Amir Temur va Temuriylar tangalari
Download 66.5 Kb.
|
Amir Temur va Temuriylar tangalari
Amir Temur va Temuriylar tangalari Sohibqiron Amir Temur qurgan ulkan saltanat, uning dunyo tarixida tutgan o‘rni ko‘pchilikka ma’lum. Ayni paytda uning davlat boshqaruvidagi islohotlari ham ahamiyatli bo‘lib, hozirda o‘rganilayotgan asosiy mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda. Amir Temur joriy qilgan pul islohoti ham shular jumlasiga kiradi. Quyida Sohibqiron davrida amal qilgan tangalar bilan tanishib chiqamiz. Amir Temur o‘zining dastlabki hukmronlik yillaridan boshlab so‘ngi chig‘atoy sulolasi xonlari hukmronligi oqibatida to‘la izdan chiqqan pul muomalasi ahvoliga e’tibor qaratgan. Shu sabab mamlakat iqtisoiy ahvolini yo‘lga solish maqsadida XIV asrning 80-yillari atrofida pul islohotini o‘tkazdi. Hozirda buyuk davlat arbobi nomi bilan bitilgan mashhur tangalarning eng qadimgisi 1372-1373-yillarga borib taqaladi. Ular chig‘atoy tangalari andazasi bo‘yicha zarb qilingan Sohibqiron pul islohotining asosini ikki xil qiymatga ega bo‘lgan kumush tangalar: yiriklari “tanga” deb atalib, diametri 2,5-3 sm., og‘irligi 6,40 gr. va nisbatan kichiklari esa “miri” – diametri 1,5-1,6 sm., og’irligi 1,5 gr.ni tashkil qilgan. Ya’ni, bir tanga to‘rt “miri”ga teng bo‘lgan. Tangalardagi arab va mo‘g‘ul tillarida bitilgan yozuvlar ayrim farqlarga ega bo‘lsa-da, tangalar asosan bir andazada zarb qilingan. Tangalarning aversi (old)da birinchi o‘rinda chingiziylar avlodidan bo‘lmish (soxta xon) Muhammad Suyurg‘atmish (1370-1388-yillar) hamda Sulton Mahmud nomi, shuningdek, mamlakat gerbi “uch doira” aksi tushirilgan. Reversi (orqa)da “xulofayi rashoddin” (begunoh xalifalar) – Abu Bakr, Usmon, Umar va Alining nomlari hamda tanga zarb etilgan shahar va maskan keltirib o‘tilgan. Bundan tashqari, katta hajmdagi chakana bozor savdosi ehtiyojini qondirish maqsadida ko‘p miqdorda mis chaqalar – “fulus”lar zarb ettirilgan. Bu tangalar (“fulus” yoki “fulus tangalari”) Amir Temur nomi bilan zarb ettirilib, ular juda kеng tarqalgan. Tangalar, asosan, Amir Tеmur nomidan Samarqand va boshqa bir qator viloyatlarda zarb ettirilgan. Amir Tеmur davrida tilla tangalarning 12 turi mavjud bo‘lib, ular 1379-1388-yillarda Xorazm to‘liq bosib olinganidan so‘ng zarb etila boshlangan. Ayni vaqtda, Amir Tеmurning oltin tangalarida ilgari oltin tangalarda zarb qilingan “dinor” so‘zi yo‘q edi. Xorazm tilla tangasi kumush dinorga, ya’ni 6 dirhamga tеng bo‘lgan. Dinor so‘zi tilla tangani emas, balki undagi kumush miqdorini, ya’ni bu tangada o‘sha vaqtda amal qilingan tanga tizimidagi oltin-kumush nisbatiga binoan mavjud kumush miqdoriga tеng edi. Amir Tеmur va Tеmuriylar tangalari o‘ziga xos uslubi: ulardagi o‘simlik va gеomеtrik bеzaklarning mutanosibligi; arab, mo‘g‘ul va turk yozuvlari bitilgan doiralar; yulduzlar burji, “baxt burjlari” bilan boshqa tangalardan farq qilgan. 1397-yildan boshlab tangalarda “taxt va davr vorisi – Muhammad Sulton” yozuvi paydo bo‘ladi. U Amir Tеmur tomonidan taxt vorisi dеb e’lon qilingandi. Ammo taxt vorisi 1403-yilda vafot etadi. Amir Tеmur davlatida pul chiqaradigan zarbxonalarning aksariyati pulga bo‘lgan katta ehtiyoj sababli jadal sur’atlar bilan ishlagan. Shu sababli tangalarning tashqi ko‘rinishiga u qadar katta e’tibor bеrilmagan. Bu esa qalbaki tangalarning paydo bo‘lishi xavfining ortib borishiga sabab bo‘lgan. Bunda Hirot, Marg‘i, Maranda, Tabris, Shеmoxa, Shabonqara, Shеroz, Bag‘dod, Qum, Sultoniya shaharlar Amir Temur tomonidan zabt etilganidan kеyin chiqarila boshlagan tangalar muhim rol o‘ynagan. Bu kabi qalbaki tangalarga Toshkеnt xazinasiga tеgishli Shеroz tangalarini misol tariqasida keltirish mumkin. Ta’kidlash joiz, Fors Amir Tеmur tomonidan birinchi marta 1387-yilda egallangani va dastlabki vaqtda u yеrda Suyurg‘otmishxon nomi tushirilgan tangalar zarb qilingan. Toshkеnt xazinasining Shеroz tangalariga esa, Mahmudxon nomi tushirilgan. Bu esa, Shеroz tangalari Amir Tеmur Mansur Muzaffariydan shaharni butunlay tortib olganidan kеyin chiqarilgani, Shеroz tangalari qalbaki ekanligini anglatadi. Qalbaki tangalar chiqarishni bartaraf qilish bilan pul chiqarishni maxsus tеkshiruvchi – sohibyorlar shug‘ullangan bo‘lsa-da, Amir Temur shaxsan o‘zi bu jarayonni qattiq nazoratga olgan. Amir Tеmurning pul siyosati har doim mablag‘ bilan ta’minlash va xazinani doimo to‘ldirib turishi zarur bo‘lgan davlat ehtiyojlariga xizmat qilardi. 1402-yili Mahmudxon vafot etgach, Amir Tеmur boshqa qo‘g‘irchoq xon tayinlab o‘tirmay, o‘sha Mahmudxonning nomi bilan pul zarb qilishni davom ettiradi. Shunday qilib Sohibqiron Amir Temur mamlakat iqtisodiyotini tartibga solish maqsadida pul islohotini o‘tkazishga majbur bo‘lgan holda, asosan, kumush hamda mis tangalar zarb ettirishni yo‘lga qo‘ygan. Bu esa qisqa vaqt ichida mamalakat hududida yagona pul tizimining shakllanishiga olib kelgan. Ulkan mamlakatning ichki va tashqi savdosida yagona pul joriy etilishi esa, o‘z navbatida, mamlakat iqtisodining rivojlanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Amir Temurning to’rt o’g’li bo’lib, katta va suyukli o’g’li Jahongir Mirzo 1356 yili tug’ilib 1376 yili 20 yoshida kasal bo’lib vafot etgan. Undan ikki o’g’il qolgan: birinchisi Muhammad Sulton, ikkinchisi Pirmuhammad Mirzodir. Muhammad Sulton Amir Temurning eng sevimli nabuirasi bo’lib, otasi Jahongir Mirzo vafot qilgandan keyin, uni o’zining taxt vorisi qilib tayinlagan edi. Amir Temurning ikkinchi o’g’li Umarshayx Mirzo 1356 yilda tug’ilib, 1394 yilda Fors viloyatining xokimi qilib tayinlangan. U Kurdistondan o’tib borayotgan, yo’l ustida Xarmotu nomli kichik bir qal’ani tomosha qilish maqsadida tepalikga chiqib kuzatayotgan paytda qal’a ichidan otilgan o’qdan 1394 yilda 38 yoshida xalok bo’lgan. Undan olti o’g’il – Pirmuhammad Mirzo, Rustam Mirzo, Iskandar Mirzo, Ahmad Mirzo, Said Ahmad Mirzo va Boyqaro mirzolar qoldilar. Amir Temurning uchinchi o’g’li Mironshoh Mirzo bo’lib 1366 yilda tug’ilgan, unga avval Huroson keyinchalik 1393 yilda shimoliy Eron, Bag’dod, Ozarbayjon, Armaniston va Gurjistonlar berilgan edi. U 1408 yili Tabriz yaqinida Qora Yusuf bilan bo’lgan jangda o’ldiriladi. Undan besh o’g’il – Abibakr Mirzo, Umar Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Iyjal Mirzo va Syurg’atmish Mirzolar qoldilar. Amir Temurning to’rtinchi o’g’li Shoxruh Mirzo bo’lib, u 1377 yilda tug’ilgan. Shohruh Mirzo 1396 yili Xuroson hokimi etib tayinlangan. Amir temur vafot qilgan davrda uning yetti o’g’li – Ulug’bek Mirzo, Ibrihim Mirzo, Boysung’ur Mirzo, Syurg’atmish Mirzo, Muhammad Juki Miro, Jon O’g’lon Mirzo va Muhammad Yordi Mirzolar bor edi. Garchi Amir Temur o’z olimi oldida uning eng kichik o’g’li Shohruh Mirzo hayot bo’lsa-da, biroq saltanatni uning qo’liga topshirmagan, taxtni avvaldan Jahongir Mirzoning 1376 yilda tug’ilgan o’g’li Muhammad Sultonga vasiyat qilgan edi. Muhammad Sulton 24yoshida 40 ming lashkarga boshchilik qilib, xozirgi Qirg’izistondagi Ashpara shahri uchun bo’lgan janglarda qatnashib, g’olib chiqqan. 1399 yili Amir Temur Hindistonga yurish qilgan vaqtda, Muhammad Sultonni Samarqand hokimi etib tayinlagan. 1401 – 1402 yillardagi harbiy yurishlarda shimoliy g’arbiy Eron va Kichik Osiyodagi urushlarda Turkiya sultoni Boyazidga qarshi janglarda qatnashib qaytib kelayotgan vaqtda to’satdan kasalga chalinib, 1403 yili 13 martda vafot etgan. Shahzodaning jasadi Samarqandda dafn qilingan bo’lib, xozirgi Go’ri Amir maqbarasi Sohibqironning ardoqli nabirasi Muhammad Sulton nomi bilan bog’liqdir, maqbara dastavval unga atab qurilgan edi. 1405 yili 18 fevralda Amir Temur vafot etgandan so’ng uni shu yerga dafn etdilar. Bu maqbara qurilishi faqat Ulug’bek davriga kelibgina tamomlandi va temuriylar avlodining xilxonasiga aylantirildi. Shohruh va Ulug’bek Mirzolar ham shu joyga dafn qilingan. Amir Temur o’zining bu nabirasidan bevaqt judo bo’lganligiga juda qattiq qayg’urib, uning nomini mangu yod etish maqsadida Muhammad Sulton nomi bilan tangalar zarb ettirgan. Bu tangalarning old tomoniga iymon keltirish kalimasi va uning to’rt burchagiga chahoryorlar, ya’ni to’rt halifaning nomi, boshqa burchaklariga esa tangalarni zarb qilgan shahar va yillar yozilgan. Masalan: Samarqand, 805/1402-03 yil.- Sulton Mahmud Amir Temur Ko’ragon Amir Muhammad Sulton. Muhammad Sulton Amir Temurdan oldin vafot etganligidan, Amir Temur to’ng’ich o’g’li Jahongir Mirzoning ikkinchi o’g’li Pirmuhammad Mirzoni o’z taztiga tayinladi va uni vafotidan ilgari o’z qarorgohiga hozir bo’lgan barcha shahzodalar, malikalar va arkoni davlatga e’lon qildi va ularni saltanatni boshqarishda Pirmuhammad Mirzoga ko’maklashishga da’vat etdi. Jahongir Mirzoning o’g’li Pirmuhammad o’sha paytlarda, Qobul, Qunduz, Bomiyon va Qandahor viloyatlarining hamda Hindistonga oliob o’tuvchi mashhur dovonlar, jumladan Haybar dovoni joylashgan mintaqalarni o’z ichiga olgan “kichik Hindiston”ning noibi edi. Soxibqiron Amir Temur vafotidan so’ng shahzodalar harbiy boshliqlar va arkoni davlat o’rtasida parokandalik boshlandi. Shaxzodalar toju-taxt talashib o’zaro qonli janglarga kirishdilar. 1406 yil taxtning haqiqiy merosho’ri bo’lgan Pirmuhammad Mirzo Hurosonda Shoxruh Mirzo qo’shinlari bilan o’zaro birlashib Xalil Sultonga qarshi kurash boshlaydi. Jang paytida Pirmuhammad Mirzoning amirlari hiyonat qilib jang maydinini tashlab ketadilar. Natijada Xalil Sulton jangda g’olib chiqib, Pirmuhammad Mirzo Balhga, Shohruh Mirzo qo’shinlari esa Hurosonga qochadi. Xalil Sdulton hokimiyat tepasiga chiqgandan so’ng, zarb qilingan kumush va mis pullarga o’z nomi bilan birga Muhammad Jahongirning nomiga “xon” so’zini qo’shmay zarb qildirdi. Tangalarning old tomoniga: iymon keltirish kalimasi va uning to’rt burchagiga birinchi halifa nomi va tanga (miri)larni zarb qilgan shahar, sanalar yozildi. Xalil Sulton hokimiyatga kelishi bilan Amir Temurning kenja o’g’li va nabiralari o’rtasida hokimiyat uchun bo’lgan kurash tinchimadi bu kurash ba’zan yashirin ba’zan oshkora tus oldi. 149 yilda Shohruh Mirzo Samarqand taxtini Mopvarounnahr hukmronligini katta o’g’li Ulug’bek Mirzoga inom qildi. Shohruh Mirzo o’z akalari Johongir Mirzo va Umarshayx Mirzo avlodlarini o’z atrofiga birlashtirib Movarounnahr Huroson va shimoliy Avg’onistondan iborat katta davlat chirog’ini qo’lida saqlab qoldi. Shohruh Mirzo Turon va Hurosonning bosh humdori sifatida bu joylardagi hamma shaharlarda, jumladan, Astrobod, Buhoro, Domg’on, Isfahon, Kushon, Kirmon, Qum, Nishopur, Marv, Xirot, Sheroz va boshqa shaharlarda o’zining kumush tanga pullarini zarb qildirdi. Bu tangalarning old tomoniga iymon kalimasi yozilgan bo’lsa, to’rt burchagiga to’rt halifa – Abu Bakr, Umar Usmon va Alilarning ismi yozilgan. Orqa tomoniga esa asosan Sulton Al-A’zam Shohruh Bahodir xaldolloh mulkihu va sultanahu degan so’zlar bilan birga bu kumush tangalar zarb qilingan sana va shaharlarning nomi qayd etilgan. Ulug’bek Mirzo Amir Temurning nabirasi va Shohruh Mirzoning o’g’li bo’lib, u 1394 yil 22 martda G’arbiy Erondagi Sultoniya shahrida tug’ilgan. Onasi Gavharshod oqa turk amirlaridan G’iyosiddin Tarxonning qizi edi. Ulug’bekning asl ismi Muhammad Tarag’ay bo’lib, bu nom Amir Temur padari buzrukvorining nomi edi, xali temuriy shaxzodalardan hech biriga berilmagandi. Lekin ko’p o’tmay, chaqaloqning haqiqiy ismi tildan tushib, uning o’rniga Ulug’bek deb atala boshlangan. Buning sababi nimada? Bu haqda manbalarda hech qanday ma’lumot uchramaydi. Fikrimizcha, (Amir) Temur xuzurida yosh bolani Muhammad Tarag’ay deb chaqirishga istihola qilishgan, - chunki Tarag’ay bobosining oti, Sharq xalqlari udumida esa kattani ulug’lash odat bo’lgan. Harholda, (Amir) Temurni “bek”deb otasi Muhammad Tarag’ay Bahodirni hurmat yuzasidan “kata bek”, ya’ni “ulug’ bek”, deb atashgan. “Ulug’bek” nomi berilgan bolani mazkur ramziy ism bilan, beklar ulug’i deb atashgan bo’lsalar ajab emas.Shunday qilib, Muhammad Tarag’ay Ulug’bekka mubaddal bo’lib, abadiylashib ketgan bo’lishi kerak, degan fikrga keladi temurshunos olim Turg’un Fayziyev. Mirzo Ulug’bek Samarqand saltanatida 40 yil (1409-1449)kukmronlik qilgan. Bu davrda Turon mamlakatida ilm fan va madaniyat gulladi, savdo-sotiq ravnaq topdi. Mirzo Ulug’bek davrida garchi Samarqand va Buhoroda kuymush tangalar zarb qilingan bo’lsa ham, ular o’z nomi bilan emas, balki padaribuzrukvori Shohruh Mirzoning nomi bilan chiqarildi. Ulug’bek Mirzo otasi Shohruh Mirzo bafotidan keyingina o’z nomidan kumush pullarni zarb qilishga kirishdi. Bunday kumush pullarni zarb qilish ishlari Samarqand va Xirotda ikki yilu yetti oygina davom etdi. Shuning uchun ham Ulug’bek Mirzo nomi bilan zarb qilingan kumush tangalar kam uchraydi va noyob hisoblanadi. Shohruh Mirzoning kumush tangalarida Amir Temur tangalariga hos tamg’a va Sohibqironning nomi yo’q. Ulug’bek Mirzo tangalarida esa Amir Temur davlatining tamg’asi bilan uning nomi esga olinadi. Maslan: tangada “Xazrat Temur Ko’ragon himmatidin Ulug’bek Ko’ragon So’zim; zarb Samarqand deb yozilgan. Ulug’bek Mirzodan boshqa bironta avlodi o’z nomi bilan Amir Temurning nomini qo’shib tanga zarb qilmagan. Ulug’bek Mirzo huddi anashunday tangalarni 851/1447 yili Xorazmda, 852/1448 yili esa xirotda zarb ettirgan. Ulug’bek Mirzo Turonda savdo-sotiq ishlarini rivojlantirsh va bozorda savdo muomalasida yuritilgan mis pullarni tartibga keltirish maqsadida 1428-1429 yillari pul islohoti o’tkazib, mis pullarni yangi ko’rinishdagi shaklda zarb qildi. Bizda ma’lum bo’lgan sharq manbalari ichida Ulug’bek Mirzoning pul islohoti o’tkazilganligi haqida hech qanday ma’lumot uchramaydi. Lekin uning davrida movarounnahrda zarb qilingan mis pullarni chuqur o’rganish bu davrda pul islohoti o’tkazilganligini tasdiqlaydi. Padarko’sh Adullatif Mirzo o’z inisi Abdulaziz Mirzoni ham qatl ettiradi. Lekin ko’p o’tmay Abdulatif Mirzo Ulug’bek Mirzoning amirlaridan biri Bobo Husayn bahodir tomonidan o’ldirildi. Padarko’shning jazosi anashunday bo’ladi, deb uning boshini Ulug’bek madrasining peshtoqiga osib qo’ydilar. Abdulatif Mirzo otasidan do’ng Samarqand saltanatida 6 oy hukmronlik qilgan bo’lsa ham u o’z nomidan pul chiqarishga ulgurdi. Bu tangalarga o’z nomi bilan birga bobosi Shohruh Mirzo nomini ham qo’shib zarb qildirdi. Abdullo Mirzo Samarqand taxtida bor-yo’g’i bir yil hukmronlik qildi va shu vaqt ichida o’z nomidan tanga pullar zarb qilib ulgurdi. Bu tanga pullarning old tomoniga odatdagiday iymon keltirish kalimasi va dastlabki to’rt halifaning nomi yozilgan bo’lsa, uning orqa tomoniga (as-Sulton al-azam al-hoqon al-odil Mirshid ad-din Sulton Abdullo bahodir holdolloh Mulikihu va Sultanahu); zarb Samarqand fi sanati 854/1451 deb yozilgan Abdusaid Mirzo 1451-1469 yillari Movarounnahr va Hurosonda, Sulton Ahmad, Sulton Mahmud, Sulton Boyso’ng’ur va Sulton Ali Mirzolar Movarounnahr shaharlarida, Samarqandda o’z nomlaridan kumush tangalar zarb qildirganlar. Abdusaid Mirzo tangalarining orqa tomoniga: (zarb al-sulton al-azam Sulton Ahmad Ko’ragon xaldalloh mulikihu va sultanahu) deb yozilgan. Abdusaid vafotidan so’ng o’g’li Sulton Ahmad Samarqandda 1469-1494 yillari hukmronlik qilib, o’z nomidan tanga pullar zarb qildi. Bu tangalarning orqa tomoniga (al-Sulton al-azam Sulton Ahmad Ko’ragon haldolloh taolo mulikihu va sultanahu; zarb Samarqand) deb yozdirgan. 1495 yili uning ikkinchi o’g’li boyso’ng’ur 18 yoshida Samarqand toju taxtiga ega bo’ldi va 1497 yilga qadar hukmronlik qilib o’z nomidan tanga pullar chiqardi. Boyso’ng’ur pullarining orqa tomoniga (as-Sulton al-azam haldolloh mulikihu va sultanahu) deb yozdirgan. Tanganing markaziy qismida doira ichida Sulton Boyso’ng’ur g’ozi;(901/1495-86)deb yozilgan bo’lsa, tangalarning old tomoniga: (la ilaha illollohu Muhammadu Rasulilloh), atrofiga esa to’rt halifaning nomi va sifatlari – Abu Bakr as-Siddiq, Umar al-Farrux, Usmon zun-nurayn, Ali al-Murtazoi – deb yozilgan. Sulton Ali tangalarining orqa tomoniga:(as-Sulton al-azam al- Muzaffar Sulton Ali bahodirhon haldolloh taolo mulikihu va sultanahu); zarb Samarqand. 904/1498 deb yozilgan. Adabiyotlar: Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak” Toshkent 1998yil Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat engilmas kuch” Tashkent 2008 yil Elizavetin. G. “Pulnoma” Toshkent 1979 yil Pidaev. Sh. “Tangalar davr ko’zgusi” Toshkent 1984yil Download 66.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling