Anaerobioz


Download 9.99 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi9.99 Kb.
#1829375
Bog'liq
Anaerob mikroorganizmlarning kisloroddan himoyalanish yo‘llar


Anaerobioz (yun. an — inkor qoʻshimchasi, ayer — havo va bios — hayot) — organizmlarning erkin kislorod boʻlmagan muhitda hayot kechira olishi. A. tushunchasini 1861-yilda L. Paster ki-ritgan. Hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan energiyani anorganik (mas, nitratlar va sulfatlar) yoki organik moddalar (mas, uglevodlar)ni parchalab oladigan anaerob organizmlar uchun A. odatdagi yashash muhitidir. Tez oʻsadigan embrion hujayralari va oʻsmalar hujayralarida anaerob jarayonlar sogʻlom organizmning normal hujayralaridagiga nisbatan kuchliroq kechadi. A.ning biologik mazmuni shundan iboratki, anaeroblar havosiz, yaʼni aeroblar yashay olmaydigan muhitdagi organik substratlardan foydalanish qobiliyatiga ega (qarang Aerobioz). Tabiiy substratlar, yaʼni tuproq, suv va boshqalarda hamisha maʼlum miqdorda havo boʻladi. Shunga koʻra, anaerob organizmlar havo kislorodining oksidlovchilik taʼsi-ridan himoyalanishga harakat qiladi. Ular kislorodni neytrallovchi moddalar ajratadi. Gʻovaklari havo bilan toʻlgan yumshoq tuproqlarda anaeroblar ri-vojlanadigan ayrim joylar — mikro-zonalar boʻlishi mumkin. Ularga yonma-yon joylashgan aeroblar kislorodni oʻzlashtirib va reduksiyalovchi (tiklovchi) modda ajratib, anaeroblar uchun sha-roit yaratadi. Mas, bedapoya chimqirqar ikki yarusli plug bilan chuqur (40 sm) qilib haydalganda, bedaning asosiy ildiz mas-sasi va boshqa qoldiqlari tuproqning anae-robli qatlamiga koʻmilib, u yerda organik moddalarning minerallanish jarayoni boradi. Bu jarayon tufayli tuproq mi-kroflorasining hayot faoliyati va chirindi toʻplanishi uchun eng qulay sharoit vu-judga keladi, tuproq unumdorligi uzoq, muddat saqlanib turadi. Tuproqni bun-472day ishlash tizimi ekin hosilini ancha oshiradi. Anaerob ja-rayonlarning kechi-shi (bijgʻish, chirish) tabiatda moddalar aplanishiaa katta ahamiyatga ega. Rustam Shodmonov.
Anaeroblar, anaerob organizmlar — erkin kislorod boʻlmaydigan sharoitda yashash va rivojlanish qobiliyatiga ega boʻlgan organizmlar. A. terminini 1861-yilda yog kislotali bakte-rial bijgʻishni ixtiro qilgan L. Paster taklif etgan. A. asosan prokariot orga-nizmlar orasida keng tarqalgan. Euka-riotlardan achitqilar hamda hayvonlar organizmida parazitlik qiladigan, yaʼni ikkilamchi tarzda kislorodsiz muhitda yashashga moslashgan, bir hujayralilar haqiqiy A. hisoblanadi. Koʻp hujayrali A. anaerobioz hayvonlarning ichagi va tana boʻshligʻi hamda toʻqimalarida pa-razitlik qiladigan yassi toʻgarak chu-valchanglar orasida uchraydi. Anaerob organizmlarda metabolizm kisloroddan boshqa oksidlovchilardan foydalanishga asoslangan. Organik moddalardan foydalanadigan anaerob organizmlar (glikoliz natijasida hosil boʻladigan energiyadan foydalanadigan barcha eu-kari-otlar) spirtlar va yogʻ kislotalar qaytarilishi orqali boradigan har xil tipdagi bijgʻishni amalga oshiradi. Boshqa A., mas, denitrifikatorlar, te-mir bakteriyalari, oltingugurt bakteri-yalar, metan hosil qiluvchi bakteriyalar esa anorganik oksidlovchilar (nitratlar, oltingugurt birikmalari, karbonat an-gidrid va boshqalar)dan foydalanadi. Almashi-nuv mahsulotlariningxiliga qarab anae-rob bakteriyalar yogʻ kislotali, sut kislo-tali, propion kislotali guruhlarga aj-ratiladi. Fototrof bakteriyalar A.ning boshqa maxsus guruhini tashkil etadi. Kislorodga boʻlgan talabiga koʻra A.ning obligat va fakultativ guruhlari farq qilinadi. Obligat A.da metabolizm kis-lorod ishtirokisiz boradi, fakultativ A. (mas, denitrifikatorlar) anaerobioz holatdan kislorodli muhitda yashashga utishi mumkin. Anaerob muhitda ok-sidlanish energiyasi kam boʻlganidan A. faoliyati tufayli juda koʻp qaytarilish mahsulotlari — spirtlar, yogʻ kislotalari va boshqa hosil boʻladi. A. muhitdagi kislorod aerob organizmlar tomonidan batamom oʻzlashtiriladigan sharoitda (mas, suv tubidagi balchiqda, ifloslan-gan oqova suvlarda) rivojlanadi. A.dan mikrobiologiya sanoatida spirtlar va organik kislotalar ishlab chiqarish, oqova suvlarni tozalashda keng foydalaniladi. Ay-rim A. ogʻir infeksion kasalliklar (qoqshol, gazli gangrena va boshqalar)ni kel-tirib chiqaradi. Haqiqiy A. bilan birga ayrim umurtqasizlar orasida kislorod tanqisligiga vaqtincha moslashgan turlari ham bor. Ayrim obligat A. kislo-rodga juda sezgir boʻlganidan kislo-rodli muhitda juda tez halok boʻladi. Issiq suvli havzalardan va suvning chuqur qatlamlaridan topilgan A. Yer yuzida paydo boʻlgan eng qadimgi organizmlar boʻlishi mumkin.
Suyuq oziq muhitda mikroorganizmlarning o‘sishi bakteriya hujayralarining ko‘payishi hisobiga bir xilda loyqalanish, cho‘kmaga tushish (bu holda muhit tiniq bo‘ladi) bilan namoyon bo‘ladi. Mikroorganizmlarning ba’zi turlarida havo kislorodiga talab katta bo‘lib, ular suyuq muhitning yuzida parda hosil qilib o‘sadi, bunda bulon loyqalanmaydi. Qator hollarda bakteriya kulturalari bir vaqtda muhitni loyqalantiradi, ko‘p cho‘kma hosil qiladi va probirka devorida halqa paydo qiladi. Zich oziq muhitlarda kultural xususiyatlar o‘sayotgan koloniya xarakteriga qarab aniqlanadi. Muhit yuziga ko‘p miqdorda bakteriya hujayralari ekilsa, mikrob yoyilib o‘sadi. Oziq muhitning keng yuzasiga kamroq hujayra ekilsa, har bir bakteriya hujayrasi bo‘linib ko‘payishi hisobiga alohida koloniya shakllanadi. Koloniyaning diametriga bog‘liq ravishda ular katta, kichik, shudringsimon bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik bakteriyalar, aktinomitsetlar, mog‘or zamburug‘lari turlarining koloniyalari har xil oziq muhitlarda o‘sganda har xil rangga bo‘yalishi mumkin. Bu ularning bo‘yovchi moddalar – pigment hosil qilishi bilan ifodalanadi. Agar pigment eruvchan bo‘lsa, muhit to‘liq bo‘yaladi, erimaydigan bo‘lsa, faqat koloniya bo‘yaladi. Har xil mikroorganizmlar turlari uchun aniq rangli – tilla rang, ko‘k-yashil, oq, sariq, qizil va h.k.pigment hosil qilishi xarakterlidir. Pigment hosil bo‘lish zich oziq muhitlarda yaxshi namoyon bo‘ladi. Bunda harorat ham ahamiyatga ega; ko‘pchilik turlar uchun 25-300C optimum hisoblanadi. Havo kislorodi va yorug‘lik nurlari ham ma’lum darajada ta’sir etadi. Mikroorganizmlarning kultural xususiyatlari keyingi mavzularda (Bakteriyalarning kultural, biokimyoviy xususiyatlarini aniqlash) yanada batafsil yoritilgan.
E k s i k a t o r bu qopqog‘i zich yopishadigan shisha idish. Uning tubiga havo kislorodini faol bog‘laydigan kimyoviy modda (masalan, pirogallol bilan o‘yuvchi natriy) solingan ochiq Petri kosachasi qo‘yiladi. Yuqorida eksikatorning bo‘rtiq qismiga teshikchali farfor plastina (taglik) qo‘yiladi, uning ustiga ekmali probirka yoki kocahalarni joylab, qopqog‘i zich yopiladi. Germetik yopilishi uchun eksikatorning chetlariga vazelin surtiladi, keyin termostatga qo‘yiladi. A n a e r o s t a t – germetik yopiladigan metall silindr idish, havoni chiqarish yoki ish uchun kerakli gazni ( CO2, N2, O2 va h.k.) berish uchun jo‘mraklari va vakuum-monometrlari bor. Ekmalarni silindrning ichiga joylashtirib, qopqog‘i yopiladi va nasos yordamida eksikator ichidagi havo chiqariladi. Undagi holatni vakuum-monometr millimetr Simob ustunida (0 dan760 gacha) ko‘rsatadi. Anaerostat ekmalar bilan termostatga qo‘yiladi
Download 9.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling