Arxitekturasi
Madrasa bir qavatli, murabba tarxli (33×30 metr), masjid, darsxona va hujralardan iborat. Peshtogʻi chuqur ravoqli. Oʻrtada miyonsaroy, 2 yonida masjid va darsxona (8×4,6 metr), burchaklarida guldasta joylashgan. Miyonsaroy toʻridagi eshikdan hovliga chiqiladi. Hovlining (15x13 metr) 2 yonida 8 ta hujra boʻlib, uning 4 tasi murabba tarhli, tomi qubbali. Bizgacha Ulugʻbek madrasasining bosh tarzi (XV asr), unga tutashgan ayvon va minora saqlangan. Bosh tarzida Ulugʻbek nomi va qurilgan sanasi yozilgan. Madrasaning gʻarbida shayx Abduxoliq Gʻijduvoniy qabri joylashgan. Bosh tarzi peshtogʻi yoniga ustunli, tekis tomli ayvon (bostirma) qurilib, ichi koshin bilan bezatilgan, peshtoq yonlaridagi xujralarga bosh tarzidan kiriladigan eshik, tobadonlarga ganchkori panjaralar oʻrnatilgan. Serhasham naqshinkori bezaklari tiklangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |