Amir temur (1336-1405) reja: Amir Temur haqida umumiy ma`lumot


Download 445 b.
Sana09.06.2018
Hajmi445 b.


AMIR TEMUR (1336-1405)


REJA:

  • 1.Amir Temur haqida umumiy ma`lumot.

  • 2.Amir Temur haqida g`arb olimlarining qarashlari.

  • 3.Harbiy yurishlari to`g`risida.

  • 4.Temur tuzuklari.

  • 5. AMIR TEMURNING TURLI YILLARDA ISHLANGAN PORTRETLARI VA HAYKALLARI .



Yangi so`zlar :

  • Justice – Adolat

  • People - Xalq

  • Education - Tarbiya

  • Reign - Saltanat

  • Kind - Rahmdil

  • Clever - Qobiliyatli

  • Advise - Pand-nasiha

  • Fairness - Odillik



 "Ma'naviyat yulduzlari“ kitobidan :

  • O'zbekistonning mustaqillikka erishuvi, eski mafkura siquvidan qutulish, tariximizga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish imkonini yaratdi. So‘nggi yillarda Amir Temur va uning davrini o‘rganishga bag‘ishlangan qator manbalar, kitoblar, jumladan, Bo‘riboy Ahmedovning Amir Temur haqidagi katta roman-xronikasi nashr etildi. O'zbekiston Prezidentining farmoni bilan 1996 yil - Amir Temur yili deb e'lon etilishi va bu sana jahon miqyosida nishonlanishi Amir Temur nomi oqlanib, o‘zbek xalqiga butunlay qaytganiga yorqin dalildir.



Amir Temur haqida chet olimlarining fikrlari:

  • "Temurning To‘xtamish ustidan qozongan bu g‘alabasi nafaqat Markaziy Osiyo va Sharqiy Ovro‘po, balki Rusiya uchun ham katta ahamiyatga molik bo‘ldi". A. Yu. Yakubovskiy, rus olimi "Baxtiyor jangchi, jahongir, uzoq Sharqtsa qonunshunos bo‘lish bilan birga o‘zida, Osiyoda kam uchraydigan taktik va strategik bilimlarni ifodaladi". F.Shlosser, nemis olimi "Temur o‘z dushmanlariga nisbatan juda berahm edi, lekin sarkardalik, davlatni boshqarish va qonunchilik sohasida buyuk talantga ega edi". M.Veber, nemis olimi



Fransuz olimi Lyangle AmirTemur haqida :

  • "Temur tuzuklari"ni inglizchadan frantsuz tiliga tarjima qilib, 1787 yilda nashr etgan frantsuz olimi Lyangle Temur haqida shunday yozadi: "Temur xon (Temur) siyosiy va harbiy taktika haqida risola yozgan va o‘z avlodlariga juda dono tizim qoddirgan. Biz buni tasavvur ham qilmagan edik va uning urushlarini bosqinchilik va talon-taroj qilish deb baholab kelgan edik. Deyarli yengib bo‘lmaydigan ikki to‘siq - bizdagi taassub hamda tarixiy nohaqlik Temurni bilishimizga va to‘g‘ri baholashimizga xalaqit berib keldi".



Amir Temur hayoti:

  • Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336 yil 9 aprelda Kesh (Shahrisabz) viloyatining Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan.



Amir Temurning yoshligi :

  • Amir Temurning yoshligi haqida ma'lumotlar kam uchrasa-da, ayrim manbalarga qaraganda, u yoshligida xat-savod chiqarib, o‘z davrining tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, me'morchilik va tarix ilmlarini o‘rgangan. Amir Temur bilan suhbatlashish sharafiga muyassar bo‘lgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldun jahongir turk, arab, fors xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha yaxshi o‘zlashtirganini ta'kidlaydi



Amir Temurning faoliyati :

  • Amir Temurning hayoti va faoliyatida ikki davr yaqqol ko‘zga tashlanadi. Birinchi davri (1360-1385) Movarounnahrni mo‘g‘ul xonligidan ozod qilib, yagona markazlashgan davlat tuzish, o‘zaro urushlarga barham berish. Ikkinchi davri (1386-1405) esa ikki yillik, uch yillik, besh yillik, deb ataluvchi boshqa mamlakatlarga yurishlari bilan xarakterlanadi.



Harbiy yurishlari :

  • Amir Temurning har bir harbiy yurishiga turtki bo‘larlik sabab bor edi. Bu sabablar - o‘z davlatining chegaralarini mustahkamlash, tashqi dushmanlardan himoyalanish, karvon yo‘llarini turli yo‘lto‘sarlardan tozalash, xiyonatchi, sotqin, addamchilarni jazolash, bo‘ysunmaganlarni itoat ettirish, o‘zining siyosiy ta'sirini kengaytirish kabilardan iborat bo‘lganligini tarixiy manbalardan bilib olish mumkin. Masalan, Amir Temurning To‘xtamishxonga qarshi yurishini olsak, Temur To‘xtamishxonga ko‘p iltifotlar, yordamlar ko‘rsatib, 1379 yilda O'rusxonni yengib, Oq O'rda taxtiga To‘xtamishxonni o‘tqazgan edi. Ammo To‘xtamishxon Amir Temurning umidlarini puchga chiqardi.



Tarixchilar ta`rifi :

  • Temur tarixchilar tasviricha, o‘rta asrning atoqli davlat va harbiy arboblaridan bo‘lib, Ovro‘po olimlari o‘z asarlarida uning salbiy tomonlari bilan birga muhim fazilatlarini ham ta'kidlab o‘tganlar. Nemis olimi F.Shlosser o‘zining "Jahon tarixi" (Sh-tom) asarida: "Baxtiyor jangchi, jahongir, uzoq Sharqtsa qonunshunos bo‘lish bilan birga o‘zida, Osiyoda kam uchraydigan taktik va strategik bilimlarni ifodaladi", - deb yozsa, atoqli nemis olimi va tarixshunosi M.Veber: "Temur o‘z dushmanlariga nisbatan juda berahm edi, lekin sarkardalik, davlatni boshqarish va qonunchilik sohasida buyuk talantga ega edi", - deb ta'riflaydi. Shuningdek, "Tuzuki Timur" - "Temur tuzuklari"da ham Temurning jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga qarashi, birlashgan qudratli feodal davlatning siyosiy va axloqiy qoidalari haqida gap boradi.



"Temur tuzuklari"

  • "Temur tuzuklari"da davlat tizimi, davlatdagi turli lavozimlarning vazifasi, undagi turli toifalar va ularga munosabat, davlatni boshqarishga asos bo‘lgan qoidalar, qo‘shinlarning tuzilishi, tartibi, uni boshqarish, ta'minlash, rag‘batlantirish, qo‘shin turlarining tutgan o‘rni va o‘zaro munosabati kabi masalalar bayon etiladi. Davlat ishlarini har doim islom va shariat hukmlari asosida olib borilganligi bir necha bor ta'kidlanadi. "Saltanatim martabasini, - deb ta'kidlaydi Amir Temur, - qonun-qoidalar asosida shunday saqladimki, saltanatim ishlariga aralashib, ziyon yetkazishga hech bir kimsaning qurbi yetmasdi". Bundan tashqari, asarda jamiyat ishlaridagi odamlarning 12 toifaga bo‘linishi, saltanatni boshqarishda 12 qoidaga amal qilinganligi, saltanat 4 qat'iy qoidaga asoslanishi kabi masalalar ham tartib bilan bayon etilgan ("Temur tuzuklari"ga karalsin. - M.X.).



Amir Temurning obodonchilik ishlari to‘g‘risida :

  • Amir Temurning obodonchilik ishlari to‘g‘risida taniqli sharqshunos olim, akademik V.V.Bartold: "Temur go‘yo Samarqanddan boshqa hamma yerda vayrongarchilik bilan shug‘ullangan, degan fikr mubolag‘ali: u Kobul vodiysi va Mug‘an cho‘li kabi Samarqanddan uzoq bo‘lgan joylarda ulkan sug‘orish ishlari olib bordi", - degan tarixiy jihatdan g‘oyat qimmatli fikrni aytib o‘tgan. Bu fikrga muqoyasa qilib, Ali Yazdiyning yozishmasini keltirish maqsadga muvofiqdir. "Bir yil mobaynida, - deb yozadi o‘rta asr tarixchisi Ali Yazdiy, - Bag‘dod shahrini tiklash haqida buyruq berildi, toki shahar yana o‘z qiyofasini olsin, unda hunarmandchilik rivojlansin, tevarak-atrofida dehqonchilik o‘ssin, savdo-sotiq va madaniy hayot keng tarmoq yoysin, islom bilimi ilgarigiday yoyilsin. Bu vazifa amirzoda Abu Bakirga topshirildi".



Amir Temurning ilm ahliga munosabati:

  • Amir Temur saroyida ko‘plab ilm-ma'rifat allomalari Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono Shamsuddin Munshi, Mavlono Abdullo Lison, Mavlono Badriddin Ahmad, Mavlono Nu'moniddin Xorazmiy, Xoja Afzal, Mavlono Alouddin Koshiy, Jalol Xokiylar Sohibqironning marhamatidan bahramand bo‘lib, uning xizmatida bo‘ldilar. Amir Temur ilm-fanning riyoziyot, handasa, me'morchilik, falakiyot, adabiyot, tarix, musiqa kabi sohalari ravnaqiga katta e'tibor berib, sohibi hunarlar bilan qilgan suhbatlari haqida frantsuz olimi Lyangle shunday yozadi: "Temur olimlarga seriltifot edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda sofdilligini ko‘rgan kishilarga ishonch biddirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek, ilm-fan, idora va boshqa ishlarda iste'dodli bo‘lgan barcha kishilar bilan suhbatlashish uchun ko‘pincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelardi. Chunki Temur bu sohalarga g‘amxo‘rlik qilishga asosiy e'tiborini berardi".



I.I.Mo`minovning risolasi :

  • Bu jihatdan O'zbekistonda 1968 yili akademik I.M.Mo‘minovning "Amir Temurning O'rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli" risolasining nashr etilishi muhim voqea bo‘ldi. Risola Temur shaxsiga biryoqlamali qarashlarga qarshi yozilgan ilmiy asar sifatidagi dastlabki urinish edi. Lekin bu qadam Moskvadagi yuqori idoralar va matbuot organlari tomonidan qoralandi va asar muallifi benihoya aziyatlar chekdi.



Amir Temurning Samarqanddagi haykali :



Amir Temurning Shahrisabzdagi haykali :



Amir Temurning Toshkentdagi haykali :



Aleksandr Isachev chizgan surat



XV asrda ishlangan surat



Italyan rassomi tomonidan XVI asrda ishlangan surat



Fransuz rassomi tomonidan XVI asrda ishlangan surat



O`zbek rassomlari ishlagan sur`at :



Amir Temur haqida kitoblar (o'zbek tilida)

  • Abdulahad Muhammadjonov. Amir Temur va temuriylar saltanati - PDF Bo'riboy Ahmedov. Amir Temur o'gitlari - PDF Hamidulla Dadaboyev. Amir Temurning harbiy mahorati - PDF Ibrohim Mo'minov. Amir Temurning O'rta Osiyo tarixida tutgan o'rni va roli - PDF Narzulla Ahmedov. Amir Temur: rivoyat va haqiqat - PDF Ozod Mo'min. Amir Temurning yoquti ["Sharq yulduzi", 10-son, 1991] - PDF | HTM Poyon Ravshan, Juma Qurbon. Amir Temur tug'ilgan joy yoki Zanjirsaroy qissasi - PDF Salohiddin Toshkandiy. Temurnoma - PDF Turg'un Fayziyev. Temuriy malikalar - PDF | HTM Turg'un Fayziyev. Temuriylar shajarasi - PDF Yevgeniy Berezikov. Buyuk Temur (roman) - PDF





Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling