Amudaryo va surxondaryo vohasi shaharlari urbanizatsiyasi
Yangi bosh rejalarni ishlab chiqish muhim, biroq shaharlarning rivojlanishi boshqa muhim omillar va qarorlarga ham bog‘liq
Download 52.99 Kb.
|
UZBANIZATSIYA
Yangi bosh rejalarni ishlab chiqish muhim, biroq shaharlarning rivojlanishi boshqa muhim omillar va qarorlarga ham bog‘liq“Fursat keldi: O‘zbekiston qanday qilib urbanizatsiyadan barqaror rivojlanish dvigateli sifatida foydalanishi mumkin?” nomli hisobotda bir qator sabablarga ko‘ra hozirgi bosqichda O‘zbekistonda urbanizatsiya iqtisodiyotning samaradorligi va aholi turmush darajasini yetarli darajada oshirish imkonini bermayotgani ta’kidlanadi. O‘zbekiston shahar xo‘jaligi samaradorligining pastligini faqatgina zichligi past bo‘lgan binolarning ko‘payishi bilan bog‘lash, ustiga-ustak, bunga rejalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va hududlarni shaharlashtirish tadbirlarining boshqa ko‘rinishlarini amalga oshirishda asos qilib olinuvchi eskirgan bosh rejalarni yagona sabab qilib ko‘rsatish unchalik ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. O‘zbekiston shaharlarining yuqoriga qarab o‘sish o‘rniga maydoni jihatdan kengayib borayotgani haqiqatda ularning rivojlanish salohiyatini cheklovchi omillardan biridir. Biroq, mazkur muammo faqatgina eskirgan bosh rejalar natijasi emas. Vaziyatni izohlovchi boshqa omillar ham mavjud. Shaharlarning maydoni jihatidan kengayishiga olib keluvchi past zichlikka ega binolar ko‘payishining sabablari qatorida mamlakatda yer bozorining yetarli darajada rivojlanmaganligi, yer resurslarining samarasiz boshqaruv tizimi, shahar ko‘chmas mulk bozorida yangi arzon turar-joylar taklifining yetarli darajada emasligi, mavjud shaharlarni rejalashtirish tizimining bozor iqtisodiyoti voqeliklariga muvofiq emasligi, shuningdek, shahar infratuzilmasini rivojlantirishga investitsiyalarning cheklanganligini sanab o‘tish mumkin. Shaharlar rivojlanishi natijalari va iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi omillar shaharlarning kengayishi yoki yuqoriga qarab o‘sishi bilangina cheklanib qolmaydi. Hisobotimizda qayd etilganidek, mamlakatdagi makroiqtisodiy va umumiy ishbilarmonlik muhiti, aholi harakatchanligiga to‘sqinlik qiluvchi omillar, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlarining shahar infratuzilmasini rivojlantirishga investitsiya kiritish imkoniyatlarining cheklanganligi va shaharlar iqtisodiyoti o‘sishini rag‘batlantirish choralari ham hisobga olinishi zarur. Bu murakkab muammolar majmui bo‘lib, ularni hal qilish vaqt, tegishli davlat siyosatiga oid chora-tadbirlar va moddiy resurslarni talab etadi. Keling, shaharsozlik masalalarini batafsil ko‘rib chiqamiz. Yangi bosh rejalar, shubhasiz, aksariyat hollarda shaharlarning yanada barqaror rivojlanishini rejalashtirish uchun zarur. Biroq, ular bir qator obyektiv mezonlarga javob bergan taqdirdagina samarali vositaga aylanishi mumkin. Xususan, bosh rejalarda shaharning kelgusidagi o‘sish sur’atlari va ko‘lami yaqqol aks ettirilishi lozim. Shuningdek, ular shaharning mavjud va potensial muammolari hamda kelajakda o‘sish jarayonida duch kelishi mumkin bo‘lgan chaqiriqlarni, masalan, aholi va transport vositalari sonining o‘sishi, iqlim o‘zgarishi va tegishli hudud moyil bo‘lgan tabiiy ofatlarning ta’siri, fuqarolar va shahar iqtisodiyotining energiya va boshqa resurslar bo‘yicha iste’moli va boshqalarni hisobga olishi zarur. Bosh rejalar shahar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya dasturlari va tegishli hududlarni rivojlantirish rejalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tegishli kommunal xizmatlar mavjudligi orqali mustahkamlangan bo‘lishi lozim. Ular binolar qurilishiga ruxsat berishning samarali va shaffof tizimi hamda tegishli davlat standartlariga rioya etilishi ustidan haqiqiy nazorat bilan ta’minlanishi zarur. Hisobotimizda so‘nggi yillardagi yangilangan bosh rejalar, afsuski, yuqoridagi mezonlarga deyarli javob bermasligini ko‘rsatganmiz. Shaharsozlik tizimini chuqur isloh qilmasdan turib, yuqoridagi mezonlarni e’tiborga oluvchi bosh rejalarni ishlab chiqish imkonsiz. Buning uchun bosh rejalarni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan aholi, infratuzilma, kommunal xizmatlar va shahar makonining xususiyatlari bo‘yicha fazoviy ma’lumotlarni yig‘ish jarayonlarini tizimlashtirish talab etiladi. Shuningdek, qurilish ishlarini amalga oshirish va aniq yer maydonlaridan foydalanishga qo‘yiladigan talab va cheklovlarning shaffofligini oshirish zarur. Bundan tashqari, shahar xo‘jaligida rejalashtirish va boshqaruv masalalarida mahalliy hokimiyat organlarining salohiyati va malakasini oshirish lozim. Download 52.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling