Amir temur hukmronligi davridaa movorounnahr va xuroson reja: Amir Temur hukmronligi davrida Xuroson


Download 72.5 Kb.
Sana12.11.2020
Hajmi72.5 Kb.
#144104
Bog'liq
AMIR TEMUR HUKMRONLIGI DAVRIDAA MOVOROUNNAHR VA XUROSON


AMIR TEMUR HUKMRONLIGI DAVRIDAA MOVOROUNNAHR VA XUROSON
REJA:

1. Amir Temur hukmronligi davrida Xuroson

2. Amir Temur – mashhur sarkarda

3. Amir Temur hukmronligi davrida Movorounnahr




KIRISH

Buyuk sohibqiron Amir Temurning markazlashgan davlat tuzish va uni mustahkamlash borasidagi faoliyatiga Oltin O'rda va Oq O'rda davlatlari katta xavf tug'dirib turgan edi. Sharq va Farb o'rtasidagi savdo karvon yo'llari ham ularning tasarrufida edi.


XIV asr 70-yillari o'rtalaridagi Oq O'rdadagi voqealar, Oq O'rda xoni O'rusxon va uning o'g'li Temurmalik, nonko'r To'xtamish bilan bo'lgan janglar, Oltin O'rdaning tor-mor etilishi Amir Temur davlatining markazlashgan holda mustahkamlanishiga imkon yaratdi. 
Buyuk Amir Temur mohir sarkarda sifatida qattiq intizomga bo'ysungan qo'shin tuzdi. Ular o'nlik, yuzlik, minglik, tumanlik asosida boshqarildi. Harbiy yurishlar vaqtida «oddiy askarlardan har 18 kishi o'zi bilan birga bir chodir, xar biri ikki ot, bir kamon, bir sadoq o'q, bir qilich, arra, bigiz, bir qop, bolta, o'nta igna va bir charm xalta olishlari shart»1 qilib qo'yilgan.
Sohibqiron uchun har bir askar jang qilish uslublarini yaxshi bilishi farz hisoblangan. U o'z qo'shiniga katta e'tibor berib, ular nizomni qat'iy bajarishi, jangda ayovsiz va dovyurak bo'lishi, dushmanga yumshoq muomalali va adolatli bo'lishi lozim deb hisoblagan. Ibn Arabshohning yozishicha, Temur askarlari ichida taqvodor, saxovatli, xudojuy kishilar ko'p bo'lgan. Ular bechoralarga xayru-ehson ko'rsatish, boshiga og'ir tashvish tushganda yordam qo'lini cho'zish, asirlarga yumshoq muomalada bo'lish va ularni ozod etishga odatlanganlar.
Amir Temur armiyasida Amir Xo'ja Sayfiddin, Amir Sulaymon Xash, Amir Oqbug'a, Amir Soribug'a, Amir Birandiq, Shayx Ali Bahodir, Temur Tosh, Baratxo'ja, Amir Dovud Barlos, Amir Muayyad, Arlot kabi qo'mondonlar xizmat qilganlar. Ayrim yurishlarda Amir Temurning o'g'illari va nabiralari ham qo'shinga qumondonlik qilganlar.

1380-1382 yillarda Amir Temur XUROSON yerlarini bo'ysundirib, Hirot, Astrobod, Domg'on, Semnon va Mazandaronlarni qo'lga kiritgan edi.


Amir Temur birinchi yirik yurishlarini Eron, Armaniston, Gurjiston va Iroqqa qaratdi. Eronning janubi-Isfaxonda hukmronlik qilib turgan muzaffariylar sulolasi, Iroq va Ozarbayjonda hukmronlik qilib turgan Elxoniylar Amir Temurga taslim bo'ldilar. Armaniston va Gurjiston ham eg'allandi.
1398 yili mayida Afg'oniston va Hindistonga yurish boshlandi. Avgust oyida Qobul, 15 dekabrda esa Dehli eg'allandi.
Amir Temur Misr va Suriya sultoni Barsuqning vafoti to'g'risidagi xabarni eshiitgach,1399 yil oktyabrida Misr sari yo'l oldi. Barsuq o'rnida taxtga o'tirgan yosh sulton Faraj Sohibqiron qo'shinlariga bas kelolmadi. 1400 yilda Suriya va Misr ham eg'allandi.
Bu paytda Turkiya sultoni Boyazid butun Yevropaga xavf solayotgan edi. Uning qo'shini chaqmoqdek harakat qilib, o'lkan g'alabalarni qo'lga kirita boshlagan edi. Shu bois ham Boyazidga «yildirim» (chaqmoq) laqabi berilgan edi. U 1396 yilda Yevropaning 100 ming kishilik armiyasi ustidan g'alabaga erishadi. Jangda Yevropa ritsarlarining eng saralari halok bo'ladi. Shu tufayli ham Yevropa davlatlari turklarga bas keladigan qudratli kuch deb, faqat Amir Temurni tanlagan edilar. Shu bois bu davlatlar Amir Temur davlati bilan harbiy, siyosiy va savdo munosabatlarini o'rnatishga intilib, muntazam ravishda o'z elchilarini yuborib turdilar. 1401 yilda Qorabog'da turgan Amir Temur huzuriga Kastiliya qiroli Genrix III ning elchilari Payo  de Satamayor va Don Ernon Sancheslar tashrif buyurdilar. Konstantinopol regenti Ionning elchilari Frensis va Aleksandrlar Boyazidga qarshi birgalikda kurashish taklifi bilan keladilar. Gretsiya imperatori Manuel III ham shu taklif bilan murojaat qiladi. Venetsiya hukmdori esa Amir Temurga bu ishda flot bilan yordam berishga va'da qiladi.
Amir Temur bu qistovlar va va'dalarga e'tibor bermagan holda Boyazidga do'stona maktub yo'llab, o'zining raqibi Qora Yusufni qaytarib yuborishni so'raydi. Ammo Boyaziddan haqoratomuz javob oladi. Aynan mana shu haqorat ikki o'rtada urush bo'lishiga sabab bo'ladi. 1402 yilning iyulida Anqara yaqinidagi jangda Amir Temur 2000 ming kishilik qo'shin bilan Boyazid va uning qo'shinlari ustidan g'alaba qozonadi. Boyazid esa asirga olinadi.
Amir Temurning beg'araz jahongir ekanligini yana shu joyda ko'rish mumkin-ki, u to'liq g'alabaga erishgan bo'lsa ham, Turkiyani o'z davlatiga qo'shib olmasdan, Boyazid o'rniga uning o'g'lini sulton qilib qo'yadi.
Amir Temur Anqara yonidagi g'alaba tufayli «Evropa xalaskori» nomini oldi. U Yevropani vayronlik va zulmdan saqlab qoldi.
Bu g'alaba Amir Temur qo'shinlarining juda ktta va buyuk g'alabalaridan biri bo'lib, u Temur harbiy nazariyasi, taktikalarining beqiyos tantanasi bo'ldi. Samarqand va Yevropa mamlakatlari o'rtasida diplomatik va savdo aloqalarining o'rnatilishi va kengayishi ham ana shu davrdan boshlandi.
Amir Temur o'sha davrda muhim mavqega ega bo'lgan Xitoyni ham bo'ysindirishni birdan-bir maqsad qilib qo'yib, ana shunga puxta tayyorgarlik ko'ra boshladi. Bir necha yilgi puxta tayyorgarlikdan so'ng 1404 yilda o'z maqsadini amalga oshirish uchun 200 ming jangavor qo'shin bilan Xitoy tomon yurish boshladi.
Ana shu tariqa Amir Temur o'zining uch yillik (1386-1388), besh yillik (1392-1398), yetti yillik (1399-1405) yurishlari davomida Ozarbayjonda jaloyirlar, Sabzavorda sarbadorlar davlatini, Hirotda kurdlar davlatini tugatib, Eron va Xurosonni, Hindiston, Suriya va Misr yerlarini eg'allaydi.  
Ammo u 1405 yilning 15 fevralida jangavor yurish chog'ida O'tror shahrida kasallanib vafot etdi. Shu tariqa Sohibqironning buyuk Xitoyni qo'lga kiritish rejasi amalga oshmay qoldi.
Jahongir Amir Temur o'z faoliyati davomida ko'p janglar qildi va bu janglar natijasida Qora, Egay va O'rta Yer dengizlaridan to Hindistonning sharqi, Mo'g'uliston, Xitoygacha, Urol tog'lari, Moskva ostonalari va Dnepr bo'ylarigacha bo'lgan hududni zabt etdi.
Amir Temur o'z harbiy yurishlari natijasida 27 mamlakatni o'ziga bo'ysundirdi. Fosih Havofiyning «Mujmal-i-osixiy» kitobida yozilganidek: «1370 yildan to 1404 yilga qadar qariyib 30 marta qo'shin tortgan Amir Temurning hamma vaqt qo'li baland keldi».1
Shu tariqa Amir Temur buyuk saltanatga asos solib, feodal tarqoqliklarga, tinimsiz davom etayotgan urush, janjallarga barham berdi va nihoyat shu saltanatda osoyishtalik o'rnatdi. 
Amir Temurning mustaqil markazlashgan davlat harbiy doktorina-sining ishlab chiqqanligi uning buyuk sarkardaligidan dalolatdir. Buyuk sarkardaning harbiy san'ati sirlarini, uning harbiy saboqlarini mustaqil O'zbekistonimizda va hatto boshqa yirik mamlakatlarda o'rganilishi fikrimizning isbotidir.

Amir Temur va temuriylar davri o`zbek davlatchiligi tarixida alohida o`ringa egadir. Amir Temur nomi bilan O`zbekistonda davlat va huquq o`zining eng rivojlangan bosqichiga ko`tarilgan edi. Bu imperiyaning chegaralari Sharqda Xitoy davorigacha g`arbda O`rta er dengizigacha, janubda Hindiston va Shimolda Moskov Knyazligi xududlari bilan chegaralangan edi. Markazlashgan o`z davrida dunyodagi eng kuchli davlatga aylangan edi. Amir Temur davrida davlat va qonunchilikni yuksalishi o`z navbatida siyosiy va huquqiy dunyoqarashni ham yuksaklikka ko`tardi. Samarqandda o`ziga xos huquqshunoslar, siyosatshunoslar maktabi rivojlandi. Bunga misol tariqasida Amir Temurning «Tuzuklari» «Boburnoma» Amir Temur va temuriylar davri Alisher Navoiyning asarlari Sharofiddin Al-yazdiyning «Zafarnoma»si kabi asarlarni keltirsak bo`ladi. Bu asarlarda inson, adolat, qonunchilik, davlatchilik, siyosat, madaniyat ravnaqi haqida Bugungi kun uchun ham nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo`lgan g`oyalar, fikr va mulohazalar bayon etilgan.

Amir Temurnint tarjimai holida shunday fikrlar bor:

«Birinchi eng muxim fazilat beg`arazlikdir. Xammaga bir xil qattiq, jiddiy va adolatli munosabatda bo`ldim, odamlarni toifalarga bo`lmadim, kambag`alni yomonlab, boyni maqtamadim. Men hamma vaqt e`tiqodga sodiq qoldim, xudo marhamatiga loyiq topilgan insonlarga katta hurmat bilan qaradim.

Qashshoqlarga xayru-ehsonni ayamadim, har bir masalani xotirjamlik bilan hal qildim, haqiqatni aniqlashga ko`p g`ayrat sarfladim. Butun harakatimni umumiy foydali ishlarga qaratdim, biror bir zaruriyatsiz hech kimga ozor etkazmadim, turli vaziyatlarda menga murojat qilganlardan yuz o`girmadim.

Men bir qo`limda adolat chirog`ini, ikkinchi qo`limda samimiyat chirog`ini tutdim, mana shu ikkala chirog` nuri bilan ximma vaqt o`z hayot yo`limni yoritdim» Amir Temur davlat asosini o`n ikki toifa tashkil etishini, ulardan har birining o`z o`rni va xizmati mavjudligini ko`rsatadi. Bular:

1) sayidlar (payg`ambar avlodlari), ulamo, mashoyih fozil kishilar;

2) Donishmand va ishbilarmon, tadbirkor kishilar;

3) Xudojo`y va tarki dunyo qilgan kishilar;

4) Nuyonlar, amirlar, mingboshilar, ya`ni harbiy kishilar;

5) Sipohi va raiyat (soliq to`lovchi avom xalq);

6) Maxsus ishonchli kishilar;

7) Vazirlar, sarkotiblar;

8) Xokimlar (faylasuf, donishmand kishilar), tabiblar, munajjimlar, muxandislar; a) tafsir va hadis olimlari;

9) Sufiylar moshoyixlar, xudoni tanigan filosiflar;

10) Kasb-hunar egalari;

11) Savdogar va sayyohlar;

Amir Temur davlatni boshqarishda siyosiy va huquqiy faoliyatini boshqarib borishda quyidagi 12 ta tamoyilga e`tibor bergan.

Birinchidan. din va shariatga katta e`tibor bergan.

Ikkinchidan. davlatni boshqarishda yuqorida aytganimiz un ikki xil raiyatning har qaysisiga o`ziga xos munosabat o`rnatgan.

Uchinchidan, maslahat, kengash, tadbirkorlik, xushyorlik, ehtiyotkorlik.

To`rtinchidan. davlat ishlarini ma`lum qat`iy qonun-qoidalarga rioya qilib boshqarish.

Beshinchidan, Amirlar va sipohiylarni xizmatlariga yarasha taqdirlash.

Oltinchidan. adolat va insof bilan ish tutish.

Ettinchidan. sayidlar, ulamoyu mashoyiqlar, aqlli donolarga alohida e`tibor berish.

Sakkizinchidan. xar bir ishni oxirigacha etkazish, qat`iylik, sabr bardosh.

To`qqizinchidan. raiyat ahvolidan ogoh bo`lish, hammani teng ko`rish.

O`ninchidan. turli millat vakillariga bir xil munosabatda bo`lish.

O`n birinchidan. qarindoshlar, ko`shnilar, do`stlarni e`zozlash.

O`n ikkinchidan, sipohiylarga alohida hurmat, g`amxo`rlik ko`rsatish.

Amir Temurning xizmati ulkandir:

Birinchidan, u mamlakatni mo`g`ul bosqinchilardan ozod etdi.

Ikkinchidan, mustaqil o`zbek davlatchiligiga asos soldi.

Uchinchidan, Mamlakatni tuzuklarga (qonunlarga) asosan boshqarishni ta`minladi.

To`rtinchidan, adolat va ma`rifat ishlarini yo`lga qo`ydi. «Kuch-adolatda» degan shiorga asosan.

Beshinchidan, qo`shni davlatlarni ham bosqinchilardan, zulm va zo`ravonlik o`tkazayotgan diktatorlardan tozaladi va u erlarda qonuniy tartib o`rnatdi.

Oltinchidan, Samarqand (poytaxtining) dunyo markaziga aylantirdi. Bu erga uzoq Ispaniya, Frantsiya, Angliya, Xitoy kabi mamlakatlardan ko`plab elchilar, sayoxlar, savdogarlar, olimlar kelib ketadigan poytaxtga aylantirdi.

Amir Temur o`rta asrlarda Turkistonda shunday shart-sharoit yaratdiki, unda Ulug`bek absirvatoriyasi, Alisher Navoiy, Bobur va boshqalar o`z asarlari, odil siyosatlari bilan dunyo jamoatchiligining diqqat e`tiborini tortishga muvaffaq bo`ldi. Bu buyuk ishlarning amalga oshirilishining boshida, so`zsiz, Amir Temur turar edi.

U davlat va jamiyat qurilishida, uni boshqarishda adolat va qonuniylikka asoslandi. O`z zamonida xalqlar orasida keng tarqalgan Islom siyosiy ideologiyasi va uning qonunlar tizimi-shariatni amalda qo`lladi hamda unga qo`shimcha tarzda o`z «tuzuklarini» yaratdi. Uning siyosiy va huquqiy ta`limotlari, o`gitlari, ko`rsatmalari temuriylar davrida dasturi amal bo`lib xizmat qildi. Bugun O`zbekistonda Amir Temur va temuriylarga bo`lgan e`tiborning sababi xam ana shundadir.

 

1360 yillardan boshlab Amir Temur Movarounnahrdagi ichki nizo, urushlarda ishtirok eta boshladi va Mo‘g‘uliston hukmdori Tug‘luq Temurxon, uning o‘g‘li Ilyosxo‘jaga qarshi kurashlardan so‘ng, Amir Husayn ustidan g‘alaba qozongach, 1370 yilda Movarounnahr taxtining haqiqiy sohibi bo‘ldi va Samarqandni hokimiyat poytaxti etib belgiladi.



Amir Temur taxtga o‘tirgach, Chig‘atoy ulusining barcha yerlariga o‘zini voris deb bildi va Sirdaryoning quyi havzasidagi yerlarni, Toshkent viloyatini, Farg‘ona vodiysini, Xorazmni o‘z hukmronligi ostiga kiritdi. Natijada, Movarounnahr va Xurosonda yirik markazlashgan davlat vujudga keldi. Sohibqiron so‘nggi yillarda Eron, Iroq, Kavkazorti mamlakatlari, Hindiston, Oltin O'rda va Turkiya bilan bo‘lgan janglarda g‘olib chiqib, saltanat hududini sharqtsa Xitoy devoriga qadar, g‘arbda - O'rta yer dengiziga, janubda esa Hindiston chegaralariga qadar kengaytirdi.

Temur faoliyatida muayyan siyosiy yo‘l - mayda feodal hukmron-ligini tugatish, muhim xalkaro karvon yo‘llarida ustunlik qilib turgan Oltin O'rda, Eron va boshqa mamlakatlarning raqobatini yengib, Movarounnahrning siyosiy-iqtisodiy quvvatini ta'minlay oladigan markazlashgan davlat tashkil etish edi. Amir Temur avvalambor mamlakatda davlat tizimini mustahkamlash, boshqarishdagi tartib-intizom, qonunchilikni kuchaytirish, savdo-sotiq, hunarmandchilikni kengaytirishga imkoniyat yaratish, soliqlarni tartibga solish, mamlakat himoyasini ta'minlash yo‘lida qo‘shinning qudratini oshirish kabilarga katta e'tibor berdi.

Amir Temurning har bir harbiy yurishiga turtki bo‘larlik sabab bor edi. Bu sabablar - o‘z davlatining chegaralarini mustahkamlash, tashqi dushmanlardan himoyalanish, karvon yo‘llarini turli yo‘lto‘sarlardan tozalash, xiyonatchi, sotqin, addamchilarni jazolash, bo‘ysunmaganlarni itoat ettirish, o‘zining siyosiy ta'sirini kengaytirish kabilardan iborat bo‘lganligini tarixiy manbalardan bilib olish mumkin. Masalan, Amir Temurning To‘xtamishxonga qarshi yurishini olsak, Temur To‘xtamishxonga ko‘p iltifotlar, yordamlar ko‘rsatib, 1379 yilda O'rusxonni yengib, Oq O'rda taxtiga To‘xtamishxonni o‘tqazgan edi. Ammo To‘xtamishxon Amir Temurning umidlarini puchga chiqardi.

U Movarounahrga bir necha bor talonchilik niyatida bostirib kirganidan so‘ng, Temurda ham unga qarshi kurashish majburiyati vujudga keldi va 1395 yil 15 aprelda Qunduzchada Amir Temur bilan To‘xtamishxon o‘rtasida hal qiluvchi hayot-mamot jangi boshlandi. Jang faqat To‘xtamishxonning taqdirini hal qilib qo‘yaqolmay, balki butun Oltin O'rda taqdirini ham hal qildi.

Tarix Temur zimmasiga Oltin O'rdadek qudratli mo‘g‘ul imperiyasining asosini yemirishdek ulkan vazifani qo‘ygan ekan, Sohibqiron bu vazifani ham buyuk jasorat bilan ado etib, Rus knyazliklari va Sharqiy Ovro‘po xalqlarini mo‘g‘ullar asoratidan xalos bo‘lishlariga yo‘l ochib berdi. Yirik rus olimi A. Yu. Yakubovskiy: "Temurning To‘xtamish ustidan qozongan bu g‘alabasi nafaqat Markaziy Osiyo va Sharqiy Ovro‘po, balki Rusiya uchun ham katta ahamiyatga molik bo‘ldi", - deb yozdi.

Temur davlatni boshqarishga katta e'tibor berib, yangi davlat tizimi bo‘yicha Devoni buzrugdan tashqari, har bir viloyatda Devon deb ataluvchi boshqarma tuzib, bu boshqarmalar soliq yig‘ish, tar-tib saqlash, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo‘llar, sug‘arish tarmoqlariga qarab turish va aholining xulqiy-axloqiy harakatlarini nazorat ostiga olish kabi ishlar bilan shug‘ullangan. Har bir Devonda kirim va chiqimlarni hisobga olish, qayd etish turk-o‘zbek va fors-tojik tillarida olib borilgan.

Temur tarixchilar tasviricha, o‘rta asrning atoqli davlat va harbiy arboblaridan bo‘lib, Ovro‘po olimlari o‘z asarlarida uning salbiy tomonlari bilan birga muhim fazilatlarini ham ta'kidlab o‘tganlar. Nemis olimi F.Shlosser o‘zining "Jahon tarixi" (Sh-tom) asarida: "Baxtiyor jangchi, jahongir, uzoq Sharqtsa qonunshunos bo‘lish bilan birga o‘zida, Osiyoda kam uchraydigan taktik va strategik bilimlarni ifodaladi", - deb yozsa, atoqli nemis olimi va tarixshunosi M.Veber: "Temur o‘z dushmanlariga nisbatan juda berahm edi, lekin sarkardalik, davlatni boshqarish va qonunchilik sohasida buyuk talantga ega edi", - deb ta'riflaydi. Shuningdek, "Tuzuki Timur" - "Temur tuzuklari"da ham Temurning jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga qarashi, birlashgan qudratli feodal davlatning siyosiy va axloqiy qoidalari haqida gap boradi.

"Temur tuzuklari"da davlat tizimi, davlatdagi turli lavozimlarning vazifasi, undagi turli toifalar va ularga munosabat, davlatni boshqarishga asos bo‘lgan qoidalar, qo‘shinlarning tuzilishi, tartibi, uni boshqarish, ta'minlash, rag‘batlantirish, qo‘shin turlarining tutgan o‘rni va o‘zaro munosabati kabi masalalar bayon etiladi. Davlat ishlarini har doim islom va shariat hukmlari asosida olib borilganligi bir necha bor ta'kidlanadi. "Saltanatim martabasini, - deb ta'kidlaydi Amir Temur, - qonun-qoidalar asosida shunday saqladimki, saltanatim ishlariga aralashib, ziyon yetkazishga hech bir kimsaning qurbi yetmasdi". Bundan tashqari, asarda jamiyat ishlaridagi odamlarning 12 toifaga bo‘linishi, saltanatni boshqarishda 12 qoidaga amal qilinganligi, saltanat 4 qat'iy qoidaga asoslanishi kabi masalalar ham tartib bilan bayon etilgan ("Temur tuzuklari"ga karalsin. - M.X.).

Shaharlar va shahar atrofi aholisidan na jon solig‘i va na boj olinardi. Birorta ham askarning doimiy turish uchun shaxsiy kishilar uyini egallashga yoki fuqarolarning molini va boyligini o‘zlashtirib olishga haqqi yo‘q edi. "Barcha ishlarda, - degan edi Amir Temur, - bu ishlar qaysi o‘lka xalqiga taalluqli bo‘lmasin, hokimlarning adolat tomonida qattiq turishlariga buyruq berilgan. Qashshoqlikni tugatish maqsadida boshpanalar tashkil qildimki, kambag‘allar ulardan nafaqa olib turardilar". Bundan tashqari, Temurning soliqlar haqidagi qoidasi juda muhim ahamiyatga egadir. Temur yozadi: "Soliqlar yig‘ishda xalqni og‘ir ahvolga solishdan yoki o‘lkani kashshoqlikka tushirib qo‘yishdan ehtiyot bo‘lish zarur. Negaki, xalqni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag‘allashishiga olib keladi, xazinaning bequvvatligi harbiy kuchlarning tarqoqlanishiga, bu esa, o‘z navbatida hokimiyatning kuchsizlanishiga sabab bo‘ladi..."

Amir Temur harbiy salohiyatda jahonga mashhur sarkarda va o‘z zamonasining eng qudratli hukmdori bo‘lishi bilan birga, uning harbiy nazariyasi va amaliy harbiy san'ati, taktika va strategiyasi, armiya tarkibining tuzilishi o‘z davrining nodir mo‘‘jizasi edi. Uning harbiy mahorati turli yo‘nalishlarda - askariy qismlarni qayta tashkil etishda, dushmanga hujum qilishda turli-tuman usullardan foydalanishda, hujumdan oldin dushman joylashgan yerlarni o‘bdon o‘rganib chiqishda, ham lashkarboshi - qo‘mondonliqda namoyon bo‘ldi.

Adabiyotlarda Temur haqida bir-biriga zid fikrlar mavjud bo‘lib keldi, lekin ularning ko‘plarida Temur faoliyatiga o‘z davri nuqtai nazaridan emas, balki mualliflar yashagan davr nuqtai nazari asosida baho berilgan.

"Temur tuzuklari"ni inglizchadan frantsuz tiliga tarjima qilib, 1787 yilda nashr etgan frantsuz olimi Lyangle Temur haqida shunday yozadi: "Temur xon (Temur) siyosiy va harbiy taktika haqida risola yozgan va o‘z avlodlariga juda dono tizim qoddirgan. Biz buni tasavvur ham qilmagan edik va uning urushlarini bosqinchilik va talon-taroj qilish deb baholab kelgan edik. Deyarli yengib bo‘lmaydigan ikki to‘siq - bizdagi taassub hamda tarixiy nohaqlik Temurni bilishimizga va to‘g‘ri baholashimizga xalaqit berib keldi".

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Amir Temur davlat, jamiyat hayotida bo‘lib o‘tadigan har bir muhim reja oldidan kengash o‘tkazar va bu kengashga nafaqat davlat arboblari, sarkardalar, temurzodalarni, balki sayyidlar, shayxlar, ilm-fan arboblarini ham taklif etgan va o‘zining har bir yurish oldidan bunday kengashlar-ni o‘tkazib turishni odat tusiga kiritgan.

Amir Temurning obodonchilik ishlari to‘g‘risida taniqli sharqshunos olim, akademik V.V.Bartold: "Temur go‘yo Samarqanddan boshqa hamma yerda vayrongarchilik bilan shug‘ullangan, degan fikr mubolag‘ali: u Kobul vodiysi va Mug‘an cho‘li kabi Samarqanddan uzoq bo‘lgan joylarda ulkan sug‘orish ishlari olib bordi", - degan tarixiy jihatdan g‘oyat qimmatli fikrni aytib o‘tgan. Bu fikrga muqoyasa qilib, Ali Yazdiyning yozishmasini keltirish maqsadga muvofiqdir. "Bir yil mobaynida, - deb yozadi o‘rta asr tarixchisi Ali Yazdiy, - Bag‘dod shahrini tiklash haqida buyruq berildi, toki shahar yana o‘z qiyofasini olsin, unda hunarmandchilik rivojlansin, tevarak-atrofida dehqonchilik o‘ssin, savdo-sotiq va madaniy hayot keng tarmoq yoysin, islom bilimi ilgarigiday yoyilsin. Bu vazifa amirzoda Abu Bakirga topshirildi".


XULOSA
Amir Temurning yoshligi haqida ma'lumotlar kam uchrasa-da, ayrim manbalarga qaraganda, u yoshligida xat-savod chiqarib, o‘z davrining tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, me'morchilik va tarix ilmlarini o‘rgangan. Amir Temur bilan suhbatlashish sharafiga muyassar bo‘lgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldun jahongir turk, arab, fors xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha yaxshi o‘zlashtirganini ta'kidlaydi.

Amir Temur siyosat maydoniga kirib kelgan paytda, Movarounnahr mo‘g‘ullar istibdodi ostida bo‘lib, Chingizxon va Botuxon bosib o‘tgan shahar va qishloqlar vayronaga aylangan, suv inshootlari buzib tashlangan yoki ishga yaroqsiz holga keltirilgan, Chingizxon Movarounnahrni o‘zining ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxonga suyurg‘ol sifatida in'om qilgan edi.



Amir Temurning hayoti va faoliyatida ikki davr yaqqol ko‘zga tashlanadi. Birinchi davri (1360-1385) Movarounnahrni mo‘g‘ul xonligidan ozod qilib, yagona markazlashgan davlat tuzish, o‘zaro urushlarga barham berish. Ikkinchi davri (1386-1405) esa ikki yillik, uch yillik, besh yillik, deb ataluvchi boshqa mamlakatlarga yurishlari bilan xarakterlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1.  Karimov I.A. «O`zbekiston XXI asrga intilmoqda». «O`zbekiston», Toshkent. 2000 y.

2. Karimov I.A. «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari». «O`zbekiston», Toshkent 1997 y.

3.  Karimov I.A. «O`zbekiston – bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li». «O`zbekiston», Toshkent 1995 y.

4.  Karimov I.A. «O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida». «O`zbekiston», Toshkent 2000 y.

5.  Karimov I.A. «O`zbekiston Konstitutsiyasining 9-yilligiga bag`ishlangan tantanali marosidagi nutqi». «O`zbekiston ovozi», 2001 y, 8.XII.

6. www.ziyonet.uz

7. www.nr.uz
Download 72.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling