Ҳамширалик жараёни


Download 34.84 Kb.
bet2/8
Sana12.03.2023
Hajmi34.84 Kb.
#1263578
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hamshiralik ishi

Hamshiralik jarayoni birin-ketin amalga oshiriladigan 5 ta bosqichdan iborat:



    • bemorni tekshirish;

    • uning ahvolini tashhislash;

    • bemorga zarur bo‘lgan yordam rejasini tuzish;

    • hamshiralik aralashuvlarini amalga oshirish;

    • olingan natijalarni baholash.

BIRINChI BOSQICh HAMShIRALIK TEKShIRUVI – bu bemor
sog‘ligi haqida ma’lumot to‘plash va uni hujjatlashtirish jarayoni. Tekshiruv maqsadi – ma’lumotni to‘plash, olingan ma’lumotni asoslash va o‘zaro bog‘lash, yordam so‘rab murojat qilgan vaqtga bemor haqida, uning sog‘ligi to‘g‘risida axborotlar bazasini yaratish.



  • Bemorni so‘rab-surishtirish

  • Oila a’zolari va atrofdagilarni so‘rab-surishtirish

  • Tibbiy yordam ko‘rsatish brigadasining boshqa a’zolaridan ma’lumot olish

  • Bemorni fizikal tekshirish

  • Bemorning tibbiy kartasi va boshqa tibbiy hujjatlari bilan tanishish

  • Parvarish bo‘yicha tibbiy va maxsus adabiyotlarni o‘qish



HAMShIRALIK TEKShIRUVI USULLARI

So‘rab-surishtirish


Bemorni so‘rab-surishtirish vaqtida to‘plangan ma’lumotlar sub’ektiv tekshirish kabi ko‘rib chiqiladi, lekin bemorning shikoyatlari real asosga ega, shuning uchun so‘rab-surishtirishni diqqat bilan va quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladigan, ma’lum qolip bo‘yicha olib borish kerak bo‘ladi:



  1. Pasport qismi.

  2. Bemor shikoyatlari va ularni batavsil tekshirish.

  3. Kasallik anamnezi.

  4. Hayot anamnezi.

  5. Bemorni ob’ektiv tekshirish.

To‘plangan ma’lumotlar hamshiralik kasallik tarixiga yozib qo‘yiladi.


PASPORT QISMI


  1. Familiyasi, ismi, sharifi.

  2. Jinsi.

  3. Yoshi.

  4. Doimiy turar joyi.

  5. Ish joyi, mutaxassisligi, lavozimi.

Download 34.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling