Amirova shaxnoza eshali qizi


Download 137.35 Kb.
bet18/22
Sana16.06.2023
Hajmi137.35 Kb.
#1496758
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
13 май МД Амирова Шахноза oxirgi

XULOSA

Inkor ma'noli fransuz maqollarining pragmativ-argumentativ funksiyalarini o‘rganish bizga quyidagi xulosalar chiqarishga imkon beradi:


1. Eng katta muqobillik «proverbe» atamasining klassik termini «paremiya»da kuzatiladi. Fransuz lug‘atlarida ushbu turkumda quyidagi birliklar orqali tasniflanadi: maqol, matal, sentensiya, maksim, aforizm, bibleizm kabi. Shunday qilib, fransuz tilining o‘xshash lingvistik terminlari orasida o‘zbek tilshunosligiga qaraganda kamroq aniq farqlanish mavjud. Shuning uchun, fransuz paremiologik fondidan tadqiqot materialini tanlashda «proverbe» bo‘limida topilgan aforizmlar va bibleizmlarni maqollar toifasiga qo‘shish va kiritish imkoniyatini hisobga olish kerak).
2. Til-nutq tizimida argument sifatida maqolning bosqichma-bosqich rivojlanishi ro‘y beradi. Shu bilan birga, maqol o‘z rivojlanishining bir necha bosqichlaridan o‘tadi: o‘tish bosqichi; kirish bosqichi; konseptualizasiya bosqichi; pragmatik realizasiya bosqichi.
3. Matalning maqol toifasiga o‘tishining asosiy mezonlari mualliflikning yo‘qligi yoki yo‘qolishi, majoziy asosning rivojlanishi, maqol stereotipini lingvistik hamjamiyat vakillarining mentaliteti bilan muvofiqlashtirishda namoyon bshladi. Yuqoridagi barcha mezonlar mavjud bo‘lganda, munozara davomida ishlatilgan maqol pragmatik-argumentativ funksiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishga qaratilgan argumentga aylanadi.
4. Maqolning ichki shaklining ochiqlik darajasi (mutlaq ochiqlik/nisbiy ochiqlik) motivlashtiruvchi belgi mavjudligining ko‘rsatkichi bo‘lib maqolni argument sifatida ishlatish imkoniyatiga ta'sir qiluvchi omillardan biridir.
5. Shu bilan birga, kommunikativ frazeologik birliklar ichki shakli uning ma'nosining motavasiyalashtiruvchi elementi sifatida tushunilishi kerak, mazkur ichki shaklning sinxron aloqasi kommunikativ frazeologik birlikning prototipi ma'nosini ifodalaydi va ushbu birlik motivasiyasi uning so‘zma-so‘z va ko‘chma ma'nolarining sinxron bog‘lanishini aks ettiradi.
6. Sinxron ma'noda maqolning kommunikativ frazeologik birlik sifatida motivasiyasi uning so‘zma-so‘z ma'nosining birlamchi lingvistik belgi sifatida dolzarbligi bilan belgilanadi, bu maqolning ikkilamchi lingvistik belgisining shakllanishi paytida saqlanib qoladi.
7. Diaxronik ma'noda maqol asosidagi etimologik ma'no o‘tish bosqichida maqolning prototipi bo‘lgan va ma'lum bir nutq vaziyatida ishlatilgan o‘zgaruvchan iboraning asl ma'nosini aks ettiradi.Sinxron planda kommunikativ frazeologik birligikning barqarorligiga ko‘ra maqollarning motvlanish darajasini quyidagicha sistemalashtirish mumkin: motivasiyalangan (maqolning ikkilamchi lingvistik belgi sifatida ma'nosi ma'lum (maqolning barcha tarkibiy qismlarining jamlangan ma'nosi) va maqolning prototipi sifatida maqolning asl ma'nosi); qisman motivlangan (maqolning ma'nosi ikkilamchi lingvistik belgisi tarzida ma'lum bo‘ladi, maqolning prototipi sifatida maqolning asl ma'nosi asta-sekin yo‘qoladi (maqolda arxaizmlar paydo bo‘lishi mumkin, ammo bu so‘zlarning yetimologik ma'nosini tiklashga yordam beradi) kontekst, yetimologik lug‘atlar yordamida. semantik yevolyusiya usuli ishlatilgan)).
8. S.Pal'ma konsepsiyasiga suyanib, inkor yuklamali maqollarni uch guruhga bo‘lib tahlil etildi: 1) ichki tekshirish usullari: ikki bir biriga mos kelmagan omillarning stereotipni tekshirish; 2) tashqi tekshirish usullari: kontekstidagi leksik vositalarning stereotip belgilari yordamida tekshirish; 3) maqol strukturasi, pragmatik ma'nosi va arumentlanish omillari birlashtirilgan tekshirish usullari kabi.
9. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, salbiy konstruksiyali maqollar ijobiy konstruksiyali maqollarga qaraganda kuchliroq argumentlardir. Bundan kelib chiqadiki, so‘zlovchi o‘z his-tuyg‘ularining to‘liqligini ifodalash va bahsni kuchaytirish uchun inkor maqoldan foydalanadi. Bu salbiy konnotasiyaga ega bo‘lgan inkor maqolli kommunikativ-frazeologik birliklarga xos xususiyatdir.
10. Maqollarda inkorning idrok etilishi quyidagi omillar asosida aniqlandi: inkor ma'noli maqolli kommunikativ frazeologik birliklar to‘liq rad etilish kuzatiladi (“oqlash” tushunchasi); “asoslash”, “maslahat”, “tinchlantirish” tushunchalari uchun doirasida tasdiq gap argumentlari harakterlidir.
Yuqorida aytib o‘tilgan xususiyatlar inkor maqollarda rad yetish birinchi navbatda ma'lum bir stereotipni tasdiqlashga qaratilganligini tasdiqlaydi, bu esa maqollardagi rad yetishning falsafiy inkor kategoriyasi bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi, uning maqsadi faktlarni rad yetish yemas, balki ob'ektni rivojlanishning sifat jihatidan yangi darajasiga olib chiqishdir. Binobarin, inkor maqollar va umuman maqollar nafaqat lingvistik, balki falsafiy maqomga ham yega. Buni maqollar bilish jarayonining natijasini aks yettirish omili ekanligi haqidagi dalil ham tasdiqlaydi.
Tilshunoslik nuqtai nazaridan maqollar barqaror iboralar bo‘lib, ularning yelementlari bir-biri bilan birgalikda ko‘chma ma'noga yega. Falsafa nuqtai nazaridan maqollar til hamjamiyatida bilish, muvaffaqiyatli o‘zaro ta'sir va muloqot natijalarini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan stereotiplar jarayonining bir qismidir.



Download 137.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling