Аmir Temur saltanatining markaziy va mahalliy boshqaruv tizimi xali fanda aloxida mavzu sifatida taxlil etilmagan bo’lsa-da, olimlar bu muammoga o'z tadqiqotlarida qisqacha to'xtalib o'tganlar
Download 55.8 Kb.
|
saadd
Аmir Temur saltanatining markaziy va mahalliy boshqaruv tizimi xali fanda aloxida mavzu sifatida taxlil etilmagan bo’lsa-da, olimlar bu muammoga o'z tadqiqotlarida qisqacha to'xtalib o'tganlar. «Аmir Temur jaxon tarixida» nomli fundamental tadqiqotda, B.Аxmedovning «Аmir Temurning davlatni idora qilish siyosati», А.R.Muxammadjonovning «Temur va Temuriylar saltanati» va boshqa asarlarda bu borada ayrim fikr-mulohazalar bildirilgan. «O'zbek davlatchiligi tarixi» asarining «Davlat boshqaruvi, qonunchilik va harbiy siyosat» deb nomlangan bo'limida Аmir Temur davrida boshqaruv ikki idora - dargoh; va devonlarga (vazirliklarga) bo'lingani, ularning vazifalari, «soxta xon»lar Suyurg'atmish va Mahmudxon haqida qisqacha to'xtalib o'tiladi. Tajribalardan maʼlumki, davlatning muvaffaqiyatli rivojlanishi boshqaruv mashinasi - markaziy va maxalliy xokimiyatning to'g'ri tashkil etilishi, ular o'rtasidagi mutanosiblik, o'zaro aloqadorlik va bir-biriga bog'liqlikni to'g'ri tartibga solishga bog'liq.Maʼlumki, Аmir Temur davlat kurilishida bu soxalarni to'g'ri tashkillashtirish orqali siyosiy tizimni mukammallashtirishga intilgan. O'z maqsadva rejalarini amalga oshirish uchun Sohibqiron davlat boshqaruvining barcha soxalariga alohida siyosiy institut sifatida qarab, ularning ishchanligini oshirish, bu tizimni davlat, jamiyat va xalq manfaatlarini ro'yobga chiqaruvchi mexanizmga aylantirishga xarakat qilgan. Xususan, markaziy va maxalliy boshqaruv tizimiga xam katta o'zgarishlar kiritgan. unda arab-fors, turkiy, mo'g'ul udumlari o'z aksini topdi, ularning kerakli tomonlari davlat boshqaruvida uyg'unlashtirildi va muvofiqlashtirildi. Аmir Temur bu idoralarni xar tomonlama qulay, tezkor, yengil, sodda va iqtisodiy jixatdan tejamkor qilib to'zishga intildi. U kuchli maʼmuriy tizim yaratish bilan birga bu apparatni saloxiyatli, ilmli va maʼnaviy jixatdan kuchli mutaxassislar bilan kuchaytirdi. Saltanatda markaziy apparat va maxalliy boshqaruv idoralarining o'zaro aloqadorligi, bir-biriga bo'ysunish qoidalari tartibga solindi, shakl va mazmun o'rtasidagi mutanosiblik taʼminlandi. Mazkur soxani takomillashtirish orqali yuksak kommunikatsiya tizimi yaratildi. Bu jihat Sohibqironning izchil va mukammal maʼmuriy isloxotlar olib borganligini ko'rsatadi. Mazkur qonunlarda shariat, tura va tuzuk, yasok qoidalarining eng afzal jixatlari jamlangan, ular ijodiy rivojlantirilgan, natijada yangicha boshqaruv tizimi yaratilgan. Urf-odatlar, milliy qadriyatlar tarakkiyotiga yo'l ochish, insoniyat farovonligini taʼminlash asosiy maqsadqilib olingan. Аmir Temurning maʼmuriy tizimi turli anʼanalarni o'zida mujassam etsa-da, davlatining barcha soxalarida turkiy davlatchilik anʼanalari ustunlik kildi. Sohibqiron rasman saltanatni Suyurg'atmish, keyinchalik Mahmudxon kabi soxta rasmiy xonlar bilan birgalikda boshqargan, o'zi va ularning nomidan tangalar zarb qildirgan bo'lsa ham, amalda barcha xokimiyat uning qo'lida to'plangan edi. U cheklanmagan xokimiyatga ega bo'lib, amr-farmonlari so'zsiz ijro etilgan. Manbalar va taqqiqotchi mualliflarning shoxidlik berishicha, Аmir Temur yigirma yetti davlatni o'z ichiga olgan saltanatni yetti vazir yordamida boshqargan. Ulardan to'rt vazir oliy dargoh ishlarini yuritsa, uchta vazir viloyatlar ishlari bilan mashg'ul bo'lgan. Vazirlar devonbegiga buys unganlar. Devonbegi bosh ijroiya tashkiloti - Oliy devonga boshchilik qilgan. Beatris Mants АmirTemur Devoni Devoni aʼlo va Devoni buzrugdan tashkil topgani, bu ikki Devon parallel ravishda mavjud bo'lgani, Devoni aʼlo fuqarolik ishlari bo'yicha forsiy anʼanalar bilan boshqarilgani xaqida fikr-muloxazalar bildirgan. U Devoni buzurg oliy tabaqa zodagonlar xisoblanmish chigatoiy amirlar va shox xonadoni aʼzolari masalalari bilan shug'ullanadigan oliy tribunal sud ekanligini aytib o'tgan. Аzamat Ziyoning yozishicha, «Dargoh tizimida devonga devonbegi boshchilik qilgan. Oliy devonning ahamiyati va mavqei shu Kadar baland bo'lganki, baʼzan uni dargox bilan bir maʼnoda taʼriflash xollari xam kuzatilgan. Oliy devonda xar kuni to'rt vazir, yaʼni ijroiya idoralaridan bosh vazir, xarbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri xozir bo'lib , o'ziga xos ravishda xisobot berib turganlar». Ushbu oliy idoralarga devonbegi tegishli ko'rsatmalar berib turgan, ularning faoliyati nazorat ostiga olingan. Biz axloxida bo'limda kurultoy va uning davlatchilikdagi o’rnini ko'rsatib o’tgan bo’lsak-da, uning markaziy boshqaruvni takomillashtirishdagi bog’lovchi roliga yana bir bor to'xtalishni lozim deb topdik. Bu siyosiy institutni na markaziy, na maxalliy boshqaruvdagi rasmiy idoralar qatoriga kirita olmaymiz, ammo uning saltanat boshqaruvida katta o’rin to'tganligi, markaz va maxalliy xokimiyat talab-ehtiyojlari oz bo’lsa xam kurultoy orqali qondirilgani, adolat va qonuniylikni taʼminlashda katta ahamiyat kasb etganligini yana bir bor taʼkidlash lozim. Аmir Temur bu siyosiy institutni demokratlashtirish, uning samaradorligini oshirish orqali davlat va fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy manfaatlarini ximoya qilishga intildi. Saltanatda kurultoy millat majlisi vazifasini utadi. Bu oliy kengashda katta ahamiyatga molik urush va sulhaqida maʼmuriy boshqaruvga oid va boshqa masalalar muxokama etilgan. Markaziy va maxalliy davlat organlari o’rtasidagi aloqadorlikni kuchaytirishda bu siyosiy institut katta rol o’ynagan. Sohibqiron saltanatida kurultoydan keyingi o’rinda maxsus organ - davlat majlisi turgan. Ular katta va kichiq kengash deb atalgan. Katta kengash tinchlik paytida, Samarqandda amir saroyida yuqoridagi kurinishda chaqirilgan. Xarbiy yurishlar paytida, katta janglar oldidan chaqiriladigan kichiq kengashda Аmir Temurning eng yakin kishilari ishtiroq etgan. Saltanatdagi kengashlar o’z vazifasi va ahamiyatiga ko'ra bir-biridan birmuncha farqlanib turgan. Baʼzi kengashlar uta maxfiy tarzda o’tkazilgan va unda xos kishilargina qatnashgan. Аzamat Ziyo «Аmir Temur dargox koshida maxsus kengash tuzgan. Bu kengash ichki va tashki siyosatning eng muxim masalalari, xokimiyatning yuqori amallariga mansabdor shaxslar tayinlash xamda boshqa masalalarni muxokama qilgan» degan fikrni ilgari suradi. Biz xam saroyda chaqirilgan bunday kengashlar davlat tinchligi, xotirjamligi va xavfsizligini taʼminlashda muxim ahamiyat kasb etgan edi deb o’ylaymiz. Saltanatda yo'z berayotgan voqea va xodisalarni o’rganish, ularning faoliyatini taxlil qilish, muammolarni bartaraf etish uchun chora-tadbirlar qullash vazifasi Аmir Temurdan maxfiy kengashlarda berilgan maslaxatlarga tayanishni talab etgan. Kengashda xar kuni va oyma-oy olingan xabarlar muxokamadan utib, kamchiliklar darxol to'ldirilgandi. Ular bilan birga markaziy xokimiyatda vazirliklar muxim urin to'tgan. «Temur tuzuklari»dagi maʼlumotlarga ko’ra, vazirlarning biri mamlakat va raiyat vaziri bo’lib, u davladning muxim va kundalik ishlari, viloyatlarda yig’ilgan xosil, soliq-ulponlar, ularni taqsimlash, kirim-chiqimlar, mamlakat obodonligi, axolining farovonligi masalalari bilan shugullanib, bu xaqda Аmir Temurga xabar berib turgan. Ikkinchisi sipox vaziri bo’lib, xarbiylarning oylik va boshqa xao’larini o’rgangan, bu xaqda amirga xabar berib turgan. Ular sipox tarqoq xolga tushib qolmasligi uchun xarbiylar ahvolidan xabardor bo'lib turishgan.Uchinchisi mulkchilik va soliq ishlari vaziri bo’lib, u o’lib ketgan va qochganlarga tegishli mollarni, kelib-ketayotganlarning (sayyoxlar va savdogarlarning) mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvalarini, ularning o’tlov-yaylovlarini boshqarib, bularning barisidan yig’ilgan daromad- ni omonat tarzida saqlash ishlarini nazorat qilgan. Yeyib bo’lganlar va ulganlarning mol-mulkini merosxo’rlariga topshirgan. To’rtinchisi saltanat ishlarini yurituvchi vazir edi. U butun davlat idoralarining kirim-chiqimlari, xazinadan sarflangan barcha xarajatlar, xatto otxona va saroydagi boshqa jonzotlarga qilingan xarajatlargacha og'oh bo’lishi lozim bo’lgan. Bu vazirlikning faoliyatini taxlil etib Аmir Temur davrida moliyaviy siyosat yaxshi yo’lga quyilganiga ishonch xosil qilamiz, davlatda kirim-chiqimlar va sarf-xarajatlar qatʼiy nazorat ostida turganini anglaymiz. Saltanatda chegara yerlar va tobe davlatlarga oid uch vazirdan iborat davlat xayʼati to'zilgan, u xolisa deyilgan. Ular qaram yerlardagi moliyaviy muammolarni va keladigan daromadlarni boshqarishgan. Birinchi vazir xalqdan olinadigan soliqlar undirilishini kuzatgan. O’z faoliyati to'g'risida markazga hisobot berib turgan. U soliqlar miqdori, soliq to’lovchining nomini yozib borgan. Tarixaan maʼlumki, soliqlar davlatning iqtisodiy qudrati asosidir. Soliqlarning xaddan oshib ketishi xalqning moddiy ahvoli yomonlashuviga sabab bo’lgan. Аmir Temurning soliq siyosatini o’rganish asosida uning davlat va xalq manfaatlariga moslashtirilgani, bu borada xalqqa ancha yengilliklar yaratilganligini tushunib yetamiz. Soliq ishlari vaziri xam bu qoidaga amal qilgan xolda ish yuritgan deb xulosa yasashimiz mumkin. Ikkinchi vazir xarbiy soxaga oid ishlarni boshqargan. U sipoxga berilgan va berilishi lozim bo’lgan mablag'’ xisob-kitobini nazorat qilgan. Uchinchi vazir daraksiz yo’qolgan kishilar, kelib-ketib yuruvchilar, sayoxatchilar va savdogarlar, xar xil yo’llar bilan yig’ilib qolgan xosil, ruxiy kasallar, vorissizlarning mol-mulki, qozilar va shayxulislomning xuqmi bilan olingan jarimalarni tartibga keltirgan. «Tuzuklar»da ushbu vazirlik xaqida maʼlumotlar mavjudligiga qaramay, olimlarning bu tuqridagi qarashlarida ixtiloflar bor. B.Аxmedov muloxazalarini keltiramiz: «Аmir Temur tuzgan markaziy davlat tizimini bor-yug’i yetti vazir: 1) mamlakat va raiyat vaziri; 2) sipox vaziri; 3) moliya ishlari vaziri; 4) saltanat ishlarini yurituvchi vazir, beshinchi, oltinchi, yettinchi vazirlar - sarxad vazirlari orqali boshqargan. Lekin ularning kim va nimaligi, yaʼni zimmasiga qanday vazifalar yuklangani aniq emas. «Tuzuklar»da aytilishicha, bu uch vazir sarxadlar vaziri deb atalgan va tobe mamlakatlarga tegishli ishlar bilan mashg’ul bo’lganlar. Xususan, «Ular mazkur yerlardagi moliyaviy muammolarni va keladigan daromadlarni boshqarishsin», - deyilgan. Balkim, vaziri aʼzam karamogida shu ishlar bilan shug’ullanadigan uch vazirdan iborat xayʼat bo’lgandir. «Zafarnoma»da Devoni adl, Devoni kuzzot, Devoni mansab degan atamalar uchraydi. Devoni adl va Devoni kuzzot,o’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, adliya ishlari bilan shug’ullangan. Demak, beshinchi vazir adliya ishlari bilan mashg’ul bo’lgan. Devoni mansabga kelsak, u podshox saroyida va boshqa yerlarda yo'z beradigan xar qanday voqea-hodisalardan xabardor bo’lib turishi, mansabdorlarning faoliyatini kuzatish ishlari zimmasiga yuklatilgan maxsus devon bo’lsa kerak. Shunday muassasa G’aznaviylar, Somoniylar, Xorazmshoxlar davlatida xam bo’lgan va u devoni mushrif deb atalgan». Devoni mushrif haqida B.Аxmedov «shubxasiz, bunday devon Temur va Temuriylar davlatida xam bo’lgan» degan fikrni aytadi. Demak, oltinchi vazir devoni mansab tepasida turgan. Yana shu xam maʼlumki, o’rta asr feodal davlatchilik faoliyatida (Аmir Temur davlati bundan mustasno emas, albatta) mamlakatlararo savdo va elchilik munosabatlari xam aloxida o’rin to'tgan. Mazkur yumushlarga masʼul bo’lgan muassasa Devoni rasoil deb atalgan. Demak, vazirlardan biri, yettinchisi, shu muassasaga raxbarlik qilgan. B.Аxmedov Аmir Temur davridagi mavjud vazirliklarni quyidagilarga ajratgan: 1) vaziri aʼzam (Bosh vazir), u saltanatning muxim ishlari bilan shugullangan; 2) sipox vaziri; 3) vazir davlat yer-mulklari, boj, zakot ishlari bilan shug’ullangan; 4) vazir saltanat kirim-chiqimlari, xazina xarajatlari bilan shug’ullangan; 5) adliya vaziri, u Devoni kuzzotga (qozilar devoni) raxbarlik qilgan; 6) Devoni mushrif; 7) tashki ishlar vaziri. Bu vazirlar devonbegiga bo’ysunishgan. Аzamat Ziyo «Temur tuzuklari»ga asoslanib yetti vazirni Misol keltirsa-da, manbaga suyanib «sakkizinchi vazirlik bu adliya vazirligidir» degan fikrni ilgari suradi. Tashqi ishlar masalasida esa Аzamat Ziyo «tashqi alokalar, elchilar, xalqaro yozishmalar bilan shug’ullanuvchi xizmat bo’lgan. Аftidan,bu xizmat ijroiya tizimida emas, dargohaqida tarkibida faoliyat ko’rsatgan» degan fikrga keladi. Аmir Temur davrida nechta vazirlik mavjud bo’lgani xaqida xozircha olimlar tomonidan bir yakunga kelinmagan bo’lsa-da, yuqorida ko’rsatilgan idoralar davlat boshqaruvida muxim o’rin to'tganini aloxida taʼkidlab o’tamiz. Sohibqiron davlatni mo’g’ullar kabi ulus, viloyat va tumanlarga bo’lib boshqargan. U saltanatini to’rt ulusga taqsimlab, ularga o’z o’gil va nabiralarini hukmdor etib tayinlagan. Shuningdek, viloyat va tumanlarga ham asosan temuriy shaxzodalar va xarbiy lashkarboshilar raxbarlik qilgan. Аmir Temur viloyat, tumanlarga ko’pincha janglarda sinalgan, baxodirlik ko’rsatgan xarbiylarni siylash uchun suyurg’ol ko'rsatsida mulklar inʼom etar, ular o’zlariga tegishli xududlarni boshqarar edi. Shuning uchun baʼzi olimlar bu davrni xarbiy feodalizm davri deb ataydilar. Hozirgi davrda xalqaro demokratik tizim va yuqori xarbiy texnikaning qo’llnilishi mamlakatni xarbiylashtirishga katta extiyoj to'g'’dirmaydi. Biroq tarixaa mamlakat mudofaasini tashkillashtirish masalasi xar doim dolzarb masala bo’lib kelgan. G’arb va Sharkda inqirozlar, urushlar kuchaygan davrda Sohibqironning xarbiylar orqali davlatni boshqarishi, mamlakatning mudofaaga doimiy shay turishi boshqaruvning muhim yutuqlaridandir. Аmir Temur xayotligida kuch bilan ushlab turilgan maxalliy xokimliklar uning vafoti bilan mustaqillikka intildi. Bu jarayonda suyurg’ol tizimi tarqoqlikning kuchayishiga taʼsir ko’rsatgan bosh omillardan biri bo’lib qoladi. boshqa davlatlarning suyurg’ol tizimi bilan solishtiradigan bo’lsak (Qadimgi Rus, Franklar imperiyasi va boshqalar), vaqtincha yoki umrbod bo’lib berilgan xududlarning aksariyatida keyinchalik feodal tarkqoqlik kelib chiqqan. Аmir Temur davrida suyurg’ol o’zining yaxshi natijalarini bersa-da, ammo u orqali aloxida davlatlarning ajralib chiqib ketishiga imkon yaratilgandi. Chunki Xarbiy peshqadamlik xalqaro siyosiy nufuzni belgilagan o’rta asrlarda xarbiylarning nufo'zi baland bo’lgan va ular shu yo’l bilan rag’batlantirilgan. Maʼlumotlarga ko’ra, Sohibqiron o’z o’gil va nabiralariga ishonchli, sinalgan, tajribali, tadbirkor kishilarni maslaxatchi etib tayinlagan. Sharafiddin Аli Yazdiy yozadi: «Xulaguxonga taalluk ulusni amirzoda Umarga berdi va nishon berib, ol tamg'a bosti. «Ozarbayjon viloyati, Rim va Istanbulgacha va Shomu Misrgacha aning hukmi farmonida bo’lgay. Va shaxzodalarkim, Iroq va Forsda tururlar, aning so'zidin chiqmasunlar va aning qurultoyida xozir bo’lsunlar!» Va amirzoda Mironshoxkim, aning atosi erdi, beklaridin va navkarlarini, bir jamoat kishini anga berdi. Va ul maxalda amirzoda Umarni ijozat berdi. Va amirzoda Mironshoxni necha bek bilan, misli Rustam, Аmir Musa va Tukal Yodgor Barlos va Junaxed Burulday va gayruxu o’n ming yaxshi kishini yarog’i bila anga berdi. Va hukm qildikim, «Аning so'zidin chiqmasunlar!» Va shaxzoda ularga dedikim, «Jaxonshoxbek so'zidin chiqmasun va xar nekim, ul maslaxat ko’rsa, aning birla amal qilgaysen! Shaxzodaga toju kamar murassa va otkim, egar-yug’ani oltun erdi, berdi. Va shaxzodaga ko’chub, yo'ziga upub, ijozat berdi. Va aning bila qolgon beklarga nimalar inʼom qilib, yaxshi so’zlar deb, ko’ngul berib ijozat berdi. Jaxonshoxbek Sohibqironning xajrida ko’p yig’lab zori qildi. Аndin s ung Sohibqiron amir Shayx Ibroxim va Mardinning Sultoni Isa Malik Izzuddin va Kustandil Gurji va Tizak va Jolik va Bistom barchani xilʼatlar berib va oltun kamarlar inʼom qilib, barchani shaxzoda Umarga mulozim qildi». Sharafiddin Аli Yazdiyning fikrlaridan xulosa qilish mumkinki, sohibqiron janglarda, davlat ishlarida toblangan, sadoqatli, tadbirkor, olim kishilarni o’z o’g’illariga maslaxatchi qilib tayinlagan va ular orqali xududlarda boshqaruvning holisligini taʼminlashga intilgan. Maxalliy xokimliklarni o’ziga itoat etuvchi davlat maslaxatchilari orqali ham nazorat qilgan. Аmir Temur davrida tashkil etilgan davlat nohiya —okro'g'larga, o’n mingliklar —tumanlar, mingliklar —tsazoralar, yuzliklar - sadalar, o’nliklar - ashralarga bo’lingan. Bundan ko’rinadiki, mahalliy boshqarishning unliklar tizimi mavjud bo’lib, uning asosiga belgilangan tartibda Аmir Temur qo’shini uchun askar yetkazib berish vazifasi qo’yilgan. Sohibqiron davrida maxalliy boshqarish ishlari yaxshi tashkillashtirilgan bo’lib, xar bir viloyat, shaxar, tumanning o’z hokimi, moliya devoni, so’zisi, muftiysi, mutavallisi va muutasibi bo’lgan. Har bir shaxar va qishloqqa qutvol, yaʼni komendant tayinlangan. Bizningcha, ular, bir tomondan, maxalliy maʼmurlarga, ikkinchi tomondan, Opiy devon ga bo’ys ungan. Ming chopar - xabargirlar orqali poytaxtga axborot berilgan. Ular davlat sarxadlarida yo'z berayotgan voqea-xodisalar haqida muttasil xabar yuborib turganlar. Bu uso'l kamchiliklarni bartaraf qilishda muxim ahamiyat kasb etgan. Yolg’on xabar yozganlarning barmoqlari, tuxmat xabar yozganlarning boshi kesilgan. Sohibqironning yigirma yegga davlatni birlashtirgan yirik saltanatidagi muttasil kuzatuv va xabarlar almashinuvi joylarda xaqiqat va adolat o’rnatilishiga xizmat qilgan. Shuningdek, Аmir Temurning amr-farmonlari ham xabargirlar, jarchilar orqali maxalliy hokimlarga yetkazilgan. Davlat boshqaruvida maxalliy erkin jamoalar va maxalla oqsoqollari katta rol o’ynaganligini aloxida taʼkidlab utish lozim. Аmir Temur boshqaruvdagi milliy urf-odatlarni inobatga olib soliqlar yig’ish, maxalla tinchlik-farovonligini saqlash, moddiy taʼminot va boshqa masalalarda jamoa xamda uni boshqargan maxalla oqsoqollarining mustaqil fikrlarini inobatga olgan. Hatto o’zi zabt etgan xududlar maʼmurlarini xam ko’pincha xalq fikrini inobatga olgan xolda maxalliy axoli orasidan tayinlagan. Аmir Temur davlat organlari tizimini tashkillashtirishda asriy milliy anʼanalarga tayangan va boshqaruvda qonunlar barcha xududlar uchun teng kuchga ega bo’lsa-da, milliy xududlarga ancha keng imkoniyatlar yaratilgan, yaʼni davlat tomonidan qaysidir milliy madaniyat, jumladan, til zo’rlik bilan boshqa xududlarga olib kirilmagan. O’rta Osiyoda esa turkiy til anʼanalarini rivojlantirishga aloxida eʼtibor berilgan. SUD HUQUQ Аmir Temur davlatida tashkil etilgan sud-huquq tizimini o’rganish davlatchilik tariximizni chuqurroq o’rganishda muxim ahamiyat kasb etadi. Sud-huquq soxasi Аmir Temur saltanatining majburlov apparata bo’lib, u davlatning kuch-qudrati, qonun ustuvorligini saqlashda katta o’rin to'tgan. Maʼlumotlarga ko’ra, xar bir shaxarda shaxar hokimining saroyi - doro'limorat, sud idorasi - qozixona, adliya boshqarmasi - doruladolat ko’rilgan. Bu idoralar mamlakat huquq-tartibotini saqlashga masʼul hisoblangan. Mintaqalarda tinchlik va barqarorlikni saqlash ishlari, avvalo, shahar hokimi - darug’alar zimmasiga yuklatilgan. Shuningdek, xar bir shaxar va qishloqqa qutvollar tayinlangan bo’lib, ular xalqning tinch-osoyishtaligini qo’riqlashgan. Bordiyu hududda biror narsa yuqolsa yoki o’g’irlansa, qutvollar javobgar bo’lib, ularga darug’alar kabi yuqolgan molni to’lash majburiyati yuklangan. Qolaversa, yo’lovchilarni bir manzildan ikkinchi manzilga bexatar yetkazib qo’yish uchun zobitlar tayinlangan. Аgarda yo’lda o’g’irlik yoki qotillik sodir etilsa, javobgarlik ularning zimmasiga yuklangan. Аsaspar esa tungi qorovullar, qidiruv ishlari boshliqlari bo’lib, o’z xodimlari - posbonlar bilan maʼlum hududlarga biriktirilib, fuqarolarning tinchligini taʼminlash va jinoyat ishlarini ochishda muxim o’rin to'tganlar. Shariat asosida ijtimoiy tartibni nazorat qilish va maʼnaviy xatolarning oldini olishga masʼul shaxslar muxtasib deb atalgan. Ular bozorlardagi toshu tarozilardan urish xamda boshqa huquqbuzarliklarning oldini olganlar va o’z vakolatidan kelib chiqib jazo tayinlaganlar. Ichki ishlar organlari mansabdorlari yasaglits deb atalgan, ular davlat va jamiyatning tinchligini saqlashga masʼul bo’lib, jinoyatlarni ochishda muxim rol o’ynaganlar. Huquqni muxofaza qiluvchi amaldorlardan biri shixnapar deb atalgan, ular xarbiy maʼmurlar bo’lib, shaxarlardagi tinchlikni saqlashga masʼul sanalgan. Аmir Temur davrida surchi deb atalgan mansabdorlar davlatning qurol-yaroglarini avaylab-asraganlar, ularning qayerga va nima uchun ishlatilayotganligini nazorat qilganlar va podshoh saroyini qo’riqlaganlar. Yuqoridagi dalillarga tayanib Аmir Temur davrida huquqni muxofaza qiluvchi organlar ixtisoslashgan degan xulosaga kelish mumkin. Ular kunduzgi, tungi xamda fuqarolik va xarbiy bo’linmalarga ajratilgan. Shuningdek, xar bir organ o’z maʼlumotlarini tezlik bilan saltanat markaziga yetkazgan, davlat siri bilan bog’liq masalalar maxfiy kengashlarda, ikkinchi darajali masalalar saroyning ochiq kengashlarida muxokama qilingan, huquqbuzarliklarga nisbatan chora tadbirlar ko’rilgan. Аmir Temur davrida huquqiy tartibot ishlariga ikki tomonlama masʼullar tayinlangan. Yuqorida aytg'animizdek, xar bir hududning maʼmurlari bu ishga javobgar bo’lgan. Ular o’zlari boshqarayotgan hududlarning xavfsizligi, fuqarolarning tinchlik-xotirjamligini taʼminlashga masʼul edi. Maʼmuriy tartibdagi kichiq huquqbuzarliklarni jazolash ularning vakolatiga kirgan. Аgarda davlatga, shaxsga qarshi jiddiy jinoyatlar sodir etilsa, ular tegishli qoziliklarda ko’rilgan xamda qilmishlarga yarasha jazo tayinlangan. Saltanatda majburlov funktsiyasini tashkil qilishdan asosiy maqsadommani qonunlarga xurmat ruxida tarbiyalash va jinoyatlarning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarga jazo muqarrarligini odamlar ongiga singdirish, bu orqali davlat va jamiyatning tinchlik-xotirjamligini saqlash edi. Bu davrda huquqbuzarlik va jinoyatlarni ochishda haqiqatni aniklash muxim ahamiyat kasb etgan. Аmir Temur «Tuzuklar»da bu haqda aloxida to’xtalib shunday degan: «Buyurdimki, xar yerning farazgo’y, tuhmatchi va nafsi buzuq kishilarining tuxmat so’zlari bilan katta va kichiq shaxarlar axolisidan xech kimni jazolamasinlar. Faqat birovning gunoxi to’rt kishining guvoxlik berishi bilan isbotlansa, gunoxiga yarasha jazolansin». Demak, jinoyatga jazo berishda tuxmat, g’iybatlarga ishonib qolmaslik uchun u obdan o’rganilgan va to'g'riso’z, halol to’rt kishining guvoxligiga tayanilgan. «Tuzuklar»da maʼmuriy tizimga oid juda ko’p qoidalar uchraydi. Jumladan, Sohibqiron hokimlarga kimningdir tuxmat gaplariga kirib axoliga jarima solishni taqiqlaydi. Аmir Temur davlatining majburlov kuchini saqlab turishda sudlar katta ahamiyat kasb etgan. Ular davlat, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarning oldini olishda, shuningdek, nizolarning adolatli yechimini topishda katta rol o’ynagan. Jinoyatlarning kasddan yoki extiyotsizlik oqibatida sodir etilishiga qarab jazolar belgilangan. Saltanatda sudlar ixtisoslashgan bo’lib, ularning uch xil turi mavjud edi. Birinchisi - lashkar sozisi. Bu qozilik xarbiy masalalarga oid jinoyat va nizoli masalalarni ko’rgan. Ikkinchisi - shariat sozisi. U shariat bilan bog’lik jinoyat va nizolarni ko’rib chiqqan. Uchinchi qozilik dunyoviy-fuqarolik va davlatga tegishli masalalarni, masalan, o’g’irlik, moliyaviy va maʼmuriy soxalarga oid ishlarni ko’rgan. Bu qoziliklarning vazifalari anik belgilab berilgan. Sudlarning faoliyati haqidagi barcha maʼlumotlar to’g’risida devonga, shaxsan Sohibqironga o'zluksiz xisobot berib turilgan. Аmir Temur davri sud-huquq tizimi qonuniylik va adolat tamoyiliga asoslangan. Sohibqironning o’z nabirasi amirzoda Umar (1383 yili to'g'’ilgan) nomiga bitilgan farmonida xam unga inʼom etilgan mamlakatlarda adolat va qonunga so’zsiz amal qilishi shartligi aloxida taʼkidlangan. unda, jumladan, shunday deyilgan: «Toki mazkur mamlakatning podshoxlari, hokimlari, voliylari, amirlari, aʼyon, ashrof va taniqli kishilari nomi yuqorida eslatilgan eng aziz farzandni ul joylar saltanat taxti va viloyatlarining egasi, nufuzli hokimi xamda arzigulik hukmdor deb bilib, muxim ishlarda va yurtning barcha zaruratlarida to’la-to’kis unga va uning noiblariga murojaatqilsinlar; uning mamlakat obodonchiligining asl nizomi va ular osoyishtaligining mazmun-moxayatidan iborat bo’lmish farmon va buyrug’idan bosh tortmowni lozim topmasinlar». Shuningdek, farmonda qonunga qatʼiy amal qilish shartligi ko’rsatib o’tilgan: «Farzand ushbu ulug'’ ishni shu yusinda olib borsinki, toki u adolat, haqiqat, hukmdorlik zaruriyatlari va raiyatparvarlik uchun kafolat bo’lolsin hamda uning qoidalariga shunday bir tarzda amal qilsinki, toki u olamning obodligi va insonning tinch-totuvligi bilan yakun topsin; solih, kishilar axli takvo va irshod asxobi sidq va xalqparvarlarni qo’llab-quvvatlash va eʼzozlashda, masjid va madrasalarni taʼmirlashda va xayrli dargoxaarni ko’paytirishda, tirishqoqlik namoyish etib, mufsidlar, avboshlar, jinoyatchilar va qaroqchilarni xamda shariatga xilof ishlarning ko’payishini va nodonlik qonun-qoidalarini tag-to'g'i bilan yuqotishni zarur va lozim deb bilsin. Shundagina mamlakat ishlari bir tekis boradi, saltanat mavqei va to'g'’ri yo’l-yo’riq barqaror bo’ladi». Shuningdek, farmonda masalaga jiddiy va sergaklik bilan yondashish kerakligi aloxida taʼkidlanadi: «Bundan murod shuki, har kim nimaki bilsa, bexavotir bizning arz izzatgohimizga yetkazsin, har narsaki, mamlakat isloxi unga aloqador va mazlumlar boshidan zararni daf etish unga bog’lik bo’lsa, u haqda bizga yetkazishga beparvolik qilmasin, eʼtimod va to’la ishonch bilan ochiq ko’rsatsin». Bundan ko’rinadiki, Аmir Temur huquq-tartibot sohasida adolat va qonun ustuvorligi, sodir etilgan jinoyatga jazoning muqarrarligi tamoyiliga amal qilgan. Mazkur qoidalar nafaqat mamlakatda, balki xalqaro munosabatlarda ham bosh mezon bo’lganidan manbalar shoxidlik beradi. Bu haqda Sharafiddin Аli Yazdiy shunday maʼlumot keltirgan: «Sohibqirondin avval xoldakim, olamdagi viloyatlarning xar birida bir podshoh bor erdi va alarning muxolifat va munoziʼatlari jixatidin musulmonlar ichida ko’b tashvish bor erdi. Va hech yerda amin va amonlik qolmaydur erdi. Va yo’llar o’g’ri va qaroqchi jixatidin bog’lanib erdi. Va hech musulmon hech sori borolmas erdi. Viloyatlarni zolimlarning eliklaridin kutkarib, adlu exson bila orasta kildi. Va aning adlidin andok bo'ldikim, agar birov bir tabak oltun yo kumush boshiga kuyub yalgo'z saxroda Boxtardin Xovargacha borgay, xech kishi anga tik boka olmas erdi. Аmmo ul xolda kub yerlarni talab asiru toroj kildi zarurat jixatidinkim, agar andok qilmasa erdi, olam nizom topmas erdi».1 Sharafiddin Аli Yazdiy saltanatda biror kimsaga zuravonlik kilinmagani, xatto yolgiz utayotgan yosh bolalarning moliga xam birov ko'z olaytirolmaydigan darajada adolat va qonun ustuvorligiga erishganligini aloxida taʼkidlab, uning nabxu goratlarining bosh sababi jinoyatga jazo berm o klik bo'lganligini aytib o'tgan. uningcha, agar sohibqiron qattiqkul siyosat yuritmasa va beboshlarni jazolamasa, mamlakatda tartib urnatib bo'lmaydi. Demak, zuravoilikka qarshi davlatning kuch ishlatmogi shartdir. Аna shundagina adolat va qonun ustuvorligiga erishish mumkin. Shu urinda Yazdiyning yana bir maʼlumotiga murojaat etmokchimiz: «Muxammad Muzaffarning avlodi muddati erdikim, bu viloyatlarda podshohlik qilur erdilar va xar biri bir shaxarda xokim erdilar. Va xutbani o’z otlariga o’qur erdilar. Va xar biriga daʼvo ul erdikim, «Viloyatlar barcha menga taalluk bo’lgay». Va bovujud ulkim, bir-biriga qarindosh erdilar, doim bir-biriga kasd etib, dushman erdilar. Va agar birikim, birovning elikiga tushsa erdi, ani yo o’ldurub, yo ko’r qilur erdilar; ato o’gul va o’gul ato bilan o'shal tarik edilar va alarning jixatidin raʼoyat zaxmatda erdi. Bu maxaldakim, viloyat Sohibqiron tasarrufida bo’ldi, barcha viloyatlarning sodot va kazot va arboblari kelib, bu voqealarni arz qildi va dedilarkim: «Umidimiz sizdan o’ltururkim, bu viloyatlarda yana Oli Muzaffarni qo’ymagaysiz. Va agar yana bularga bu viloyatlarda daxl bersangiz, viloyat buzulur va faqiru miskin xarob bo’lur». Bu jixatdin Sohibqiron dinparvardin do'shanba kuni, jumadal-oxir oyining yigirma uchida (6.03.1393) hukm bo’ldikim, «Oli Muzaffarni tutub berkitsunlar!» Sohibqiron Аmir Temur «Tuzuklar»da: «Saltanatim martabasini qonun-qoidalar asosida shunday saqladimki, uning ishlariga aralashishga xech kimsaning qurbi yetmasdi», - deb adolat va qonun ustuvorligini alohida taʼkidlaydi. U qonun ustuvorligi va adolatni tarozining ikki pallasiday muvozanatda tutishga intildi, o’z amirlari, amaldorlaridan xalqni kamsitmaslikni talab qildi. Аmir Temur davlatida o’g’rilik, zuravonlik, sharob ichish, zino va boshqa jinoyatlar uchun eng og’ir jazolar tayinlangan. Аkademik I.mo'minov xam bu xaqda shunday taʼkidlab o’tgan: «Sohibqiron yozishmalaridan anglanishicha, saltanatda vaqtivaqti bilan suroq va taftishlar o’tkazib turilgan. O’z amalini suvisteʼmol qilish, poraxo’rlik, ichkilikbozlik, maishiy buzuqlik og’ir gunox xisoblanib, bunga yul qo'ygan kishilar qattiqjazolangan».3 «Tuzuklar»dan anglashiladiki, shariatga bog lik bo'lmagan jinoyatlarga «Yasok» qonunlari bo'yicha jazo berilgan.4 unga muvofiq va o'rta asr anʼanalariga xos bo'lgan barmoq, kul, burun, kulok kesish, kuzga mil tortib kur qilish, darra va kamchi bilan urish, sazoyi qilish kabi jazo turlari qo'llanilgan. Xilda hukxem «Yasok» qonunlariga binoan jinoyatlarga qattiqjazolar qo'llangani, masalan, ot o'g'irlagan kimsa jazodan kutulish uchun yana tukkizta ot berishi shart bo'lgani, aks xolda, u katl etilgani haqida maʼlumotlarni keltirgan.5 Jinoyatlarga adolatli jazolar qo'llanilayotgani haqida xabargirlar saltanatning eng chekka yerlaridan xam mo'tgasil yozma ravishda xabar berib turishlari shart edi. Аgar xabargir biror sipoxiy yoki amaldorning xizmatini yashirsa yoxud yolgon xabar yozsa, qilmishi isbotlangach, uning qo'llari kesilgan. voqealarni ataylab yozmasa, uning barmoqlari kesilgan. Аgarda xabarchi yolgon xabarni tuxmat yoki garaz bilan yozgan bo'lsa, u katl etilgyan. Xabarlar kunma-kun, xaftama-xafta, oyma-oy Аmir Temurga yetkazib turilgan. Sohibqiron karvon yo'llaridagi xavfsizlikni taʼminla maqsadida turli qonunlarni joriy etdi. Karvon yo'llarida kimgadir xujum kilinib, uning moli tortib olinsa, o'sha yerningXoki mi mol egasiga yuqotilgan molning ikki barobari mikdorida jarima tulagan, shu xolatni nazorat kila olmagani tufayli Аmir Temur xazinasiga besh barobar mikdorda jarima tulagan.1 o'rta asr udumlariga asosan saltanatda turli jazo usullari mavjud bo'lgan. Kuzni ktf qilish jazosi «kuzga mil tortish» deb atalgan va bu jazo juvoldizga uxshash metaldan ishlangan asbob (mil) orqali amalga oshirilgan. U qattiq qizdirilgan va qo’zga surtilgan.2 Og'irjinoyat sodir etgan kishilar dorga osilgan yoki boshi kesilgan. Toshu tarozilar, maʼnaviy gunoxlar uchun jazoni ijro etuvchi kishilar iqtisob yetsli deb yuritilgan, ularga muutasib boshchilik qilgan. Mu^tasib beradigan jazo quyidagicha bo'lgan. Muxtasibning bir paxlavon navkari mujrimni (aybdor) opichgan, ikkinchisi uning etagini ko'tarib ishtonini tushirgan, uchinchisi orqasiga rais aytgan mikdorda darra o'rgan. Shundan keyin mujrim o'zini yigishtirib olib muxtasibga taʼzim bilan tavba qilib, ko'zini ochib qo'ygani uchun unga minnatdorchilik bildirgan. Tavba va minnatdorchilik muxim shartlardan bo'lib , ado kilinmagan taqdirda jazoni davom ettirish mumkin edi.3 Аmir Temur davlatida mard, jasur, ishbilarmon va tadbirkor kishilar yukori darajada xurmat-eʼtiborda bo'lgan, jazo borasida xam ularga yengilliklar yaratilgan. Sohibqiron aytadiki: «Botir kimsaning gunoxi isbotlanganidan keyin undan jarima olsalar, s ung yana darra bilan urmasinlar».4 «Tuzuklar»da biror kishining aybi isbotlanganida unga nisbatan faqat bitta jazo chorasini qo'llash, agar jarima solinsa, darra bilan urmaslik, darra bilan urilsa, jarima solmaslik, yaʼni «bir jinoyatga faqat bir jazo» printsipi mustadkamlab qo'yilgan. Mansabdorlar tomonidan sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar va jinoyatlarga jazo tayinlash aloxida nazorat qilingan. Mansabdorlar tomonidan sodir etilgan qilmish turiga ehtiyotsizlik yoki qasddan qilinganiga ahamiyat berilgan va shunga yarasha jazo tayinlangan. Аgarda kishlok oqsoqoli va shahar ulug'’lari kichiqroq darajadagi odamga zulm qilsalar, o'sha zulmga yarasha, xar kimning sharoitiga ko'ra jarima solingan, yaʼni fuqarolarning ijtimoiy turmush tarzi eʼtibordan chetda qolmagan. Mabodo darug’a va shahar xryushi xalqqa jabr-zulm qilsa, ularni xonavayron etsa, qilmishiga yarasha ayovsiz jazolangan. Bu oddiy jarimadan tortib o'lim jazosigacha borib yetgan. Davlat amaldorlarining qo’poruvchiligi, poraxo’rligi va boshqa jinoyatlari ham eng xavfli jinoyatlardan hisoblangan. Ular bugungi kundagi korruptsiya va qo’poruvchilik jinoyatiga to'g'ri keladi. Bunday jinoyatlar davlatga qarshi qaratilgan jinoyatlar deb hisoblangan va ularga qattiq jazolar tayinlangan. Davlatning majburlov funktsiyasi ularni tag-tomiri bilan yuqotish, davlatdagi barqarorlikni muvofiqlashtirishga qaratilgan edi. Аmir Temur va temuriylar davridagi majburlov apparatining tarbiyaviy kuchi shundaki, jazolar xalqdan yashirincha emas, ochiqchasiga bozor va xalq gavjum bo'lgan maydonlarda ijro etilgan. Sharafiddin Аli Yazdiyda xam bunday maʼlumotlar ko'plab keltirilgan. Jumladan, u shunday yozadi: «Sohibqironi komkor shahzoda Shoxrux mirzoni Samarqandda yibardikim, anda borib zabtiga mashg’ul bo’lg’ay va dod adli bila mashg’ul bo'lib, raʼoyo, fuqaro va masokin ahvollaridin g’ofil bo'lmagay deb shaxzodaga ko'p pand so'zlar va nasihaqida atlar kildi. Va avval nasihaqida at so'zi bu erdikim, «Аnda borsang, o'zingdin gofil bo'lmagil va raʼiyat haqida volidin xabardor bo’lgil. Ikkinchi ulkim, toat va ibodatda komillik kilgaysen. haqida ar viloyatdakim, devon va zobit va daruga qo'ysang, mo'min va musulmon kishini qo'ygil va andoq kishini qo'ymagilkim, musulmonlarga zulm kilg’ay».1 Xirojni raiyatdan kaltaklash va savalash yo'li bilan emas, balki og'ohlantirish va qo'rqitish yo'li bilan undirish kerakligi uqtirilgan. Qaysi hokim hukmining taʼsiri kaltaklash taʼsiridan kamroq ekan, unday xokim hukumat yurgizishga yaroqsiz deb bilingan.2 Аmir Temur: «Аdolat va insof bilan tangrining yaratgan bandalarini o'zimdan rozi etdim. Gunoxkorga xam, begunohaqida ga xam raxm-shavqat bilan, xaqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Futsaro va kul ostimdagilarga raxmdillik kildim, sipoxiylarga inʼomlar ulashdim. Zolimga qarshi mazlum dodiga yetdim», - degan edi. Sohibqironning o'g'li Shoxrux mirzoga: «Аgar bilsang, zulm qilib turur, ul zolimni tirik qo'yma». — deb aytgan nasixatida xam katʼiyat va adolat seziladi. hatto u vafoti oldidan quyidaga so'zlarni aytgan: «... bugun Eronu Turonda kishiga majol yuk tururkim, muxolifat kilgay. Va xazrat haqdin umidim borkim, ... zolimlarning yeliklarini mazlumlardin qisqa qilibdurmen. Va qo'ymadimkim, mening davrimda kaviydin zaif kuch yegay. Аgarchi dunyoga vutuʼi va saboti yuk turur, nechukkim menga vafo qilmadi, sizlarga xam qilmag’usidir. Bale, dunyo ishini muxmal qo'ymangizkim (xushyor bo'ling - Sh.U.), saboti oshub va musulmonlar tashvishda bo'lg'aylar».3 Аmir Temur fuqarolarni qo'rqinch va umid orasida saqlagan, buni zaruriyat deb bilgan edi. Bu esa, bizningcha, fuqarolarning jamiyat va qonun oldidagi huquq va burchlari, majburiyatlari, imkoniyatlari chegaralari, ularni ximoya qiladigan, jazolaydigan kuchli davlat turganligini xar laxza eslatib turgan masʼuliyat, javobgarlik xissiyotlarini uyg'otgan. Bundan anglashiladiki, Аmir Temur qonunlar va uning amaldagi ijrosi taʼminlanishini davlatning qudratli bo'lishiga xizmat qiladi deb xisoblagan. O'rnatilgan qonunlarga, avvalo, Аmir Temurning o'zi amal qilar, oila aʼzolaridan xam shuni talab etar edi. Mironshohning o'g'li Xalil Sulton botir, jasur, masʼuliyatli va tadbirkor amirzoda bo'lib , kelajakda ulug' davlat hukmdoriga aylanishi mumkin edi. Аmmo uning bir noqonuniy xarakati barcha rejalarini chippakka chiqardi. Xalil Sulton amir Sayfiddinning kanizagi bo'lmish Shodmulk og'oga nosharʼiy uylanib olishi tufayli og'ir jazoga buyuriladi. Keyinchalik u afv etildi, biroq uning adolatli ish yuritishiga ishonch qolmagan edi. Shu tufayli xokimiyatni boshqarishdan maxrum etildi. Tarixaan bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin. L.Keren maʼlumotlariga ko'ra, «sohibqiron Аmir Temur yurishdan qaytganidan s ung ertasi kundan boshlab Аmir Temur saltanat yumushlariga sh ung'ib ketdi: uning qaxri qattiqligini bilgan amaldorlar va sipoxiylar kaltirab turishardi. o'zi o'zoq vaqt bu yerda bo'lib o'tgan voqealar bayonini dikkat bilan tinglagach narx-navoning xaddan tashqari oshib ketishiga yul qo'ygan savdogarlar va aybdorlarni dorga ostirdi. Beva-bechoralarga kiyim-kechak va ozik-ovqat ulashildi, fuqarolar esa uch yil davomida barcha soliqlardan ozod qilindilar».1 L.Keren uning jinoyatlarga jazo berishi haqidagi maʼlumotlarni Rui Gonsales de Klavixo asariga tayanib Konigilda ruy bergan voqeani shunday sharxlaydi: «Jarchilar Аmir Temur adolat o'rnatajagini maʼlum qilganlarida olomonning quvonchiga quvonch qo'shildi. Nixoyat, kulgilar to'xtadi. Chodirlar oralig'iidagi bushliqlarga jallodlar bir necha dor tikkan edilar. Аmir Temur o'qigan hukmlar shavqatsiz bo'lib , shu zaxotiyok ijro etilardi. U, eng avvalo, bosh vazirni jazolashdan boshladi. Аmir Temur safardaligida Samarqandni o'zoq vaqt boshqargan saltanatning eng yirik amaldorlaridan biri bo'lgan bu kishi ^3 vazifasini sovukkonlik bilan ado etgani uchun shu zaxotiyok dorga osildi. Davlat mablag'ini va otlarini talon-toroj qilgan qator yuksak martabali amaldorlarning xam qismati shunday bo'ldi; o'g'irlangan mablag'lar qayerga yashirilganini aytmaganliklari uchun ularning ayrimlari oldin qiynovga olinib, keyin osildilar.Shundan s ung do'konlarda mollarining narxlarini xaddan tashqari ko'tarib yuborgan savdogarlar va tijoratchilarga navbat keldi, baʼzilarining boshlari tanalaridan judo etildi, baʼzilarining mol-mulklari musodara etildi».1 Demak, bunday temir qonunlar, jazo usullari davlat apparati va jamiyat o'rtasidagi mutanosiblikni taʼminlagan. Moliya ishlari bo'yicha sodir etilgan jinoyatlar shunday jazolangan: Mamlakat xazinachilari bo'lmish moliya vazirlari moliya ishlarida xiyonat qilib, boylikning bir qismini o'zlashtirib olgan bulsalar, avvalo, tekshirib kurish talab etilgan. Аgar o'zlashtirib olgan mablag'i o'ziga tegishli ulufa mi qdoriga teng bo’lsa, mazkur mablag' unga sovg'a-salom o'rnida berilgan. Аgar o'zlashtirib olgan maoshdan ikki barobar ortiq bo'lsa, ortigini oladigan maoshidan ushlab qolingan. Аgar maoshidan uch barobar ko'p bo'lsa, saltanat xazinasiga tortiq sifatida olingan.2 Janglardan qochish va kurkoklik o'limdan xam yomon jinoyat xisoblangan. Shuning uchun Аmir Temur sipoxi shijoat va jasurlik bilan jang qilgan. Sohibqiron saltanatida maʼnaviy jazo usullari xam yaxshi samara bergan. Sohibqiron saltanatida sotkinlik eng oliy jinoyat xisoblangan. Biron navkar dushman bilan kelishib, o’z egasiga munofiqlik qilsa, bunday navkar dushman qo'liga topshirilgan. Аgar sipoxiy qismlardan yoki amirlardan qaysi biri yov bilan kelishib, g'anim safiga birlashsa, ular yurtdan chiqarib yuborilgan, mamlakatda ularga o'rin berilmagan. Yukoridagilardan ko'rinib turibdiki, Аmir Temur adolatsizlik, huquqbuzarlik sodir qilganlar uchun jazo tayinlashda qonunchilik, adolat va insonparvarlik printsipiga asoslangan xolda siyosat yuritganki, bu esa jamiyatdagi boshqa shaxslarni bunday salbiy xatti-xarakatlarini sodir etishdan to'xtatishga imkon bergan.3Аmir Temur o'g'illaridan qaysi biri saltanat martabasiga daʼvogarlik qilib bosh ko'tarar ekan, uni o'ldirish, tan jaroxati yetkazish, kishanlashga ruxsat berilmagan. Sohibqiron davlatida sipoxiylarning jinoyat va jazo masalalari qattiq bo'lgan. Qaysi bir sipoxiy xaddidan oshib, qo’l ostidagi kishiga zulm o'tqazsa, u mazlum qo'liga topshirilgan va jabrlanuvchi uning jazosini bergan. Erkaklarning soqolini kirib, yo'ziga upa surib shaxar kezdirilishi o'lim bilan barobar jazolardan sanalgan. Yukoridagi fikrlar, dalillar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, Аmir Temur davridagi jazo usullarida adolat bosh mezon bo'lgan. o'sha paytda sodir etilgan jinoyatlar va ularga berilgan jazo usullarini obdan o'rgangan olim Xerman Vamberi bu xaqda shunday xulosaga kelgandi: «Temurni Chingiz ila bir safga qo'yib, uni vaxshiy, zolim, karoqchi deb atagan kishilarning fikrlari ikki marotaba xatodir. U, avvalo, Osiyo sarkardasi edi. o'zining g'olib askarlari va qurollaridan o’z zamonasining taomilicha foydalangan. uning faoliyati, xususan, dushmanlari tomonidan gunox xisoblangan ishlari va urushlari, teranroq karalsa, jinoyatga jazo tarzida qo'llanilgan. to'g'ri, jazo qattiq, lekin adolatli bo'lgan».1 Bugungi kundan tubdan farq qiladigan, urushlar xavfi kuchli bo'lgan o'rta asrlarda tinch-farovon xayotni taʼminlash uchun ana shunday jazo usullarini qo'llash, bizningcha, to'g'ri edi.Chunki bunday jazo usullari o'sha damda ko'plab davlatlarda qo'llanilardi. Sohibqiron xam o'z davrining anʼanalariga binoan davlatni boshqargan. Saltanatning sud-huquq tizimi qonuniylik va adolat tamoyiliga asoslangan bo'lib , davlatning majburlov kuchini saqlab turishda ular muxim ahamiyat kasb etgan. Xullas, sud-huquq tizimi mamlakatda qonun ustuvorligini taʼminlashda asosiy vazifalardan birini bajargan. Biz yukoridagi faktlar asosida Аmir Temur davlati tarakkiyotiga sud-huquq tizimi va qonuniy asoslar katta turtki bergan degan fikrga keldik. MUDOFAA HARBIY Аmir Temur saltanatida davlat mudofaasini mustahkamlash ustuvor vazifalardan biri bo'lgan. Biz avvalgi muloxazalarimizda Аmir Temur davri xarbiy feodalizm, boskinlar davri bo'lganligini aloxida taʼkidlab o'tgan edik. Shu bois xar laxzada xalqaro nizolar, urushlar kelib chiqish ehtimoli mavjud bo'lib , davr mudofaani kuchaytirishni zaruratga aylantirgandi. Bunday murakkab sharoit Аmir Temurdan mamlakatning kuchli mudofaasini tashkillashtirishni talab etardi. o'sha davrda xam davlat tinchligi va osoyishtaligiga ayrim kuchlar mamlakatga ichkaridan va tashqaridan tahdid solib turar edi. Аmir Temur, avvalo, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ichki xavfni bartaraf etishga intilgan. Bunday xavfni shox xonadoni vakillari, qavm-qarindoshlar, hokimiyatga intilgan amaldorlar, badavlat zodagonlar keltirib chiqarishi mumkin edi. «Temur tuzuklari»da mamlakatda barqarorlikning buzilishiga olib kelishi mumkin bo'lgan omillar haqida shunday maʼlumotlar berilgan: «Аmr k,ildimki, agar o'g'illarimdan qaysi birovi saltanat martabasiga daʼvogarlik qilib bosh ko'tarar ekan, uni o'ldirishga, boglashga yoki muchasidan bir joyini kamaytirishga hech kim jurʼat qilmasin. Lekin o'z daʼvosidan kechmaguncha asirlikda saqlasinlar, toki xudoning mulkida urush chiq,masin».1 Bu masalada Аmir Temur keskin choralar qo'llashdan masalani tinchlik yo'li bilan xal etishni afzal bilgan va isyonchining uylab kurishiga imkon bergan. Аgarda nabiralar va k;avmkarindoshlardan biri davlatga qarshi k u t a r i l s a , u darveshlik xolatiga solingan, mol-mulki tortib olingan. o'rta asr talab va extiyojlarini inobatga olsak, bu tadbirlar mamlakat barqarorligini saqlashga xizmat qilganini anglash mumkin. Shuningdek, saroy amirlari va vazirlar davlatga qarshi fitna uyushtirsa mansabidan tushirilgan. Sodir etilgan bunday xatti-xarakatlarga biror chora qo'llanishidan avval vaziyat sinchiklab o'rganilgan. Gumon qilinuvchi yoki aybdorning aybi isbotlanganidagina jazoga loyiq topilgan. Аmir Temur xavfsizlik va barqarorlikni saqlashda hukmdorning sergakligi, ziyrakligi va tadbirkorligi katta rolь uynashini yaxshi bilgan, agarda u bush, sodda va lakma bo'lgan taqdirda mamlakat ichkarisidagi xavf-xatarlarning o'ziyok davlatni paroqanda etishi mumkin deb bilgan. Shuningdek, u mamlakatda qonunlarning buzilishi, ularga amal qilmaslik xam oxir-oqibatda davlatni adolatsizlik va parokandalikka olib keladi deb xisoblagan. xalqaro vaziyatni mushoxada qilsak, Аmir Temur davri xam zuravonliklar, informatsion kurashlar davri bo'lganligini aloxida taʼkidlash lozim. o'z mamlakatining xavfsizligi va barqarorligini saqlash uchun qo'shni davlatlarda sodir bulayotgan siyosiy voqealarni sinchiklab kuzatish talab etilgan. Bu xavda «Temur tuzuklari»da shunday maʼlumotlar bor: «haqida ar yerda, viloyatu shaxarda va urduda kundalik voqealarni yozuvchilarni tayin kilsinlarki, xokimlar, raiyat; sipohaqida o'zining va yot lashkarlarning xatti-xarakati haqida meni xabardor kilsin. Аtrofdan kirgan-chiqkan yot mol-mulk, chetdan kirgan yoki chetdan chiqkan yot kishilar, xar mamlakatdan kelgan karvonlar va hukmdorlik xakidagi xabarlar, qo'shni podshoxlar, ularning gap-so'zlari, ishlari va o'zoq ulkalardan kelib, mening dargoximga kelgan ulamolar, fuzalo xakidagi so'zlarni to'g'rilik bilan menga yozib tursinlar... Аmr kildimki, turli mamlakatlar, sarxadlarning xabarlarini, qo'shni hukmdorlarning maqsadlari va niyatlarini bilib, xuzurimga kelib xabar kilsinlar, toki biron voqea, kor-xol yo'z bermasidan burun chora va ilojini kilaylik».1 Аmir Temur xavfni bartaraf etishdan burun uning oldini olish muximligini yaxshi tushungan, shu bois qo'shni davlatlarda yo'z berayotgan voqealarni xam o'z davlati xavfsizligiga daxldor deb xisoblagan. U o'zga yurtlardagi ahvoldan xabardor bo'lish uchun diyorlarga shayx savdogar, tilanchi va boshqa nikoblar ostida o'z ayg’oqchilarini yuborgan, shunga monand tashki siyosat y unalishlarini belgilagan. Sayyohaqida savdogar, munajjim kabi kiyofalarda yo'rgan josuslardan olingan maʼlumot - dalillar kupincha yopik yigilishlarda kurib chiqilgan va mamlakat yaxlitligiga solingan xavflar o'z vaqtida bartaraf etilgan. Xavfsizlikni saqlashga nafaqat huquqni muxofaza kiluvchilar yoki davlat lavozimidagilar, balki xamma fuqarolar masʼul bo'lgan. Xatto rasmiy yoxud boshqa marosimlar saroy, urdu va boshqa yerlarda barchaning sergak, og'oh yurishini talab etgan. Xavfsizlikni taʼminlash maqsadida sipoxiylar, amirlar, mingboshi, yuzboshi va o'nboshipar devonxonaga, bazmu majlislarga kulohaqida etik, kovush, burk yokalik chakmon, xanjar, qilich bilan kirishi lozim bo'lgan.1 Mintaqada urushlar xavfini bartaraf etish masalasida Аmir Temur, birinchi navbatda, saroy va devonni qo'riqsh masalasini muxim deb xisoblagan. Saltanat saroyi va devonini qo’riqlashga o’n ikki ming qilich osgan askar urushu tinchlik vak,tida butun yarog-aslaxalari bilan qo'shkda, devonxonaning ung va so'l tarafidan, orqasidan va oldidan kurshab turgan. Shu tartibda xar kecha ulardan min kishi sokchilik qilish uchun xozir bo'lgan. haqida ar yo'z askar ustiga bir yuzboshi qo'yilgan.2 o'n ikki ming askar urush va tinchlik paytida xam saroy, devonxonani muttasil qo'riqgan. Bir kechada ming kishi saroy xamda devonxonaning oldi va orti, ung va so'lini qo'riqgan. Har bir askarning aniq belgilangan qo'riqsh xududi bo'lgan va ular xar kecha navbati bilan qo'riqchilik qilishgan. unta qilichliga o'n boshi, yuzta qilichliga yuzboshi, mingtassha mitboish raxbarlik qilgan. Bunday qo'riqchilar nafaqat saroy va devonxonani, balki yon-atrofni sinchiklab tekshirishgan. haqida atsh bu qo'riqchilar bir-birlari bilan maxfiy tilda (parol bilan) so'zlashishgan. Bu faktlar saltanatda xavfsizlik xizmati yaxshi yo'lga qo'yilganligini ko'rsatadi. Аmir Temur saltanatida nafaqat tinchlik paytida, balki urush vaqtida xam xavfsizlik xizmati uchun aloxida qo'shin qismi tashkil etilgan.Urush paytida o'n ikki amirdan xar biri, mingboshilar, yuzboshilar, o'nboshilar o'n ikki ming qurollangan otliq sipoxiy bilan birgalikda bir kecha-kunduz davomida o'z hukmdorini qo'riqlash uchun xozir bo'lgan. Bu o'n ikki ming otliq lashkar to’rt qismga bo'lingan va bir qismi barong’orga ( ung qanot). bir qismi javong’orga (so'l qanot), bir qismi urduning oldiga, to'rtinchisi urduning orqasiga joylashtirilgan. Ushbu tur! kiem navbatma-navbat urdudan yarim farsang o'zoqlashib sokchilik qilgan. to'rt sipoxiy favj o'zlari uchun xirovul belgilagan. haqida irovuldan korovullar tayinlangan. Ular extiyotkorlik va xushyorliq bilan urduga xabar yetkazib turishgan.Bu omillar saltanatda xavfsizlik xizmati ixtisoslashgan degan xulosaga kelishimizga asos buladi. Sohibqiron lashkarlar va Urduga aloxida kutvol tayinlagan. Urduni qo'riqlash, soqchilik ishlari uning zimmasiga yuklangan. Bundan tashqari qutvolpar xarbiy yurishlar vaqtida urdu atrofida savdo-sotiq ishlari bilan mashgul bo'lgan kishilardan soliq olish ishlari bilan xam shugullanishgan. Аgar urdu axaidan birontasining narsasi o'g'irlansa, ular javobgarlikka tortilgan. Аmir Temur qo'shin va urduning ximoyasini yanada kuchaytirish maqsadida qo'shin orqasidan to'rt favj (kiem) choitsuichishr tayyorlashni buyo'rgan. Ular to'rt farsang masofada lashkar yonida yurib, ularni qo'riqb borgan. Bordiyu chopsunchi lashkardan biron kishi o'ldirilganini yoki yaralanganini kursa, uning ishini o'z zimmasiga olgan.Xavfsizlik xizmati uchun belgilangan to'rt favj chopkunchi lashkarning uchdan bir qismi chegaralarni qo'riqsh ishiga tayinlangan. qo'shinning uchdan ikki qismi esa doimo saltanat ishiga shay turgan. Demak, saltanatda maxsus tayyorgarlikdan o'tgan minglab kishilar davlat bosh maʼmuriy binosi, urdu, chegaralar, umuman, saltanati qo'riqgan. Shuningdek, mamlakat uchun katta xavf to'g'ilganida armiyani safarbar etish qoidalari xam ishlab chiqilgan. Xavf-xatarlarga boy o'rta aerlarda mamlakat mudofaasini takomillashtirish orqali Аmir Temur davlatdagi tinchlik va barqarorlikni saqlashga erishganligini anglash mumkin. Аmir Temur davlatining mudofaa ishlari iktisodiy, siyosiy, diplomatik va xarbiy vositalar bilan amalga oshirilgan. U o'z davrida mustahkam xarbiy kudratga ega bo'lgan. Bunday kudratning mavjudligi unga Osiyo mintakdsidagi tartibsizliklar va agressiyalarning oldini olish imkonini bergan. Shu maqsadda mamlakat mudofaasini mustahkamlash, qurolli kuchlarni doimiy takomillashtirib borish, davlat chegaralarini mudofaa etish, qurolli kuchlarning xarbiy ilmi va malakasini oshirish, fuqarolarning mudofaasini amalga oshirishga xam aloxida ahamiyat berilgan. Bu vazifa davlat boshqaruvi bilan chambarchae boglik bo'lgan. Masalalarning bunday yechimi davlatchilik asoslarining mukammallashuviga ijobiy taʼsir ko'rsatgan. Temuriylar davrida, ayniqsa, Shoxrux mirzo, Mirzo ulug'bek, amirzoda Umar, Husayn Boyqaro davrida xam davlat ximoyasi yaxshi yo'lga qo'yilgan, biroq temuriylar o'rtasidagi toj-u taxt uchun kurashlar mazkur ximoyaning, demakki, davlat va saltanatning zaiflashuviga olib kelgan. Bu esa shayboniylarning Movarounnaxrga yurishlariga zamin yaratgan. Аmir Temur tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun barcha masʼul bo'lmogi Lozim deb tushungan. Bu xavda «Temur tuzuklari» da maxsus «Mulku mamlakat, sipoxu raiyat ahvolidan xabardor va ogoh bo'lib turish tuzugi» mavjud. unda aytilishicha, xar yerda, viloyatu shaxarda, urduda kundalik voqealarni yozib borish yo'lga qo'yilgani va shu orqali keng axborot almashuvi, kommunikatsiya tizimi yaratilgan. voqeanavislar xokimlar, raiyat, sipoxning va yot lashkarlarning xatti-xarakatlarini ruy-rost yozganlar xamda zudlik bilan saltanat markaziga yetkazganlar. Yolgon va tuxmat xabarlar uchun kotiblar katьiy jinoiy javobgarlikka tortilgan. Qolaversa, chetdan kelgan karvon, savdogar, sayyox va boshqa yot kishilarning maqsadlari anikdangan. Shuni aloxida taʼkidlash joizki, chetdan savdogar, shayhaqida sayyox va boshqa nom ostida kelgan mexmonlarning baʼzilari boshqa niyatda yurtimizga tashrif buyo'rgan. Shunga monand, Movarounnaxrdan xam boshqa davlatlarga josuslar junatilgan va ular o'zga yurtlarda yo'z berayotgan voqealardan xabar berib turgan. Аmir Temur mingta chopkunchi, mingta tuya va mingta ot mingan xabargirlar, yo'llarga va rabotlarga tayinlangan masʼul kishilar orqali ham chetdan kirgan kishilarning maqsadlari aniqlangan. Bu tadbirlar esa mintaqaviy tinchlik garovi bo'lib xizmat qilgan. Maʼlumki, sohibqiron mukammal xarbiy-siyosiy tizimni yaratdi va bu tizim keyinchalik yirik davlatlar boshliklari, sarkardalarga muxim dastur vazifasini utadi. U lashkariy qismlarni Chingizxon davridagidan xam mukammalroq qaytadan tashkil etib, ko'ragi yerga tegmagan xarbiy sarkarda, bugungi kungacha o'tgan qo'mondonlarning eng buyuklaridan biri sifatida dovruk kozondi. Аynan mana shu xarbiy sanʼati orqali mamlakatda kuchli mudofaa tizimi yaratildi. Аmir Temur xarbiy ilmu saloxiyati orqali davlatda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash bilan birga dunyo geosiyosiy maydonida yetakchi mavkeni egalladi. Sovet davrida Аmir Temurni «bosqinchi», «zo’ravon» deb atashlariga karamay, baʼzi tadkikotchilar uning xarbiy faoliyatiga ancha xaqqoniy baxo berishgan. Jumladan, А.KXYakubovskiy: «Harbiy tarix Temurni o'rta asr Osiyosidagi eng buyuk lashkarboshilardan deb xisoblaydi. uning xarbiy maxorati ikki y unalishda: askariy qismlarni qayta tashkil etishda, lashkarboshilik, qo’mondonlikda namoyon bo'ldi»1, — deb yozgandi. Xaqiqatan xam, sohibqiron xarbiy soxada qo'shinni tashkillashtirish, moddiy taʼminot, jang usullari kabi jixatlarga eʼtibor berib, yaxlit va mukammal xarbiy tizimni yaratdi. Bu tizim orqali u o'z oldiga qo'ygan maqsadlarni amalga oshirdi. Davrlar osha dunyoning eng rivojlangan davlatlari siyosatchilari va xarbiylari Аmir Temur saltanatining xarbiy tizimini chukur o'rganishga intildilar.2 Bu extiyoj va zaruriyat bo'lib , ular xam xududlarda, xazinada barqarorlikni saqlash va lashkarni tashkil etish kabi ko'plabmuammolarni xal qilish ishida uning tajribasidan foydalandi. Shu davrgacha dunyoning eng tarakkiy etgan Yevropa mamlakatlari va boshqa davlatlarning o’quv yurtlarida Аmir Temurning xarbiy sanʼati chukur o'rganib kelinmoqda. Sohibqiron xarbiy kuchga tayanib mamlakatni ichki va tashki xavflardan ximoyalash, mintakalardagi tartibsizliklarning oldini olish, adolat, tinchlik va barqarorlikni urnatish, mazlumlarni zolimlardan xamoya etish, umo'minsoniy goyalarni keng yoyish, qonun ustuvorligiga erishish, islomiy qadriyatlarni tiklash, sokinlikni taʼminlash, integratsion jarayonlarni tezlashtirish, geosiyosiy maydondagi vaziyatni nazorat qilish kabi ishlarni amalga oshirdi. «Tuzuklar»da: «Biron mamlakatda jabr-zulm va fisqu fasod kuchayib ketarkan, asl podshoxlar adolat urnatish, fisq-fasodni, zulmni yuqotish niyatida ana shunday mamlakatga xujum boshlashi lozim»1, - deyilishi xam bejiz emas. Maʼlumki, Аmir Temur qo'shinni Chingizxon kabi unlik, yuzlik, minglik va o'n mingliklarga (tumanlarga) bo'lib boshqargan. boshqaruvni osonlashtirish, tezkor xarakatni taʼminlash, tartib-intizomni kuchaytirish, zarur paytda darxol qo'shin safini to'zish ishlarini tashkillashtirish undan katta kuchni talab etgan. Maʼlumotlarga ko'ra, sohibqironning tartibsiz sochilgan minglab qo'shinlari bir zumda katʼiy tartibda saflanishi mumkin edi. Kupincha «bu tartibsiz qo'shinning saflanishiga katta vaqt kerak» degan ishonch dushmanlarni dog’da qoldirgan. Аmir Temur qo'shiniga asli toza, akl-farosatli, baxodir, dovyurak, tadbirkor, sergak, extiyotkor, oldi-ortini uylab ish tutadigan, jang sir-asrorini biladigan 313 amir raxbarlik qilib, ularning kichigi kattarog’iga bo’ysungan. 313 amirdan yuztasi o'nboshi, yuztasi yuzboshi, yuztasi mingboshi bo'lgan. Shuningdek, tumanboshi o’n minglik qo'shinga raxbarlik qilgan. Jang paytida amir ul-umaro amirlarga, amirlar mingboshilarga, mingboshilar yuzboshilarga, yuzboshilar o'nboshilarga boshlik bo'lgan va yukoridan kelgan buyruklar so'zsiz bajarilgan.«Muizz al-ansab»da Аmir Temur saltanatida Yodgor Barlos, Murod Barlos, Laʼl Barlos, Xudoydod Xusayniy, Mirka Barlos, Shayx Аli, Аrgun Barlos, Tavakkul Barlos, Chin Barlos, Muzrob Barlos, Kozon Temur, Tagay Buga Barlos, Muxammad Darvesh Barlos, Rustam Tagay Buga Barlos, Shayx Muxammad Bayon Sulduz, Giyosiddin Tarxon, Sulaymon Do'g'lat1 kabi ko'plab amirlar bo'lganligi haqida maʼlumotlar keltirib o’tilgan. Аmirlarning xar biriga aloxida o'rinbosarlar tayinlangan va ular amirlikka nomzod deb atalgan. Аgar lashkaboshilardan birortasi vafot etsa, jangda raxbarning yo'qligi qo'shinda parokandalikni keltirib chiqarmasligi uchun bu nomzodlar amir o'rnini egallashgan. Аmirlik darajasiga erishish sharafli va mushkul ish haqida isoblangan. Ular jangning sir-asrorini, g’animni sindirish yo'lini bilsa va qo'shinni jangga boshlay olsa, qo'shinda sarosima paydo bo'lgan xollarda xam vaziyatdan tez va tadbirkorlik bilan chiqib ketish yo'llarini bilsa, jangda shaxsan o'zi katta jasoratlar ko’rsatgan taqdirda amirlikka loyiq kurilgan.2 qo'shinda qirq jamoadan o'n ikkitasiga maxsus tamg'a berilgan va bu o'n ikki urug’dan xos navkarlikka olingan. Ular barlos, tarxon, argin, jaloyir, tulkichi, dulday, mug’ul, sulduz, to'g'oy, qipchoq, arlot, tatar uro'g'lari edi.3 tamg'aga yetmagan yigirma sakkiz aymoq boshliklariga kichiqroq darajadagi ulus amirliklari berilgan. XaR bir aymoq o'zining makomi va huquqlariga ega bo'lgan. Rossiyaning yirik davlat va imperiyaga aylanishiga katta xissa qo'shgan Pyotr I ning (1672 - 1725) xarbiy o'n ikki pog'onali mansabga ko'tarish usuli Аmir Temurning amirlarni o'n ikki darajali mansabga ko'tarish uslubini eslatadi. Janglarda katta jasorat ko'rsatgan oddiy askarga bahodirlik unvoni berilgan. Аmir Temur qo'shinida Shox Malik Barlos, Baxlul Barlos, Darvish Buga, Ismoil Barlos, Xusayn Malik Kavchin, Xamza, Ramazon xoja, Sherzod, Sher-Аli Barlos kabi bahoodirlar bo'lgan. Janglarda katta matonat ko'rsatgan askarlarga o'nboshilik darajasi berilgan. Аgar shu askar jangning muvaffaqiyatli tugashiga ikkinchi marta katta xissa qo'shsa, yuzboshi qilib ko'tarilgan. Аgar uchinchi marta jasorat ko'rsatsa, unga mingboshshik martabasi berilgan.1 Mingboshilikka ko'tarilgach g'animning yirik kiem lashkarlarini minglik qismi bilan sindirsa, birinchi amir etib tayinlangan. Birinchi amirlik darajasi oliy haqida arbiy lavozimlardan hisoblangan. Shu tarifa ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi, to’qqizinchi, o'ninchi, o'n birinchi va o'n ikkinchi amirlik darajasiga ko'tarilgan. Birinchi amir ming kishiga, ikkinchi amir ikki ming kishiga, uchinchi amir uch ming, to'rtinchi amir to'rt ming kishiga, o'n ikkinchi darajali amir o'n ikki ming kishiga sardorlik kalgan. Аmirlar darajasiga karab bir-biriga noib etib tayinlangan. Masalan, birinchi amir ikkinchi darajali amirning noibi, ikkinchisi uchinchisining, o'n birinchi darajali amir o'n ikkinchi darajali amirning noibi hisoblangan.2 Shuningdek, to’rtta beklarbegi xam tayinlanib, bu daraja xarbiy darajalarning eng oliylaridan edi. o'n ikkinchi darajali amir esa amir ul-umaroning noibi sanalgan.3 Аmir-ul umaro qo'shinlar bosh qo'mondoni bo'lib , Аmir Temurning noibi xisoblangan.4 unga jangda biror talafot yetsa, o'rinbosari o'rnini egallagan. Аmir ul-umaro dushman tomonidan maydonga o'n ikki mingdan kam otliq jangga kirganida qo'shinga bosh qo'mondonlik silgan. Janglarda qaxramonlik ko'rsatgan xarbiylar kuchli ijtimoiy muxofaza ostiga olingan. xar bir xarbiy mansabdorning aniq vazifasi belgilangan. qaysi bir oddiy askar qilich chopib baxodirlik ko'rsatsa, unga inʼom tarikasida chumok, qimmatbaxo toshlar qadalgan utoga, komar, turna bellik silich, bir ot berilgan xamda o'nboshilik martabasiga ko'tarilgan. Аgarda amirlardan biri qaysidir mamlakatni fatx etsa yo g’anim lashkarini yengsa, u uch narsa bilan taqdirlangan: 1. Faxrli xitob. 2. Tug’. 3. Nog’ora. Faxrli xitob faxrli yorliq bo'lib, uning nomi butun qo'shinga ovoza qilingan, qimmatbaho tug’i uning aloxida belgisi xisoblangan. Bu esa, bir tomondan, sipoxiyning obru-eʼtiboriga sabab bo'lsa, ikkinchi tarafdan, qo'shinda jasorat, vatanparvalik tuyg'ulari kuchayishiga taʼsir ko'rsatgan. O'zining maxsus nog'ora, tug’iga ega sipoxiy bahodir majlislarda xurmat-izzatda bo'lib, xos kishilardan sanalgan. Jasorati uchun o'nboshiga shaxar xokimligi, yuzboshiga biror yirik XUDUD xukmdorligi berilgan. Shuningdek, qaysi amir jangda g'anim podshosi yoki uning ug’lini yengsa, u haqda ovoza tarqatilgan, qo'shinning faxrli xitobi aytilgan, qimmatbaxo sovgalar bilan mukofotlangan, uning karamogiga ulus va chegara viloyatlar topshirilgan. Mukofot turlicha bo'lishi mumkin edi. Bu bajarilgan ishning qanchalik axamiyatli ekanligiga boglik, bo'lib, baʼzan amirlarga biror xudud uch yilga yoki boshka muxlatga inʼom etilgan.1 Biz Sohibqiron Аmir Temur davri xarbiy tizimini tadqiq etish asnosida uning davlatchilikdagi muxim axamiyatini va xarbiy lavozimlar bir vaqtning o'zida davlat xokimiyatini xam ifodalaganini anglab yetamiz. Tarixda o’tgan juda ko'p davlatlar: axamoniylar, yunon-makedonlar va boshkalarning muxim mansab-lavozimlarini xarbiylar egallagan. Аmir Temur davrida bu usul mukammallashtirilgan. 313 asl yerlardan sanalmish amirlarni o'z atrofiga birlashtira olgani uning kelgusida muvaffaqiyatlar qozonishiga sabab bo'lgan. Urushlar xavfi kuchli bulgan o'rta asrlarda Аmir Temurning qo'shinini porakandalikdan saqlay bilishi, ularning xarakatlarini bir maqsadga yo’naltira olgani, doimo janglarda g'olib kelishi uning mukammal xarbiy siyosat olib borganligiga dalildir. «Uning qo'shini beqiyos qo'shin edi, unda mo'g'ul eroniy bilan, sobiq shaharlik kuchmanchi turk bilan, musulmon otashparast va nasroniy butparast bilan, begona tillarda so'zlashadigan va ulug' amir irodasining sexri bilan yelkama-yelka jang qiladigan askarlardan iborat qo'shin edi»1, - deb yozadi L.Keren. Xar bir xarbiy mansabdorga bir-biridan farqlanib turuvchi xarbiy anjomlar berilgan. «Katta nog'ora va bayrok ado etish tuzugi»da sipoxiylarga darajasiga karab kanday belgili mukofotlar berilganlig haqida maʼlumotlar mavjud. L.Keren: «Аmir Temur qo'shini xar bir favjining aloxida rangli o'z tug’i bo'lib, bu favj askarlariyu otlari xam aynan shu rangdagi sovut, zirx, qalqon, egar, yopinchik, belbog, o’qdon, xalta va nayzalar bilan taʼminlangan edi. Shu alfozda ok, yashil, binafsha yoxud qizil rangli favjlar mavjud edi»2, - deb yozadi. X,.Dadaboev fikrlari xam bunga xamoxangdir: «Sohibqiron armiyasida muntazam qo'shinga xos bulgan kupgina belgilar mavjud edi. Krushin son jixatidan aniq va puxta tashkil etilgan, uning jangovar tartibi — yasol takomil darajasiga kutarilgan, qo'shin o'z zamonining ilg’or qurol-yarog’i, texnikasi bilan qurollangan, xar bir kiem, bo'linma aynan bir turdagi qurolyarog, aslaxa-anjom bilan taʼmin etilgan, bo'linmalar, kismlar bir-biridan kiyim-boshi, ko'targan bayrogi, xatto mingan otining tusi orkali xam farqlangan».3 Bizningcha, Аmir Temur qo'shin kismlarining bayrogi, qurolyarogi va ranglarining turli-tumanligiga sabab, qo'shinlar piyoda, nayzaboz, qilichboz, otliq kabi bir necha turlarga bo’lingan. Аmir Temur jang maydonida ularni boshqarish uchun xam rang, bayrog’i va boshqa qurol-aslaxalariga aloxida belgi kuygan bo'lishi mumkin. Demak, Аmir Temur xarbiy bo'linmalar va ularning bir-biridan farqini saqlovchi xarbiy qoidalarni ishlab chiqqan. Xarbiy sarkarda M.Ivanin: «Xali bironta xam xalk qo'shinini tugri saflashni bilmay, tartibsiz va taktik xarakatlarsiz, fakat o'zidagi jasorat darajasi bilan uzuq-yuluq jang kilayotgan bir paytda Temurning tugri saflangan, bir necha yunalishdan iborat muntazam tartib bilan jangga kiruvchi, kuchli zaxiraga ega bulgan kuchli armiyasi bor edi»1, - deb uning xarbiy qo'shiniga katta baxo bergan edi. Dilda Xukxem Аmir Temur qo'shinlarining bir joydan ikkinchi joyga kuchishi xam qatʼiy qoidalar asosida amalga oshirilganligini tavsiflab o’tgan. Unga ko’ra, qo'shin boshida tgor qism, uning ortida otliq, va piyoda askarlar guruxi, ular ortidan podshox xujaligiga tegishli buyumlar ortilgan aravalar yurgan. Bu aravalarda xazina, brilliantlar, kiyimlar zaxirasi, qurollar va boshka narsalarga tula bo'lib, ular jang va tinchlik davrlarida chigatoy qo'shin i tumanlari tomonidan muxofaza etilgan. Ularda katta boyliklar tashilgani tufayli xujum kilish xavfi katta bulgan, ammo Аmir Temur yurishlarining birortasida bu boyliklar dushman kuliga tushmagan. Podshox aravalaridan keyin jangchi kuchmanchilar oilasi o'z chorvalari bilan yurgan. Tinchlik paytlarida ular odatdagidek oilaviy xayotini davom ettirishgan. Xavo issik paytlarda ular kunduzi dam olib, kechasi dashtlarda yurgan turli chorvalarni ovlash bilan mashgul bo'lishgan. Kuchmanchilar ortidan savdogarlar va xunarmandlar xarakatlanganlar. Ular xdm tinchlik paytida temirchilik, qurolsozlik, novvoylik va boshka kasblar bilan shugullanishgan. qo'shin tuxtagan yer xakikiy xayot kaynagan joyga aylangan.2 Bu yerda bozorlar, xunarmandlar, aravalarning ovozlari, kuchma xammomlar, kuchma masjid va boshkalar xarbiylar extiyojini taʼminlashga xizmat kilgan. Bu davrda kutiinlarga maosh taqsimlash xam maʼlum tartib-qoidalarga asoslangan edi. Sohibqiron Аmir Temur qo'shinning moddiy taʼminotiga katta eʼtibor berdi va uning tula taʼminlanishiga erishdi. Buning sababi shuki, mazkur kasbda sipoxiy tirikchiligini bemalol o'tkaza olishi kerak edi. Аks xolda, u tirikchilik xarakatida boshka ishlarga ovora bo'lishi, bu xol qo'shinning zaiflashuviga, demakki, saltanatning parokandaligiga olib keluvchi omillardan biri bo'lishi mumkin edi. Download 55.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling