Analitik kimyoda organic reagentlarning qo'llanilishi reja: Kompleks hosil qilish reaksialarida muvozanat


Polimerlarning molekulyar massalarini aniqlash


Download 0.64 Mb.
bet40/45
Sana24.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1053713
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
ANALITIK KIMYODA ORGANIC REAGENTLARNING QO\'LLANILISHI

Polimerlarning molekulyar massalarini aniqlash
Ajratish jarayonida XF ning bir qismi gel g‘ovaklariga kiradi, binobarin, ajratiluvchi zarralar XF va TF orasida taqsimlanadi. Tarkibiy qismlarning ajralish samarasi,zarrachalar o‘lchami hamda ularni gel g‘ovaklaridagi suyuq fazaga diffuziyalanish tezligidagi farqga bog‘liq. Ajratiluvchi moddalarning g‘ovak sorbentga moyilligi minimal bo‘lishi kerak.Tahlil ishlarida yumshoq, yarim qattiq va qattiq gellar qullaniladi.
YUmshoq gellar – ko‘ndalang bog‘lari oz bo‘lgan yuqori molekulyar organik birikmalar bo‘lib, ular nisbatan kuproq erituvchini shimib, hajmini kattalashtirish (bo‘kish) qobiliyatiga ega.
Gel ichidagi erituvchi hajmini gel donalari tashqarisidagi erituvchining hajmiga nisbati, gelning hajmiy omili deyiladi. YUmshoq gellarda hajmiy omil taqriban 3 ga teng.
YUmshoq gelning mexanik pishiqligi kam. Suyuq XF, gel donalari orasidan, og‘irlik kuchi ta’sirida, oqib o‘tadi. Ichki diametri 2,5sm bo‘lgan xromatografik kolonkada XF oqib tushish tezligi taqriban 16ml/soatni tashkil etadi. XF ni yumshoq gelda harakat tezligi kam bo‘lgani uchun kichik zarralarni elyuirlash tezligi ~16 soatgacha boradi.
Dekstranli gellar yumshoq gellarga kiradi.
Xromatografiyada qo‘llaniladigan gellar elakning mustasnolik chegarasi bilan tavsiflanadi. Bu ko‘rsatkich gelning g‘ovaklariga kirishi mumkin bo‘lgan chegaraviy, eng katta molekulyar massani anglatadi. Molekulyar massasi elakning mustasnolik chegarasidan katta bo‘lgan moddalar birinchi navbatda elyuirlanadi. Ba’zi gellarda elakning mustasnolik chegarasi 700 dan ~200000 gacha qiymatga ega.
Gel g‘ovaklari va ajratilaetgan tarkibiy qism molekulasi o‘lchamining nisbatidan tashqari, ajratilishi lozim bo‘lgan polimer molekulasining (chiziqli, sferik, o‘ralgan va x.z.) shakli ham muhim ahamiyatga ega. Molekulyar massalari bir xil bo‘lgani holda, ba’zi zarralar (masalan, sferik shakldagi) gel g‘ovaklariga kirishi, boshqalari esa xuddi shunday molyar massaga ega bo‘lsada, g‘ovaklarga kira olmagani sababli XF bilan yuvilib chiqib ketishi mumkin.
YArim qattiq gellar – stirolni divinilbenzol bilan sopolimeri (stirogellar), makromolekulalari orasida ko‘ndalang bog‘lari bo‘lgani uchun yarim qattiq xususiyatga ega. Bunday gellarning, g‘ovaklar o‘lchamiga ko‘ra 12 xil darajasi mavjud bo‘lib, ularda elakning mustasnolik chegarasi ~2500 dan 410·106 gacha qiymatga ega. Ularning hajmiy omili yumshoq gellarga nisbatan kichik bo‘lib, 0,8-1,2 nisbiy kattalikni tashkil etadi.
YArim qattiq gellar ishlatilganda organik erituvchi qo‘llanadi va suyuq XF ni siljish tezligi gellarga nisbatan yuqori bo‘ladi.
Qattiq gellar – g‘ovak gel va g‘ovak shisha qattiq gellarga mansub. G‘ovaklarining diametrlari tor oraliqda o‘zgaradi. Bunday ashyolardan tayyorlangan gellar termik (~5000S gacha) va kimyoviy turg‘un (vodorod ftoridi kislotasi HF tasiri bundan mustasno). Ularda elyuirlash tezligi ancha yuqori. Hajmiy omili 0,8-1,1 oralig‘ida. Ular gidrofil hamda gidrofob bo‘lishi mumkin.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling