Amirova shaxnoza eshali qizi
Tadqiqot uslubiyati va uslublari
Download 137.35 Kb.
|
13 май МД Амирова Шахноза oxirgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish tuzilmasining tavsifi.
Tadqiqot uslubiyati va uslublari. Tadqiqotni yozishda tavsifiy, qiyosiy, etimologik va kontekstual tahlil, yalpi tanlab olish tahlil metodlaridan foydalanilgan.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tatbiqi. Магистлик dissertasiyasida ko’zlangan natijalar o’rganilayotgan til nazariy aspektlari, zamonaviy lingvistik, lingvistik tahlil metodlari, matn lingvistikasi fanlarini o’qitishda seminar va maxsus kurslar tashkil qilishda o’zining samarasini berishi mumkin. Shuningdek, magistrlik ishida bayon etilgan amaliy natija va takliflardan fransuz paremiologik fondi birliklarining pragmatik-argumentativ o‘ziga xosligini o‘rganishda foydlanish mumkin. Fransuz tili inkor yuklamali maqollarining ishlab chiqilgan tasniflari mazkur yo‘nalishda statistik tadqiqot natijalarini qayta ishlashga, inkor yuklamali maqollarni tizimlashtirishga imkon beradi. Magistrlik dissertasiyasi tadqiqotlari davomida olingan natijalar bakalavrlar, magistrantlar va tadqiqotchilarni o‘qitish jarayonining sifatini oshirishda qo‘llanilishi mumkin. Ish tuzilmasining tavsifi. Magistrlik dissertasiyasi kirish, uch bob, xulosa, ingliz tilida ishning qisqacha bayoni va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat. Har bir bob o’z mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda ichki qismlarga bo’lingan ishning umumiy hajmi 85 sahifadan iborat. Tadqiqotning kirish qismi magistrlik dissertasiyasi talablari darajasida rasmiylashtirilgan. Ishning birinchi bobi fransuz maqollarining ilmiy nazariy asoslarini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda maqollar pragmatika ob'ekti va argumentasiya nazariyasi sifatida talqin etiladi. Shuningdek, ushbu bobda fransuz maqollarining inkor funksiyasiga xos konseptual tushunchalar tahlili o‘rganilgan. Dissertasiyaning ikkinchi bobida inkor inkor ma'noli maqollarning pragmatik jihatlari, ularning nutq aktida bajaradigan vazifalari hamda ichki shaklining tinglovchiga ta'sir argumenti sifatidagi roli, fransuz maqollarining steriotipik xususiyatlari tahlil etiladi. Tadqiqotning uchinchi bobida inkor ma'noli maqollarning turli xil kommunikativ maqsadlarda pragmativ-argumentativ funksiyalari “oqlash”, “ogohlantirish”, “maslahat berish”, “tinchlantirish” kabi inson xarakteriga xos xususiyatlar tahlili o‘rganilgan. Download 137.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling