Amirova shaxnoza eshali qizi
BIRINCHI BOB. MAQOL PRAGMATIKA OB’EKTI VA ARGUMENTATSIYA NAZARYASI SIFATIDA
Download 137.35 Kb.
|
13 май МД Амирова Шахноза oxirgi
BIRINCHI BOB. MAQOL PRAGMATIKA OB’EKTI VA ARGUMENTATSIYA NAZARYASI SIFATIDAFransuz lingvistikasida maqollarning tushunish belgilari Fransuz tilshunosligida “maqol” atamasi kommunikativ birliklar va uning tarkibiga kiradi. Boshqa tillar kabi fransuz tilida bu atama bir necha ma’nolarda ya’ni «proverbe», «sentence», «aphorisme»10 kabi tushunchalar o’rnida ham ishlatiladi. «Proverbe», atamasi shakllanishining tarixiy bosqichiga nazar soladigan bo’lsak tilshunos A.Reyning «Dictionnaire de proverbe» kitobida ko’plab ma’nolari keltirilgan11. Aflotun o’z davrida bu tushunchani muayyan tuzilishga ega bo’lgan «so’zlashish uslubi» deb talqin qilgan. Suqrot davrida esa maqol xalq orasida keng tarqalgan hikmatli so’z sifatida tushunilgan. Qadimgi davr va O’rta asrlar maqol va uning mazmunining o’ziga xos xususiyatlari mifologik rivoyatlarga ishora qiladi. Shu bilan birga asosiy so’zni ta’kidlaydigan so’zning maxsus shakli beriladi. Uyg’onish davrida maqol faqat intellektual ifoda qilishning usullaridan biri sifatida qabul qilinadi. Shu bilan birga ularning strukturaviy xususiyatlari hisobga olinmaydi. Xristian an’analari ta’siri bilan bogliq bo’lgan axloqiy haqiqatlarga ko’proq nazar soladi. A.Reyning fikricha, boshqa davrlarda maqolning ta’rifi mavhum tushuncha bo’lgan. Fransiyada klassizm davrida asosiy e’tibor ijtimoiy funksiyalarga va xalqning mentaliteti, xarakteri hamda dunyoqarashini maqolda aks ettirishga qaratilgan12. Biroq hozir ham «maqol» atamasi va uning o’xshash atamalari bilan bog’liqligi haqida ko’plab bahsli fikrlar mavjud. Bir tomondan maqol va matal birliklarining farqlanishi va shu kabi tushunchalar, xuddi «aforizm», «maksima», «sentensiya» kabi tushunchalar qiyin emas, chunki bu holda mualliflik me’zoni qo’llanilishi mumkin. A.Reyning fikricha maqollarning asosiy xususiyati, boshqa frazealogik va paremiologik birliklardan farqli o’laroq xalq orasida yaralishi deb hisoblanadi. Bu fakt esa maqol va matallarda mualliflikni bo’lishini istisno qiladi. Boshqa tomondan, vaqt o’tishi bilan bu so’zlarning har biri shu qadar mashhur va tez-tez qo’llaniladiki, mualliflik mezoni yo’qolishi mumkin. Bu fransuz lug’atlarida ba’zi muallif gaplarining maqol tipidagi birliklar sifatida tasniflanishini tushuntiradi. Masalan, «Ce sont les vignes de Courtille, belle montre, peu de rapport ≈ усти ялтироқ, ичи қалтироқ »13. Fransuz tilshunosligida turg’un gaplarni konseptual farqlash to’grisida aniq ilmiy tushuncha bo’lishiga qaramay, leksikografik amaliyotda lingvistik materialni taqdim etishda lingvistik jarayonni u yoki bu turga noto’g’ri belgilash mavjud. Shu munosabat bilan ishning ushbu bosqichida fransuz lug’atlari materialini tahlil qilishda «maqol-matal birligi» atamasidan foydalanamiz. Bu urinishlarimiz material tanlashni murakkablashtirganligi sababli keyinchalik biz maqollarning maqol-matal birliklari orasidan maqollarni aniqlash parametrlarini, shuningdek matallarning maqollar toifasiga o’tish holatlari va shartlarini aniqlaymiz. «Maqol» tushunchasining belgilari. Fransuz tilshunosligida asosiy ma’nosi maqol-matal birligi bo’lgan «maqol» atamasining rivojlanish tarixini kuzatish va uning o’tmishda nimani nazarda tutganini va hozir nimani anglatishini aniqlash maqsadida biz ushbu atamaning fransuz lug’atida qay ma’noda qo’llanilishini tahlil qildik. «Maqol» atamasining ta’riflarini «France dictionnaire de L’Academie» ning 4-nashrida «maqol» atamasi oz sonli so’zlardan iborat bo’lgan va mashur, ommabop bo’lib qolgan o’ziga xos sentensiya «maksim» sifatida tavsiflanadi14. «Maqol» atamasi ko’p hollarda ko’chma ma’noda ifodalanadigan birlik sifatida berilgan. Shu bilan birga «Dictionnaire de l’Academie francaise»ga ko’ra bu atama shoh Sulaymonning maksumlari, parabolalarini o’z ichiga olgan to’plamning sarlavhasida uchraydi, bu o’sha paytda tilshunoslikda yuqoridagi barcha so’z turlarining «On appelle: Proverbes de Solomon» maqollari atamasi bilan bog’liqligini ko’rsatadi15. Bu holatda «maqol» atamasini maqol-matal birligining yagona ma’nosida ishlatishning iloji yuqligi shuningdek, «Proverbes de Solomon» to’plamida o’z ta’rkibida axloqiy xarakterdagi qisqa hikoyalarni ifodalovchi parabolalarni o’z ichiga olganligi bilan tasdiqlanadi. Ehtimol bu holda «maqol» atamasi bilan bir vaqtning o’zida bir nechta ma’nolarda, shu jumadan parabolalarni bog’lash mumkin masal ma’nosida qo’llaniladi. Bu haqiqatni rus tilida nashr etilganligi bilan tasdiqlash mumkin. «Shoh Sulaymonning masallari kitobi» nomi kitobining inglizcha nashri (“The parables of Solomon”) nomi ostida nashr etilgan bo’lib, boshqa tillardagi parabola va masal atamalari o’rtasidagi munosabatni ko’rsatadi. «Maqol» atamasining uchinchi sharhi uning qisqacha o’yin ma’nosi bilan boshlanishining kelib chiqishiga ishora qiladi. O’yinning ma’nosi sahnani o’z-o’zidan ijro etish edi (ehtimol kulgili xarakterga ega) uning maqsadi ma’lum bir maqolning tebranishini tomoshabinlar tahmin qiladigan tarzda yetkazish edi. Bazi maqollar umum e’tirof etilgan, ya’ni butun dunyoda ma’lum va mashxur ammo turli tillarda ular mos ravishda boshqacha tushuniladi shuning uchun frunsuz maqollarining ruscha ekvivalentlari bor. Va faqat shu millatga xos bo’lgan so’zlarning variantlari mavjud. Biz shu millatlarga xos bo’lgan boshqa variantlarini ko’rib chiqamiz. Misol uchun Масалан, фр. avoir un oeil à Paris, l’autre à Pontoise; - сўзма-сўз.: Битта кўзи билан сенга қараса, биттаси билан Арзамасга қарайди, яъни кўзи ғилай маъносини ифодалайди. Унинг ўзбек тилидаги эквиваленти қарғанинг бир кўзи ўқда, бир кўзи бошқа ёқда. Мазкур ибора XVII асрга тааллуқли бўлиб, ўша давр учун мустақил бошқарув идораларига эга бўлган Париж ва Понтуаз ўртасидаги масофа муҳим аҳамият касб этган, иккала шаҳарни бир вақтнинг ўзида назоратга олиб бўлмаслиги юқоридаги бирликнинг юзага келишига сабаб бўлган. «Ma vie, Mes Regles». O’zbek tilida: mening hayotim qoidalarimga muofiq. «Il faut manger pour survivre, et non pas survivre pour manger» O’zbek tilida:Yeyish uchunmas yashamoq uchun yeyish kerakdir va boshqalarni misol keltirish mumkin. Maqollar, matallar va aforizmlar ko’plab millatlar madaniyatining ajralmas qismidir. Maqol va matallar yordamida xalq hikmatlari va aforizmlar yordamida xulosalar ifodalanadi. Maqol va matallarning so’zlarini va kichik grammatik tuzilmalarini o’rganish ham muhim ahamiyatga egadir. Quyidagi maqollarni ko’rib chiqish mumkin: “Ami de tous, ami de personne” Har kimning do’sti hech kimga do’st bo’lmas. Ichak-qorin go’sht bo’lmas, Laganbardor do’st bo’lmas. “Si tu veux étre un bon écrivain, écris” Yaxshi shoir bo’lishni istasangiz ko’proq yozing. Tirishdim, tog’dan oshdim , Asir edim, qutulib qochdim. “Qui ne edit mot” Sukut rizo alomati. “Aux audacieux Dieu prête la main” Dangal odamning oshig‘i olchi; Mard bo‘lsang, Eskijo‘vada hangra kabi. Провербиал бирларнинг асосан мақол ва маталларда асосланиши кўплаб баҳс-мунозараларга сабаб бўлди. Масалан, В.И.Даль ўзининг “Пословицы русского народа” номли тўпламида ёзади: “Мақолни ташқи безаги учун шахс номларини киритиш зарур. Уларнинг кўпчилиги қофия, оҳангдошлик ва ўлчов учун ўзаро мувофиқ келади” [44, 120]. Бир қарашда, бу фикр билан ҳисоблашмасликнинг иложи йўқдек. Чунки аллитерация (оҳангдошлик), рифмалар функциялари халқ фольклорининг жуда оз миқдордаги афористик шакллари паремиянинг ҳар бир элементига мос тушади. Бунда ҳар бир элемент маъносига кўра алоҳида аҳамиятга эга бўлиши лозим. В.Е.Щетинкиннинг фикрича: “Антропонимлар билан боғлиқ мақолларнинг ясалишида аёл ёки эркак номи билан боғлиқ отларнинг маъносига кўпроқ таянилади ... мақоллар аниқ бир жинсга қаратилмасдан, балки мавҳум тушунчани англатади” [123,59]. Фразеологизмларда антропонимларнинг ишлатилиши кўпроқ оддий сўзлашувда аллитерация орқали воқеланади: Download 137.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling