Anatomiya fanidan mustaqil ish
Download 1.37 Mb.
|
Anatomiya fanidan mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biomexanika va uning rivojlanishi
Anatomiya fanidan mustaqil ishMavzu: Odam gavdasi statikasi va biomexanikasi. Gavdaning ko’chishga taaluqli harakatlari.Tuzuvchi: Sherzodov ShahobiddinReja
Biomexanika va uning rivojlanishiBiomexanika - biofizikaning tirik organizm, organ va toʻqimalar mexanik xossalari hamda ularda sodir boʻladigan mexanik hodisalarni oʻrganuvchi boʻlimi. Ilgari biomexanika tushunchasi embriologiyaning rivojlanish mexanikasi, koʻpincha eksperimental embriologiya deb ataladigan sohasiga nisbatan ham qoʻllanib kelingan. Odatda biomexanika termini odam va hayvonlar harakati toʻgʻrisidagi taʼlimotga nisbatan qoʻllaniladi. Biomexanika tadqiqotlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: nafas biomexanikasi - nafas organlari kinematikasi, elastik va noelastik qarshiligi (yaʼni harakatlarning geometrik harakteristikasi) va nafas harakatlari dinamikasi hamda nafas organlari faoliyatining boshqa sohalarini;qon aylanishi biomexanikasi - qon tomirlari va yurakning taranglik xususiyatlari, tomirlarning qon oqimiga nisbatan ko’rsatadigan gidravlik qarshiligini, tomirlar devori bo’ylab taranglik to’lqinlarining tarqalishi, qonning harakatlanishi, yurak ishini (gemodinamika); harakatlanish biomexanikasi - anatomiya va nazariy mexanika dalillariga asoslanib harakatlanish organlari strukturasini, boʻgʻimlarda harakatlanishni paydo qiladigan muskul kuchlarining, gavda qismlari boʻylab uning ogʻirligining taqsimlanishini, gavda va uning qismlari harakatlanishi qonuniyatlarini oʻrganadi.Biomexanikaning asosiy vazifasi harakatning kinematik tasnifiga binoan taʼsir kuchi xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Bu harakatlanish samaradorligini, tashqi va muskul kuchlaridan foydalanish darajasini baholashga hamda harakatlanish koordinatsiyasi va uni boshqarish mexanizmlari toʻgʻrisida xulosa chiqarishga imkon beradi. Tananing holati (tik turish, oʻtirish va boshqalar)ni oʻrganish ham biomexanika vazifalariga kiradi. Bunday vazifalarni hal etish fiziologiya, tana holati va muvozanati toʻgrisidagi taʼlimot bilan bogʻliq.Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling