Amir Temur va Temuriylar davlati tarixiy geografiyasi (XIV- xv asr)
Download 28.08 Kb.
|
Amir Temur va Temuriylar davlati tarixiy geografiyasi
Amir Temur va Temuriylar davlati tarixiy geografiyasi (XIV- XV asr) Tayanch iboralar: chig„atoy ulusi, Amir Temur davlati tarixiy geografiyasi, temuriylar davlati tarixiy geografiyasi, Dashti Qipchoq 1. Amir Temur davlati tarixiy geografiyasi. Saltanatning siyosiy-ma’muriy holati Amir Temur davlati tarixiy geografiyasi. Saltanatning siyosiy-ma‘muriy holati Nizomiddin Shomiyning ―Zafarnoma‖, Muiniddin Natanziyning ―Muntaxab at-tavorix‖, Hofizi Abruning ―Geografiya‖ va ―Zubdat at-tavorixi Boysung‗uriy‖, Sharafiddin Ali Yazdiyning ―Zafarnoma‖, Fasih Ahmad Xavofiyning ―Mujmali Fasihiy‖, Ibn Arabshohning ―Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur‖, Abdurazzoq Samarqandiyning ―Matlai sa‘dayn‖, Mirxondning ―Ravzat as-safo‖, Xondamirning ―Habib as-siyar‖, Mirzo Muhammad Haydarning ―Tarixi Rashidiy‖, Rui Gonsales de Klavixoning ―Kundaligi‖ va boshqa asarlarda yoritilgan. Amir Temur davlati tarixiy geografiyasi, saltanatning siyosiy-ma‘muriy holati manbashunos olim Omonullo Bо‗riyevning ―Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasi‖ nomli tadqiqotida batafsil tadqiq qilingan1 . Chig‗atoy ulusi (Turonzamin) hududidagi siyosiy tarqoqlik tugatilgach, Amir Temur 1370 yilda Movarounnahr hukmdori deb ye‘lon qilingach, Sohibqiron mamlakatni birlashtirish, uning mustaqilligini mustahkamlash, xavfsizligini ta‘minlashni asosiy masala qilib belgiladi va dastlab Amudaryo va Sirdaryo oralig‗idagi yerlarni birlashtirdi. Mо‗g‗ullar davrida Xorazm ikki chingiziy ulus о‗rtasida taqsimlangan edi: Xorazmning shimoliy qismi - markazi Urganch shahri, u Oltin О‗rda davlatiga qarashli bо‗lsa, Xorazmning janubiy hududi esa markazi Kat shahri bо‗lgan va u Chig‗atoy ulusiga berilgan edi. 1 Bо‘riyev O. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo Tarixiy geografiyaasi. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz Sо‘z, 2017. Amir Temur Xorazmni tinch yо‗l bilan qо‗shib olish maqsadida 1371 yil mart oyida Gurganjga Alaf (Alqa) ―tavochi‖, keyinroq shayxulislom Mavlono Jaloliddin Keshiy boshchiligidagi elchilarni jо‗natgan. Afsuski unga Husayn Sо‗fi rad javobini bergan2 . 1371 - 1388 yillarda Amir Temur Xorazmga besh marta yurish qilishga majbur bо‗lgani sabablari akademik A.Asqarov maqolasida izohlangan: 3 1370 yilning о‗rtalarida davlatning shimoliy chegaralarida kutilmaganda xavfli vaziyat yuzaga kelib, Xorazm hukmdori Yusuf Sо‗fi bilan Oq О‗rda hukmdori О‗rusxonning birgalikda Amir Temurga qarshi yashirin harakatlari kuchaytirgan. Muallif, bu sо‗fiylar sulolasi vakillarining kaltabin siyosati natijasi edi, degan xulosaga keladi va Xorazmning Amir Temur davlatiga qо‗shib olinishining sababi qilib kо‗rsatiladi. Amir Temur 1373 yilning mart oyida ikkinchi marta Xorazmga yurish qilgan edi. Amir Temurning Xorazmga yurishlari O.Bо‗riyev monografiyasida keng yoritilgan4 . Monografiyada Amir Temur Chig‗atoy ulusining qonuniy hukmdori sifatida, Alqa5 ―tavochi‖ni Xorazmga Husayn Sо‗fi qoshiga elchi qilib jо‗natib, Chig‗atoy ulusiga tegishli Kot va Xiva shaharlarini tobe yerlar bilan birga qaytarib berishini talab qilgan. 6 Husayn Sо‗fi elchilarga qо‗pollik bilan: ―Bu viloyatni men qilich vositasida qо‗lga kiritganman va uni qilich bilan olishga tо‗g‗ri keladi‖ 7 , - deb javob qildi. Shundan sо‗ng, Amir Temur 1372 yili Xorazmga yurish qilib, tо‗la g‗alaba qozonadi. Husayn Sо‗fi bu mag‗lubiyatdan g‗am-anduhga botib vafot yetadi va Xorazm taxtini uning ukasi Yusuf Sо‗fi (1372–1380) egallaydi. 2 Axmedov B., Mukminova R., Pugachenkova G. Amir Temur … − S. 34-35. 3 Asqarov A. Amir Temur va Xorazm // Amir Temur va uning jahon tarixidagi о‗rni. Xalqaro konferensiya tezislari … − B. 39. 4 Bо‗riyev O. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo … – B. 95-96. 5 Ahmedov B. Sohibqiron Temur … − B. 26; Bо‗riyev O. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo … − B. 96. 6 Bо‗riyev O. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo … − B. 97. 7 Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. 1972. 146 a varaq. Yusuf Sо‗fi ham mavjud vaziyatda Amir Temurga teng kela olmasligiga kо‗zi yetadi va tobelik izhor yetib, sulh tuzadi. Ovoq Sо‗fiyning birodari bо‗lmish Nangadoyning Bо‗lmaning О‗zbekxonning Shakarbek ismli qizidan bir qizi bor edi, Savinbek ismli, u Xonzoda ismi bilan mashhur edi. Amir Temurning taklifiga kо‗ra, ushbu sulhni qon-qarindoshlik iplari bilan bog‗lash maqsadida, Yusuf Sо‗fi о‗z saroyidan О‗zbekxonning nevarasi Xonzodani Amir Temurning о‗g‗li Mirzo Jahongirga beradi. Lekin ushbu tadbirdan keyin ham munosabatlar yaxshilanmagan. Amir Temur 1376 yili О‗rusxon bilan urushmoqchi bо‗lib О‗trorda turganida, Xorazm voliysi Yusuf Sо‗fining qо‗shinlari Buxoro atroflariga chopqin qilib, aholini talaydilar. Ehtimol Xorazm voliysi bu harakati bilan Amir Temurni О‗rusxon bilan jang qilmoqdan chalg‗itmoqchi bо‗lgandir, bunisi noma‘lum. Boz ustiga, Yusuf Sо‗fi yuqoridagi voqea sababini bilish uchun Amir Temur yuborgan elchini qamab qо‗ygandi. Sohibqiron ikkinchi marta elchi yubordi va elchi daxlsiz shaxs ekanligini, uni qamab bо‗lmasligini ta‘kidlab, elchini ozod qilishni talab etadi. Yusuf Sо‗fi ikkinchi elchini ham qamatgani Amir Temurning 1379 yili Xorazmga navbatdagi yurishni qilishga majbur bо‗lgan. Bu uning tо‗rtinchi yurishi edi. Xorazm poytaxti uch oy davomida qamal qilindi, oxiri Yusuf Sо‗fi g‗am-anduhga botib olamdan kо‗z yumdi. Shahar zabt etilib vayron qilindi, olimlar va hunarmandlar Kesh va Samarqand shahrlariga kо‗chirildi. Tо‗rtinchi yurishdan keyin ham Amir Temur davlati bilan Xorazm о‗rtasida mavjud munosabatlar ishonchli yemasdi. Yusuf Sо‗fidan sо‗ng Xorazm voliysi bо‗lgan Sulaymon Sо‗fi tez orada Tо‗xtamish bilan ittifoq tuzib, unga tobe‘ bо‗ldi va uning nomi bilan tanga zarb yetdi. Amir Temur uch yillik g‗arbiy yurishga ketgan chog‗ida, 1387 yili Oltin О‗rda, Mо‗g‗uliston va Xorazmdagi chingiziy kuchlar birlashib, Movarounnahrga bostirib kirdilar. G‗animlar qishloqlarni talab, Samarqand va Buxoroni qamal qildilar, Qarshi shahri va Zanjirsaroyga о‗t qо‗ydilar va Amudaryogacha joylarni chopqin qilishdi. Mо‗g‗uliston, Xorazm va Oltin О‗rda ittifoqlikda katta kuchga aylanganini Amir Temur yaxshi anglab yetgandi va zudlikda Movarounnahrga qaytib, keskin choralar kо‗rishga kirishdi va 1388 yili dastlab Xorazm tomon yurdi. Ushbu beshinchi yurishda Xorazm poytaxti xarob qilinib, aholisining bir qismi Samarqandga kо‗chirildi. Lekin kо‗p о‗tmay, aniqrog‗i 1391 yili Sohibqiron Xorazmni yangidan obod etmoqqa farmon beradi. Yana uch marta yurish qilindi. ―Amir Temur jahon tarixida‖ nashrida Xorazmga qilingan beshinchi yurishning bosh sababi etib, 1388 yil Amir Temur Sherozdaligi vaqtida ―…gurganchliklarning Tо‗xtamishning askari tarkibida borib Zanjirsaroyni yondirishda ishtirok etganlari va dushman tarafida bu ishlarda qatnashib, unga nisbatan xoinliklari uchun qasos sifatida qilgan edi‖ 8 , − deb kо‗rsatilgan. O.Bо‗riyevning yozishicha, Amir Temur g‗arbiy yurishga ketgan 1387 yilda fursatdan foydalangan barcha chingiziy kuchlar − Oltin О‗rda, Mо‗g‗uliston va Xorazm birlashib, Movarounnahrga hujum qiladilar va qishloqlarni talaydilar. Qarshi va Zanjirsaroyga о‗t qо‗yadilar, Samarqand va Buxoroni qamal qiladilar. Sohibqiron bu voqeadan darg‗azab bо‗lib, dushmanlardan qasos olishga ahd qilib, beshinchi yurishida Xorazm poytaxtini yakson etadi va aholi Samarqandga kо‗chiriladi9 . Sharafiddin Ali Yazdiy ―Zafarnoma‖sida bu haqda shunday jumlalar yozilgan: ―Sohibqiron necha kun Xorazmda turub hukm ettikim, ―Xorazm elini kо‗churub, Samarqandga yibaring!‖ Shaharda bо‗lg‗on barcha elni kо‗churub, Samarqand sori yibardilar va Xorazmni buzub, ichida arpa ektilar‖ 10 . Fikrimizcha, ushbu mubolag‗ali ma‘lumotni aksariyat tadqiqotlarda11 ayni haqiqat sifatida izohlangan. Biz bu xususda B.Ahmedov va P.Zohidovning mulohazalarini e‘tiborli 8 Amir Temur jahon tarixida … 2001. – B. 70. 9 Bо‗riyev O. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo .... − B. 100. 10 Yazdiy. Zafarnoma … 1997. − B. 119. 11 Yazdiy. Zafarnoma … 1997. − B. 334. 556 izoh; Bо‗riyev O. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo … − B. 100.; Muhammadjonov A. Temur va temuriylar saltanati ... − B. 13.; Hukxem H. Yetti iqlim sultoni ... − B. 90−91.: Amir Temur jahon tarixida … 2001. − B. 70. deb о‗ylaymiz. B.Ahmedovning fikricha, ―Amir Temur jahlga hay bermay, ―shaharni buzib о‗rniga arpa sepib yuboringlar!‖ deb bergan farmon hurmati uchun faqat Sulaymon Sо‗fining uyi buzdirilgan bо‗lishi mumkin, lekin Gurganjday shaharni buzib, uni tosh, g‗isht, ganch va imorat qoldiqlaridan tozalab va haydatib ekin ektirish о‗ta mushkul bо‗lsa kerak. Tamom buzib tashlanib, о‗rniga arpa ektirib yuborib, shaharni qisqa bir vaqt ichida mustahkam qal‘aga aylantirib, tamom tiklab bо‗larmikin, о‗zi?‖ – degan mulohazalarini olim bir necha dalillar bilan asoslaydi: – 1391 yilning noyabr oyida Sohibqiron Xorazmning buzilgan yerlarini tuzatib, uni eski holiga keltirishni buyurgan. Agar shahar tamoman buzib tashlanganda, uni qisqa fursat ichida obod qilib bо‗lmasdi; – 1411 yili Oltin О‗rda xoni Temurxon bilan amir ul-umaro Idiku о‗zbek о‗rtasida nifoq chiqqanida, Idiku о‗zbek Xorazmga qochib, Gurganjning mustahkam qal‘asi ichiga yashiringach, Temurxon yuborgan askarlar Gurganjni olti oy qamal qilib ololmay qaytgan; – 1412 yili Shohruxning katta qо‗shini ham amir Alika kо‗kaldosh, Said Ali tarxon va Ilyosxо‗ja boshchiligida kelib Gurganjni qamal qilib ololmagan; – 1431 yili Abulxayrxon kо‗p sonli lashkar bilan Gurganjni qо‗lga kirita olmagan12 . P. Zohidovning yozishicha, bu voqea kо‗chma ma‘no bildiruvchi xalq mubolag‗asi bilan bog‗liq, Yа‘ni ―ichida arpa ekdilar‖ jumlasi Urganch shahri endi poytaxt mavqeini yо‗qotdi, deganni bildiradi13 . Bu bahsli masalada Natanziy asaridagi Sohibqiron farmonidan sо‗ng, faqat qal‘a devorlarigina yer barobar tekislangani haqidagi ma‘lumot haqiqatga yaqin14 . Chunki aksariyat tadqiqotlarda 12 Ahmedov B. Amir Temur. Tarixiy roman ... − B. 294. 13 Zohidov P. Amir Temur Xorazmda qurdirgan Oqsaroy // Amir Temur va temuriylar davri: yangi tadqiqotlar. Konferensiya materialari … − B. 85. 14 Natanziy Muiniddin. Sohibqiron hayotidan lavhalar (Muntaxab ut-tavorixi Muiniy) / Forschadan G‗. Karim tarjimasi // Jahon adabiyoti. – T., 2006. № 3. − B. 13. uch yildan sо‗ng Amir Temur farmoni bilan shahar yangidan obod qilinib qayta tiklangani haqidagi ma‘lumotlar15 ham yuqoridagi fikrlarga mos keladi. Shunday qilib, Amir Temur Movarounnahr va Xorazmda feodal tarqoqlik hamda о‗zaro nizolarga barham berib, Sirdaryo vohasidan to Orol dengizigacha bо‗lgan yerlarda yashovchi xalqlarni yagona davlat tasarrufida birlashtiradi. Keyinroq Shibirg‗on viloyati, Balx va Toshkent viloyatlari ham Amir Temur hokimiyatini tan oladilar. Yigirma yil (1371-1390 yillar) mobaynida Amir Temur Mо‗g‗ulistonga yetti marta yurish qilib, Mо‗g‗ul hukmdorlari ustidan g‗alaba qozondi. Chunki, Mо‗g‗uliston amiri Qamariddin Chig‗atoy ulusini asl holiga keltirib, о‗z hukmronligini о‗rnatish, uning ustidan siyosiy ta‘sirini о‗tkazishni о‗z oldilariga maqsad qilgan. B.Ahmedov tadqiqotida Mо‗g‗uliston hokimi Qamariddinning Chig‗atoy ulusiga yakka hukmron bо‗lish maqsadida Movarounnahrga 1370 − 1376 yillar davomida uch bor hujum uyushtirgani, Sayram, Turkiston, Toshkent va Farg‗onaga bostirib kirib, mahalliy aholini talagani, 1376 yili Farg‗ona vodiysini ma‘lum qismini bosib olgani, natijada Amir Temur Movarounnahr sharqiy hududlari xavfsizligini tо‗la ta‘minlash maqsadida yurishlarni amalga oshirib xavfni butunlay bartaraf etgan16 . Amir Temurning Mо‗g‗ulistonga yettita yurishning sabab va natijalarini kо‗rsatadigan bо‗lsak, ular garchand tarixiy manbalarda ―yurish‖ deb atalsa-da, aslida mamlakatning sharqiy va shimoliy hududlarini Mо‗g‗ullarning xurujlaridan himoya qilishga qaratilgan mudofaa urushlari edi, deb baholasak tо‗g‗ri bо‗ladi. O. Bо‗riyev Amir Temurning dastlab 1375, sо‗ngra 1376 yilgi yurishlarida Qamariddinning tо‗la tor-mor etilgani va Mо‗g‗uliston xonlik taxtiga Xizrxoja − о‗g‗lon о‗tirgach Sohibqironga tobelik izhor etganga urg‗u beradi. Keyinroq Amir Temur Xizrxojaxonning qizi Tukal xonimga uylanib qarindoshlik rishtasini bog‗lash orqali Movarounnahr uchun Mо‗g‗uliston tomondan hujum xavfi 15 Bо‗riyev O. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo … − B. 100; Amir Temur jahon tarixida … 2001. − B. 70. 16 Ahmedov B. Amir Temurni yod etib … − B. 326, 336. tugatilganini ta‘kidlaydi17 . Chunki Mо‗g‗ulistonda siyosiy vaziyatning yaxshilanishi Markaziy Osiyo bilan Xitoy о‗rtasida savdo-elchilik munosabatlarini keng yо‗lga qо‗yilishiga imkon berganini ham alohida qayd etish lozim. 1395 yilda Shimoliy Kavkazning Tarak daryosi bо‗yida Amir Temur va Oltin О‗rda xoni Tо‗xtamishxon qо‗shini о‗rtasidagi jangda Amir Temur g‗alaba qozonadi va Oltin О‗rda hokimiyatiga chek qо‗yiladi. Amir Temur davlatining Oltin О‗rda bilan munosabatlari tarixi sovet davri18 va zamonaviy davrda yetarlicha о‗rganilganiga qaramay, ayrim muhim tarixiy geografiyaga oid masalalar ham bor. Jumladan, Amir Temur nega rus yerlariga kirib bordi, ammo ularni egallamadi, tuzilgan tarixiy kartada Tо„xtamishxonga tegishli bо„lgan hududning saltanat tarkibiga kiritilishi tо„g„ri bо„ladimi yoki yо„qmi? Kiritilsa qaysi hududlarni qamrab oladi? Chunki Amir Temur davlati bilan Oltin О„rda munosabatlari jarayonida rus knyazliklarining taqdiri bor edi, u qanday hal etilgani masalasi qanday bо„ldi?. Masala maxsus tadqiqot doirasida M.Abduraimov tomonidan о‗rganilgan. Olim Amir Temurning Tо‗xtamish bilan munosabatlari ibtidosini yoritar ekan, ―Oltin О‗rda xoni О‗rusxon ukasi Tо‗y Xojani (1361 − 1376), Yа‘ni Tо‗xtamishxonning otasini Rus mamlakatiga yurishdan bо‗yin tovlagani uchun 1376 yilda yasoqqa tortadi. Tо‗xtamishxon о‗ch olish uchun uning о‗g‗illaridan birini о‗ldiradi va qochib Amir Temur huzuriga boradi‖. Amir Temur unga izzatikromlar kо‗rsatib, qimmatbaho sovg‗alar berib, О‗tror va Savron viloyatlarini taqdim qiladi, qatl etilgan otasi xunini olishni maqsad qilgan Tо‗xtamishxonga Oq О‗rda bilan kurash uchun tо‗rt marotaba qurol-aslaha va qо‗shin berib yordam 17 Bо‗riyev O. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo … − B. 97. 18 Ползикова-Рубец К. Золотая Орда и государство Тамерлана // Исторический журнал, - М., 1937. № 12. - С. 96-105; Греков Б.Д. и Якубовский А.Ю. Золотая Орда / Очерки истории Улуса Джучи в период сложения и расцвета с ХIII -Х1V вв. - М., 1941. - 204 с; Семёнов А.А. Повествование о походе его величества победоносного эмира Тимура с войском на север и его великой войне с Тохтамыш-ханом. В кн. История Татарии в материалах и документах. - М., 1957; Греков Б.Д. Якубовский А.Ю. Золотая Орда и ее падение. - М.- Л., 1950. - 479 с.; Сафаргалиев М.Т. Распад Золотой Орды. - Саранск, 1960. - С. 162. qiladi19 . Amir Temurning strateg sifatida Jо‗chi ulusi hududidagi nizolardan uddaburonlik bilan foydalangani va Oq О‗rda xoni О‗rusxon tomonidan Jо‗chi ulusining ikkala qismini birlashtirilishini istamagan Amir Temur taxtga о‗z odamini о‗tkazish maqsadida u yerdagi nizolarga aralashib, Tо‗xtamishxonni imkoni boricha qо‗llab quvvatlagan20. 1376 yil bahorda О‗rusxon jangda о‗ldirilgan о‗g‗li Qutlug‗ Bо‗g‗a xunini talab qilib Amir Temurga Tо‗xtamishxonni topshirishni talab qilgani, oqibatda Tо‗xtamish 1379 yili О‗rusxon ustiga qо‗shin tortib borib, uni yenggan 21 . Shunday qilib Oltin О‗rda taxtiga Amir Temurning amaliy yordamida Tо‗xtamish xon etib tayinlangan. Amir Temur yordamida 1380 yili Oltin О‗rda taxtini egallagan Tо‗xtamishxon tez orada xavfli raqibga aylanadi. U 1387 yilda Amir Temurning uch yillik yurishidaligidan foydalanib, Movarounnahrga bostirib kirib uni talab ketadi. Bu bosqinda Xorazm hokimi Sulaymon Sо‗fi, Mо‗g‗uliston amiri Qamariddinlar hamkorlikdagi faoliyati siyosatni yanada keskinlashtiradi. O.Bо‗riyevning yozishicha, Amir Temur g‗arbiy yurishga ketgan 1387 yilda fursatdan foydalangan barcha chingiziy kuchlar − Oltin О‗rda, Mо‗g‗uliston va Xorazm birlashib, Movarounnahrga hujum qiladilar va qishloqlarni talaydilar. Qarshi va Zanjirsaroyga о‗t qо‗yadilar, Samarqand va Buxoroni qamal qiladilar. Sohibqironni bu munosabat darg‗azab qilib, dushmanlarni tiyib qо‗yishga qaratilgan faoliyatni yuritishga undaydi. Keyingi yurish Tо‗xtamishxonga qarshi qaratilgan. Yozma manbalar22 , tadqiqotlarda23 Amir Temurning 1391 yili mart oyida Tо‗xtamishxon ustiga yurish boshlab, Ulug‗ Tog‗da toshga uyg‗ur alifbosida о‗yib yozdirgan matnda24gi 19 Abduraimov M.A. Temur va Tо‗xtamish. – T., 2001. − B. 39. 20 Temur va Ulug‗bek davri tarixi ... − B. 80. 21 Karimov SH., Shamsutdinov R. Vatan tarixi … – B. 370-371.; Ахмедов Б., Мукминова Р., Пугаченкова Г. Амир Темур. – Т., Университет, 1999. − С. 37-45. 22 Shomiy. Zafarnoma ... − B. 158; Yazdiy. Zafarnoma … 1997. − B. 130. 23 Muhammadjonov A. Temur va temuriylar saltanati ... − B. 15. 24 Shomiy. Zafarnoma ... – B. 429. ma‘lumotga kо‗ra, Turon sultoni Temurbek 200 ming kishilik о‗rdusi bilan Tо‗xtamishxonga qarshi otlangani aytilgan. 25 O.Bо‗riyev Amir Temurning 1395 yili Tо‗xtamish ustiga yurish boshlashdan avval elchi Shamsiddin Olmolig‗iyni maktub bilan jо‗natgani, ammo unga javoban Tо‗xtamishxonning qо‗pol munosabati natijasida Oltin О‗rda tormor etilishi muqarrar bо‗ladi26 , 1395 yilda Shimoliy Kavkazning Tarak daryosi bО‗yida Amir Temur va Oltin О‗rda xoni Tо‗xtamishxon qо‗shini о‗rtasidagi jangda Amir Temur g‗alaba qozonadi va Oltin О‗rda hokimiyatiga chek qо‗yiladi. Amir Temurning 1395 yilda Tо‗xtamishxon ustidan qozongan g‗alabasi tarixan muhim ahamiyatga ega edi. Zero, Amir Temur tomonidan Tо‗xtamishxonga berilgan sо‗nggi zarbadan keyin Oltin О‗rda qayta о‗ziga kela olmadi va ikkinchi darajali davlatga aylanib qoldi. Uning qо‗l ostida qariyb 170 yildan buyon asoratda yotgan xalqlar, jumladan rus xalqi uchun ham istiqbol yо‗llari ochildi. Amir Temur davlati bilan Oltin О‗rda munosabatlari jarayonida rus knyazliklarining taqdiri bor edi. Bu masala esa ayrim tadqiqotlardagina aks etgan. Bu haqda A.Y.Yakubovskiy shunday deb yozadi: ―1395 yilda Temurning Tо‗xtamish ustidan qozongan g‗alabasi, ... faqat О‗rta Osiyo va о‗sha vaqtdagi janubi-sharqiy Yevropa uchungina emas, balki Rus uchun juda katta ahamiyatga ega bо‗ldi‖ 27 , - degan fikrining tо‗g‗riligi ammo keyingi qarashlarida Amir Temur Moskvani olmagan va bu haqda xabar beruvchi Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiylar yanglishib, Moskva deb aslida Ryazanni nazarda tutganlar, degan fikri notо‗g‗ri juda bahsli, -degan notо‗g‗ri fikriga A.Axmedov 25 A. О‗rinboyev xarsangtosh hozir Rossiya davlat Ermitaj muzeyida saqlanayotgani, unga о‗n bir satr yozuv bitilgan, yozuvning sakkiz satri qadimgi uyg‗ur va uch satri arab harfidadir, deb ma‘lumot bergan О‗rinboyev A. / Nizomiddin Shomiyning ―Zafarnoma‖ asariga kirish sо‗zi / Shomiy. Zafarnoma ... − B. 429. 26 Bо‗riyev O. Temuriylar davri yozma manbalarda Markaziy Osiyo … − B. 103. 27 Qarang: Якубовский А.Ю. Из истории падения Золотой Орды // Вопросы истории. - М., 1947. № 2, - С. 30-45; Греков Б.Д., Якубовский А.Ю. Золотая Орда и его падение... - С. 369- 370. tarixiy manbalarga tayanilgan tо‗g‗ri javobni bergan. 28 Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiylar Amir Temurning Oltin О‗rda xoni Tо‗xtamish ustiga yurishida Moskva shahri eslatilgan. Sohibqiron tomonidan amalga oshirilgan mazkur yurish Oltin О‗rda xoni Tо‗xtamishning Amir Temur davlati chegaralariga bosqini munosabati bilan amalga oshirilgan va Sohibqironning rus yerlariga yurishi maqsadida bо‗lmagan. Sharafiddin Ali Yazdiy ―Sohibqiron Jо‗chixonning ulusini musahhar qilib, Rus viloyatig‗a borg‗oni‖ haqida yurish tafsilotlarini batafsil yoritgan: ―Sohibqiron Maskavga sorikim, Rusnung shaharlaridin erdi, tavajjuh qildi. Anda yetkonda nusratshi‘or cheriki ul viloyatni (shahar va atrofini) choptilar va andag‗i hokimlarni tobe‘ qildi. Va cherikning eliklariga sonsiz mol tushti: oltinu kumish va qumoshu kabsh va hatanu qoqam va hattanu qoqam kattonu qaro samur va qilichlar, yaxshi otlar tushti...‖ 29 . Ammo ta‘kidlash joiz, rus knyazliklari Tо‗xtamishxonga qaram hududlar hisoblangani bois, о‗z- о‗zidan Amir Temur saltanatining ta‘sir doirasiga kiritilishini tо‗g‗ri deb topish va kartada aks ettirish masalasini qо‗yadi. Tarixdan ma‘lumki, Amir Temur rus yerlariga kirishidan avval bu yerda Mо‗g‗ul istibdodi hukm surgan. Rus yerlari Oltin О‗rda xonligiga qaram bо‗lgan, Tо‗xtamishxonga о‗lpon tо‗lar edi. Rus knyazliklari ―Yorliq‖ uchun bir-biri bilan kurashar, ―Yorliq‖ga ega bshlgan knyaz esa Tо‗xtamishxonga barcha knyazliklardan о‗lponni yig‗ib eltib berish huquqiga ega bо‗lgan edi. Bu haqda N.M.Karamzinning ―Rossiya davlati tarixi‖ nomli asarida batafsil bayon etilgan30 . Asar faktik materiallarga boyligi, tarixiy aniqligi va ilmiy teranligi bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar uning Amir Temur tarixini bayon etuvchi bilimlariga ham xosdir. Asardagi ma‘lumotlarga kо‗ra Rus knyazlari Oltin О‗rda xoni Tо‗xtamishga о‗lpon tо‗lar, Moskva knyazi xondan ―Yorliq‖ olgani uchun boshqa 28 A. Ahmad., H. Bobobekov. Izoh. – B. 342-343. / Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma / Muhammad Ali ibn Darvesh Ali al-Buxoriy tarjimasi. Sо‗z boshi, tabdil, izohlar va kо‗rsatkich mualliflari va nashrga tayyorlovchilar: A. Ahmad., H. Bobobekov. – T.: Sharq, 1997. 29 Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. ... – B. 213-214; Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma / .... − B. 178-179. 30 Карамзин Н.М. История Российского государства. ИМПАКС, САНКТ-ПЕТЕРБУРГ, 1994. knyazliklardan о‗lponni yig‗ib eltib berish huquqiga ham ega bо‗lgan edi. Jumladan, Dmitriy Donskoy (39 yoshida) vafot etgach, о‗g‗li Vasiliy Dmitriyevich Moskva knyazligining mavqeini yanada о‗stirib, Moskva, Vladimir knyazligi о‗lponidan tashqari, kо‗p oltin va kumushlarni Tо‗xtamishxonga iltifot bilan tuhfa etib, Nijegorod knyazligi va qonli jangdan keyin mustaqillikka kо‗p intiluvchi Novgoroddan ham о‗lpon yig‗ish huquqini qо‗lga kiritdi. Keyinroq knyazliklar rо‗yxati yanada о‗sdi31 . N.M.Karamzin Amir Temurning Rossiyaga yurishi haqida hikoya qilar ekan, jahongirning о‗z rejasini nima sababdan о‗zgartirganligini tо‗satdan orqaga qaytib ketganligi haqida shunday fikr yuritadi: ―Temurlang о‗z yurishini kuzning yog‗ingarchilik kunlarida davom ettirib, sovuq qishda qolishni istamadi. Eng muhimi, Rus yerlari Sharqiy о‗lkalardek, xususan Misr va Suriya singari boy va hashamatli bо‗lib kо‗rinmadi‖. Jahongir о‗z rejasini nima sababdan о‗zgartirganligini izohlovchi bu fikr mantiqiy asosga ega. Moskva knyazi Amir Temurning knyazlikka kirmasligi uchun xorijiy (Misr, Venetsiya, Genuya, Kataloniya, Biskay davlatlari v.x.k.) elchilari va sadogarlaridan olingan sovg‗alarni iltifot va takalluf bilan sovg‗alarni berdilar. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, Amir Temurning Oltin О‗rda xoni Tо‗xtamishni tor-mor etishi aslida uning hukmi ostidagi davlatlarga ham qonuniy egalik qila olishi huquqini berardi. Shu nuqtai nazardan tuzilgan kartaga rus yerlarining kiritilishiga asos bor. Xulosa о‗rnida, Amir Temur о‗z davrining zamonaviy qо‗shini bilan Oltin О‗rda xonligi ustidan bir necha bor g‗olib bо‗lib, uni butunlay tor-mor etgan, bu bilan Rus davlatni Mо‗g‗ullar zulmidan ozod etishga xizmat qilgani haqidagi fikr tarixshunoslikda dastlab A.Y.Yakubovskiy tomonidan ta‘kidlangan bо‗lsa, zamonaViy tadqiqotlarda esa yanada rivojlantirildi32 . 31 Карамзин Н.М. История Российского государства... - С. 97-99 32 Muhammadjonov A. Temur va temuriylar saltanati ... − B. 15-16; Fayziyev T. Temuriylar shajarasi. − Toshkent: Yozuvchi, 1995. − B. 28-31; Bо‗riyev O. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo … − B. 100-101; Keren L. Amir Temur saltanati ... − B. 63-68; 1381 yilda Hirot, Saraxs, Jom shaharlari, keyinroq esa Eronning katta qismi Amir Temur hokimiyatiga bО‗ysundiriladi. Uch yillik (1386-1388 yillar) harbiy yurishlar natijasida Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Armanistondagi yerlar egallanadi. 1392-1396 yillardagi besh yillik urush davomida Amir Temur G‗arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egallaydi. 1398-1399 yillarda Amir Temur Hindistonga yurish qilib, bu hududni ham О‗z tasarrufiga kiritadi. 1399-1404 yillardagi yetti yillik urush davrida esa Shomning Xalab, Kumis, Baalbek, Damashq kabi shaharlari, Bag‗dod hamda Turkiyaning katta qismi egallanadi. 1402 yilda Anqara yaqinidagi jangda Boyazid Yildirim qо‗shini yakson qilinib, Kichik Osiyo ham Temur hokimiyatini tan oladi. Tarixiy voqeliklarni tahlil qilar ekanmiz, Amir Temurning nafaqat harbiy yurishlari balki diplomatik siyosati ham buyuk ahamiyat etdi, deyish mumkin. Fikrimizning mantiqiy davomi sifatida, Amir Temurning Boyazid Yildirim, Sulton Barquq va Tо‗xtamishxon о‗rtasida Amir Temur davlatiga qarshi uchlik ittifoqi tuzilgani tо‗g‗risidagi ma‘lumotlar keltirilgan33 . Agar Xorazm masalasi xal etilmganida yoki yuqorida tilga olingan uch davlatning harbiy ittifoqi yuzaga kelganida, yangi jahon urushi va uning oqibatlari dastavval О‗rta Osiyoga, albatta Rus knyazliklariga ham og‗ir talafotlar olib kelardi. Amir Temurning tashqi munosabatlaridan maqsad mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, uning xavfsizligini ta‘minlash va xalqaro salohiyatini kо‗tarishga qaratilgan edi. Shuningdek, saltanatning Xorazm, Mо‗g‗uliston, Oltin О‗rda, Misr, Rum, Xitoy va Yevropa mamlakatlari bilan xalqaro diplomatik aloqalaridan ma‘lum bо‗ladiki, Sohibqiron tomonidan yangi harbiy nizo va urushlarning oldi olingan, deyish mumkin. Dadaboyev H. Amir Temurning harbiy mahorati … − B. 50; Ахмедов Б., Мукминова Р., Пугаченкова Г. Амир Темур ... − С. 45. О‗zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari ... − B. 101. 33 Qarang. G‗ulomov S. Amir Temur bilan Ahmad ibn Uvays Jaloyir munosabatlariga doir // Sharqshunoslik. – T., 1997. № 8. − B. 196-200. Saltanatning siyosiy-ma‟muriy holati O.Bо‗riyev tadqiqotida Sharafiddin Ali Yazdiyning ―Zafarnoma‖ asari bо‗yicha quyidagicha batafsil bayon etilgan: Amir Temur buyuk saltanat tuzgach, uni hududiy-ma‘muriy idora qilishda suyurg‗ol tizimidan keng foydalandi. Shu asnoda u eng yirik hududlarni о‗g‗illariga yoki nevaralariga bо‗lib bergandi: Xurosonni dastlab Mironshohga, sо‗ngra Mirzo Shohruxga, hozirgi Afg‗oniston hududi va Hindistonni tо‗ng‗ich о‗g‗li Jahongirning о‗g‗li Pirmuhammadga, Eronzamin va unga yondosh mamlakatlarni avval Mironshohga, sо‗ngra uning о‗g‗li Mirzo Umarga. Mazkur hududda, shuningdek, Mironshohning Xonzodadan tug‗ilgan о‗g‗li Xalil Sultonga, Umarshayxning о‗g‗illari Mirzo Iskandar, Pirmuhammad va Mirzo Rustamga ham mulklar belgilangan edi. Ayni paytda, Amir Temur saltanat hududlarini ayrimlarini boshqarishni mahalliy hukmdorlariga qoldirgandi. Dashti Qipchoq va Jо‗chi ulusi (Oltin О‗rda)ni Jо‗chixon avlodiga, Rum mamlakatini Yildirim Boyazid avlodiga, Misr mamlakatini esa Misr sultoniga boshqarishga qoldirdi. Mozandaron viloyatlarini ham о‗z hokimlariga qoldirdi. Markaziy Osiyodagi yerlardan (yirik ma‘muriy bо‗linish bо‗yicha) Movarounnahr bevosita Amir Temurning о‗z hukmi doirasida bо‗lgan. Amir Temur Movarounnahrdan sharqdagi о‗lkalarni nevaralari Ulug‗bek va Ibrohim Sultonga suyurg‗ol qildi, Andigon va uning atrof yerlarini Mirzo Umarshayxga mulk (iqtoi xossa – maxsus hadya) qilib belgiladi. Markaziy Osiyoning janubi-g‗arbiy qismi, Yа‘ni Xuroson, yuqorida ta‘kidlanganidek, dastlab, Mironshohga, sо‗ngra Mirzo Shohruxga suyurg‗ol qilib belgilandi. Markaz – Hirot shahri bо‗lgan. Markaziy Osiyoning janubiy qismi – Afg‗oniston hududini (Qunduz, Bag‗lon, Kobul) dastlab, Amir Jokuga berilgan. Keyinroq bu joylarni to Sind (Hind) daryosigacha Amir Temur nevarasi Mirzo Pirmuhammad ibn Mirzo Jahongirga berdi. Hindiston zabt etilgach, uni ham mazkur shahzoda hukmiga kiritdi. Markaz Qandahor shahri bо‗lgan. Markaziy Osiyoning sharqiy qismi – Mо‗g‗ulistonni Xizrxojaxon (vaf. 1400 y.) boshqargan. XIV–XV asrlar tarixiy voqealari bayonida Yazdiy ―Zafarnoma‖sida ―Mо‗g‗uliston‖ deganda Chig‗atoy ulusining sharqiy qismi nazarda tutilgan. Mirzo Muhammad Haydar ―Tarixi Rashidiy‖ asarida mazkur Mо‗g‗ulistonni shunday chegaralagan: ―Hozirgi vaqtda Mо‗g‗uliston hududi sharqda – Qalmoq yeri, Yа‘ni Barskо‗l, Yemil, Irtish; shimolda – kо‗kcha-Tengiz (Balxash Kо‗li), Bulmish, Qoratol; g‗arbda – Turkiston, Toshkent; janubda – Farg‗ona, Koshg‗ar, Cholish, Turfon bilan chegaradosh bо‗lgan joydan iboratdir‖ 34 . Kо‗rinib turibdiki, Mirzo Haydar hozirgi Sharqiy Turkiston hududini Mо‗g‗ulistonga kiritmagan va uni ―Manglay-Sube‖ deb atagan. Temuriylar davri aksari yozma manbalarida Mо‗g‗ulistonning chegaralari Mirzo Haydar yozganidan bir oz farq qiladi: 1) Mо‗g‗ulistonning g‗arbiy chegarasi Yettisuvdan, aniqrog‗i Ashpara shahridan о‗tgan (bu shaharning qо‗rg‗oni Amir Temur farmoni asosida barpo etilgan); 2) Farg‗ona vodiysidagi Axsikat va Andijon shaharlari ham Mо‗g‗uliston tarkibiga kirmagan, ular Movarounnahrga tegishli bо‗lgan. Toshkent shahri va viloyati faqat 1485–1503 yillarda (to Shayboniylar hukmronligi о‗rnatilgunga qadar) Mо‗g‗uliston tarkibiga kirgan. XIV asr ikkinchi yarmida Mо‗g‗ulistonda amir Qamariddin taxt talashib Tug‗luq Temurxon avlodini qirib tashlaydi va shu yо‗l bilan hokimiyatga keladi. Tug‗luq Temurxonning bitta о‗g‗li – Xizrxoja omon qoladi. Uni amir Xudoydod yashirincha dastlab Badaxshon tomonga, sо‗ngra Xо‗tan tog‗lariga yuboradi va Amir Qamariddin о‗limidan sо‗ng olib kelib, Mо‗g‗ulistonda xonlik taxtiga о‗tqazadi. Xizrxojaxon to umrining oxirigacha (1400 y.) ushbu mamlakatni boshqardi. Mо‗g‗ulistonning XIV–XV asrlardagi hukmdorlari rо‗yxati quyidagichadir: Tug‗luq-Temurxon (1347–1362); Ilyosxoja ibn Tug‗luq-Temurxon (1362–1363); Qamariddin-dо‗g‗lot aymog‗idan (1363–1389); Xizrxoja ibn Tug‗luq-Temur (1389–1400)35 . 34 Mirza Muxammad Xaydar. Tarix-i Rashidi (1996). - S.26. 35Акимушкин О.Ф. Хронология правителей. - С.156- 165. Amir Temur 1404 yil kuzida Konigildagi katta tо‗yda, u Movarounnahrdan sharqdagi hududlarni Mirzo Shohruxning о‗g‗illari Mirzo Ulug‗bek va Ibrohim Sultonga suyurg‗ol qiladi va bu haqda maxsus yarlig‗ imzolaydi: ―Toshkent, Sayrom, Yangi, Ashpara va Jata viloyatini to Xitoygacha amirzoda Ulug‗bekka belgiladi; Andigon, Axsikat, Taroz, Koshg‗ar, Xо‗tanni barcha tobe‘ va yondosh [yerlari] bilan birga amirzoda Ibrohim Sultonga [bо‗lsin, deb] buyurdi. Bu haqda yarlig‗ yozdirib, uni ol tamg‗a bilan muhrladi‖ 36 , - deb yozadi Ali Yazdiy. 2. XV asrda Markaziy Osiyo ma’muriy-hududiy kartasidagi о‘zgarishlar XV asrda Markaziy Osiyo ma‘muriy-hududiy kartasidagi о‗zgarishlar O.Bо‗riyevning ―Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasi‖ 37 nomli monografiyasida Sharafiddin Ali Yazdiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirza Muxammad Xaydar va boshqa birlamchi manbalar asosida maxsus tadqiqot doirasida batafsil yoritib berilgan. Amir Temur vasiyatiga kо‗ra, uning valiahdi — nabirasi Pir Muhammad ibn Jahongir bо‗lgan va u Samarqand taxtiga о‗tirishi kerak edi. Amir Temur vafot etganda valiahd shahzoda Pir Muhammad Samarqandga yetib kelguniga qadar Sohibqiron о‗limi boshqalardan sir tutib turilgan. Pirmuhammad bu payt о‗ziga tegishli mulk markazi bо‗lmish Qandahorda edi va belgilangan suyurg‗ol hudud – Afg‗oniston va Hindiston yerlarini boshqarardi. Ammo 1405 yili Amir Temur vafoti haqida tez tarqalgan noxush xabardan sо‗ng temuriy shahzodalar о‗rtasida taxt uchun kurash avj oldi38 . Amir Temurning nabirasi Sulton Husayn birinchi bо‗lib isyon kо‗tardi. U bobosining vasiyatiga sodiq bо‗lishga qasamyod etganligiga qaramay, О‗tror yaqinida о‗z qо‗shini bilan birgalikda lashkar о‗rdusini tashlab, Toshkent tarafga yо‗l oldi. 36 Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma (1972). 466 a varaq. Bu yerda Taroz ham Ulug‗bekka tegishli bо‗lgan, chunki Yangi va Taroz aynan bir aholi maskaniga tegishli nomlardir. (Bu haqda yana qarang: Mirz Xaydar. Tarix-i Rashidi. S. 458; Hasanov H. О‗rta Osiyo joy nomlari. – B. 12-14). 37 Bо‗riyev O. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo Tarixiy geografiyaasi. ... 2017. 38 Bu haqda qarang. Fayziyev T. Temuriylar shajarasi. – T.: Yozuvchi, 1995. − 352 b. Amir Temurning Xitoyga yurishi chog‗ida Xalil Sulton lashkarning Toshkent viloyatidagi qismini boshqarardi. Nabiralarning eng yoshi kattasi Xalil Sulton (21 yosh) vasiyatga bо‗yinsunmay 1405 yil 18 martda, Samarqandda hokimiyatni tortib oldi. U nomigagina Muhammad Jahongirni Temuriylar taxtiga nomzod qilib, u hali yosh, Yа‘ni endigina tо‗qqiz yoshga tо‗lgani e‘tiboridan, hokimiyatni boshqarishni tо‗la о‗z qо‗liga oladi. Saltanatning e‘tiborli amirlari hamda arkoni davlat vaqtincha Xalil Sultonni oliy hukmdor deb tan oldilar. Amir Temur saltanatida xon saylash udumi temuriy shahzodalar davrida yо‗qotildi. 1405 yil 18 martda Xalil Sulton Samarqand taxtini egalladi va о‗z nomida tanga zarb qilishga ham ulguradi. 1405-1409 yillarda Amir Temur davlati ikkiga bо‗lindi: Xalil Sulton Turonni boshqardi, saltanatning qolgan qismini Shohrux, Mironshoh о‗g‗illari Umar va Abu Bakr bilan birgalikda Jahongir va Umarshayx boshqardilar. Xalil Sulton Shohrux davlatining shimoli-g‗arbiy hududlariga zug‗um qila boshlashi, Shohruxni Amudaryoga shimoldan yaqinlashib kelgan Xalil Sultonga zarba berishga undadi. Mirzo Shohrux bu hiylani Sohibqiron vasiyatiga xilof deb bilib, Xalil Sulton qoshiga elchi yuboradi va bо‗ysunishni talab qiladi; о‗zi ham ketma-ket movarounnahr sari cherik tortadi. Xalil Sulton Movarounnahr hukmdorligidan mahrum bо‗lgandan sо‗ng Shohrux Ulug‗bekni Shoh Malik homiyligida Samarqand taxtiga о‗tqazdi. Ulug‗bekni Movarounnahr va Turkistonning hokimi, Shoh Malikni uning homiysi va maslahatchisi etib tayinlab, 1409 yil oxirida Hirotga qaytib keladi. О‗sha yildan boshlab Ulug‗bekning tо‗liq podshohlik nomi Abul Fath Muhammad Tarag‗ay Ulug‗bek deb yozildi. Xalil Sultonni Shohrux uni о‗zi bilan birga Hirotga olib ketadi va uning marhum otasi mirzo Mironshoh devoniga taalluqli bо‗lgan Iroqi Ajam va Ozarbayjonga yuboradi 13 mart 1410 yilda va ul joylarni Qora Yusuf turkmandan qaytarib olish uchun О‗n ming suvoriy ajratadi. Xalil Sulton bu vazifani uddalay olmaydi va dastlab Ray viloyatida, sо‗ngra Isfaxonda, oxirda yana Rayda qisqa muddat yashab, 1411 yilda vafot etadi39 . Movarounnahrning janubiy hududlari Mirzo Ulug‗bek hukmi doirasiga kirmasdi. Mirzo Shohrux Hisori Shodmonni Mirzo Muhammad Jahongir ibn mirzo Muhammad Sultonga suyurg‗ol qiladi va bu shahzodani keyinchalik о‗ziga nevara kuyov qilib oladi. Ibrohim Sultonga esa Balx va Toxariston viloyati hukumatini Kobul va Badaxshon chegarasigacha belgilab beradi40 . XV asr birinchi yarmida Xizrxojahon hukmdorligida Mо‗g‗uliston Amir Temur davlatiga tobe bо‗lgani va XV asr birinchi choragida, Yа‘ni Movarounnahrda Mirzo Ulug‗bek boshqaruvida ham saqlangan. XV asrning birinchi yarmida Xorazmga Oltin О‗rdaning lashkarboshisi amir Idikuning Dashti Qipchoqdan bostirib kiradi41 . Idiku Xorazmda Oltin О‗rdaning vakilini hokim qilib qoldirdi. Shundan sо‗ng Xorazm yetti yil (1406-1413) Oltin О‗rda hukmi doirasida bо‗ldi va shu vaqt davomida Xorazmni dastlab amir Idiku tayinlagan hokimlar amir Anko va Bag‗alja, sо‗ngra amir Idikuning о‗zi, u Dashti Qipchoqqa qaytgach о‗g‗li Muborakshoh boshqardilar. Xorazmda amir Idikuning о‗g‗li Muborakshoh hokim bо‗lib turganida Temuriylar hukmdori Mirzo Shohrux bu viloyatni egallash uchun lashkar jо‗natadi, biroq bu yurish muvffaqiyatsiz yakun topadi. Mirzo Shohrux mashhur sarkardalar Sayid Ali tarxon va amir Shohmalik boshchiligida yangidan Xorazmga lashkar safarbar qiladi. Katta lashkar kelyotgani ovozasidan sarosimaga tushgan Muborakshoh Dashti Qipchoqqa otasi Idikuning oldiga qochib ketadi. Xorazm 1413 yil boshlarida Mirzo Shohrux hukmiga о‗tadi va u mazkur viloyatni amir Shohmalikka butunlay (darbasta) suyurg‗ol qiladi. Amir Shohmalik to vafotiga (vaf. 1426) qadar Xorazm hokimi bо‗ldi. Abdurazzoq Samarqandiyning ta‘kidlashicha, uning hukmdorligi yillarida Xorazm barcha xavflardan xoli va obod maskanga aylangan. 39 Abdurrazzoq Samarqandiy. Matlai sa‘dayn. 2008. – B. 212. 40 Abdurrazzoq Samarqandiy. Matlai sa‘dayn 2008. – B. 163-164. 41Ahmedov B.A. О‗zbek ulusi. – Ahmedov B.A. О‗zbek ulusi. – T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1992. - B. 37 Xorazmning ma‘muriy-hududiy holati bilan bog‗liq keyingi voqea Abulxayrxonning (1428–1468) yurishidir. Dashti Qipchoqda uzoq muddatli о‗zaro qabilaviy urushlardan sо‗ng, kо‗pchilik qabilalarning xayrixohligi bilan 1428 yili Abulxayrxon xonlik taxtini egalladi va shu asosda kо‗chmanchi о‗zbeklar davlati tashkil topdi, poytaxti G‗arbiy Sibirdagi Tura shahri edi. Mazkur shahar to 1446 yilgacha, Yа‘ni poytaxt Sirdaryoning quyi havzasiga Sig‗noq shahriga kо‗chirilgungacha, davlat poytaxti mavqeini saqladi. Abulxayrxon tez orada davlatning harbiy salohiyatini oshirib, uning hududini ancha keng aytirishga muvaffaq bо‗ldi va 1435–1436 yili Xorazmga ham chopqinlar qildi. Keyinchalik kо‗chmanchi о‗zbeklarning ta‘siri kuchayib, 1425 yili Buroqо‗g‗lon bilan Ulug‗bek qо‗shinlari о‗rtasida tо‗qnashuv yuz berdi va unda temuriylar lashkari mag‗lub bо‗ldi; faqat Mirzo Shohrux katta lashkar bilan yо‗lga otlangandan keyingina kо‗chmanchi о‗zbeklar vaqtincha Sirdaryoning quyi havzasidan Dashti Qipchoqning ichki qismiga chekindilar. XV asrning 40-yillarida Abulxayrxon о‗z davlati chegaralarini janub tomonga keng aytirdi va Sirdaryoning quyi havzasidagi Sig‗noq shahri 1446–1468 yillar davomida ushbu davlatning poytaxti edi. 1451 yili Samarqand taxtini Mironshohning nabirasi Abu Said Mirzo egalladi. Uning vafotidan (1469 yil) keyin hokimiyat uchun kurashlar yana avj oldi, feodal tarqoqlik kuchaydi. Dashti Qipchoqda yashagan Shayboniyxon qо‗shinlari Movarounnahrga yurish boshladilar. (Markaziy Osiyoning shimoliy qismi – hozirgi Qozog„iston hududi Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma”sida Dashti Qipchoq nomi bilan tilga olingan. Markazi – Sig„noq shahri bо„lgan. Amir Temur 1377 yili bu joylarni Tо„xtamishxonga bergandi, keyinchalik u yerga о„z amirlaridan hokim tayinladi.) Bu vaqtda, Yа‘ni 1500 yili Andijon hokimi Zahiriddin Muhammad Bobur Samarqand taxtini egallab, uni mustahkamlay boshladi. Biroq, 1501 yili Shayboniyxon bilan tо‗qnashuvda yengilib, Hindistonga ketishga majbur bо‗ldi. Shunday qilib qudratli temuriylar saltanati inqirozga uchradi. Download 28.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling