Amir temur – qonun ustuvorligi ta`minlangan markazlashgan davlat asoschisi


Download 6.83 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi6.83 Kb.
#1497325
Bog'liq
AMIR TEMUR


AMIR TEMUR – QONUN USTUVORLIGI TA`MINLANGAN MARKAZLASHGAN DAVLAT ASOSCHISI
G`apparova Sevara Xikmatulla qizi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi

Sohibqiron Amir Temur bobomizning bizga qoldirgan merosini o`rganish masalasi haqida to`xtalganda, avvalo, u kishining qudratli davlat boshqaruvidagi o`ziga xos xususiyatlariga e`tibor qaratish lozim. Agar davlat qudratli bo`lmasa betakror madaniy - ma`naviy meroslar ham, obidalar ham, tarixiy – madaniy yodgorliklar ham mavjud bo`lmas edi. Amir Temur buyuk va markazlashgan davlatning asoschisi sifatida davlatni boshqarishda aql – zakovat va huquqiy asoslarga tayangan. Yana bir davlatni markazlashtirishning yo`li sifatida uzoq va yaqin qo`shnichilik munosabatlarini yaxshilashni muhim hisoblagan. Shu sababdan ham u Osiyo bilan Yevropani bog`lashga xizmat qilgan ulkan ishlarni amalga oshirgan: savdo – iqtisodiy munosabatlar orqali xalqlar, mamlakatlar o`rtasidagi yagona makon barpo etish sohasida shunday yutuqlarga erishganki, mana oradan olti asr o`tsa hamki, Yevropaning bobomizga nisbatan so`nmas ehtiromiga sabab bo`lib kelmoqda.


Shu o`rinda, markazlashgan davlat tushunchasiga to`xtalib o`tsak, markazlashgan davlat bu –
Har qanday davlatning mustahkam va qudratli bo`lishi, el – yurtning tinch va farovonligi ko`p jihatdan amaldagi qonunlarning ustuvorligiga bog`liqdir. Hammamizga ma`lumki, boshqa xalqlar singari, o`zbek xalqining ham qadim - qadimdan oila, mol – mulk, meros kabi masalarni, shuningdek, davlat va fuqaro o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solib va boshqarib turgan qonunlari bo`lgan.bu qonular asosida fuqarolar va jamiyatni himoya qiladigan mansab vakillari bo`lib, ular idora, qozi, mushrif, muxtasib, yasavul, mirshab kabilar. Amir Temur va uning avlodlari ham o`z zamonida fatvolar va majmualar asosida ish ko`rganlar. Shuning bilan bir qatorda xazrat sohibqironning nomi bilan bog`liq bo`lgan “Temur tuzuklari” kitobi ham hukmdorlarning yurish – turishi, axloq – odobi, burch va vazifalari, davlat va qo`shinni boshqarish tartiblari haqidagi risola hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganimizda, “Temur tuzuklari” davlat va qo`shinni, mamlakat va jamiyatni idora qilishning qimmatli bir qonunidir.
Amir Temurning quyidagi davlat boshqaruviga oid fikrida “Har qanday davlat din-u oyin asosida ish ko`rmas ekan, undan saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo`ladi, bunday saltanat yalang`och odamga o`xshaydikim, uni ko`rgan har kimsa undan nazarini olib qochadi. Yoxud qas-u nokas tap tortmay kirib – chiqadigan tomsiz, eshigi yo`q bir uyga o`xshaydur”1, deb juda chiroyli o`xshatish ishlatilgan.
Amir Temur saltanatining ustun jihatlaridan biri, “Temur tuzuklari”da keltirilganidek, podshohdan tortib to oddiy fuqarogacha hammaning huquq va majburiyatlari belgilanganligidir. Masalan, vazirlar devonbegi rahbarligida raiyat va siphoning umumiy ahvoli, mamlakatning moliyaviy sharoiti, saltanat idoralarining faoliyati bilan bog`liq masalarga javobgar bo`lganlar. “ Agar vazir iymon-u insofli, don ova tadbirkor bo`lsa, saltanat korxonasining ishlarida eng to`g`ri chora va tadbirlar qo`llab, yaxshi anglagan xolda amalga oshrib, davlatni tartib – intizomga keltiradi”2, deb aytiladi “Temur tuzuklari”da.
Shuning bilan birga Amir Temur raiyatni, oddiy xalqni himoya qilishni ham qonun bilan mustahkamlagan: “… agar har yer va yurtning amaldorlai va kalontarlari oddiy fuqaroga jabr – zulm qilsa va shu orqali bechoralarga zarar – ziyon yetazsa, yetkazilgan zararni o`sha kalontarlardan undirib, jabr ko`rganlargan bersinlar, toki ular qaytadan avvalgi ahvollariga kelsinlar. Agar kadxudolar va kalontarlar o`zidan kichik martabadagi odamga zulm qilgan bo`lsalar, qilgan zulmlariga yarasha jarima solsinlar. Agar dorug`alar va hokimlar xalqqa jabr – zulm qilgan bo`lsalar, qilgan ishlariga loyiq jazo berilsin” Amir Temur nafaqat o`z xalqi, balki fatx etilgan boshqa mamlakatlarning xalqini ham imkoni boricha qonun muhofazasiga oldi, ularni asirlik va talon – tarojlardan saqladi.
Download 6.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling