Amirova shaxnoza eshali qizi


Download 137.35 Kb.
bet1/22
Sana16.06.2023
Hajmi137.35 Kb.
#1496758
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
13 май МД Амирова Шахноза oxirgi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY VA OʻRTA TАʻLIM FAN VA INNOVATSIALAR VАZIRLIGI


MIRZO ULUG’BEK NOMIDАGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

Qoʻlyozma huquqida


UDK:
70230101 – Lingvistika (fransuz tili)

AMIROVA SHAXNOZA ESHALI QIZI


MAQOLLARDAGI PRAGMATIK-ARGUMENTATIV INKOR FUNKSIYALARI (FRANSUZ TILI MATERIALI ASOSIDA)


Magistr
akademik darajasini olish uchun
yozilgan dissertаtsiya

Ilmiy rahbar: F.f.d (DSc), dotsent Qubonova G.S.


Toshkent ̶ 2023


MUNDARIJA


KIRISH 2
BIRINCHI BOB. MAQOL PRAGMATIKA OB’EKTI VA ARGUMENTATSIYA NAZARYASI SIFATIDA 7
1.1Fransuz lingvistikasida maqollarning tushunish belgilari 7
1.3. Аrgumentlashda maqollarning qo’llanishi 18
I bob bo’yicha xulosalar 23
II BOB. INKOR MA’NOLI MAQOLLARNING PRAGMATIK XUSUSIYATI 24
2.1. Inkor yuklamali maqollarning nutq aktida qo‘llanilishi 24
2.2. Maqollarning ichki shakli uning ta'sir argumti sifatida 32
II bob bo’yicha xulosalar 39
III BOB. TURLI XIL KOMMUNIKATIV MAQSADLAR DOIRASIDA INKOR MA’NOLI MAQOLLARNING ARGUMENTATIV FUNKSIYASI 41
3.1. Pragmatik-argumentativ funksiya “oqlash” 41
3.2. Мaqollarning pragmatik-argumentativ funksiyasi; “ogohlantirish”, “maslahat”, “tinchlantirish” 43
III bob bo’yicha xulosalar 59
XULOSA 60
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 63



KIRISH


Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. O‘zbekiston respublikasining jahon maydonida obro‘si oshib, tashqi aloqalar, madaniy va iqtisodiy munosabatlar rivojlanib borayotgan bir davrda xorijiy tillarni o‘rganish bu tillarda og’zaki va yozma muloqotni amalga oshirish hamda erkin fikr almashish kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishga yordam beradi. Zero Mamlakatimiz hayotida barcha sohalarda ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizda amalga oshirilayotgan ilm-fan sohasiga oid davlat siyosati doirasida belgilangan «...ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini ragʼbatlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish» kabi strategik vazifalar1 o‘zbek tilshunosligida chet tilida maqol va matallar lingvo-pragmatik jihatlarini oʼrganish borasida chuqur izlanishlar olib borishni kun tartibiga qoymoqda. Yurtimizda chet tillari, ayniqsa, frantsuz tilini o‘rganishga boʼlgan e‘tibor davlat siyosati darajasiga koʼtarilgani bois bugungi kunda fransuz lingvo madaniyatini maqol va matallar orqali oʼrganish zamonaviy fransuz tili doirasida milliy tilshunoslik sohasini tadqiq qilishning muhim shartlardan biri hisoblanadi.
Gumanitar bilimlar sohasidagi tadqiqotlar istiqboli hozirgi vaqtda fanlararo yondashuvlardan foydalanish bilan belgilanadi. XX asrning ikkinchi yarmida, argumentlash nazariyasi dastlab falsafiy (Aristotel', R.Dekart, I.Kant, G.Gegel'), so‘ng gumanitar yo‘nalishlarda tilshunoslikda fanlararo tadqiqotlar ommaviylashuvi munosabati bilan yanada rivojlandi.
Maqol – bu atrofdagi dunyo hodisalari va unga xos bo’lgan ijtimoiy o’zaro ta’sir faktlarini idrok etish, stereotip tufayli tanqidiy muhokama paytida raqibga ta’sir qilish vositasidir.
Strukturaviy va morfologik nuqtai nazardan, inkor ma‘noli maqollar atrofdagi dunyo hodisalari yoki ijtimoiy o‘zaro ta'sir omillariga xos ma'lum xususiyatlarning yo‘qligi to‘g‘risida hukm yoki xulosani o‘z ichiga olishi lozim. Aynan ushbu maqollarning pragmatik-argumentativ funksiyalari, bunday hodisa va omillarni realligini tasdiqlash uchun qo‘llaniladi.

Download 137.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling