Aminova dildor xolmuroodovna qishloq xo’jalik fanlari falsafa doktori.


Download 1.91 Mb.
Sana11.09.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1675430
Bog'liq
Aminova D


AMINOVA DILDOR XOLMUROODOVNA qishloq xo’jalik fanlari
falsafa doktori. (Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti)


Dildor Aminova 1972-yil 7-noyabrda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida dunyoga kelgan. Oliy ma’lumotli. 1995-yilda Toshkent Dvlat
Universitetini Agrokimyo va Tuproqshunoslik fakultetini tamomlagan.
1995-yilda dastlab Koson tumanining 38-maktab o’qituvchi, 2004-yilda Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi “Dildor Xolmurod qizi” biolabaratoriyasi
mudiri, 2010-yida Qashqadaryo viloyat O’simliklarni himoya qilish markazi Koson tumani otryad boshlig’i, 2016-yildan O’simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti mustaqil tadqiqotchisi, Xalq deputatlari tuman kengashi bo’libfaoliyat olib borgan. O’zbekiston Adolat Sotsial demokratik partiyasi a’zosi. Aminova Dildor Xolmurodovnaning falsafa doktori dissertatsiya ishi ishi mavzusi O’simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti, ilmiy kengashining 2017-yi 23-fevral 4-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
Dissertatsiya ishi mavzusi O’zbekiston Respublikasi OAK byulletinining 2018-yil 3-sonida chop etilgan. 2019-yil Toshkent Davlat Agrar Universitetida “G’o’zani biologik usulda himoya qilish samaradorligini oshirishning ilmiy asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2020-yilda Qashqadaryo viloyat agrokimyo-himoya hududiy aksiyadorlik jamiyati maslahatchisi, 2021-yil QarshiDavlat Universiteti agrokimyo va ekologiya kafdrasi kata o’qituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda.
2022-yil Janubiy Dehqonchilik Ilmiy Tadqiqot instituti “O’simliklarni himoya qilish” labaratoriyasi mudiri faoliyatini ham yuritib kelmoqda. 100 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 1 ta darslik, 6 ta o’quv qo’llanma, 3 ta monografiya, 4 ta risola, 14 ta ma’ruzalar matni, 5 ta o’quvuslubiy qo’llanma, ko’rsatmalar, 20 ga yaqin xalqaro anjuman ma’ruzalari, 2 ta grand (loyiha) muallifidir. Ilmiy maqolalari Rossiya, Germaniya, Belorussiya, Qozog’iston va boshqa ko’plab xorijiy mamlakatlarning ilmiy jurnalarida chop etilgan. Uning ilmiy rahbarligida 4 ta magistr va 2 ta fan nomzodlari tayyorlandi.
Doktor D.X.Aminova 2015-yil O’zbekiston Respublikai Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tashakkurnomasi, 2016-yil Qishloq xo’jalik markazi tomonidan tashkil etilgan tanlov g’olibi, 2016-yil “Yil ayoli” milliy tanlovi Respublika bosqichi g’olibi, 2017-yil “Oilaviy tadbirkorlikda mustahkam oilaga” tanlovi faol ishtirokchisi, 2018-yil 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tanlov faol ishtirokchisi kabi tadbirlar ishtiroki uchun munosib taqdirlangan.
Aminova D.X. tomonidan ilmiy izlanishlariga muvofiq “Qishloq xo’jalik ekinlarining asosiy zararkunanda va kasalliklari rivojlanishi va tarqalishini avtomatlashtirilgan prognozlashtirish va axborot tizimlarini ishlab chiqish” (2006-2008yy.), “O’simliklarni himoya qilishda axborot texnologiyalari tizimini yaratish; tashxislash, prognozlashtirish, rejalashtirish, boshqarish” (2009-2011 yy.), “Qishloq xo’jalik ekinlari va avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish” (2015-2017 yy.) amaliy loyihalarni amalga oshirgan.
Aminova D.X. g’o’zani ko’sak qurti (g’o’za to’nlami) dan biologik usulda himoya qilish samaradorligini oshirishda zararkunandalarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va tarqalishini prognozlashtirishning avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanish, uning asosida biologic, mikrobiologik himoya tadbirlarini ishlab chiqgan.
Aminova D.X. tomonidan dala sharoitida yetishtirilayotgan g’o’za va uning asosiy zararkunandasi g’o’za tunlamining holatini prognozlashtirish va nazorat qilish natijalari batafsil tahlil qilinib, ularga qarshi biologik usulda kurash olib borishda prognozlashtirishning avtomatlashtirilgan tizimidan va iqtisodiy tahlil usullaridan foydalanish tavsiya etilgan.
Shuningdek, olimaning tadqiqotlari asosida g‘o‘za tunlami nufuzini monitoring va prognozlashtirish tizimini qo’llanilishi o’simliklarni himoya qilish mutaxasislarga kurash usullarini va muddatlarini belgilovchi ilmiy asos bo’lib xizmat qilmoqda. Unda ekinlarni o’z vaqtida himoyalashga va unga ishlov berish sonini kamaytirishga imkon yaratilgan.
Olima olib brogan tadqiqotlarda g’o’zaning asosiy zararkunandasi g’o’za to’nlamiga qarshi biologik kurash usulini qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida qo’llash bo’yicha o’tkazilayotgan himoya tadbirlarining iqtisodiy va biologic samaradorliklari bilan asoslangan.
Aminova D.X o‘zining ilmiy faoliyati davomida 10 dan ortiq fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarga rahbarlik qilib, izlanishlari natijasida ilk bor avtomatlashtirilgan prognozlashtirish tizimini joriy etish bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan. Bu ishlab chiqilgan meyoriy talablar asosida Respublikamiz qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘llanilib kelinmoqda. Tadqiqotlardan olingan natijalar asosida turli darajadagi ilmiy seminarlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Hozirgi kundagi ilmiy izlanishlariga muvofiq dala sharoitida agrar soxada axborot texnologiyalaridan foydalanish qishloq xo‘jaligi ekinlari xususan g‘o‘za ekini hosildorligini oshirishga, ularni yetishtirish harajatlarini kamaytirish, zararkunanda va kasalliklar keltiradigan zarar miqdorini qisqartirishga imkon yaratildi. G‘o‘zaning asosiy zararkunandasi ko‘sak qurtining pushtdorligini feromon tutqichga tushgan kapalaklar soniga qarab aniqlashning matematik modeli ishlab chiqildi va sinovdan o‘tkazildi. Ushbu model yordamida ko‘sak qurti zichligini (sonini) aniqlash mumkinligi asoslandi, hamda ko‘sak qurti zararkunandasiga qarshi feromon tutqichlarni g‘o‘za maydonlariga optimal joylashtirish va ular sonini avvaldan prognozlashtirish kabi dolzarb masalalarni hal qilish imkoniyati yaratildi.
D.X.Aminovaning ilmiy faoliyati keng qirrali bo‘lib, g‘o‘zaning rivojlanish fazalari va g‘o‘za tunlamining avlodlari rivojlanishini foydali haroratlar yig‘indisiga bog‘liqligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish natijasida biologik kurashning optimal muddatlarini aniqlash hamda uning samaradorligini oshirish mumkinligini ko‘rsatib bergan.
Olimaning soha muammolarini hal etishga bag‘ishlangan 200 dan ortiq nazariy va ilmiy-ommabop maqolalari mahalliy va xalqaro nashrlarda chop etilgan. Jumladan, 3 ta monografiya hamda 6 ta tavsiyanoma chop etilgan. Xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan qatnashib kelmoqda.
Bugungi kunda ilmiy faoliyati davomida ustoz rahbarligida 9 nafar qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), bir nafar qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc) faoliyat olib borishmoqda. Hozirda 1 nafar mustaqil tadqiqotchi (PhD), ikki nafar magistrga rahbarlik qilmoqda. “For Joining Editorial Board of the "European Journal of Agricultural and Rural Education”, “Ta’lim fidoyilari” ilmiy-uslubiy respublika jurnallarida tahririyat a’zosi vazifasida ham faoliyat olib bormoqda.
Respublikamizning turli viloyatlaridagi fermer xo‘jaliklarida g‘o‘za zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash bo’yicha semenar treninglar o’tkazib, fermer xo‘jaliklarida g‘o‘za agrotexnikasini, kasallik va zarkunandalarga qarshi kurash choralarini to‘g‘ri o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berib kelmoqda.
Aminova D.X institutda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini kuchaytirish, yosh olima ayollarni qo‘llab-quvvatlash va bugungi kungacha erishgan yutuqlarini ishlab chiqarishga, davlatimiz ravnaqini yanada yuksaltirishga o‘z hissalarini qo‘shayotganligini ko‘rsata olish imkoniyatini yaratishda yosh olimalarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib kelmoqda.
Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling