An’ana, odat, marosimlar milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida


Download 0.7 Mb.
bet10/13
Sana21.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1371473
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
AN\'ANA VA MAROSIMLAR

H ovli to'yi
Hovli to'yida qishloqdoshlarning, qarindosh-urug'larning katta hashari bilan qurilgan yangi imoratga ko'chib kirilgach, xudoyidan keyin maxsus to'y qilingan. Bu to'y ham ko'proq kuz yo qishda o'tkazilgan. Hovli to'y munosabati bilan yanada shinam, ko'rkam, orasta, xonakilashgan. Hovli to'yidan keyingina yangi imorat o'zlashtirilgan, unda yashashga o'rganilgan, kirishilgan. Bu to'y ham nikoh to'yidek oila uchun eng baxtiyor, tantanavor marosimdir. Boshpana, imorat hovlilik yosh oila endi oyoqqa turib olgan. Barqaror, qabila, qishloq, elatning kori xayriga yaraydigan mustahkam qo'rg'on sanalgan. To'ylarning har qishloqda katta-kichikni yaxshi taniydigan kayvonisi, qo'li engil sartarosh-ustasi, qo'li shirin oshpazi, epchil dasturxonchisi bo'lganidek, alohida aytimchi-jarchisi ham albatta bo'lgan. Bu aytimchi-jarchilar zamoniga, joyiga, qishloqlar xududining katta-kichikligiga qarab, piyoda, otda, eshakda, velosiped, motosikl yoki mashinada o'qtin-o'qtin to'xtab, jar solganlar. Ayrim mo'ysafidlar, nogironlar, qulog'i og'ir keksalar, diniy arbob, hurmatli kishilar qishloq oqsoqoli tomonidan maxsus kishi yuborib, to'yga chorlaganlar. Sho'ro zamoni davrida, to'y marosimining mazmuni ham shakli-shamoyili ham ancha o'zgardi. To'gri ilgarigi zamonlarda ham o'zbekning to'yida qozoqning polvoni, qirg'izning o'lanchisi, tojikning ustasi, turkmanning shavandozi, albatta, izzatli mahmon sifatidafaoln ishtirokn etgan. Tabiiyki, o'zbek to'yida bu xalqlar lafzi shevasi ham jaranglab turgan. Biroq yangi tuzumga kelib, bu qirralar yanada kuchaydi. To'ylar ham baynalmilallikning eng yorqin misoli-namunasiga aylandi. Bu marosim osiyocha-ovro'pacha omuxtalashdi. Xalqimizning odat va marosimlari bir-birlariga qo'shilib, chatishib, omuxtalashib ketdi. Bundan yangi shakl va mazmun hosil bo'ldi. Demak, to'y marosimlari yangi qiyofaga kirdi. Hovli to'yi, yosh va tavalludning ma'lum pog'onalari bilanbog'liq bo'lgan nishonlash ommaviy marosimlari paydo bo'ldi. Bular kumush to'y-turmushning birgalikda kechgan 25 yili, oltin to'y-50 yili, brilliant to'y-75 yili kabi turlaridir. Ota-ona, bobo-buvilaringizning turli yubiley kunlari 50, 60, 70, hatto 100 yillik to'ylarini ko'pchilik bilan nishonlash odat tusiga kirib qoldi. To'yning hokisor, bejirim o'tkazilishi ham to'y egasining ma'naviy qiyofasi yuksakligini ko'rsatadi. Poraxo'r-xoromxo'r kimsalar to'y bahonasida o'zlarining kimliklarini, kuchu-quvvatlarini ko'rsatib qo'ymoqchi bo'ladilarki, bu ma'naviy tubanlikdir. Ko'pchilikning xolatiga qarab, o'shalardan kam ham emas, ko'p ham emas-o'rtamiyona to'ylar o'tkazish zarur.



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling