Analitika 61-70 gacha 61. Gaz va suyuqlik xromotografiyasi
Titrlab cho’ktirish metodlarining sinflanishi. Titrlashda ekvivalent nuqtalarni aniqlash. Cho’ktirish va komplekslarga asoslangan titrlash usullari, mohiyati
Download 199.89 Kb.
|
Analitika 61-70 gacha
70.Titrlab cho’ktirish metodlarining sinflanishi. Titrlashda ekvivalent nuqtalarni aniqlash. Cho’ktirish va komplekslarga asoslangan titrlash usullari, mohiyati. Hajmiy, ya'ni titrimetrik analizda reakaiyaga kirishayotgan moddalarning aniq hajmi o’lchanadi va ulardan birining ma'lum konsentratsiyasi asosida ikkinchisining noma'lum konsentratsiyasi aniqlanadi. Konsentratsiyasi ma'lum bo'lgan va uning yordamida boshqa eritmadagi moddaning konsentratsiyasi aniqlanadigan eritma titirlangan yoki standart ishchi eritma deyiladi.
1ml eritmadagi erigan moddaning grammlar soni odatda titr deb ataladi. Titrimetrik analiz bajarilish jihatdan gravimetrik analizga nisbatan birmuncha afzallikka ega. Masalan hajmiy analizda reaksiya mahsulotini ko'p vaqt oladigan tarozida tortish `rniga, reaktivning aniq konsentratsiyali standart ishchi eritmasi yoki titrlangan eritmasi bilan reaksiyaga sarflangan hajmni aniq o'lchanadi. Ammo titrimetrik analizdagi natijalarning aniqligi gravimetric analizdagiga qaraganda birmuncha kam bo'ladi. Titrlash jarayonida reaksiyaga kirishayotgan moddalarning miqdorlari aralashmada ekvivalentiga tenglashganini ko'rsatuvchi ekvivalentlik nuqtasi kuzatiladi. Shu nuqtada sarflangan standart ishchi eritmaning hajmi belgilanadi va titrlash to'xtatiladi. Titrimetrik analizda ekvivalentlik nuqtasini belgilashga imkon beradigan moddalar indikatorlar, rangli reaktivlar bo'lib, ular reaksiya jarayonida o'z rangini o'zgartiradi.Odatda rangli yoki loyqa eritmalarni indikotorlar bilan titrlab bo'lmaydi, chunki bunda indicator rangining o'zgarishini bilish qiyin bo'ladi. Bunday hollarda ekvivalentik nuqtasini belgilash uchun titrlashda eritmaning ba‘zi fizik xossalari o'zgarishidan foydalaniladi. Hajmiy analizning tortma analizdan eng muhim farqi shundaki, reaktiv ortiqcha miqdorda emas, balki reaksiya tenglamasiga aniq muvofiq keladigan, aniqlanayotgan moddaga kimyoviy jihatdan ekivalent bo’lgan miqdorda olinadi. Analiz natijalarni hisoblash ham ekvivalentlik qoidasiga asoslanadi. Titrlash esa ancha tez bajarilish bilan tortma analizdan farq qiladi. Titrlashda ancha tez boradigan reaksiyalargagina qo’llash mumkin. Sekin boradigan reaksiyalarda ekvivalentlik nuqtasini aniq belgilash qiyin bunda titrlash albatta o’tkazilib yuboriladi. Bundan tashqari qo’shilayotgan reaktivning titrlangan eritmasi faqat aniqlanayotgan modda reaksiyaga kirishishga sarf bo’lishi, ya’ni titrlashda analiz natijalarini aniq hisoblashga halaqit beradigan qo’shimcha reaksiyalar sodir bo’lmasligi kerak. Eritmada tegishli reaksiyalarning borishiga yoki uning ekvivalentlik nuqtasini belgilashga to’sqinlik qiladigan moddalar bo’lmasligi lozim. Shuni ham aytish kerakki, kuchsiz kislotalarni kuchli asoslar bilan titrlashda ekvivalentlik nuqtasida muhit ishqoriy bo 'ladi (pH= 7,44), ya’ni neytrallanish nuqtasi ekvivalentlik nuqtasiga to'g'ri kelmaydi. Ekvivalentlik nuqtasida CH3COOH ning hammasi neytrallangan bo'lib, eritmada faqat natriy atsetat bo'ladi, u suv ta’siridan gidrolizlanadi. K o‘p negizli kislotalarni asoslar bilan titrlashda bosqichli neytrallanishni kuzatish m um kin, bunda ekvivalent nuqtalar kislotaning negizligiga mos ravishda bir nechta boiishi mumkin. Agar kislota ikki negizli b o isa, sakrash ikkita, uch negizli b o isa, 3 ta va hokazo. Download 199.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling