Anatomiyadan amaliy


Tirsakning oldingi sohasi


Download 0.82 Mb.
bet14/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Tirsakning oldingi sohasi (regio cubiti anterior) va tirsak chuqurchasi (fossa cubiti). Sohaning terisi ancha yupqa, teri osti yog‘ to‘qimasi bilan yuzaki fastsiya ostida yuzaki venalar: tashqi tomonida v. cephalica bilan n. cutenus antibrachii lat., ichki tomonida v. basilica bilan n. cutenus antibrachii medivlis o’tadi. Bu ikkala vena o‘zaro “M” yoki “I” shaklida anastomozlar hosil qilib birlashadi (6- rasm). Anastomoz “M” shaklida bo‘lsa, tashqi anastomoz v. mediana sephalica, ichki anastomoz esa v. mediana basilica deyiladi. Bordi –yu anastomoz “I” shaklida bo‘lsa, bularni birlashtirib turuvchi vena – v.mediana cubiti deb ataladi. Bu joyda yana limfa tugunlari uchrab, ular ichki g‘adir - budur do‘mboqchadan 1-2 barmoq eni yuqorida yotadi.
Tirsak sohasining xususiy fastsiyasi aslida o‘zi yupqa bo‘lsa-da, lekin ikki boshli mushak payining pay tolalari bilan qo‘shilib, ancha qalinlashadi.
Yuzaki fastsiyaning ostida tashqi tomonda ikkita mushak: yelka – bilak va supinatsiya qiluvchi (m.brachioradialis va m. supinator bilak nervi bilan innervatsiyalanadi), ichki tomonda esa 5 ta mushak (tashqaridan ichkariga): yumaloq pronator, kaftni bilak tomonga bukuvchi, kaftning uzun (m. pronator teres, flexor capri radialis palmaris longus – o‘rta nerv bilan innervatsiyalanadi), kaftni tirsak tomonga bukuvchi (flexor capri ulnaris – tirsak nervi bilan innervatsiyalanadi) va ularning ostida panjani bukuvchi yuza mushak (m.flexor digitorum superficialis) lar joylashadi. Bulardan tirsak chuqurchasining hosil bo‘lishida faqat ikkita mushak: tashqari tomondan – m. brachioradialis va ichkari tomondan – m. pronator teres lar qatnashadi.
Tirsak chuqurchasining tubini ikki boshli mushak payi bilan yelka mushagining pastki yuzasi to‘ldirib turadi. Mushaklarning birinchisi – bilak suyagining do‘mboqchasiga (tuberositas radi), ikkinchisi – tirsak suyagining do‘mboqchasiga (tuberositas ulnae) birikadi.
Ikki boshli mushak payi bilan bilak suyagining do‘mboqchalari orasida sinovial xalta (bursa bicipitoradialis) joylashadi.
Mushaklar orasidan ikkita- medial va lateral qon tomirlar va nervlar tutami o’tib, bularning birinchisi yelka mushagining ustida, ikki boshli mushak payining ichki tomonida yotadi. Undan 0,5 – 1 sm ichkarida o‘zining ikkita venasi bilan birga payga yaqin bilak arteriyasi (a. radialis), o‘rta nervi (n. medianus) joylashadi.
Ikkinchisiga, ya'ni lateral qon tomirlar va nerv tutamlari tarkibiga bilak nervi (n. radialis) bilan kollateral arteriyalari (vasa collateralis radialis) kiradi. Bilak nervi sohaning yuqori qismiga yelka mushagi bilan yelka- bilak mushaklari orasidan chiqib keladi, tashqi g‘adir - budur do‘mboqchalar ro‘parasida o‘zining yuzaki va chuqur tarmoqlariga bo‘linadi. Bularning birinchisi sulkus radialis orqali panjaning orqa yuzasiga, ikkinchisi- supinator mushagini teshib, bilakning orqa yuzasiga o’tadi. Ikki boshli mushak payining orqasida yoki undan pastroqda, yelka arteriyasi bilak va tirsak arteriyalariga bo‘linadi. So‘ngra, bilak arteriyasi yumaloq pronator bilan yelka- bilak mushaklari orasidan joy oladi. Tirsak arteriyasi esa yuzaki va chuqur bukuvchi mushaklar orasidan joy oladi.
Tirsak chuqurchasi sohasida bilak arteriyasidan (mushaklarga boradigan tarmoqlaridan tashqari) a. recurrens radialis (a. collateralis radialis bilan anastomoz hosil qiladi) tarmog‘i, yelka arteriyasidan esa a. interosseae communis (a. interosseae anterior va posterior larga bo‘linadi) hamda a. recurrens ilnaris (a. collateralis ilnaris bilan anastomoz hosil qiladi) tarmoqlari chiqadi.
Yonlama (collateralis) va qaytuvchi (recurrens) arteriyalari o‘zaro qo‘shilib tirsak bo‘g‘imi atrofida rete articulare cubiti hosil bo‘lishida qatnashadi.
Yelka arteriyasining bo‘linishi (bifurcatsiya) joyida bir nechta limfa tugunlari uchraydi (nodi limfatici cubitalis profundae). Ular qo‘lning distal qismidan limfa suyuqligini yig‘adi. O‘rta nervi tirsak sohasidan chiqqach m. pronator teres ning ikkala boshchasi orasida joylashadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling