Braxmanlar kastasi vakillari ijtimoiy hayotning turli sohalarida faol ishtirok etsalar-da, ularning asosiy vazifasi jamiyat boshqa qatlamlarining diniy ehtiyojlarini ta’minlashdan iborat. Yuqorida qayd etilganidek, barcha muhim diniy marosimlar braxmanlar rahbarligida bajariladi. - Braxmanlar kastasi vakillari ijtimoiy hayotning turli sohalarida faol ishtirok etsalar-da, ularning asosiy vazifasi jamiyat boshqa qatlamlarining diniy ehtiyojlarini ta’minlashdan iborat. Yuqorida qayd etilganidek, barcha muhim diniy marosimlar braxmanlar rahbarligida bajariladi.
- Diniy marosimlar asosan ibodatxonalarda o‘tkaziladi. Odamlar ibodatxonalarga xudoning butini e’zozlash, ibodat qilib, ehson berish niyatida keladilar. Braxman har bir dindorning ehsonini qabul qiladi va uni ilohga yetkazish bilan bog‘liq marosimlarni bajaradi.
Hinduiylikda kishining maqsadga erishishida braxmanning vositachiligi bilan birga g‘ayritabiiy kuchlarning xayrixohligiga erishish zarur deb hisoblangan. Bu esa diniy tizimda sehrgarlik amaliyoti –tantrizm (sanskrit tilida «tantra» – fikrni jimjimador qilib ifodalash, sir tutilgan matn, sehrgarlik)ning saqlanib qolishiga shart-sharoit yaratgan. Sehrgarlik usullari bo‘lmish tantralardan muqaddas afsunlar – mantralar vujudga kelgan. - Hinduiylikda kishining maqsadga erishishida braxmanning vositachiligi bilan birga g‘ayritabiiy kuchlarning xayrixohligiga erishish zarur deb hisoblangan. Bu esa diniy tizimda sehrgarlik amaliyoti –tantrizm (sanskrit tilida «tantra» – fikrni jimjimador qilib ifodalash, sir tutilgan matn, sehrgarlik)ning saqlanib qolishiga shart-sharoit yaratgan. Sehrgarlik usullari bo‘lmish tantralardan muqaddas afsunlar – mantralar vujudga kelgan.
- Hinduiylar mantralarda ilohiy kuch mavjud ekanligiga, ularni o‘qish bilan g‘ayritabiiy kuch (shakti)ni chaqirish va uning yordamida maqsadga mo‘jizaviy ravishda erishish mumkinligiga ishonganlar. Zero, mantra ovoz shakliga kirgan Braxma deb hisoblangan. Har bir kasta o‘z mantrasiga ega bo‘lib, hayotiy muammolar paydo bo‘lganda mantralarni o‘qib, g‘ayritabiiy kuchlarni yordamga chaqirgan.
- S.S.Agzamxodjaev., D.O.Rahimjonov. N.A.Muhamedov., J.X.Najmiddinov. Dunyo dinlar tarixi. – T.,2011.
- N.G’.Nizomiddinov. Janubiy, janubiy-sharqiy va sharqiy Osiyo xalqlari qadimgi tarixiy, diniy e’tiqodi, madaniyati. – T.,2010.
- Qodirov A.Q., Narbekov A. V. Dinshunoslik: Ma’ruzalar matni. – T.,2003.
- Jo‘rayev U., Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. – T., 1998.
- Husniddinov Z. M. Islom – yo‘nalishlar, mazhablar, oqimlar. – T.,2000.
Do'stlaringiz bilan baham: |