchun insonni yengish qiyin
Download 17.3 Kb.
|
1. El yurt umidi insho
Xorijda ta’lim olishdan ko‘zlangan maqsad va ta’lim olish tugagach olingan bilimlarni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari haqida insho Аmerikaning buyuk yozuvchilaridan biri Ernst Xemingueyning «Insonni yo‘q qilish mumkin, ammo uni yengib bo‘lmaydi»,– degan ajoyib gapi bor. Bu fikr meni ko‘p o‘ylantiradi. Nima uchun insonni yengish qiyin? Juda yosh bo‘lsam ham, o‘zimcha uning javobini topdim, chunki unda maqsad bor. Shu maqsad insonni yashashga, oldinga intilishga undaydi, unga kuch-quvvat, sabr-toqat bag‘ishlaydi. Dunyoning turli mintaqalarida qirg‘inbarot urushlar ketayotgan, insonlar bir-biriga qurol o‘qtalib turgan zamonimizda yana shuni tushunib yetdimki, maqsad ham ham ikki xil bo‘lar ekan. Biri ezgulikka, yaxshi ishlarga xizmat qiladigan maqsad, ikkinchisi yovuzlik yo‘lida ko‘zlangan maqsad. Men birinchisini tanladim. Men o‘sgan muhit, o‘zbeklarning ota-bobolari ko‘p bosqinlarga duch kelishgan. Shu bois, tinchlikni, osoyishtalikni, insonlarning bir-biri bilan do‘st, inoq bo‘lib yashashini xohlashadi. Men ham shunday turmushni yaxshi ko‘raman va uni yanada boyitishni, atrofimdagi insonlarga yaqindan yordam berishni istayman. Ularga qanday yordam berishim mumkin? Yagona tanlagan yo‘lim informatika sohasi bo‘lib turibdi. Mening hamyurtlarim, butun O‘zbekiston ahlini qiynayotgan masala bu – raqamlashtirish, elektron xizmat ko‘rsatish, AT sohasini jadal rivojlantirishga hissa qo‘shish ekan. Garchi, zamonaviy axborot texnologiyalarining shakllanishi va taraqqiyoti buyuk vatandoshimiz Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan bog‘lansa-da, AT sohasida mamlakatimizda nufuzli markazlar yo‘q. Holbuki, axborot texnologiyalari insonlarning mushkulini oson qiladi, vaqtini tejaydi. O‘zbekistonda elektron Hukumat yo‘lga qo‘yilgan, bank xizmatlari, to‘lov tizimlari, taʼlimni baholash elektron shaklga o‘tkazilgan. Аmmo, bular yetarli emas. Odamlarning dunyoqarashini o‘zgartirish, shu soha bo‘yicha malakali kadrlar yetishtirish kerak. Yoshligimda ota-onam mendagi qiziqishni ko‘rib moddiy va maʼnaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashdi. Menga noutbuk olib berishdi. Kompyuter orqali men yangi dunyoni kashf etdim. Аyrim yoshlarga o‘xshab ko‘ngilochar o‘yinlarga kirmadim, dunyo bo‘ylab tarqalayotgan informatsiyalarning 80 foizini qamrab olgan ingliz tilini puxta o‘rganishga kirishdim. Hozir shu tilda ravon so‘zlasha olaman. U orqali maktab davrida informatika fani o‘qituvchilari yordamida o‘zlashtirgan dasturlash bo‘yicha bilimlarimni yanada mustahkamlash, dunyo tajribasini o‘zlashtirish va shu bilimim, malakam bilan kelgusida hamyurtlarimning og‘irini yengil qilish, ularning bir koriga yarash istagidaman. Dasturlash, kiber xavfsizlik, sunʼiy intellekt kabi tushunchalar mening xayolimni band etgan. Kelajakda ularni chuqur o‘rganib ona yurtimga zamonaviy tizimlarni olib kelmoqchiman, O‘zbekistonda dasturchilar jamoasini tuzmoqchiman. Men hozirda Frontend dasturchisiman va bu dasturlash sohasida 2 yildan ortiq tajribam bor. Bir nechta chet el kompaniyalarida Freelancer bo‘lib ishlaganman. Men faqatgina dasturlashni ushbu yo‘nalishi bilan cheklanib qolish niyatim yo‘qligi tufayli Amerikaning nufuzli universitetlarida bilim va tajriba orttirib, O‘zbekiston yoshlari dasturlash sohasiga qadam qo‘yishiga sababchi bo‘lmoqchiman. Men tanlagan universitet dunyo reytingida nufuzli 300 ta universitetlar qatorida joy egallagan va mening sohamda kuchli kadrlar yetishtirib chiqargan. Men ushbu universitetda Axborot texnologialarini yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olmoqchiman. 4 yil davomida men Suniy intellekt, Kiber xavfsizligi (Cyber security) va Web development yo‘nalishlarida tajriba orttiraman. Universitetni bitirgandan so‘ng, O‘zbekistonning birinchi navbatda Kiber xavfsizligini yuqori darajada taminlamoqchiman va albatta, Sun’iy intellekt sohasini O‘zbekistonga olib kirmoqchiman. Men xalqimizga qulaylik sifatida savdo tizimini yanada yaxshilangan va xavfsizlik jihatdan kuchli qilib elektron shaklga o‘tkazmoqchiman. O‘zbekistonda boshqa mamlakatlarga nisbatan yirik IT korxonalari mavjud emas, ammo bir necha IT muassasalari faoliyat yuritmoqda. Ulardan ko‘pchiligi xalqaro IT kompaniyalarning fililarlari hisoblanadi. Men kelajakda O‘zbekistonda ham yirik IT kompaniyalar qurib, dasturchilarni ish bilan taminlamoqchiman va bu orqali yoshlar o‘z tajribasini oshira oladi va O‘zbekistonda turib o‘z kelajagini qura oladi. Shuningdek, O‘zbekistonda IT sohasi rivojlanishi uchun bir nechta ilmiy-tadqiqot markazlari qurishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘yganman. Bu markazlarda, dasturchilik sohasidagi so‘nggi yangiliklar, innovatsion loyihalar, yangi dasturlash tillarini o‘rganish imkoniyatlar yaratib bermoqchiman. Zero, bu mening Vatanim va ona xalqim oldidagi farzandlik burchimdir. Download 17.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling