Analitik kimyoda organic reagentlarning qo'llanilishi reja: Kompleks hosil qilish reaksialarida muvozanat
Download 0.64 Mb.
|
ANALITIK KIMYODA ORGANIC REAGENTLARNING QO\'LLANILISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Polyarografik analiz usuli
Konduktometrik usul temperaturaning ma’lum qiymatida eritmadagielektrolit konsentrasiyasi bilan eritmaning elektr o’tkazuvchanligi orasidagi bog’lanishga asoslangan. Odatda eritmaning konsentrasiyasi qancha yuqori bo’lsa, uning elektr o’tkazuvchanligi shuncha katta bo’ladi. Shunga ko’ra konduktometrik usuldan miqdoriy analizda samarali foydalanish mumkin.
Agar eritmada yagona elektrolit mavjud bo’lsa, konduktometrik aniqlashni o’tkazish osonlashadi. Buning uchun dastlab aniqlanuvchi elektrolit konsentrasiyalari ma’lum bo’lgan eritmalarniyag elektr o’tkazuvchanligini o’lchash yo’li bilan kalibrlangan grafik tuziladi. So’ngra tekshirilayotgan eritmaning elektr o’tkazuvchanligi o’lchanadi va kalibrlangan grafikdan foydalanib ayni elektr o’tkazuvchanlikka muvofiq keluvchi konsentrasiya topiladi. Masalan, xlorid kislotaning elektr o’tkazuvchanligi HCl ning eritmadagi konsentrasiyasiga to’g’ri proporsional ravishda o’zgaradi. Avval xlorid kislotaning turli konsentrasiyali eritmalarining elektr o’tkazuvchanligini o’lchash yo’li bilan kalibrlangan grafik tuziladi. So’ngra noma’lum konsentrasiyali xlorid kislota eritmasining elektr o’tkazuvchanligio’lchanadi va unga muvofiq konsentrasiya kalibrlangan grafikdan foydalanib aniqlanadi. Hajmiy analizda ekvivalent nuqtani aniqlashda iyadikatorlardan tashqari eritmaning elektr o’tkazuvchanligini aniqlashdan ham foydalanish mumkin. Polyarografik analiz usuli ham tekshirilayotgan eritmani elektroliz qilishga asoslangan. Bunda polyarografdan foydalaniladi. Polyarograflar avtomatik ravishda vol’t-amper bog’lanishinn chiza oladi. U kuchlanishning ko’tarilishi bilan diffuzion tok kuchining o’zgarishidan iborat bog’lanishni ifodalaydi. Ana shu bog’lanish xarakteriga ko’ra eritmada kationlarning mavjudligi va ularning miqdori haqida xulosa chiqariladi. Polyarografiya usuli, yuqorida eslatib o’tilgan maqsadlardan tashqari eritmalapHi titrlash jarayonida ekvivalent nuqtani aniqlashda ham qo’llaniladi. Bu usul 1922 yilda chex olimi Ya. Geyrovskiy tomonidan taklif etilgan. Polyarografiya usulining boshqa usullarga nisbatan ba’zi bir qulayliklari mavjud. Birinchidan, analiz tez bajariladi va usulning sezgirlik darajasi juda yuqori. Ikkinchidan, analiz natijasi to’la ishonchli bo’ladi, chunki analizda o’ta sezgir gal`vano-metrlardan foydalaniladi. Uchinchidan, ayrim ionlarni boshqa ionlar ishtirokida aniqlash mumkin, ya’ni ionlarni bir-biridan ajratishdek murakkab va ko’p vaqt talab etuvchi jarayonlar bo’lmaydi. Texnikada tarkibida 0,001% metall bo’lgan namunalar 1% ga yaqin aniqlik bilan topilishi mumkin. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling