Analitik kimyoda organik reagentlar
Download 16.95 Kb.
|
Analitik kimyoda organik reagentlar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Qabul qildi: Sayfiyev M.N. Toshkent 2021 I. KIRISH II. ASOSIY QISM
- III. AMALIY QISM XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI REJA: KIRISH
Analitik kimyoda organik reagentlar O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERISTETI KIMYO FAKULTETI II BOSQICH TALABASI SALIMOV SUNNATILLONING ANALITIK KIMYO FANIDAN "ANALITIK KIMYODA ORGANIK REAGENTLAR" MAVZUSIDA YOZGAN KURS ISHI Qabul qildi: Sayfiyev M.N. Toshkent 2021 I. KIRISH II. ASOSIY QISM 1. Organik reagentlar haqida umumiy ma'lumot 2. Organik reagentlarni analitik tahlilda qo'llanishi 3. Organik reagentlarni indikator xususiyati 4. Organik reagentlarni afzalligi va ishlatish sohalari III. AMALIY QISM XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI REJA: KIRISHHozirgi zamon analitik kimyosida organik reagentlarning roli beqiyos kattadir. Ular selektiv reagentlar sifatida ajratish. aniqlash, miqdoriy aniqlash (gravimetriya, fotometriya, titrimetriya, ekstraksion-fotometriya) metodlarida keng koʻlamda ishlatiladi. Organik moddalar ekstragentlar, indikatorlar: kislota-asosli, oksidlanish-qaytarilish, adsorbsion, metalloxrom indikatorlar sifatida ishlatiladi. Organik reagentlar taʼsirini nazariy asoslash, ularni maʼlum maqsadga yoʻnaltirilgan sintez olib borishga, reagentlarning xossalarini ular maʼlum holatlariga oʻrinbosarlar kiritish bilan oʻzgartirishga imkon beradi. Analizda qoʻllaniluvchi reagentlar anorganik va organik tabiatli boʻladi. Keyingi yillarda anorganik ligandli komplekslardan koʻra organik ligandli komplekslar koʻproq ishlatilmoqda. Bunga ular ishtirokida seziluvchan, selektiv reaksiya boʻlishi, reaksiyalar aniqligining yuqoriligi sabab boʻlmoqda. Organik ligandli komplekslarning koʻpchiligi ichki kompleks birikmalarga kiradi. Dastlab 1884-yilda M.A.Ilinskiy kobalt (II) ionini aniqlash uchun 1-nitrozo-2-naftoldan foydalangan edi. Bunda kobaltning qizil-qoʻngʻir rangli ichki kompleks birikmasi (n=6) hosil boʻladi, bu birikma xlorid va nitrat kislotalarda erimaydi. L.A.Chugayev 1905-yilda nikelni aniqlash uchun ishlatgan dimetilglioksim reaktivi hozirgacha eng yaxshi reagent sifatida qoʻllanib kelinmoqda. Koʻpgina organik reagentlar anorganik ionlarni xalaqit beruvchi begona moddalari ishtirokida aniqlashga imkon beradi. Bunga sabab, hosil boʻlgan birikmalarning rangliligidir. Organik va ayrim anorganik reagentlar ishtirokida bir yoki bir necha yadroli komplekslar hosil boʻladi. Yadrolardagi markaziy ion bir xil boʻlsa, kompleksga gomopoliyadroli, har xil markaziy ionlar boʻlsa, geteropoliyadroli komplekslar deyiladi. Bundan tashqari, komplekslar bir yoki bir necha ligandli boʻlishi mumkin. Har xil ligandli komplekslarga aralash ligandli komplekslar deyiladi. Analizda qoʻllaniladigan organik reagentlarga organik analitik reagentlar (OAR) deyiladi, ularning molekulalarida analitik markaz boʻlib, u ikki muhim guruhdan iborat boʻladi. Ulardan biri funksional analitik guruh (FAG) deb yuritiladi. FAG anorganik ionlar bilan taʼsirlashish qobiliyatiga ega boʻlgan spetsifik guruhlardir. Bu guruhlarning taʼsirlashishidan hosil boʻlgan birikmaning analitik effektini analitik aktiv guruhlar (AAG) deb ataluvchi guruhlar taʼminlaydi. Shular hisobga olinsa, kompleks hosil qiluvchi OAR molekulasining tuzilishi quyidagicha boʻladi:
Download 16.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling