Аналитическая записка


Download 23.5 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.05.2023
Hajmi23.5 Kb.
#1456685
Bog'liq
136ddee771587b3831137e2a85011b63



“Olmaliq KMK” AJning 2023 yil 1-chorak yakuni boʻyicha
tahliliy ma’lumotnomasi 
 
“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi – Xursanov Abdulla Xalmuradovich. 
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlarini bajarish 
davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2023 yil yanvar-mart yakunlari boʻyicha quyidagi tovar 
mahsulotlar ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga erishdi: 
- amaldagi narxlarda –102,3%. 
2022 yilning mos davriga solishtirma narxlarda tovar mahsuloti oʻsish sur’ati 92,3 % ni 
tashkil etdi.
Mis katodini ishlab chiqarish 94,5 %, shu jumladan 90,5 % oʻz xom ashyosidan, metalli 
rux 70,1 %, shu jumladan 102,4% oʻz xom ashyosidan, 84,8% sulfat kislotani, 100,1 % affinajli 
oltin va 100,5 % affinajli kumushni tashkil etdi. 
2023 yil yanvar-mart oylari yakuni boʻyicha 100,3 % ga mahsulotlar eksportga sotildi. 
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2021-yil 
30 
dekabrdagi
PQ-72 sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga moʻljallangan Investitsiya 
dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2022 yil 28 dekabrdagi 459 sonli qarori 3-ilovasiga muvofiq 2023 yilga “Olmaliq 
KMK” AJ ishlab chiqarish quvvatini oshirish va xom ashyoni qayta ishlash uchun 1106,7 mln. 
dollarlik investitsiya oʻzlashtirilishni moʻljallangan.
2023 yil yanvar-mart oylari yakunlari boʻyicha 111,8 mln. dollar (124,8%)
miqdorida 
investitsiyalar oʻzlashtirildi, shu jumladan: 
korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan – 8,8 mln. doll. 
toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy kreditlar – 103,0 mln. doll. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 2022 yil 24 anvardagi 99-sonli 
“Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning 
samarali tizimini yaratish chora tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq va “Olmaliq KMK” AJ 
boshqaruv raisining 2022 yil 31 yanvardagi 94-sonli buyrugʻiga asosan “Olmaliq KMK” AJ 2023 
yilda mahalliylashtirish dasturi boʻyicha 332,6 mlrd. soʻmlik 137 ta loyihani amalga oshirishi 
koʻzda tutilgan. 
2023 yil yanvar-mart oylari yakunlari boʻyicha 117 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan 
mahsulotlar koʻrsatkichi 83,1 mlrd. soʻmni yoki prognozga nisbatan 120,7 foizni tashkil etdi. 
2023 yilga moʻljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish boʻyicha tashkiliy-
texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan boʻlib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 377,5 
mlrd. soʻmga yoki 3,2 foizga qisqartirish koʻzda tutilgan. 
2023 yil yanvar-mart yakunlari boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-
tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 153,7 mlrd. soʻmni yoki 5,5 foizni, 
shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi 98,7 mlrd. soʻm yoki 3,6 foizni tashkil etishi kutilmoqda. 
Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, 
debitorlik va kreditorlik toʻlovlarini kamayishini taʻminlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi. 
2023 yil 1 aprel oyi xolatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 7346,2 mlrd. 
soʻmni, kreditorlik qarzlari 1951,3 mlrd. soʻmni tashkil etishi kutilmoqda. 



Byudjetga yoki ish haqiga nisbatan 
qarzdorlik mavjud emas.
Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish 
uchun 1546 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari xolda 188 nafar, qayta tayyorlash 
va ikkinchi mutaxassislikni oʻzlashtirish boʻyicha 620 nafar, rahbar va mutaxassislarning 
malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha 528 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan 
tashqari 201 nafar kishi oʻqitildi. 
“Olmaliq KMK” AJ Oʻzbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy oʻquv yurti va Rossiya 
Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy maʻlumotli mutaxassislar 
tayyorlash boʻyicha hamkorlikni olib boradi.
Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 205 tani tashkil etmoqda, bundan 28 ta talaba 
OTMlarning kunduzgi va 177 ta talaba sirtqi va kechki boʻlimlarida ta’lim olmoqda.
Hisobot davrida jami 211 nafar, jumladan kollej bitiruvchilari 84 nafari, oliy ta’lim 
bitiruvchilari 85 nafar va ma’lumotsiz 42 nafar kishi ish bilan ta’minlandi. 
Yuqori turuvchi tashkilotlarining topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarish, ijro intizomini 
nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatida yuqori 
tashkilot topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil etilgan va ijro intizomi holatini 
tizimli va tanqidiy tahlil qilish tartibi belgilandi. 
Yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 
hujjatlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini oʻrganish ishlari amalga oshirish 
mobaynida hisobot tizimini joriy etish va belgilangan muddatlarda hujjatlar ijrosi ustidan 
nazoratni tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Kombinatning ish rejasiga asosan analitik 
hisobotlar tayyorlanib bayonnomalar tuzib borilmoqda. 
Qarorlari ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish 
boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 
2023 yil yanvar-mart oylari yakuni boʻyicha jami 145 ta hujjat kirim qilingan, shu 
jumladan:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari 24 ta – (7 ta qaror, 1 ta 
farmoyish, 9 ta bayon, 7 ta topshiriq); 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari 121 ta (4 ta 
qaror, 5 farmoyish, 17 ta bayon, Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari 
– 59 ta, kotibiyat topshiriqlari – 36 ta). 
Fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borish, tushgan murojaatlarni sinchiklab koʻrib chiqib, 
aniq qaror qabul qilish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ ijro apparatida yuridik va jismoniy 
shaxslarning murojaatlarni nazorat qilish va ishlash xizmati joriy qilingan. Boʻlimda har kunlik 
doimiy qabul tashkil etilgan. 
2023 yil yanvar-mart oylari davomida “Olmaliq KMK” AJga jismoniy va yuridik 
shaxslardan 1233 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 1171 ta ariza oʻz muddatida koʻrib 
chiqilgan, 62 tasi oʻrganib chiqilmoqda.
Kelib tushgan arizalar mazmuni – moddiy yordam, ishga joylashish va tiklanish, 
davolanish, mehnat munozaralari, oylik maosh, xizmat uy-joylari bilan ta’minlanish, texnik 
xizmatlar, yer kadastri, transport muammolari va hakozo murojaatlardan iborat. 

Download 23.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling