Amir Shohmurod vafot etgach, amirlik taxtiga uning o‘g‘li Haydar 1800


Download 22.76 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi22.76 Kb.
#188607
Bog'liq
buxera


Amir Shohmurod vafot etgach, amirlik taxtiga

uning o‘g‘li Haydar (1800 —

1826)o'tirdi. Ba'zi viloyat boshliqlari

uning tajribasiz va qat'iyatsizligidan foydalanib, uning hokimiyatiga bo‘y-

sunmaslikka urinishgan. Lekin, amir Haydar katta qiyinchiklar

bilan bo‘lsa-da, viloyat hukmdorlarini aksariyatining qarshiligini sindira olgan va

markaziy hokimiyatga bo‘ysundirgan. Ba'zi viloyatlar

boshqaruvining erkin olib borilishi to'xtatilgach davlat yerlari zaxirasini ko‘paytirgan.

Bu davlat yerlarini ma'lum bir miqdordagi boj evaziga ijaraga olib ishlovchilar miqdorining oshishiga

olib kelgan. Bu vaziyat amirlik iqtisodiyotining juda tez jadallik bilan

o‘sishiga xizmat qilgan.

Amir Haydar boshqaruvi davrida mamlakatning ichki va tashqi

savdosi ham o‘sdi.

Amir H aydar o‘z davrining mukammal aqlga ega hukmdorlaridan

bo'lgan va Qur’oni Karimni yoddan bilgan. Amir saroyida uning tavsiyasi bilan tez-

tez diniy va ilmiy mulohazalar o‘tkazilib turilgan. Buxoro

madrasalariga boshqa chet mamlakatlardan bilim olishga keluvchilar soni ortib

borgan. Ularga qulay sharoit yaratishga juda jiddiy e'tibor berishgan.

Amir Haydarning shaxsan o‘zi ham madrasa talabalariga ma’ruzalar o‘qigan.

Biroq ayni paytda, amir Haydar qanchalik hurmat qilinmasin,

amirlikda to'liq osoyishtalikni ta’minlay olmagan. Bunga xalqqa qarshi qilingan adolatsizliklar ham sabab bolgan.

Viloyatlardagi xalq noroziligidan ayrim viloyatlar hokimlari va

yirik zodagonlar markaziy hokimiyatdan mustaqil bolish maqsadi

yolida foydalanib qolishga urinishgan.

Amir Haydarning ukasi Dinnosirbek boshqaruvida bo'lgan Marv viloyati norozi aholisi 1804- yilda qo‘zg‘olon kolargan. Amir

Haydarga qarshi bo'lgan kuchlar esa bundan foydalanib,

Dinnosirbekni amirlik taxtiga o'tqazmoqchi bo'lishgan. Biroq,

markaziy hukumat bunga qarshi keskin choralar ko‘rishga majbur

bolgan. Dinnosirbek boshliq qo‘zg‘olonchilarga

qarshi Niyozbek parvonachi boshchiligida qo‘shin yuborgan.

Niyozbek parvonachi ko'rsatmasi bilan Marv vohasini suv bilan

ta’minlab turgan Sultonbandi to‘g‘onini buzdirib tashlagan. Suvsiz

qolgan marvliklar jang qilmay, o‘zlari yashab turgan joylardan

boshqa yurtlarga ketishga majbur bolgan. Dinnosirbek esa Erondan

boshpana topgan.

Harbiy harakatlar oddiy mehnatkashlaming buningsiz ham

og‘ir ahvolini yanada og‘irlashtirgan. Bundan tashqari harbiy

harakatlar uchun qoracherikka safarbarlik va yer solig‘ining

muddatidan avval yig‘ib olinishi 1821-yili Miyonqolda qo‘zg‘olon

ko‘tarilishiga sabab bo'ldi. Lekin amir Haydar qo‘zg‘olonchilaming

kuchini to‘la s Nihoyat indirolmaydi va qo‘zg‘olonchilarga yon bosishga,

ularning mulklari daxlsix bo'lishi to'g'risida yorliq berishga majbur bo‘ladi.
Amir Haydar olamdan ko'z yumgach, ozgina muddatlarga uning ikki o‘g‘li taxtga o‘tirish-

gan.Hech qancha vaqt o'tmay ular fitna qurboni bolish-

gan va taxtni uning uchinchi o‘g‘li Nasrullo egallagan

(1826 - 1860).Amir Nasrullo amirlik tarkibiga nomigagina qo'shilgan bekliklarni

markazlashgan davlatga birlashtirish yo‘lida qat’iyat bilan kurash olib

bordi. U qanchalik qattiqqo‘l bo'lmasin, uning hukmdorlik davrida ham

bekliklarning erkin bo'lishi uchun kurashiga nuqta qo'yishning

iloji bo‘lmadi. Jumladan, Shahrisabz va Kitob bekliklarini to'la

bo‘ysundirish uchun kurash 30 yil davom etgan. Va nihoyat,

1856-yilga kelibgina u Shahrisabz va Kitobni o‘ziga bo‘ysundirishga

erishgan.

Amirlik doimiy qo'shinga ega emas edi. Amirlik qo‘shini nomuntazam

bo‘lib, qoracherik deb atalgan. Bu qo‘shin

zaruriyat paydo bo'lganda viloyatlardan yig'ilgan. Amir Nasrullo

qoracherik o‘rniga muntazam qo‘shin (navkariya) tuzish maqsadida

1837- yilda harbiy islohot qilgan. Muntazam qo‘shinga ega

bo'lish, birinchi galda, mamlakat yaxlitligini ta’minlab turishga xizmat

qilardi. Zero, bunday qo‘shin markaziy hokimiyatdan mustaqil

bo'lishga harakat qilayotgan viloyatlarning imkoniyatlarini amalda yo‘qqa

chiqarar edi. Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligida mehnat qilayotgan

kishilardan qoracherikka safarbar etiluvchilar sonining keskin

kamayishiga olib kelar edi. Natijada, safarbarlik davrida qishloq

xo‘jaligi ekinlari qarovsiz qolishining oldi olinardi. Uchinchidan

esa, zaruriyat tug'ilganda amirni viloyatlar yuborishi kerak bo'lgan

qoracherikka umid bog'lashdan qutqarardi. Zero, talab qilingan qoracherikni hamma viloyatlar ham yubormas edilar.

1837- yilda o'tkazilgan harbiy islohotga ko‘ra, dastlab 800

kishilik sarbozlar (piyoda askarlar) va 250 kishilik to‘pchilardan

iborat muntazam qo‘shin tuzilgan. Ulaming yashashlari uchun maxsus uy-joylar qurilgan. Sarbozlar maxsus kiyim (qizil kamzul,

oq shalvar va qalpoq), nayzali miltiq, qilich va to‘pponcha bilan

ta’minlangan.

To‘pchilar qismini shakllantirishda chetdan to‘p qo'yish va

to‘pdan otish ilmini o‘rgatuvchi mutaxassislar jalb etilgan. Navkariya

tarkibida otliq qo‘shin (navkar) ham bo'lgan. Muntazam qo‘shin-

ning harbiy xizmatchilariga mansab darajasiga qarab maosh belgilangan.

Mang‘it hukmdorlari ichki siyosatining asosiy maqsadi markaziy hokimiyatni

mustahkamlash, xalq ommasini qattiq itoatda ushlashdan iborat

bo'lgan. Ayni paytda, mang'it hukmdorlari yirik zodagonlarning

nufuzini kamaytirishga imkon bemvchi tayanch kuchlarni vujudga

keltirish siyosatini tutdilar. Bunday davlatga xizmat qiluvchi amaldorlar ijtimoiy tayanch bo'lishi mumkin edi. Mang'it

hukmdorlari ana shunday xizmatkor amaldorlar tabaqasini yarata

oldilar. Amir saroyida xizmat qiluvchi 300 ga yaqin yuqori

amaldorlik lavozimi joriy etildi.

Bundan tashqari, mangdt amirlari markazlashgan mutlaq

hokimiyatni barpo etishni o‘zlarining bosh vazifalaridan biri

deb hisoblaganlar. Shu maqsadda ular amir shaxsiga sigdnish

siyosatini yuritganlar. Amir shu darajada oliy hokimiyat mavqeyiga

kodarilganki, jazoga tortilishdan qo‘rqqan fuqaro uning nomini

baland ovoz bilan ayta olmas edi. Hukmron tabaqalar amirga

xushomadgo‘ylik qilardilar. Amaldoriar amirdan ko‘rsatma kutib

odirmasdan uning xohish-istagini topa bilishga intilardilar. Har

bir amaldor amirning, kichik amaldor o‘zidan katta amal-

doming qahriga uchrab qolishdan qo‘rqib yashardi. 0 ‘zining

bugungi mavqeyi, mulki, hayoti, oilasining omonligi uchun

shunday bir qo‘rquv muhiti vujudga keltirilgan ediki, natijada

hech kim ishonch bilan ertangi kunidan umidvor bo da olmay

qolgan edi.

Amirlar mangdt qabilasidan bodganliklari uchun bu qabilani

o‘zlarining asosiy siyosiy va ijtimoiy tayanchlariga aylantirgan

edilar. Davlat muassasalari, asosan, ulardan tashkil etilgan. Buxoro

amirlari o‘zbek qabilalari boshliqlarining o‘z qabiladoshlariga

ta’sirini juda yaxshi bilar edilar. Qabila boshliqlari bilan o‘zaro

til topa olish — bu mamlakat xavfsizligining asosiy kafolatlaridan

biri edi. Shu sababli mang'it amirlari boshqa o‘zbek

qabilalari yetakchilarinigina o‘z xizmatlariga olar edilar.
Download 22.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling