Amir temur buyuk davlat arbobi va sarkarda
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 85.03 Kb. Pdf ko'rish
|
128-134
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-32, Issue-2, April - 2023 129 natijasida 27 ta mamlakatni o’ziga bo’ysundirdi. Fosih Havofiy o’zining ‘’ Mujmal - i- osixiy ‘’ kitobida ma’lumot berib o’tadi. Shu tariqa Amir Temur buyuk saltanatga asos solib, feodal tarqoqlikka, tinimsiz davom etayotgan urush janjallarga barham berdi va nihoyat shu saltanatda osoyishtalik yaratdi. Savdo- sotiq, madaniyat, ilm- fan, obodonchilik va me’morchilik yuksak darajada rivojlandi. Amir Temur o’zining ilk harbiy faoliyatini qo’ ostidagi askarlar bilan ayrim viloyat navkarlariga xizmat qilishdan boshlagan. Ularning o’zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko’rsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan. Dong’I butun Qashqadaryo vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aqlu-zakovati, shijoati va shuhrati uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan Xizr Yasovuri va amir Qazog’on bilan yaqinlashtirdi. Xondamirning yozishicha, otasi amir Tarag’ay Amir Temurni avval (1355) amir Joku barlosning qizi Nurmushk og’oga, so’ngra o’sha yili (1355) Qazog’onning nabirasi va amir Husaynning singlisi O’ljoy Turkon og’oga uylantiradi. Keyingi nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn o’rtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda mo’g’illarga qarshi kurashadilar. Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yo’lidagi harakati 14- asrning 60-yillari boshlaridan boshlandi. 14-asrning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning o’zaro kurashi kuchayib amir Qazog’on o’ldirildi. Mamlakatda siyosiy parokandalik avjiga chiqib, og’ir tanglik sodir bo’ldi. Ma’lumotlarga qaraganda, ulus o’nga yaqin mustaqil bekliklarga bo’linib ketgan. Samarqand viloyatida amir Bayon Sulduz, Keshda amir Xoji Barlos, Xo’jandda amir Boyazid Jaloir, Balxda Uljoy Bug’a Sulduz, Shibirg’onda Muhammad Xoja Aperdi nayman, Ko’histonda Badaxshon shohi Amir Sotilmish, Xuttalonda Kayxusrav, Hisori Shodmon hududida amir Husayn bilan o’z hokimi mutlaq deb e’lon qiladilar. Bu davrda Chig’atoy ulusining sharqiy qismi - Yettisuv va Sharqiy Turkistonda huhmronlik qilayotgan mo’g’ul xonlari Movarounnahrdagi og’ir siyosiy vaziyatdan foydalinib, bu yerda o’z hokimyatini o’rnatishga harakat qiladilar. Jeta xonlaridan Tug’luq Temur va uning vorisi Ilyosxo’ja 1360-1361 va 1365- yilda Movarounnahrga bir necha bor bostirib kiradilar. Mo’g’ul xonlarining bosqinchilik yurishlari va zulmga qarshi xalq harakati boshlandi. Biroq Movaunnnahr amirlari xalqqa bosh bo’lib, mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashishga jur’at eta olmaydilar. Ularning bir qismi dushman tarafga o’tadilar. Ikkinchi, qismi esa el- yurtni tark etib, o’zga mamlakatlardan boshpana izlaydilar. Amir Temurning amakisi, Kesh viloyatining hukmdori amir Hoji 1 Ergashev Q. O’zbekiston tarixi. – T.: G’ofur G’ulom, 2015. – B. 214. 2 Shamsiddinov R., Karimov Sh., Xoshimov S. Vatan tarixi.- T.: Sharq, 2016. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling