Аналитическая записка
Download 23.5 Kb. Pdf ko'rish
|
136ddee771587b3831137e2a85011b63
“Olmaliq KMK” AJning 2023 yil 1-chorak yakuni boʻyicha tahliliy ma’lumotnomasi “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi – Xursanov Abdulla Xalmuradovich. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2023 yil yanvar-mart yakunlari boʻyicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga erishdi: - amaldagi narxlarda –102,3%. 2022 yilning mos davriga solishtirma narxlarda tovar mahsuloti oʻsish sur’ati 92,3 % ni tashkil etdi. Mis katodini ishlab chiqarish 94,5 %, shu jumladan 90,5 % oʻz xom ashyosidan, metalli rux 70,1 %, shu jumladan 102,4% oʻz xom ashyosidan, 84,8% sulfat kislotani, 100,1 % affinajli oltin va 100,5 % affinajli kumushni tashkil etdi. 2023 yil yanvar-mart oylari yakuni boʻyicha 100,3 % ga mahsulotlar eksportga sotildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30 dekabrdagi PQ-72 sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 dekabrdagi 459 sonli qarori 3-ilovasiga muvofiq 2023 yilga “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish quvvatini oshirish va xom ashyoni qayta ishlash uchun 1106,7 mln. dollarlik investitsiya oʻzlashtirilishni moʻljallangan. 2023 yil yanvar-mart oylari yakunlari boʻyicha 111,8 mln. dollar (124,8%) miqdorida investitsiyalar oʻzlashtirildi, shu jumladan: korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan – 8,8 mln. doll. toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy kreditlar – 103,0 mln. doll. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 2022 yil 24 anvardagi 99-sonli “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq va “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining 2022 yil 31 yanvardagi 94-sonli buyrugʻiga asosan “Olmaliq KMK” AJ 2023 yilda mahalliylashtirish dasturi boʻyicha 332,6 mlrd. soʻmlik 137 ta loyihani amalga oshirishi koʻzda tutilgan. 2023 yil yanvar-mart oylari yakunlari boʻyicha 117 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar koʻrsatkichi 83,1 mlrd. soʻmni yoki prognozga nisbatan 120,7 foizni tashkil etdi. 2023 yilga moʻljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish boʻyicha tashkiliy- texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan boʻlib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 377,5 mlrd. soʻmga yoki 3,2 foizga qisqartirish koʻzda tutilgan. 2023 yil yanvar-mart yakunlari boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora- tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 153,7 mlrd. soʻmni yoki 5,5 foizni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi 98,7 mlrd. soʻm yoki 3,6 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik toʻlovlarini kamayishini taʻminlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi. 2023 yil 1 aprel oyi xolatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 7346,2 mlrd. soʻmni, kreditorlik qarzlari 1951,3 mlrd. soʻmni tashkil etishi kutilmoqda. 2 Byudjetga yoki ish haqiga nisbatan qarzdorlik mavjud emas. Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish uchun 1546 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari xolda 188 nafar, qayta tayyorlash va ikkinchi mutaxassislikni oʻzlashtirish boʻyicha 620 nafar, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha 528 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 201 nafar kishi oʻqitildi. “Olmaliq KMK” AJ Oʻzbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy oʻquv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy maʻlumotli mutaxassislar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni olib boradi. Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 205 tani tashkil etmoqda, bundan 28 ta talaba OTMlarning kunduzgi va 177 ta talaba sirtqi va kechki boʻlimlarida ta’lim olmoqda. Hisobot davrida jami 211 nafar, jumladan kollej bitiruvchilari 84 nafari, oliy ta’lim bitiruvchilari 85 nafar va ma’lumotsiz 42 nafar kishi ish bilan ta’minlandi. Yuqori turuvchi tashkilotlarining topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarish, ijro intizomini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatida yuqori tashkilot topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish tartibi belgilandi. Yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini oʻrganish ishlari amalga oshirish mobaynida hisobot tizimini joriy etish va belgilangan muddatlarda hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Kombinatning ish rejasiga asosan analitik hisobotlar tayyorlanib bayonnomalar tuzib borilmoqda. Qarorlari ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 2023 yil yanvar-mart oylari yakuni boʻyicha jami 145 ta hujjat kirim qilingan, shu jumladan: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari 24 ta – (7 ta qaror, 1 ta farmoyish, 9 ta bayon, 7 ta topshiriq); Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari 121 ta (4 ta qaror, 5 farmoyish, 17 ta bayon, Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari – 59 ta, kotibiyat topshiriqlari – 36 ta). Fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borish, tushgan murojaatlarni sinchiklab koʻrib chiqib, aniq qaror qabul qilish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ ijro apparatida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarni nazorat qilish va ishlash xizmati joriy qilingan. Boʻlimda har kunlik doimiy qabul tashkil etilgan. 2023 yil yanvar-mart oylari davomida “Olmaliq KMK” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan 1233 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 1171 ta ariza oʻz muddatida koʻrib chiqilgan, 62 tasi oʻrganib chiqilmoqda. Kelib tushgan arizalar mazmuni – moddiy yordam, ishga joylashish va tiklanish, davolanish, mehnat munozaralari, oylik maosh, xizmat uy-joylari bilan ta’minlanish, texnik xizmatlar, yer kadastri, transport muammolari va hakozo murojaatlardan iborat. Download 23.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling