Anatomiyadan amaliy


Uyqu uchburchagi (trigonum caroticum)


Download 0.82 Mb.
bet59/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Uyqu uchburchagi (trigonum caroticum). Soha amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega, chunki bo’yin katta qon tomir va nerv tutamlari, masalan, umumiy uyqu arteriyasi o’zining tarmoqlari bilan to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushakning oldingi sohasiga o’tgach, shu uchburchakka chiqadi. Bu sohada arteriyaning pulsi yengil aniqlanadi, uni kerak bo’lsa, VI bo’yin umurtqasining ko’ndalang o’sig’iga bosib, qon ketishini to’xtatish mumkin. Uchburchak sohasidagi teri yupqa, elastik va harakatchandir. Teri osti yog’ to’qimasi siyrak. Bo’yinning I fastsiyasi u yerda ikki varaqni hosil qilib, teri osti mushagiga qin hosil qiladi. Bo’yin teri osti mushagining tagida yuz nervining bo’yin tarmog’i, bo’yin ko’ndalang nervining yuqori tarmog’i va ayrim hollarda oldingi bo’yinturuq venasi (v. jugularis anterior) o’tadi. Agar shu vena bo’lsa, u albatta tashqi bo’yinturuq va jag’ orqasi venalari bilan anastamoz hosil qiladi. Bo’yinning ikkinchi fastsiyasi bu sohada bir qavat bo’lib o’tadi. Uning ostiga bir - biriga parallel holda umumiy uyqu arteriyasi adashgan nerv va ichki bo’yinturuq venasi (ichkaridan tashqariga) joylashadi.
Til osti suyagi usti sohasi (reg. suprahyoidea). Uni yuqoridan – pastki jag’ning pastki qirrasi, pastdan – til osti suyagi va uni qanotlaridan o’tkazilgan ko’ndalang chiziq va yon tomonlaridan – to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushaklarining oldingi qirralari chegaralab turadi. (35-rasm). Terisi yupqa, cho’ziluvchan, erkaklarda soch bilan qoplangan. Teri osti yog’ to’qimasi yosh bolalarda va semiz hamda katta kishilarda yaxshi rivojlangan. Bo’yinning birinchi fastsiyasi bo’yin teri osti mushagiga qin hosil qiladi. Uning ostida bir nechta yuzaki limfa tugunlari bilan yuzaki nervlar (yuz nervining bo’yin tolasi bilan bo’yin ko’ndalang nervining yuqori tarmog’i) shu sohaning terisini innervasiya qiladi.
Bo’yinning ikkinchi fastsiyasi, iyak osti uchburchagi sohasida bir qavat, pastki jag’ osti uchburchagi sohasida – ikki qavatdan iborat bo’lib, pastki jag’ ostki so’lak beziga qobiq hosil qiladi. Shuning bilan bir qatorda pastki jag’ burchagi bilan to’sh - o’mrov – so’rg’ichsimon mushagi orasida bu fastsiya quloq oldi bezi bilan pastki jag’ osti bezi yopqichi orasida qalin to’siq hosil bo’lib, ularni bir - biridan ajratib turadi. Buning oqibatida pastki jag’ osti beziga shu fastsiyaning yuzaki va chuqur varaqlari qobiq hosil qiladi. Ammo bu qobiq bezga yopishgan bo’lmay, uning bilan bez orasida yengilgina yog’ to’qima bo’lib, unda pastki jag’ osti limfa tugunlari joylashadi. Bundan tashqari, qobiqning ichidan yuz arteriyasi bilan nervi ham o’tadi.
Pastki jag’ osti bezining chiqaruv yo’li uning oldingi qutbidan chiqib, jag’- til osti va til osti – til mushaklari orasidagi yoriqqa o’tadi, u yerdan esa, og’iz tubining shilliq qavatiga yetib boradi. Mushaklar orasidagi shu yoriqda bezning chiqaruv teshigining osti bo’ylab til osti nervi, uning usti bo’ylab – til nervi (n. lingualis) o’tadi. Ikkinchi bo’yin fastsiyasining ostida og’iz tubini hosil qiluvchi mushaklar bilan chuqur joylashgan qon tomir va nerv tutamlari joylashadi. Bularning ichida eng yuzada ikki qorinchali mushak (m. digastricus) yotadi. Uning oldingi qorinchasi pastki jag’dagi ikki qorinchali chuqurchadan (fossa digastrica) orqa qorinchasi – chakka suyagining so’rg’ichsimon o’yiq (incisura mastoidea) chasidan boshlanib, oraliq payi orqali til osti suyagining katta shoxchasiga birikadi. Ikki qorinchali mushakning orqa qorinchasiga bigiz - til osti mushagi tegib turadi. Bu mushak chakka suyakning bigizsimon o’sig’idan boshlanib, til osti suyagiga birikadi. Ikki qorinchali mushakning oldingi qorinchasi tagida jag’-til osti mushagi o’rin olib, u pastki jag’dagi jag’ - til osti chizig’idan (lin. mylohyoidea) boshlanadi va til osti suyagiga birikadi. O’ng va chap jag’ - til osti mushaklari o’rta chiziqda ichki qirralari bilan o’zaro birlashib, payli chok (raphe) ni hosil qiladi. Bu mushaklar bo’sh qirralaridan tashqarida va chuqurroqda til osti - til mushagi joylashadi. U til osti suyagidan boshlanib, tilning yon tomoniga birikadi.
Jag’ - til ost mushagining ostida, iyak til osti mushagi (m. geniohyoideus) yotadi. Bu mushak pastki jag’ning iyak qirrasi (spina mentalis) dan boshlanib, til osti suyagiga birikadi. Uning ostidan esa iyak - til mushagi (m. genioglossus) joy olib, uning tolalari iyak qirralaridan boshlanib, til bilan til osti suyagiga birikadi.
Yuqorida ko’rsatilgan hamma mushaklarning ostida yog’ to’qima bilan og’iz tubining shilliq pardasi ko’rinadi. Shilliq qavat ostida joylashgan yog’ to’qima pastki jag’ osti so’lak bezi yopqichidagi yog’ to’qima va uning chiqaruv teshik vositasida aloqa qiladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling