Aminokislotalarni ishlab chiqarish usullari


 Oqsil gidrolizatlaridan aminokislotalar ajratib olish


Download 220.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi220.97 Kb.
#1586402
1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja Aminokislotalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishning is

 
3. Oqsil gidrolizatlaridan aminokislotalar ajratib olish 
Aminokislotalarni toza holda ajratib olishning yana bir xili, ba`zi tabiiy 
oqsillarni kislotali, ishqoriy va fermentativ gidrolizlash hisoblanadi. Bu tabiiy 
manbalar sifatida go`sht sanoatining chiqindilari, sut kazeini, bug`doy kleykovinasi 
va boshqalardan foydalanish mumkin bo`ladi. Lekin bu uslubning qator kamchiliklari 
mavjud, ular aminokislotalarni ko`p tonnali hajmda ajratib olishga yo`l qo`ymaydi. 
Bu kamchiliklarning muhimlaridan biri manba xizmatini o`tovchi xom-ashyoning 
miqdoriy 
jihatdan 
cheklanganligi 
va 
uning 
nostandartligi, 
shuningdek 
aminokislotalarni ajratish va tozalash bilan bog`liq bo`lgan ko`p bosqichli kimyoviy 
ishlovlarni talab qilinishi hisoblanadi. 
Bundan tashqari gidroliz uchun mineral agentlardan foydalanganda ko`p 
qimmatli aminokitslotalar: triptofan, treonin, sistein, serinlar parchalanib ketishi, 
proteolitik fermentlardan foydalanish esa, peptid bog`larni to`liq parchalanishini 
ta`minlamasligi, ish unumini ancha pasaytiradi. 
 
4. Mikrobiologik uslubda aminokislotalar ajratib olish 
Bugungi kunda aminokislotalarni ajratib olinishini hamma uslublari orasida 
mikrobiologik uslubga ko`proq e`tibor beriladi. Bu uslubning ustunligi shundaki, 
unda kimyoviy biosintez uchun xos bo`lgan kamchiliklar uchramaydi va ajratib 
olinadigan aminokislotalar biologik faol, ya`ni L-shaklda olinadi. Bu narsa 
chorvachilik uchun yem-oziqa tarkibiga qo`shib beriladigan texnik preparatni 
ajratish va tozalash imkonini beradi. Aminokislotalarni L-shaklini sanoat miqyosida 
ishlab chiqarishni tashkil qilish ikki xil texnik sxema asosida amalga oshirilishi 
mumkin. Ular bir biridan asosan mikrob o`stirilgan suyuqlikni olish bosqichlari bilan 


farqlanadi. Birinchi xili bo`yicha mikrob o`stiriladgan suyuqlikni ikki bosqichda (ikki 
bosqichli uslubda) olinsa, ikkinchisi bir bosqichda (bir bosqichli uslubda) olinadi. 
Ikki bosqichli uslubda olinishi lozim bo`lgan aminokislotani mikrob hujayralarida, 
uni sintezlanishi uchun xizmat qiladigan eng arzon turadigan manbalardan 
foydalanishni nazarda tutadi. Bu o`rinda manba sifatida xizmat qiladigan moddani 
hosil qilish va uni keyingi bosqich uchun tayyorlash jarayonning birinchi bosqichi 
hisoblanadi. Bu bosqichga ferment preparatini (odatda mikrob tabiatli) biosintezi ham 
kiradi, hamda bu ferment manba sifatida xizmat qiladigan moddani maqsadli ravishda 
tegishli 
aminokislotagacha 
transformatsiyalaydi. 
Bunda 
sanoat 
miqyosida 
fermentlarning produsenti (mikroorganizmlar biomassasi) ni o`stiriladi. Biomassani 
mikrob o`stirilgan suyuqlikdan ajratiladi va bevosita transformatsiya uchun 
foydalaniladi yoki imkoniyat chegarasidagi har xil uslublar (mexanik, fizik-
kimyoviy, kimyoviy) vositalar yordamida hujayralarni shikastlantirgandan so`ng 
foydalaniladi 
Ikkinchi bosqichda esa, birinchi bosqichda mikroorganizm tomonidan ishlab 
chiqarilgan ferment tizimidan foydalanib, aminokislotani sintezlanishi uchun xizmat 
qiluvchi moddani aminokislotagacha transformatsiyalanadi. 

Download 220.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling