Amkorligi Reja: Ijtimoiy pedagogning boshqa mutaxasislar bilan x
Download 1.62 Mb.
|
Ijtimoiy pedagogning boshqa mutaxasislar bilan xamkorligi
Oiladagi ta`limiy faoliyat jarayoni bilan tanishishning asosiy maqsadi:
Bolaning o’quv faoliyatiga bo’lgan munosabati ko’proq uning tarbiyachi shaxsiga munosabati bilan belgilanadi. Tarbiyachining o’ziga xos xususiyati – uning yuksak kasb mahoratidir. Eng muhimi – bolaning ruhiyatini, yosh va o’ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlarini bilishdir. Bolalar bog’chasi dasturi bolalarning yoshini, jismoniy va ruhiy xususiyatlarini hisobga olib tuzilgani bilan har bir boladagi alohida ruhiy xususiyatning qay vaqtda va qanday namoyon bo’lishini oldindan ko’ra olmaydi, bu ish dasturda yaxshi tayyorlangan tarbiyachining zimmasiga yuklanadi. Tarbiyachi o’z guruhidagi har bir bolaning jismoniy tomondan yaxshi rivojlanishi, uning oliy nerv faoliyati yaxshi ishlashi, shuningdek aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tomondan normal tarbiyalanishi uchun yaxshi shart-sharoit yaratadi. Tarbiyachi har bir boladagi o’ziga xos xususiyatlarni yaxshi bilgan holda undagi o’ziga xos xususiyatlarni (zararli bo’lsa) yo’qota borib, bolaga nisbatan qulay talab qo’yadi. Tarbiyachi har bir bolaning kelajakda haqiqiy inson bo’lishiga yordam beradigan sifatlarini va imkoniyatini rivojlantirishi lozim. Maktabgacha tarbiya yoshi davrida tarbiyachining bolaga shaxsiy ta`siri juda katta bo’ladi. Chunki bu davrdagi har bir ta`surot bolaning xotirasida bir umrga saqlanib qoladi. Bolani tushuna bilish va uning ma`naviy dunyosiga kira olish tarbiyachidan zo’r kasb tayyorgarligini talab etadi. Bola bilan jonli munosabatda bo’lish – fikrlar manbai, pedagogik yangiliklar, quvonch va tashvishlardirki, busiz tarbiyachining ijodiy mehnatini tasavvur etib bo’lmaydi. Agar ota-onalar o’z farzandlariga rahmdillik, mehr-muruvvat tuyg’ularini uyg’ota olmas ekanlar, u holda bolalar nafaqat begona odamlarga balki o’z ota-onasiga ham xissiz bo’lib qoladilar. Montesori metodikasi bo’yicha maktabgacha yoshdagi bolalarni sensor tarbiyalashda quyidagi maqsadlar nazarda tutilishi kerak: Barcha tashqi xissiyotlarni shakllantirish. Tashqi hissiyotlarni tarbiyalash orqali xali to’liq shakllanmagan barcha ruhiy jarayonlarni rivojlantirish kerak. Chunki diqqat, intellekt va iroda to’liq rivojlanmagan bo’ladi. Odatiy bir yoqlama madaniy tasavvurdan xalos bo’lish. Nutq apparatlari orqali tilni rivojlantirish, so’z boyliklarini oshirish. Bolalarning ruhiy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq tarzda, o’z-o’ziga xizmat qilishda ehtiyoj va talablarni rivojlantirish. MTT dagi ta`limiy faoliyat haqida: Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar “Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling