Амир Темур родился 336 году апреля в кишлаке Ходжа Илгар (Яккабак) близ Кеша (Шахрисабз). Его отец эмир Мухаммад Тарагай, был из знатной семьи тюркского рода барласов


Download 59.75 Kb.
bet9/11
Sana10.02.2023
Hajmi59.75 Kb.
#1184501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Амир Темур

Sohibqironning pirlari
Amir Temurning yoshlikdanoq mashhur din ulamolari va shayxlarga e’tiqodi baland bo‘lib, buni padari buzrukvori Amir Tarag‘aydan o‘rgangan edi.
Sohibqironning bir necha pirlari bo‘lgan, ularni ikki guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruhga ruhoniyatli pirlar, ya’ni Sohibqiron tug‘ilgunga qadar yashab o‘tishgan tabarruk zotlar – Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixi Xoja Ahmad Yassaviy, Sulton Burhoniddin Qilich, Shayx Nuriddin Basir (Qutbi Chahordahum), Shayx Burhoniddin Sog‘arjiy va Shayx Safiuddin Yoqub Ardabiliylardir. Sohibqironning mazkur zotlar ruhlariga ehtirom ko‘rgizib, har biriga alohida maqbaralar tiklagani, avlodlarini e’zozlab kelgani ularni o‘ziga pir tutganining isboti bo‘la oladi.
1397-yil kuz oylarida Amir Temur Toshkent sari ravona bo‘ldi, undan o‘tib Yassiga bordi va Xoja Ahmad Yassaviy mozorini ziyorat qildi. "Bu aziz Muhammad Hanifa o‘g‘lonlaridin turur, alayhi va ala olihi vassalom", – deydi Sohibqiron pir turbatini tavof aylar ekan. "Buyurdikim, – deb yozadi Sharafiddin Ali Yazdiy "Zafarnoma"da, – ul mozor ustiga imorati oliy soldilar va bir ulug‘ toq (gumbaz) bog‘ladilarkim, ko‘k bila so‘zlashur erdi...".

Ikkinchi guruhga Sohibqironning zamondoshlari, Ulug‘ amir bevosita e’tiqod etgan va irodat yo‘lini bergan pirlar – Shayx Shamsiddin Kulol, Shayx Zayniddin Abu Bakr Toybodiy, Mir Say­yid Baraka hisoblanadilar. Shayx Zayniddin Abu Bakr Toybodiy Amir Temurga «Kuch-adolatda» so‘zlari o‘yib yozilgan tillo uzuk, Mir Sayyid Baraka esa birinchi uchrashuvdayoq saltanat timsoli bo‘lgan nog‘ora va bayroq tuhfa qilgan edilar. O‘zining ruhiy madadi, ko‘magi bilan hamisha Sohib­qironga kamarbasta bo‘lgan Mir Sayyid Baraka to so‘nggi nafasgacha Sohib­qiron Amir Temur bilan birga umrguzaronlik qildi.
Ushbu pirlar haqida tarixiy manbalarda ("Temur tuzuklari"; Nizomiddin Shomiy. "Zafarnoma"; Sharafiddin Ali Yazdiy. "Zafarnoma"; Ibn Arabshoh. "Amir Temur tarixi"; Fasih Havofiy. "Mujmali Fasihiy"; Hafizi Abro‘. "Zubdat ut-tavorix" va hokazo) ma’lumotlar keltirilgan. 

Download 59.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling