Amir Nasrulloh Nasrulla, Nasrullaxon, Amir Nasrulloh, Amir


Download 442.62 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.05.2023
Hajmi442.62 Kb.
#1462254
Bog'liq
Amir Nasrulloh - Vikipediya



Amir Nasrulloh
Nasrulloh (Nasrulla, Nasrullaxon, Amir Nasrulloh, Amir
Sayyid Nasrulloh, Amir Sayyid Nasrulloh Bahodirxon) (1806-
yil 1-iyun, Buxoro, 
Buxoro amirligi
— 1860-yil 21-sentyabr,
Buxoro, Buxoro amirligi) — 
Buxoro amirligi
 hukmdori (1827—
1860). Davlat arbobi va sarkarda. Mangʻitlar oʻzbek
sulolasining 7-hukmdori va ushbu sulolaning 5-amiri. Qarshi


viloyatining hokimi boʻlgan (1821—1827). Buxoro amirligining
eng kuchli amirlaridan biri boʻlgan. Aynan ushbu hukmdor
farmoni bilan Maknuna taxallusi bilan ijod qilgan Nodirabegim
(Nodira) va amir oilasiga taalluqli boshqa shaxslar (1842-yil)
qatl etilgan.
Nasrulloh Amir Haydar xonadonida 1806-yil 1-iyunda Buxoro
shahrida tugʻilgan. U oilada 2-oʻgʻil farzand edi. Bu davrda
uning otasi Buxoro amirligi hukmdori boʻlgan
[1]
.
Kelib chiqishi


Nasrullohning ota tomonidan shajarasi
quyidagicha edi: Amir Nasrulloh — Amir
Haydar — Amir Muhammad
Shohmurod — Muhammad Doniyolbiy
otaliq — Xudoyorbiy otaliq —
Xudoyqulibiy — Keldiyorbiy —
Chovushboy. Uning bobokaloni
Chovushboy oʻz davrida oʻzbek
qavmlari orasida mangʻit urugʻining
juda boy-badavlat kishisi boʻlgan
[2]
.
Amir Nasrulloh
Nasrulloh
Amir Nasrullohning
portreti. Buxoro
amirligi
hukmdorlarining


Uning ota buvisi Ashtarxoniylar oʻzbek
sulolasining vakili va Buxoro xonligi
hukmdori Abulfayzxonning (1711—
1747) qizi Yulduz begim
(Shamsiyabonu) edi. Uning ota buvisi
tomonidan nasabi 2 tarmoq boʻylab
Chingizxonga va boshqa 2 tarmoq
boʻylab Muhammad paygʻambarning
avlodlari sayyidlarga yetadi
[2]
.
musavvir tomonidan
chizilgan dastlabki
surati.
 
Buxoro amirligi
hukmdori
Mansab davri 
1827-yil 22-
mart — 1860-yil 21-
sentyabr
Oʻtmishdoshi Amir
Umar
Yoshlik yillari. Siyosiy va
harbiy faoliyatining


Amir Haydar hukmronligi davrida
Amir Haydar (1800—1826) oʻgʻli
Nasrullohni 15 yoshligidan davlat
boshqaruvida jalb qilgan
[3]
. U 1821-
yildan otasi hamda birodarlari Amir
Husayn (1826) va Amir Umarlar (1826—
1827) hukmronligi davrida Qarshi
viloyatida hokimlik qilgan
[4]
.
Vorisi
Amir
Muzaffar
Qarshi viloyati
hokimi
Mansab davri 
1821-yil — 1827-yil
22-mart
Monarx
Amir
Haydar 
Amir
Husayn 
Amir
Umar
harbiy faoliyatining
boshlanishi


Amir Nasrulloh nihoyatda qatʼiyatli
shaxs boʻlganligi bois, otasi uni barcha
urushlarga oʻzi bilan olib borgan. Baʼzi
hollarda uning oʻzini yuborgan. U
yoshligidanoq otasining sirlari mahrami
boʻlgan. Amir Haydar boshqa oʻgʻillariga
nisbatan hamisha uni oʻziga yaqin
tutgan ekan
[5]
.
Nasrullohning maʼnaviy kamolotga
erishuvida Buxoroda alohida nufuzga
ega boʻlgan mashhur shayx
Shaxsiy
maʼlumotlari
Tavalludi 1806-yil
1-iyun 
Buxoro,
Buxoro
amirligi
Vafoti 21-sentyabr
1860-yil
(54 yoshda)
Buxoro,


Muhammad Husayn al-Aʼlaviy al–
Buxoriy katta rol oʻynagan. Amir
Nasrulloh oʻzining piri hisoblagan bu
shayxni keyinchalik Romitan
tumanidagi Qori Kamol qishlogʻidan
Buxoro shahriga koʻchishi uchun
roziligini olib, unga Shayx Habibulloh
xonaqosidan maxsus hujra ajratib
bergan va nafaqa tayinlagan
[1][4]
.
Buxoro amirligi
 hukmdori Amir Haydar
1826-yil 6-oktyabrda 48 yoshida Buxoro
Buxoro
amirligi
Fuqaroligi
Buxoro
amirligi
Turmush
oʻrtogʻi
Kenagas
oyim 
Podshohxo
oyim
Bolalari
Amir
Muzaffar
Otasi
Amir
Haydar


shahrida toʻsatdan vafot etgach, sulola vakillari oʻrtasida
hokimiyat uchun keskin kurash boshlanadi. Amir Haydar
Qarshi viloyati hokimi boʻlgan oʻgʻli Nasrulloh huzurida boʻlib,
Buxoroga qaytayotganda bedavo bir dardga chalingan va
poytaxtga yetib kelgach, olamdan oʻtgan edi. Marhum
amirdan 7 oʻgʻil va 8 qizning qolganligi vaziyatni yanada
murakkablashtirgandi. Buxorodagi saroy aʼyonlari va akobirlar,
urugʻ boshliqlari va harbiy sarkardalarning mangʻit
shahzodalarning muayyan bittasiga tarafkashlik qilishi,
shahzodalarni bir-biriga qarshi gij-gijlashi va qayrab solishi bu
kurashni yana ham avj oldirgan va keskinlashtirgan edi
[6]
.


Amir Haydar betob boʻlib toʻshakda yotganida saroy ahlini
huzuriga chaqirib, bir maʼlumotga koʻra eng katta oʻgʻli Husayn
toʻrani
[6]
, boshqasiga koʻra — 2-oʻgʻli Nasrullohni
[5]
 oʻzining
valiahdi deb eʼlon qilgan.
Miyonqol qoʻzgʻoloni
Asosiy maqola: 
Miyonqol qoʻzgʻoloni
Amir Husayn hukmronligi davrida
Amir Haydar vafot etgandan soʻng dastlab Buxoro amirligi
taxtiga toʻngʻich farzand va valiahd sifatida, vasiyatga binoan
yoki oʻzining tarafdorlari koʻmagida
[5]
, Husayn toʻra koʻtarilgan


va u Amir Husayn nomi bilan 78 kun amirlik qilgan. Uning
amirlik davri 1826-yil 9-oktyabrdan (10-oktyabrdan
[7]
) oʻsha
yilning 22-dekabrigacha (20-dekabrigacha
[7]
) davom etgan
[8]
.
Amir Husaynning qoʻli ochiq, sahovatpesha boʻlgani saroydagi
ayrim nufuzli amaldorlarga yoqmagan. Avvallari uning shu
fazilatini deb otasi oʻrtasida kelishmovchiliklar yuz berib
turgan
[5]
. Amaldorlar boshidan Amir Husaynni taxtga
koʻtarilishini xohlashmagan. Xususan, Amir Haydar davridan
buyon Buxoro qoʻshbegisi lavozimini egallab turgan Hakimbiy
qoʻshbegi oʻsha paytda Qarshi viloyatida hokimlik qilayotgan
Nasrullohga maxfiy tarzda odam yuborib, amirlik taxtiga eng


loyiq odam u ekanligini shahzodaga bildirgan va taxtni
egallashga daʼvat qilgan. Nasrulloh Qarshidan Buxoroga
qarab katta qoʻshin bilan yoʻlga chiqqan. Biroq, keyin
Nasrulloh akasi Amir Husaynga muqovamat qilmay, siyosiy
vaziyat oʻzgarishini poylab turishni oʻziga maʼʼqul deb
topgan
[9]
.
Amir Husayn toʻsatdan xastalanib qolgach, 1826-yilning kech
kuzida Karmana viloyatida hokimlik qilayotgan ukasi Umarni
oʻz oʻrniga amir etib koʻtarilishini vasiyat qilib jon bergan. Bu
orada amirlikda hokimiyat uchun kurash yana avjiga jiqqan
[10]
.


Amir Umar hukmronligi davrida
Amir Husayn vafotidan soʻng, vasiyatga koʻra va baʼzi saroy
aʼyonlari, qoʻshin sarkardalarining yordami bilan 17 yoshli
Umar 1826-yil 23-dekabrda Buxoro amirligi taxtiga
koʻtarilgan
[10]
.
Nasrulloh akasining vafotini eshitib Qarshidan Buxoro
tomobga yoʻlga chiqqan va Qorovul qishlogʻiga yetganida
ukasi Umarning taxtni egallagani haqida xabar kelgan. U
poytaxt Buxoroga borish-bormasligini bilolmay taraddudlanib


qolgan va iziga qaytib ketgan. Nasrulloh anʼanaga muvofiq
amirlik taxti oʻziga tegishli deb bilgan
[5]
Amir Umar atigi 4 oyga yaqin hukmronlik qilgan. U xalq
oʻrtasida unchalik obroʻga ega boʻlmay, hukmronligi davrida
aysh-ishrat va maishatga berilgan edi. Bu paytda Buxoro
amirligida davlat boshqaruvini oʻz manfaatlarini oʻylaydigan
Togʻay qozoq va Ismatullohbiy qalmoq kabi saroy akobirlari
oʻz tizginiga olishgan
[5]
. Bu holdan tashvishga tushgan saroy
aʼyonlari va amaldorlarining koʻpchiligi Amir Umarxonning
akasi va Qarshi viloyati hokimi Nasrullohga maktub yuborib,


uning Buxoro amirligi taxtini egallashiga takroran daʼvat
etishgan
[10]
.
Nasrulloh barcha imkoniyatlarini ishga solib hokimiyat uchun
kurashni boshlab yuborgan
[5]
. U Qarshidan Buxoroga kelgan.
Lekin ukasi Amir Umar Buxoro darvozalarini akasi uchun
berkitib qoʻygan. Nasrulloh Bahouddin Naqshband
ziyoratgohiga qaytib, Samarqand tomonga yuzlangan.
Samarqand ahli Nasrullohni yaxshi kutib olgan. Temuriylar
davridan qolgan anʼanaga asosan, Nasrulloh mashhur
Koʻktosh taxtiga amir etib koʻtarilgan. Soʻngra, Zarafshon
vohasi (Samarqand, Miyonqol, Kattaqoʻrgʻon va Karmana


viloyatlari) aholisining madadiga tayanib poytaxt Buxoro
ustiga harbiy yurish qilishga kirishgan
[11]
.
Nasrulloh Samarqanddan Buxoroga qoʻshin tortib kelib, Amir
Umarxon ham oʻz lashkari bilan unga qarshi chiqqanida,
Karmana viloyatida har ikki qoʻshin oʻzaro yuzma-yuz boʻlgan.
Biroq jang arafasida Amir Umarxonning qoʻshini
parokandalikka uchrab, tarqalib ketgan. Ikki shahzodaning
kichik ukalari Zobir, Hamza va Safarlar akalari Amir
Umarxondan yuz oʻgirib, katta akalari Nasrulloh tomoniga
oʻtishgan. Nasrulloh ularni shafqat va marhamat bilan qaʼbul
qilgan
[12]
.


Nasrulloh 50 kunlik (70 kunlik; 1,5 oylik
[5]
) qamaldan soʻng
Hakimbiy qoʻshbegi, Rajabbek parvonachi va Ayozbiy
toʻpchiboshilarning
[13]
 shahar ichidan turib qilgan tadbirlari
natijasida poytaxt Buxoroni jangsiz qoʻlga kiritgan
[14]
. Amir
Umarxondan taxtni tortib olgan
[7][15][16]
. Amir Haydar
vafotidan ushbu davrgacha (1826—1827) boʻlib oʻtgan
voqealar, baʼzi bir mahalliy tarixchi olimlarga, saroy aʼyonlari
Nasrullohni taxtga yaqinlashtirmaslikka intilishgandek
tuyulgan
[5]
.
Buxoro amirligi hukmdori


Nasrulloh Amir Haydar vafotidan keyin 6 oy oʻtgandan
soʻng
[17]
, hokimiyat uchun kechgan keskin kurashlarda akasi
amir Amir Husayn (1826) va ukasi Amir Umarlardan (1826—
1827) soʻng, 1827-yil aprel oyining boshlarida (18-martda; 24-
martda) 21 yoshida 
Buxoro amirligi
 taxtiga amir etib
koʻtarilgan
[18][4]
. Uning hukmronligi davri yetarlicha ilmiy
tadqiq etilmagan
[5]
.
Amir Nasrulloh oʻz hukmronligi davrida islom shariati
koʻrsatmalariga qatʼiy amal qilgan
[3][19][4]
. Jasur va dovyurak
kishi boʻlganligi bois unga „bahodir“, „botir“ unvonlari
berilgan
[3][19][4]
.


Vaqt oʻtishi bilan, Amir Nasrullohning siyosat yuritishda
maslahatchilari tobora kamayib borgan va hukmronligining
soʻnggi davrlarida yolgʻizlanib qolgan
[7]
.
Ichki siyosati
1839—1840-yillardan boshlab Amir Nasrulloh oʻz ichki
siyosatida qattiqqoʻllik bilan davlatda tartib oʻrnatishga
intilgan. Uning keskin siyosatiga qarshi chiqqan
mansabdorlarni esa ayovsiz jazolagan
[20]
. Hukmdor sifatida
davlatning ichki va tashqi dushmanlariga zarba bergan
[17][3]
.


Amir Nasrulloh markazlashtirish siyosatini olib borgan:
markaziy hokimiyatga boʻysunishni istamagan Shahrisabz va
Kitob beklarining qarshiligini sindirib, separatistik (ajralish va
taslimchilik) kayfiyatlariga barham bergan. Amir butun
Movarounnahr va Xorazmni yagona davlat ostiga
birlashtirishga intilgan. U bu rejasini toʻliq amalga oshira
olmagan boʻlsa ham, qisqa muddat davomida butun
Movarounnahrni yagona davlat sifatida boshqargan
[21]
.
Qoʻqon xonligi hududining Buxoro amirligi tarkibiga qoʻshib
olinishi mintaqadagi ikki oʻzbek davlatchiligini oʻzaro
birlashtirish edi
[4]
.


Amir Nasrulloh oʻzining faol siyosatida qator yutuqlarga
erishib, Buxoro davlatining yaxlit qismi hisoblangan Balx, Marv
(1843
[21]
) va boshqa viloyatlar hududlarini amirlik ixtiyoriga
yana qaytargan. Biroq bu hududlar keyinchalik turli sabablar
natijasida Buxoro amirligi tarkibidan chiqib ketgan
[4]
.
Shu bilan birga Amir Nasrulloh oʻz faoliyatida bir qator jiddiy
siyosiy xatolarga ham yoʻl qoʻygan. Buning ustiga Amir
Nasrulloh amri bilan Nodirabegimning oʻldirilishi uning
obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatgan
[4]
.


Amir Nasrulloh tomonidan Buxoro amirligida oʻtkazilgan turli
islohotlar natijasida davlatning iqtisodiy va harbiy qudrati
mustahkamlana borgan
[17][4]
.
Maʼmuriy va siyosiy sohalardagi islohotlari
Amir Nasrullohning maʼmuriy va siyosiy sohadagi islohotlari
oqibatida davlat boshqaruviga xalqning turli tabaqalari
orasidan chiqqan kishilar kelib qoʻshilgan. Amir Nasrulloh
oʻzining 33,5 (34
[5]
, 35
[21]
) yillik Buxoro amirligidagi
hukmronligi davrida davlat hokimiyatini mustahkamlash
maqsadida urugʻ va qavm boshliqlari boʻlgan koʻplab


amaldorlarni quyi tabaqalardan chiqqan yosh va gʻayratli
kishilar bilan almashtirgan
[3]
. U koʻproq tojiklar va ajnabiylarni
eng muhim lavozimlar va mansablarga tayinlagan. Oʻz
manfaatini davlat va xalq manfaatidan ustun qoʻygan saroy
amaldorlari va akobirlarni egallab turgan lavozimlaridan
chetlashtirgan, ularga nisbatan qatʼiy jazo choralarini
koʻrgan
[22][4]
.
Uning davlat miqyosidagi eng muhim lavozimlarga turkiy
oʻzbek qavmlaridan tashqari ajnabiylarni tayinlashi, davlat
boshqaruvida eroniy qullar boʻlgan shialarning taʼsiri oshishi,
Mangʻitlar oʻzbek sulolasining forslashish jarayoni, oʻzbek


tilining mavqei pasayishi va boshqalar Amir Nasrulloh yoʻl
qoʻygan jiddiy xatolardan hisoblanadi
[4]
.
Amir Nasrulloh davlatdagi otaliq lavozimini bekor qilib,
qoʻshbegi lavozimini egallagan shaxsga mamlakatning bosh
vaziri ixtiyoridagi vakolatlarni topshirgan. Amir Nasrulloh
davridan boshlab qoʻshbegi Buxoro amirligida amirdan keyin
ikkinchi shaxs hisoblangan
[23]
.
Harbiy sohadagi islohotlari


Amir Nasrulloh maʼmuriy va siyosiy sohalarda islohotlar
oʻtkazishdan tashqari, harbiy islohotlarga ham eʼtibor
qaratgan. Harbiy sohada islohotlar oʻtkazilishidan oldin, yaʼni
1830—1832-yillarda poytaxt Buxoroda 20 ming kishilik otliq
qoʻshin, 400 kishilik piyoda qoʻshin boʻlib, ularning ixtiyorida
41 ta artilleriya toʻpi boʻlgan. Biroq, bundan tashqari, bu
paytda davlatning turli hududlarida 50 ming kishilik otliq
qoʻshin (ulardan 10 ming kishi Balxda va Amudaryodan
janubdagi hududlarda) ham mavjud edi. Manbalarda
keltirilishicha bu qoʻshin eljari (hozirgi militsiya) shaklidagi


qoʻshin turi boʻlib, davlat ichidagi ichki xavfsizlikni
taʼminlashga xizmat qilgan edi
[4]
.
1837-yili Amir Nasrulloh oʻtkazgan harbiy islohotlar natijasida
Buxoro amirligi qoʻshinining jangovar holati yaxshilangan. Har
biri 800 kishidan iborat 50 ta sarbozlar boʻluklari va 250
kishilik toʻpchilar guruhi tashkil qilingan
[21]
. Xorijdan harbiy
mutaxassislar jalb qilinib, ulardan zamonaviy qurol-yarogʻlar
tayyorlash va foydalanish sirlari oʻrganilgan. 1834-yilda
Erondan kelgan Abdusamad Tabriziy yevropacha usuldagi
nizomiy askarlarga tartib bergan va 1837-yilda maxsus
toʻpchilar qoʻshinini tuzgan. Buxoroda toʻp va zambaraklar


quyish uchun maxsus toʻpxona qurilgan. 200 kishidan iborat
ingliz rusumidagi maxsus askariy guruh tuzilib, unga eroniy
qullar kiritilgan. Ushbu guruh Amir Nasrullohning oʻziga xos
maxsus gvardiya otryadi boʻlib, unga Abdusamad Tabriziy
boshchilik qilgan. Shuningdek, xorijdan yana Shohruhxon va
Ibrohimxon toʻpchiboshi va boshqa harbiy mutaxassislar olib
kelingan. Buxoro amirligining harbiy qoʻshinida qizil kurtka, oq
shalvar va qalpoqdan iborat maxsus harbiy kiyim joriy etilgan.
Muntazam piyoda qoʻshinining soni 40 ming (yoki 2,5 ming)
sarbozdan iborat (yoki ortiq
[21]
) boʻlgan. Keyinchalik
sarbozlarning har biri nayzali miltiq, qilich va toʻpponcha bilan


qurollantirilgan. Amir sarbozlariga eron, turk zobitlaridan
tashqari ayrim rus ofitserlari ham taʼlim berishgan
[4]
.
Amir Nasrulloh 1837-yil Markaziy Osiyoda oʻqotar qurol bilan
qurollangan va kazarmalarda joylashgan ilk muntazam
qoʻshinni — Sarbozlar batalonini tuzgan.
Ayniqsa, Amir Nasrullohning harbiy sohadagi islohotlarining
natijasi keyinchalik Rossiya imperiyasining tajovuzi va
hujumiga qarshi kurashda Buxoro amirligining uchta oʻzbek
davlati oʻrtasida nisbatan eng keskin va qattiq qarshilik
koʻrsatishiga olib kelgan. Rossiya imperiyasi bosqiniga qarshi


kurashda Buxoro amirligi magʻlubiyatga uchragan boʻlsa ham,
mamlakat hududlarining muayyan qismi saqlab qolingan
[4]
.
Sharisabzni amirlik tasarrufiga qaytarilishi
Amir Nasrulloh Buxorodagi markaziy hokimiyatga
boʻysunishni istamagan va unga qarshi separatistik kayfiyatda
boʻlgan kenagaslar tasarrufidagi Shahrisabz va Kitob
bekliklariga qarshi qatʼiyat bilan koʻp yillar davomida
murosasiz kurash olib borgan
[24]
. Ularga qarshi koʻp bora
yurishlar qilgan
[7]
.


Shahrisabz viloyati Buxoro xonligi hukmdori Ubaydullaxon II
zamonidan eʼtiboran mustaqillik daʼvosini qilib kelgan, Amir
Shohmurod va Amir Haydar davrida esa bunga deyarli
erishgan edi
[25]
. Amir Nasrullohning otasi Amir Haydar
hukmronligining dastlabki yillarida Qoʻqon xonligi bilan
boʻlgan urushda koʻrsatgan yordami uchun Shahrisabz
viloyatining mahalliy hokimi Doniyor valloma Niyozali oʻgʻliga
(Doniyol otaliqqa) viloyatni mulk sifatida taqdim etgan.
Natijada, Shahrisabz vohasi 1856-yilga qadar yarim mustaqil
boshqaruvni oʻz qoʻlida saqlab qolgan edi
[26]
.


Amir Nasrulloh Buxoro amirligi taxtiga chiqqan davrda
Shahrisabz Doniyol otaliq boshchiligidagi anchagina kuchli,
nafaqat oʻzini himoya qilishga qodir, balki amirlikdagi siyosiy
hayotga sezilarli taʼsir koʻrsata oladigan oʻlkaga aylangan
edi
[24]
. Amir Nasrulloh taxtga chiqqanining ikkinchi yilida
Shahrisabz va Kitob viloyatlari ustiga katta qoʻshin bilan
harbiy yurish qilgan Amir Nasrullohga qarshi Doniyor vallamiy
uzoq yillar kurash olib boradi. Janglarda yetgan jarohat uning
navqiron yoshida vafot etishiga sabab boʻladi
[25]
.
1836-yilda Doniyol otaliq vafotidan soʻng uning vasiyatiga
koʻra Shahrisabzga katta oʻgʻli Xoʻjaqulbiy, Kitobga esa kichik


oʻgʻli Bobobek dodxoh hokim qilib taʼyinlanadilar. Koʻp
oʻtmasdan aka-ukalar oʻrtasida Shahrisabzda oʻz taʼsirini
kuchaytirish uchun kurash boshlanadi. 1846-yilda
Shahrisabzga 10 yil hokimlik qilgach, Xoʻjaqulbiy vafot etadi.
Uning vafotidan keyin Shahrisabzga oʻgʻli Ashirqulibiy, Kitobga
esa Doniyol otaliqning oʻgʻli Iskandarbiy hokim boʻlib
qolishadi. Tez orada Iskandarbiy Shahrisabzni Ashirqulibiy
qoʻlidan tortib oladi. Istandarbiy oʻz otasi singari Buxoro
amirligiga boʻysunmaslik siyosatini olib boradi. Uning bu
siyosatini separatistik kayfiyatga moyil ayrim hokimlar va
saroy amaldorlari qoʻllab-quvvatlaydi. Sababi Buxoro


amirligining kuchsizlanishi ularning ayni muddaosi edi. Buning
ustiga, Shahrisabz va Kitobdagi markaziy hokimiyatga
boʻysunmaslik mayllari amirlikning Hisor va Balx viloyatlariga
ham tarqalib ulgurgan edi
[24]
.
Xullas, Shahrisabz viloyati amirlik hududidagi muxolifat
markaziga aylanib, viloyat hokimi Iskandar vallamiyning
separatistik kayfiyati Buxoro davlatini birlashtirish va
markazlashtirish uchun izchil siyosat yuritayotgan Amir
Nasrullohning niyatlariga toʻgʻanoq boʻlgan. Amir
Nasrullohning kenagaslarga qarshi olib borgan siyosati
natijasida shu uruqqa mansub boʻlgan aholining bir qismi


boshqa joylarga koʻchishga majbur boʻlgan
[27]
. Iskandar
vallamiyning separatistik harakatlarini hatto qoʻshni Qoʻqon
xonligi faol qoʻllab-quvvatlab turgan. Qoʻqon xonligi
hukmdorlari Buxoro amirligi kuchsizlanib, u mustaqil bir
nechta mulklarga boʻlinib ketishi tarafdori boʻlishgan
[24]
.
Iskandar vallamiy hokimlik qilgan yillar ham Amir
Nasrullohning Shahrisabz ustiga koʻplab yurishlari davom
etishi bilan xarakterlanadi. Amir Nasrulloh 20 yil mobaynida
Shahrisabz ustiga 32 marta harbiy yurish qilib, nihoyat, 1856-
yili Shahrisabzni uzil-kesil egallagan. Baʼzi bir manbalarda,
Amir Nasrulloh Shahrisabzni egallashda oʻzining piri Shayx


Muhammad Husayn Alaviy Buxoriyning ruhi madadiga
tayangan deyiladi
[24]
.
Shahrisabzga qilingan harbiy yurishlar ichida 1827, 1844,
1856-yullardagi yurishlar alohida ajralib turadi. Bu yurishlar
natijasida Shahrisabz 1856-yili uzil-kesil Buxoroga qayta
boʻysundirilgan
[17]
. Buxoro amirligini Mangʻitlar oʻzbek sulolasi
rasmiy ravishda boshqarishga kirishgandan soʻng roppa-rosa
100 yil oʻtgach, Shahrisabz vohasi amirlik hududining ajralmas
qismi boʻlib qolgan
[24][4]
.


Shahrisabz markaziy hokimiyatga boʻysungach, u sulh ramzi
sifatida va Shahrisabz kenagaslari oʻrtasida katta nufuzga ega
vallamiylar bilan qarindoshlik aloqalarini oʻrnatib, ushbu
qarindoshlik rishtalarini Shahrisabzni oʻz davlatining ajralmas
qismi sifatida ushlab turish maqsadida mahalliy hokim
Iskandar Vallomaning (valineʼmatning) Yoqubbiyga
turmushga chiqqan singlisi Kenagas oyimga uylangan
[21][4]
.
Biroq Amir Nasrullohning bu tavakkalchiligi keyinchalik oʻziga
qimmatga tushgan. Pirovardida u oʻzining yangi qarindoshlari
fitnasi natijasida halok boʻlgan
[24]
.


Amir Nasrulloh endi qaynogʻasi boʻlmish Iskandar vallamiynni
butun oilasi aʼzolari va yaqinlari bilan birga Buxoroga
joʻnatgan. Iskandar vallamiynga Buxoro shahrida kattakon
hovli va ikki bogʻ tortiq qilgan hamda uni Qorakoʻl tumaniga
hokim qilib tayinlagan. Yoqubbiyni esa Chorjoʻy viloyatiga
badargʻa qildirgan
[24]
.
Amir Nasulloh Shahrisabz vohasini qoʻlga kiritgandan soʻng
Shahrisabzga Abduholiqbek (keyinchalik Olloyorbek), Kitobga
Olloyorbek (keyinchalik Hamidxoʻja va Fayzibiy), Yakkabogʻga
Homidxoʻja kabi beklar hokim qilib tayinlanishadi
[24]
.


Tashqi siyosati
Amir Nasrulloh tashqi siyosiy va diplomatik masalalarda
muhim geopolitik ahamiyatga ega boʻlgan masalalarni hal
qilishga muvaffaq boʻlgan
[28]
.
Amir Nasrulloh hukmronlik qilgan yillar Turkiston mintaqasida
Rossiya—Buyuk Britaniya imperiyalarining manfaatlari oʻzaro
toʻqnashgan davr hisoblanadi
[21][4]
. Amir Nasrulloh tashqi
siyosat masalasida oldingi davlat boshliqlaridan farqli
ravishda, Markaziy Osiyoning iqtisodiyotiga talabgor boʻlgan
Rossiya va Buyuk Britaniya imperiyalari bilan ochiq siyosat


olib borish dasturini amalga oshirgan
[17][29]
. U hukm surgan
yillarda Buxoroga ruslar va inglizlarning tashrifi tez-tez
takrorlanadigan boʻlib qolgan
[30]
. Har ikki imperiyaning turli
josuslari sayohatchilar, elchilar, harbiylar, olimlar niqobi ostida
Buxoroda tez-tez boʻlib, amirlik hududi, aholisi, harbiy kuchlari,
davlat boshqaruvi va mansabdor shaxslar haqida
maʼlumotlarni toʻplashgan
[29]
.
Amir Nasrulloh oʻz hukmronligi mobaynida Qoʻqon va Xorazm
xonliklari bilan koʻp bora urushlar olib borgan. Qoʻqon va Balx
xonliklarini qisqa muddat Buxoro amirligiga boʻysundirishga
ham erishgan
[7]
.


Rossiya imperiyasi bilan diplomatik aloqalari
1858-yil adyutant Nikolay Ignatyev boshchiligidagi Rossiya
imperiyasidan Buxoro va Xivaga elchilik guruhi tashrif
buyuradi. Ushbu missiyaga bir qator koʻrsatmalar beriladi:
Markaziy Osiyodagi vaziyatni toʻliq oʻrganish; Rossiyaning
ushbu davlatlardagi mavqeini mustahkamlash; inglizlar
aralashuviga chek qoʻyish. Shu bilan birga, elchilikka boj
toʻlovlarini kamaytirish, Buxoroga savdo agenti kelishiga
ruxsat olish va rus kemalarining Amudaryoda erkin suzishiga
ruxsat berilishi kabi masalalarni hal etish topshiriladi. Bunda
Rossiya davlati tomonidan Buxoro amirligi va Xorazm


xonligini tashqi kuchlardan himoya etishga yordam
koʻrsatilishi ham nazarda tutilgan
[31]
.
Nikolay Ignatyev ellchiligi Amir Nasrulloh tomonidan munosib
kutib olinib, davlatlar oʻrtasida oʻzaro savdo-sotiq va xavfsizlik
masalalarida kelishib olingan. Ushbu davrda Amir Nasrulloh
tomonidan ingliz elchilarining qabul qilinmasligi Nikolay
Ignatyev boshchiligidagi missiyaning muvaffaqiyatli muayyan
darajada taʼsir etadi
[31]
.
Buyuk Britaniya imperiyasi bilan diplomatik aloqalari


1830-yillarning boshlarida Buxoro amirligiga Vest-Indiya
kompaniyasining topshirigʻi bilan kelgan leytenant Alexander
Burnes bilan olib borgan muzokaralar asosida Buyuk Britaniya
imperiyasi bilan qisqa muddat boʻlsada, oʻzaro hamkorlik
munosabatlari oʻrnatilgan
[17]
.
Amir Nasrulloh ingliz siyosatdonlarining asl niyatini
payqagach, ularga nisbatan munosabatini va xayrixoh
siyosatini oʻzgartirgan. U Rossiya imperiyasiga qarshi
kurashda Buyuk Britaniya tomoninig „xolis“ yordamini qatʼiy
ravishda rad qilgan. Ingliz „elchilik missiyalari“ niqobi ostida
josuslardan leytenant Alexander Burnes(1838), mayor Joseph


Wolf(1843), polkovnik Charles Stoddart (1838) va kapitan
Arthur Conolly (1842) Buxoroda boʻlib, Rossiyaga qarshi
Buyuk Britaniya homiyligidagi Buxoro-Xiva-Qoʻqon ittifoqini
tuzishga behuda urinishgan. Oʻzining surbet qiliqlari va
dimogʻdorligi, mutakabbir va kalondimogʻligi, sharqona
diplomatiya qoidalarini nazar-pisand qilmaganligi oqibatida
amirning farmoni bilan polkovnik Charles Stoddart zindonga
tashlanadi va 1842-yil 17-iyunda boshqa ingliz zobiti kapitan
Arthur Conolly bilan birgalikda Buxoro shahrida qatl qilinadi.
Buxoro ulamolari har ikki ingliz zobitiga ular islom dinini qabul
qilishsa, gustohliklari kechirilishini va oʻzlari tirik qolishlari


mumkinligini aytishganda, ingliz zobitlari rad javobini
berishgan. Ingliz emissarlarining oʻldirilishi Amir
Nasrullohning Yevropa davlatlari, xususan, Buyuk Britaniya
bilan munosabatlari darz ketishiga sabab boʻlgan
[29]
.
Keyinchalik, Amir Nasrulloh davlatdan inglizlarning katta
boyliklarni olib ketishiga toʻsqinlik qilish maqsadida Buxoro
amirligi savdogarlariga naqd pulga inglizlar bilan savdo
qilishni qaʼtiy taqiqlab qoʻygan
[32]
.
Usmonlilar imperiyasi bilan diplomatik aloqalari
Xorazm bilan diplomatik aloqalari


Ogahiyning „Gulshani davlat“ asarida Amir Nasrullohning
aʼyonlaridan biri Mirza Ubayd miroxoʻrboshi Xorazmga elchi
boʻlib borgani haqida maʼlumotlar keltirilgan
[33]
Amir Nasrullohning tashqi siyosatda qattiqqoʻl va
shafqatsizligini inobatga olib, Xorazm xoni 1845-yilda
Buxoroga Rahmatulloh Qorakoʻzni elchi qilib yuborgan. Ushbu
elchilikning asosiy maqsadi Amir Nasrullohning Xorazm bilan
diplomatik munosabatdagi asl niyatini aniqlash boʻlgan
[34]
.
1845-yilda Xorazmdan kelgan elchilar Amir Nasrulloh
tomonidan samimiy niyatlarda kutib olinsada, lekin uning


Xorazm bilan asl maqsadi, yaʼni tinchlik yoki urush olib borish
niyatidaligini aniqlashning imkoni boʻlmagan
[34]
.
1856-yilda Xorazm xoni tomonidan Amir Nasrulloh huzuriga 2-
marta elchilik joʻnatiladi. Biroq bu safar madad va koʻmak
bilan kelgan elchilik hech qanday natijasiz qolib, Amudaryo
yaqinida elchilikning barcha vakillari qirib tashlanadi. Biroq, bu
davrda Buxoro amirligi va Xorazm xonligi oʻrtasida muayyan
darajada tashqi iqtisodiy aloqalar faol kechgan edi
[34]
.
Qoʻqon xonligiga qarshi urushi


Fargʻona vodiysi ulamolarining talabi bilan Qoʻqonga yurish
qilib, xonlik hududini egallagan (1842). Biroq u Qoʻqon xoni
Muhammad Alixon qatl qilish bilan cheklanmasdan, uning
onasi — mashhur shoira Nodirabegimni ham oʻldirtiradi.
Nasrullaxon tomonidan Qoʻqonga Ibrohim parvonachi
mangʻitning noib qilib qoldirilishi salbiy oqibatlarga olib
kelgan. Noib mahalliy aholiga zulm oʻtkazib, soliklarni
koʻpaytirgan. Natijada tez orada Qoʻqon qoʻldan ketagan.
Nasrullaxon Marvni ham Buxoroga boʻysindirgan (1843)
[21][4]
.
Eron bilan diplomatik aloqalari


Buxoro amirligi tashqi siyosati tarixida Eron davlati oʻrtasidagi
diplomatik aloqalar ham muhim oʻrin tutgan. Manbalarda Eron
davlati bilan diplomatik aloqalarni mustahkamlashda Amir
Nasrullohning faoliyati alohida koʻrsatib oʻtilgan
[35]
.
Erondan Buxoroga 1844-yilda Muhammadshoh boshchiligida
yuborilgan elchilik oldiga quyidagi masalalarni hal qilish
yuklatilgan edi: Buxoroda saqlanayotgan eronlik asirlarni ozod
qilish masalasini muhokama etish; Marv viloyati va
turkmanlar bilan bogʻliq masalalarda muayyan kelishuvga
erishish; Buxoroda tutqunlikda boʻlgan ingliz fuqarosi Joseph
Wolffni ozod qilish masalasini hal etish va boshqalar
[35]
.


Eron elchisi Buxoroda saqlanayotgan asirlarni qadimiy
anʼanaga va odatlarga koʻra ulamolarning fatvolari asosida
davom etib kelayotgani, asirlar naqd pulga sotib olinganligi
sababli Eronga qaytarilmasligini inobatga olib, bunday
huquqiy muammolarni bartaraf etish uchun ikki davlat
oʻrtasida oʻzaro aloqalarni yanada mustahkamlashga
qaratilgan amirning takliflarini qabul qiladi
[35]
.
Eron elchisi ikkinchi masala, yaʼni Marv viloyatidagi siyosiy
ahvol masalasida Buxoro amirligi hukmdori unga ushbu
hududdagi siyosiy ahvolning naqadar murakkabligini
tushuntirib, Marv hokimi aholi talabi asosida tayinlanganligini,


turkman urugʻlari Buxoro amirligiga qarshi harakatlar
uyushtirganligini taʼkidlab, Marv vohasini qayta obod qilish
zarurligini, aks holda Marvni hech kim boshqara olmasligini
bildiradi
[35]
.
Uchinchi masala boʻyicha munozara ancha keskin kechadi,
sababi bu masala inglizlarning Buxoro amirligida, umuman,
Markaziy Osiyodagi, josuslik faoliyati bilan bogʻliq edi.
Markaziy Osiyoda josuslik faoliyatini amalga oshirish uchun
Eron orqali polkovnik Charles Stoddart va Arthur Conollylar
yuborilganlar. Ushbu ikki elchi Amir Nasrulloh tomonidan qatl


etilgan boʻlib, amir ularning yovuz niyatda kelganligidan
boxabar edi
[35]
.
Ikki elchini ozod etish maqsadida Eron vositachiligidan
foydalangan inglizlar Eron orqali Joseph Wolffni yuboradi.
Joseph Wolff ham ikki josusning sherigi sifatida qamoqqa
olinadi. Eron elchisi Buxoro amiriga ingliz fuqarosi Joseph
Wolffni izzat-ikrom bilan topshirishni soʻraydi
[35]
.
Amir Nasrulloh bunday tashqi siyosiy va diplomatik
munosabatlarda Buxoro amirligininf xalqaro aloqalardagi
obroʻsini, davlatning ichki va tashqi xavfsizligi masalalarini,


Eron davlati bilan boʻladigan keyingi aloqalarni
mustahkamlash, oʻz navbatida Eron—Buyuk Britaniya siyosiy
munosabatlarini ijobiylashtirish maqsadida Joseph Wolffni
hamda Eron asirlarini ozod qilishga qaror qiladi
[35]
.
Amir Nasrulloh Eron elchisi bilan Subhonqulibekni sovgʻa-
salomlar bilan Eron davlatiga elchi qilib yuboradi. Eron elchisi
Subhonqulibekni, Joseph Wolffni va eronlik asirlarni olib,
Buxoroni tark etadi
[35]
.
Buxoro amirligi bilan Eron davlati oʻrtasidagi munosabatlarda
enf oʻtkir masalalardan biri — asirlar masalasi boʻlganligi


sababli, bunday omil ikki davlatning oʻzaro tashqi siyosiy va
diplomatik aloqalarning rivojiga toʻsiq boʻlib turardi. Ikki
davlatning hech biriga itoat etmaydigan koʻchmanchi qabilalar
va urugʻlar karvon yoʻllarida va chegara hududlarida turli talon-
tarojlarni amalga oshirib, asirlarni Buxoro yoki boshqa
shaharlar bozorlarida sotardilar
[35]
.
Bunday koʻrinishdagi insonlar savdosidan taraflar, yaʼni
sotuvchi va oluvchilar manfaatdor boʻlganligi sababli qul
savdosini butunlay barham toptirish mushkul edi. Ushbu
muammoning ijtimoiy-siyosiy mohiyatidan tashqari, gʻoyaviy


asosi ham mavjud boʻlib, u sunniy va shia mazhablari
oʻrtasidagi tafovutlar bilan belgilanar edi
[35]
.
Bunday fikrning bahsli munozaraga mansubligini inobatga
olib, ikki davlat oʻrtasida yinch-totuvlik aloqalarini oʻrnatish
maqsadida Amir Nasrulloh vaqti-vaqti bilan Usmonlilar
imperiyasi sultoniga elchilar yuborib, masalaning sharʼiyligini
aniqlashga harakat qilar va uning huquqiy yechimini topish
maqsadida buyuk ulamo-yu mujtahidlarning asarlarini
yuborishni iltimos qilar edi. Mazkur huquqiy muammoni
bartaraf etishga imkon beruvchi huquq manbalarini olib kelish
amir tomonidan ikki elchilikka topshirilgan edi
[35]
.


Amir Nasrullohning suyukli odatiy ishlaridan biri
obodonlashtirishga eʼtibor qaratishi boʻlgan. Uning zamonida
turli qurilishlar amalga oshirilgan. Uning davrida Buxoroda
Xalifa Xudoydod meʼmoriy majmuasining qurilishi
yakunlangan. Bahouddin Naqshband ziyoratgohidagi Poyi
ostona masjidi taʼmirlangan. Umuman, u ushbu ziyoratgohga
tunlari koʻp qatnab, u yerdagi masjid va xonaqohlarni
taʼmirlash ishlariga alohida eʼtibor qaratgan. Shuningdek,
Chashmai Ayyubda joylashgan Ayyub paygʻambarning ramziy
Madaniy sohadagi siyosati


qabriga yogʻochdan ajoyib daxma yasatgan
[5]
. Qoʻqondan
naqshin darvozani oʻlja qilib olib kelib, Qarshi qalʼasining
Qoʻqon darvozasiga oʻrnattirgan
[36]
.
Bu paytda tarixchi Muhammad Mirolim Buxoriy „Fathnomai
sultoniy“ („Sulton fathnomasi“) asarini yozgan. Keyinchalik
mashhur alloma boʻlib yetishgan yosh Ahmad Donish Amir
Nasrulloh nazariga tushib, saroyga xizmatga olingan.
Fiqhga oid „Favoidi muhammat muntaxib ut-tabaqot ul-
hanafiya“ asarining muallifi Abdulloh ibn Avaz Muhammad al-
Balxiy al-Kotib Buxoroda yashab ijod etgan
[37]
.


Muhammad Saidxoja ibn Shoh Saidxoja an-Nasafiy
[38]
va
Mulla Sayid Nasafiy
[39]
kabi mohir hattotlar yashab ijod
qilishgan. Muhammad Saidxoja ibn Shoh Saidxoja an-
Nasafiyning hattotlik mahorati Amir Nasrullohni oʻziga rom
etgan. U hukmdorga yoqqan asarlarni koʻchirib bergan.
Jumladan Amir Nasrulloh amri bilan u Abu Homid
Muhammad Gʻazzoliyning „Kimyoyi saodat“ asarini
koʻchirgan
[38]
.
Shoir Shukuriy Fargʻoniy Amir Nasrulloh taklifi bilan Buxoroda
naqqoshlik qilgan. Oʻsha davrda Samarqandda qurilgan
koʻpgina binolarda Shukuriy Fargʻoniy naqshlari mavjud.


Ilm-fan sohasidagi siyosati
Amir Nasrulloh ota-bobosi davrida amal qilingan anʼanaga
muvofiq, ilm-fan sohasiga homiylik qilgan; atrofiga ilm va
sanʼat ahlini toʻplashga harakat qilgan. Ulugʻ allomalar va aziz-
avliyolardan saboq olish uning suyukli odatiy ishlaridan biri
boʻlgan
[5]
. Buxoroda Ahmadjon poʻstindoʻz 
[40]
, Badriddin
[41]
,
Yoshi Uzoqbek
[42]
, Ibrohim oxund
[43]
, Mahdixoja
[44]
, Modarixon
xoʻrd
[45]
, Mulla Solih
[46]
, Olimjonboy
[47]
, Mulla Solih
[46]
, Oʻtkur
qoʻshbegi
[48]
 madrasalari hamda, boshqa manbalarga koʻra,
Qozi Hasanxoʻja, Eshoni Pir, Mirzo Ubayd, Ismoilxoʻja, Mirzo


Abdulgʻaffor, Tojiddin madrasalari ham uning davrida
qurilgan. Xususan, Amir Nasrulloh donatorligida poytaxt
Buxoroning Poyi ostona guzarida, otasi Amir Haydarning qabri
yaqinida Amir Nasrulloh madrasasi
[49]
, Mirjon Ali guzarida
Mirjon Ali madrasasi
[50]
, Hoji Habibulloh guzarida Oliy choʻbin
madrasasi
[7]
 bunyod etilgan.
Buxoro madrasalarida haftada 4 kun (shanba, yakshanba,
dushanba va seshanba kunlari) dars oʻtilgan. Amir Nasrulloh
davrida esa haftada dars kunlarini koʻpaytirishga urinishlar
boʻlgan. Keyinchalik bu toʻgʻrida Abu Abdurahmon shunday
deb yozib qoldirgan
[51]
:



Qozikaloni „At-takmillat aʼla at-tatimma“ sohibi Xojajon
nomi bilan mashhur Muhammad Sharif ibn Atoullaxoja
Buxoriydir. U janobdan ilgari katta madrasalarda vaqf
[masalalari] tafovutli boʻlib, „Shahri mulla Adaniy“
aqoididan mulla Jalolga qadar Avsatga koʻproq eʼtibor
qilinardi. Uning asrida hammasi barobar boʻldi.
Chorshanba tahsil kuni qilinib, payshanba va juma taʼtil
etildi. Biroq hozir ham chorshanba ilgarigidek taʼtil
hisoblanadi
[52]
.

Diniy sohadagi siyosati


Amir Nasrulloh salovatxonlikni juda yaxshi koʻrgan. Xoja
Muhammad Boqibilloh Dehlaviyning „Shifo al-amroz“
(„Kasalliklar shifolari“) asarini qoʻldan qoʻymagan ekan. Asar
chiroyli nasx xatida koʻchirilgan boʻlib, haftaning har bir kunida
oʻqiladigan 535 ta salovatdan — duolar toʻplamidan iborat
boʻlgan
[5]
.
Amir Nasrulloh Qoʻqonni olganda (1842) oʻzi bilan birga
Mavlaviy Jalla nomi bilan tanilgan Shayx Abdulatifxojani ham
Buxoroga olib kelgan va uni mufti lavozimiga tayinlagan
[53]
.
Oilasi


Amir Nasrullohning oilaviy ahvoli tarixiy manbalarda juda kam
yoritilgan. Birorta asarda bu haqida batafsil maʼlumot
berilmagan. Faqat ayrim manbalarda uning farzandlari haqida
maʼlumotlar keltirilgan
[5]
.
Amir Nasrullohning Muzaffar, Akram va Malikxon toʻra ismli
oʻgʻillari boʻlgan. Muzaffar otasidan keyin amirlik taxtiga
oʻtirgan. Akram Muzaffarning ukasi boʻlgan deya taxmin
qilinadi. Malikxon toʻra jismonan baquvvat boʻlmagan. U
Hindistonga ketib, oʻsha yerlarda hayot kechirgan va koʻp
farzandlar koʻrgan
[5]
.


Amir Nasrulloh 1860-yilda xastalanib qolgan. Oʻlimidan oldin
Qarshi, Shahrisabz, Kitob, Samarqand va Miyonqol
viloyatlarida boʻlib, safar oyining 10-kuni poytaxt Buxoroga
qaytgan
[5]
. Kundan-kun ahvoli ogʻirlashib, 1860-yilning 21-
sentyabrida
[4]
(5-oktyabrda
[21]
, 19-oktyabrda
[5]
) 60 yosh
atrofida vafot etgan. Marhumni Registondagi Boloyi hovuz
masjidiga olib kelishgan va aʼlam ul-ulamo Sultonxoja aʼlam
uning janoza namoziga imomlik qilgan. Bu tadbirga xalq
behad koʻp yigʻilgan, natijada katta izdihom paydo boʻlgan va
Oʻlimi


uni qabrgacha kuzatib borgan. U Buxoroda, bobosi va
otasining yoniga, hazrati Imlo qabristoniga dafn etilgan
[5]
.
Buxoro amirligi taxtiga uning yagona vorisi Muzaffar
oʻtirgan
[21][7]
.
Amir Nasrulloh hukmronligi davri yetarlicha ilmiy tadqiq
etilmagan. Hozirga qadar uning shaxsi haqida ilm ahli bir-
biriga qarama-qarshi va zid fikrlar bildiradi. Bunga
sabablardan biri sifatida, ilgʻor va erkin fikrli kishilarnining
Amir Nasrulloh tomonidan quvgʻin qilinib, hatto ularni turli
Shaxsga nisbatan munosabat


yoʻllar bilan oʻldirtirgani tarixiy manbalar va ilmiy tadqiqotlarda
koʻp bor taʼkidlangani koʻrsatiladi
[5]
.
Masalan, Muhammad Mir Olim Buxoriy va Abdumutallib
Fahmiy kabi baʼzi mualliflar asarlarida u haqida yomon soʻz
aytilmaydi
[5]
.
Biroq, Qoʻqon xonligining istilo qilinishi va u yerda amalga
oshirilgan oʻlim jazolari, Junaydulloh Hoziq, Oxund Darvesh
Muhammad Keshiy kabi allomalarning oʻldirilishi uning
shaʼniga hozirga qadar taʼna toshlarini otilishiga sabab
boʻlmoqda
[5]
.


Buxoro xalq sovet respublikasi davridan boshlab yangi tuzum
faollari boʻlgan Yosh buxoroliklar (jadidlar) oʻzlarining yaqinda
mavh etilgan gʻanimlari — Mangʻitlar oʻzbek sulolasi amirlarini
keskin tanqid qilishga kirishganlar. Bu ishning boshida taniqli
mahalliy adiblar Sadriddin Ayniy va Abdurauf Fitratlar
turishgan. Yirik davlat arbobi Fayzulla Xoʻjayev esa ularning
gʻoyaviy mafkurachisi hisoblangan. Bu holat 1925-yildan
keyin, Oʻzbekiston SSR tuzilgach, ayniqsa, avj olib ketgan. Bu
davrga kelib nafaqat Amir Nasrullohni, balkim barcha
Mangʻitlar oʻzbek sulolasi amirlarini qoralash jarayoni
yoppasiga ommaviy kampaniyaga aylantirilgan. Bu holat


Qoʻqon tarixnavislik maktabiga mansub jadidchi Isʼhoqxon
Ibratning „Fargʻona tarixi“ asarida ham oʻzining yaqqol
ifodasini topgan. A. Fitrat va I. Ibrat tomonidan Amir Nasrulloh
„Botur qassob“, „Qassobning botiri“ degan nomlar bilan
atalgan. Amirga yopishtirilgan ushbu yorliq keyingi davrlarda
oʻzining tarixiy xizmatini koʻrsatgan
[54]
.
Quyida A. Fitrat asaridan iqtibos keltirilgan:



Amir Haydardan keyin uning oʻgʻli Amir Husayn taxtga
oʻtirdi, biroq ikki oyu necha kundan keyin u vafot etdi.
Uning oʻrnini Amir Umar egalladi. Biroq Amir
Haydarning oʻgʻli Amir Narullo oʻzining birodariga qarshi
lashkar tortib Buxoroni oʻrab oldi va hukumatni oʻz
qoʻliga oldi. Nasrullo oldin Amir Umarni omon qoldirib,
Buxorodan chiqarib yubordi, ammo ahdiga vafo qilmay
orqasidan jallodini yubordi. Jallod Amir Umar boshini
kesib keltirdi. Nasrullo oʻzining boshqa aka-ukalarini
ham turli hiylalar bilan oʻldirdi va Buxoro hukumatiga
hech qanday raqibsiz ega boʻldi
[54]
.



Q. Rajabov A. Fitratning asarida 
"tarixiy haqiqatdan
chekinilgan, mangʻit hukmdorlari faoliyatini baholashda sinfiy
yondashuv ustun boʻlgan" deb baho bergan va A. Fitratning
Amir Nasrullohga nisbatan aytilgan quyidagi gaplarni amir
hayoti toʻgʻrisidagi tarixiy haqiqat deb qabul qilmaslik
lozimligini taʼkidlagan.



Xalqning goʻzal chahrali qizlari va oʻspirin farzandlarini
uning qoʻlidan qochirish, xalos boʻlish yoʻli yoʻq edi. Har
bir qiz yoki biror oʻspirin ming yoʻl bilan beayov amir
qoʻlidan qochib qutulishga intilsa, amir kishilari har xil
yoʻl bilan ularni qatl etishar edi … .
Amir Nasrullo har kimni arzimas bahona bilan oʻldirar
va mulkini talon-aroj etar edi. Uning hokimiyati davrida
Buxoro xalqi ziyofat, majlis oʻtkaza olmas edi. Hatto
oxirgi nafasi chiqayotgan paytida ham uning qontalab
hirsi toʻxtamadi va oʻzining Kengashoyim ismli xotinini
„mening qulogʻimga simob quyding“ deb jallodga



topshirdi. Ushbu begunoh ayolning oxirgi qoni
tomchilari yerga oqayotgan paytda amir Nasrulloning
ham soʻnggi nafasi toza havoni bulgʻadi
[54]
.
Amir Nasrulloh faoliyati toʻgʻrisida sovetlar davrida ham, SSSR
qulab Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin ham
tadqiqotchilar koʻp yozishgan. Biroq bu asarlarning
aksariyatida Mangʻitlar oʻzbek sulolasining ushbu hukmdorlari
hayoti va faoliyati bir tomonlama koʻrsatilib, Amir Nasrulloh
qiyofasi faqat qora boʻyoqlarda tasvirlangan. Qahramon
Rajabovning fikricha, Amir Nasrulloh haqida XIX asr boshida


„turli daʼvolar va yuzaki mulohazalar“ bildirayotgan
mualliflarning aksariyati tarixchi emas, balki jurnalistlar,
adiblar, adabiyotshunos olimlar va boshqa kasb egalaridir
[55]
.
Ingliz olimi John Wheeler Amir Nasrullohning davlatni
boshqarish faoliyatiga quyidagicha ijobiy baho beradi
[56]
:



[Amir Nasrulloh] shafqatsiz hamda mustabid
hukmronligiga qaramasdan, u davlat qurilishi yoʻlida bir
qator ijobiy ishlarni ham amalga oshirdi. Oʻziga sodiq
harbiylar bilan birga professional qoʻshin tashkil qildi,
bir qancha sugʻorish loyihalarini va maʼmuriy-huquqiy
islohotlarni amalga oshirdi
[56]
.

1. 
Rajabov 2011, s. 12.
2. 
Jumanazar 2017, s. 256—264.
3. 
Toʻrayev 2020, s. 187.
Manbalar


4. 
Rajabov.
5. 
Jumanazar 2017, s. 182—185.

Rajabov 2011, s. 4.
7. 
Jumanazar 2017, s. 390—392.

Rajabov 2011, s. 5.
9. 
Rajabov 2011, s. 6.
10. 
Rajabov 2011, s. 8.
11. 
Rajabov 2011, s. 8—9.
12. 
Rajabov 2011, s. 9.
13. 
Jumanazar 2017, s. 178.
14. 
Rajabov 2011, s. 9—10.


15. 
Jumanazar 2017, s. 418.
1 . 
Jumanazar 2017, s. 544.
17. 
Shodiyev 2010, s. 22.
1 . 
Rajabov 2011, s. 10.
19. 
Rajabov 2011, s. 15.
20. 
Rajabov 2011, s. 18.
21. 
Toʻrayev 2020, s. 188.
22. 
Rajabov 2011, s. 16.
23. 
Rajabov 2011, s. 29.
24. 
Rajabov 2017, s. 26—29.
25. 
Ravshanov 2011, s. 410.


2 . 
Rajabov. Amir Haydar yoxud «amiri sayyid».
27. 
Ravshanov 2011, s. 3.
2 . 
Shodiyev 2010, s. 49.
29. 
Rajabov 2011, s. 31—33.
30. 
Ravshanov 2006, s. 521.
31. 
Shodiyev 2010, s. 51—52.
32. 
Alimova 2017, s. 58.
33. 
Jumanazar 2017, s. 352.
34. 
Shodiyev 2010, s. 51.
35. 
Shodiyev 2010, s. 49—51.
3 . 
Ravshanov 2006, s. 586.


37. 
Jumanazar 2017, s. 165.
3 . 
Jumanazar 2007, s. 187—188.
39. 
Jumanazar 2007, s. 190.
40. 
Jumanazar 2017, s. 202—205.
41. 
Jumanazar 2017, s. 207—208.
42. 
Jumanazar 2017, s. 251.
43. 
Jumanazar 2017, s. 277—279.
44. 
Jumanazar 2017, s. 330—332.
45. 
Jumanazar 2017, s. 367—368.
4 . 
Jumanazar 2017, s. 372—373.
47. 
Jumanazar 2017, s. 392.


4 . 
Jumanazar 2017, s. 480.
49. 
Jumanazar 2017, s. 181—182.
50. 
Jumanazar 2017, s. 347—348.
51. 
Jumanazar 2017, s. 63—64.
52. 
Jumanazar 2017, s. 65.
53. 
Jumanazar 2017, s. 482.
54. 
Rajabov 2011, s. 35—42.
55. 
Rajabov 2011, s. 3.
5 . 
Shodiyev 2010, s. 22—23.
Adabiyotlar


Alimova R. R.
. Oʻrta Osiyo xonliklarining qoʻshni davlatlar
bilan diplomatik va savdo-iqtisodiy munosabatlari (XVI—XX
asr boshlari rus tarixshunosligi va manbalari asosida.
Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2017 —
147 bet. 
Jumanazar A. K.
. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent:
Akademnashr, 2017 — 592 bet. ISBN 978-9943-4728-2-2. 
Jumanazar A. K.
. Nasaf. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007 — 204 bet.
ISBN 978-9943-06-029-6. 


Rajabov Q. K.
. Amir Haydar yoxud «amiri sayyid». Buxoro:
Buxoro mavjlari. 
Rajabov Q. K.
. Amir Nasrulloh Bahodurxon yoxud «xoni
shahid». Buxoro: Buxoro mavjlari. 
Rajabov Q. K.
. Nasrullohxon (risola). Toshkent: Abu
matbuot-konsalt, 2011. ISBN 978-9943-336-63-6. 
Ravshanov P.
. Qarshi tarixi. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006
— 648 bet. ISBN 5-633-01899-0. 
Ravshanov P.
. Shahrisabz tarixi (Eng qadim davrlardan XX
asrning I choragigacha. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2011 —
548 bet. ISBN 978-9943-08-760-6. 


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Toʻrayev H.
. Buxoro tarixi: oʻquv qoʻllanma. Buxoro: Durdona,
2020 — 592 bet. ISBN 978-9943-6571-0-6. 
Shodiyev J. M.
. Buxoro amirligi davlatchiligining rivojlanishi.
Toshkent: TDYI nashriyoti, 2010 — 114 bet. 


Bu sahifa oxirgi marta 24-Mart 2023, 20:15 da tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar
aksi koʻrsatilmagan boʻlsa).
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?
title=Amir_Nasrulloh&oldid=3627324" dan olindi 

Download 442.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling