Atamalar
Aminlar- ammiakdagi vodorod atomlarining organik radikallariga almashishidan hosil bo`lgan birikmalardir.
Aromatik aminlar-benzol halqasidagi vodorod atomi o`rniga aminoguruh yoki ammiakdagi vodorod atomlari o`rniga fenil (C6H5) o`rin almashgan moddalarga aytiladi.
Proteinogen aminlar-organizmda hosil bo`ladigan azotli organik birikmalardir.
4.Diaminlar-bular molekulasida ikkita aminoguruhi bo`lgan -NH2organik birikmalardir.
5.Alifatik aminlar-ammiak yoki ammoniy gidroksidning bitta yoki bir nechta vodorod atomlari uglevod radikallariga almashinishi natijasida hosil bo`ladigan organik birikmalardir.
6. Birlamchi aminlar-molekulasi tarkibida bitta uglevodorod radikali mavjud bo`lgan amin.
7. Metilamin-ammiak hidli gazsimonmodda suvda yaxshi eriydi. Ba`zi o`simliklar organizimida uchraydi.
8.Dimetilamin-ammiak hidli gazsimon modda, suvda yaxshi eriydi,oqsil moddalar chiriganidan hosil bo`ladi.
9. Trimetilamin-konsentrlangan holda ammiak hidli suyultirilganholda sasigan baliq hidli gazsimon modda, suvda yaxshi eriydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |