Analitik kimyoda organic reagentlarning qo'llanilishi reja: Kompleks hosil qilish reaksialarida muvozanat


Download 0.64 Mb.
bet23/45
Sana24.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1053713
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45
Bog'liq
ANALITIK KIMYODA ORGANIC REAGENTLARNING QO\'LLANILISHI

Elektrokimyoviy analiz metodlari
Fizik va fizik-kimyoviy usullarning kimyoviy usullarga nisbatan afzalligi yuqori bo`lib, bunda ish hajmi oz bo`lsa, aniq, tez va ishonchli natijalarni beradi.
Analizining fizikaviy va fizik-kimyoviy usullari energetika, radiotexnika, radioelektronika, yarim o’tkazgich va lazerlar texnikasi,maxsus qotishma va ximiyaviy toza moddalar ishlab chiqariladigan sanoat soxalarida katta ahamiyatga ega. Ayniqsa texnologik jarayonlarni taftish etish va boshqarish borasida elektron hisoblash mashinalari bilan birgalikda miqdoriy analizning fizikaviy va fizik-kimyoviy usullarining ahamiyati yanada oshadi.
Fizikaviy va fizika-kimyoviy usullarni besh sinfga bo’lish maqsadga muvofiqdir.
-Tekshiriluvchi birikmalarning optik xossalariga asoslangan spektral usullar.
-Analiz qilinadigan moddalarning elektr xossalaridan foydalanishga asoslangan elektrokimyoviy usullar.
-Moddalarning saylab adsorbtsiya qilishiga asoslangan xromotografik usullar.
-Ayni elementning radiaktiv nurlar chiqarishiga asoslangan radiometrik usullar.
-Ionlashgan ayrim atom, molekula va radiakallarning massalarinii aniqlashga asoslangan mass-spektrometrik usullar.
Elektr kimyoviy analiz usullari
Kimyoviy anal izning bu usuli elektrodlar ustida yoki elektrodlar oralig‘ ida
sodir bo'layotgan jarayonlarga asoslangan. Bunda sistemaning qator kattaliklari (potensial, tok kuchi, elektr miqdori, qarshilik, sig‘im, elektr o ‘tkazuvchanlik yoki dielektrik xossalari) o‘zgaradi. Bu kattaliklar aniqlanadigan moddalaming eritmadagi konsentratsiyalariga mos bo'lganligi yoki ulaming o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanganligi uchun ular yordamida o'sha moddalaming tabiati va miqdorini aniqlash mumkin. Ol’chanadigan mazkur qiymatlaming ko‘p sonli umumlashmalari mavjud, biroq ular analiz usullarini to‘liq ifodalab berolmaydi va shuning uchun ham usullami sinflashda qator chigalliklar uchraydi. Bizningcha, barcha elektr kimyoviy analiz usullarida elektr zanjiri asosiy o‘rinda turganligini hisobga olib, usullar sinflanishining asosiga elektrodlarda bo'ladigan jarayonlami qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Shu asosda barcha elektr kimyoviy usullami uch gruppaga bo'lish mumkin:
1) elektrod reaksiyalariga asoslangan elektr kimyoviy usullar (potensiometriya, voltamperometriya: polyarografiya, amperometriya, inversion voltamperometriya, xronoamperometriya, xronopotensiometriya va boshqa voltamperometrik usullar, kulonometriya, elektr gravimetriya);
2) elektrod reaksiyalari bilan aloqador bo'lmagan elektr kimyoviy usullar (past va yuqori chastotali konduktometriya, dielkometriya);
3) qo‘sh elektr qavatning o'zgarishi bilan bog’liq bo'lgan usullar (tenzammetriya, elektr sorbsion analiz).

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling