Anatomiyadan amaliy


Download 0.82 Mb.
bet116/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Moyaklar (testis). Erkaklik tanosil a`zolariga kirib, erlik urug’ini - spermatozoidni ishlab chiqaradi. Ular moyak xaltasida joylashib, ellipssimon shaklga ega, biroz yassiroq bo’ladi.
U mustahkam qobiqqa (tunica albuginea) o’ralgan. Moyakning oldingi va orqa qirg’oqlari (margo anterior et posterior), medial va lateral yuzalari (facies lateralis et medialis) hamda ustki va pastki uchlari (extermitas superior et inferior) tafovut qilinadi. Uning orqa qirg’og’ida ortig’i (epididymis) yopishib turadi.
Moyak ortig’ida bosh (caput epididymis), tana (corpus epididymis) va dum (cauda epididymis) qismlari bo’lib, uning dum qismidan tashqari hamma joyi moyakka o’xshab vistseral parda bilan qoplanib yotadi. Moyakning uzunligi - 5 sm, eni - 3,5 - 4 sm, qalinligi - 3 sm va og’irligi – 25 - 30 g keladi.
Yuqorida keltirilganlardan ko’rinib turibdiki, yorg’oqning ham, moyakning ham devorlarining qavatlari qorin oldingi devorining qavatlaridan hosil bo’lar ekan. Masalan, qorin terisi yorg’oq terisiga, qorin yuzaki fastsiyasi – fascia spermaticf externa –a, qorin xususiy fastsiyasi va tashqi qiyshiq mushak tolalari - fascia cremastericaga, ichki qiyshiq va ko’ndalang mushak tolalari - m. cremaster ga, qorin ko’ndalang fastsiyasii - fascia spermastica internaga, qorin parda - moyakning g’ilof pardasiga mos keladi.
Ayollar chanog’ining a`zolari, qovuq (vesica urinaria). Ayollar qovug’i ham oldindan qov simfiziga tegib turadi. Orqadan esa u bachadon tanasining oldingi yuzasiga tegib, ikkalasining o’rtasida siyrak yog’ to’qimasi joylashadi. Bunda qovuqning pastki qismlari bachadon bo’yniga va qorin parda ostida yotgan qinga juda yaqin turadi. Uning pastki qismini yon devorlari bo’lsa, orqa teshikni ko’taruvchi mushakka tegib yotadi, yuqoridan qovuqqa ichak qovuzloqlari tegib turadi. Bunda chanoq vistseral fastsiyasi qov simfizidan qovuqqa o’ta turib qov - qovuq boylami (lig. pubovesicalis) ni hosil qiladi.
Siydik chiqarish kanali (urethra feminina). Ayollarda ancha kalta, 3 - 3,5 sm, cho’ziluvchan bo’ladi. Uning ichki teshigi ham erkaklarnikiga qaraganda ancha pastda, simfizning pastki qirrasiga to’g’ri keladi. U pastga, oldinga tusha borib, siydik - tanosil diafragmasini teshib o’tgach, siydik chiqarish kanali qinning dahliz (vestibulum vaginae) iga ochiladi. O’z yo’lida bachadon - qin to’sig’i (septum uterovaginalis) yordamida qinning oldingi devoriga mustahkam birikkan bo’ladi.
Diafragmadan yuqorida siydik chiqarish kanalining oldida uyatli vena chigallari (plexus pudendalis) joylashadi. Bu vena chigallari qovuq venalarini bachadon hamda qin venalari bilan birlashtirib turadi. Diafragmaning pastida esa, kanaldan oldinda klitor (shaxvoniy do’ng) oyoqchalarining birlashgan joyi bo’ladi. Ayollar qovug’i hamda siydik chiqarish kanalining qon bilan ta`minlanishi erkaklarnikidan fark qilmaydi. Faqat bunda qovuqning pastki arteriyasi o’rnida bachadon arteriyasi (a. uterinae) ning tarmog’i bo’ladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling