Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Mushak to‘qima
Mushak to‘qima odam organizmida harakatni vujudga keltiradi. U qisqaruvchi miofibrillardan tashkil topgan. Mushak to‘qima silliq va ko‘ndalang-targ‘il mushaklarga bo‘- linadi. Silliq mushak to‘qima (11-rasm) uchlari o‘tkirlashgan duksimon shakldagi hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, qisqa- ruvchi miofibrillar hujayraning periferiyasida uning o‘qi bo‘ylab joylashadi. Silliq mushakning tayanch apparati hujayraning atrofida joy- lashib, ularni o‘zaro bog‘lovchi ingichka kollagen va elastik to- lalardan iborat. Silliq mushak to‘qima ichki a’zolar (oshqozon, 24 ichak, qovuq, bachadon va boshqalar) qon, limfa tomirlar va terining mu shak qavatini hosil qiladi. Silliq mushaklarning qisqarishi ixtiyor- dan tashqari va sеkin bo‘ ladi. U oz miq- dorda energiya sarf qilib va charchamasdan uzoq v aqt qisqargan holatda turishi mum- kin. Qisqarish faoliyatining bu turi tonik qisqarish deb ataladi. Ko‘ndalang targ‘il mushak to‘qima suyak richaglarini harakat ga keltiruvchi skelet mushaklarini va ba’zi ichki a’zolar (til, halqum, qizilo‘ngachning yuqori qis- mi) tarkibiga kiradi. Tananing turli qismla- rida bu to‘qima o‘z xususiyatlariga ega. Ske- let mushaklarining katta qismi yuqori tez- likda qisqarish va tez charchash xususiya- tiga ega. Ha rakat faoliyati ning bu turi te- tanik qisqarish de yi ladi. Кo‘ndalang tar g‘il mushak (12-rasm) murakkab tuzilgan ko‘p o‘zakli ko‘nda lang tar g‘il mushak hujayra- laridan iborat. Ular cho‘zilgan silindr shaklida, uchlari yumaloq yoki o‘tkir bo‘lib, ular orqali tolalar bir-biriga tegib turadi yoki pay va fas siya lar biriktiruvchi to‘qimasiga yopishadi. Ko‘ndalang targ‘il mushak tolalar uzunligi odamda 10 sm va undan ko‘p, diamet ri 12–70 mkm. Ularning qisqaruvchi apparati ko‘ndalang targ‘il miofibrillar bo‘lib, ularning ko‘ndalang targ‘illigi qoram- tir va yorug‘ sohalarning turli xil fizik-kimyoviy va optik xusu- siyatlarga egaligidandir. Skelet mushaklari bi riktiruv- chi to‘qimaga boy bo‘lib, ular mushak tolalarini o‘rab yup qa endomiziyni hosil qiladi. Кo‘n- dalang targ‘il mushaklar bosh miya po‘stlog‘idan kelayotgan impulslar ta’sirida ixtiyoriy ra- vishda qisqaradi. Bundan tash- qari bir qism mushaklar (qo- vurg‘alararo mushaklar, diafrag- Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling