Aminokislotalar Subtitle here
Struktura - yon radikal zanjirning tuzilishi bo`yicha
Download 0.88 Mb.
|
Aminokislotalar 0
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- 4.Mustaqimov G.D. O`simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. T. 1995
1. Struktura - yon radikal zanjirning tuzilishi bo`yicha;
2. Elektokimyoviy – aminokislotalarning kislota-ishqoriy xossalari bo`yicha; Aminokislotalar zaryadi 0 ga teng bo`lgan holat izoelektrik holat deb aytiladi. Aminokislotalarning elektr maydonida anodga ham katodga ham harakatlanmaydigan pH qiymati izoelektrik nuqta deb ataladi va pHi bilan belgilanadi.Izoelektrik nuqta aminokislotalardagi turli guruhlarning kislota-ishqoriy xususiyatlarini aniq namoyon qiladi va aminokislotani xarakterlaydigan eng muhim konstanta hisoblanadi. Aminokislotalarning fazodagi strukturasi asosida ularni ikki qatorga ajratish biologik ahamiyatga ega. Oqsillar tarkibiga faqat L-aminokislotalar kiradi. Lekin organizmdan ba’zi bir D- aminokislotalar ham ajratib olingan. Ayrim D- aminokislotalar erkin holda va bakteriya hujayrasining pardasida (sibir yarasi, kartoshka va pichan tayoqchasida) va mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqarilgan antibiotiklarda uchraydi.Tabiatda 300 ga yaqin aminokislotalar uchraydi. Ularning yarmidan ortig`i, umuman oqsillar tarkibiga kirmaydi, qolgan yarmisining ko`p qismi ham faqat ayrim organizmlarda, ba’zilari alohida oqsillar va peptidlar tarkibida bo`ladi.
Masalan, ornitin va sitrullin arginin proteinogen aminokislotasi hosil bo`lishida oraliq mahsulot hisoblanadi va siydikchil sintezida ishtirok etadi; gamma-aminomoy kislota ham erkin holda uchraydi va nerv impulslarining o`tkazilishida mediator vazifasini o`taydi; beta-alanin esa vitamin-pantotenat kislotaning tarkibiga kiradi.Foydalanilgan adabiyotlar:1. Pleshkov B.P. Bioximiya selskoxozyaystvennx rasteniy. M. “Kolos” 1969 g.2. Lebedov S.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1988 g.3. Yakushkina N.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1980 g.4.Mustaqimov G.D. O`simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. T. 19954. Xo`jaev J. X O`simliklar fiziologiyasi Toshkent “Mexnat” 20045. Rubin B.A. Kurs fiziologii rasteniy. M. 1976 g.Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling