Anavini qara-ya, o’zimizning to’pori Zebimi shu ? ushbu gapda olmoshining nechta ma'no turi qoʻllangan? A b c d 5


Download 4.23 Kb.
Sana18.10.2023
Hajmi4.23 Kb.
#1708838
Bog'liq
Blok test Asosiy


1.U singlisiga og’zaki tanbeh berib, o’rnidan turdi va gapini davom ettirdi. Ushbu gapdagi so’zlar tarkibida nechta soʻz tarkibida fonetik oʻzgarish roʻy bergan? A)3. B)4. C)5. D)2
2.Anavini qara-ya , o’zimizning to’pori Zebimi shu ? ushbu gapda olmoshining nechta ma'no turi qoʻllangan? A)2. B)3. C)4 D)5
3. Faqat affiksatsiya usulida yasalgan soʻz qoʻllangan gapni aniqlang. A) Ma'noli soʻzlarni soʻzlashdan nima foyda,agar qalbida zarracha iymoni boʻlmasa. B) Xamirturush singari koʻpchigan yerdan dehqonlarning dehqonchilik qilishga umidi katta edi.C)Suvilon chaqqani endi yodiga tushdi va sapchib ketdi. D)Onasi xamir qilib boʻlib ertalabdan yana ishga ketar,ammo ularning tark etgisi yoʻq edi.
4. Qalbidagi tuygʻular jonlanib ketib, koʻnglidagi yaralar ham bitib qoldi. Ushbu gapda qaysi ma'no koʻchishi sodir boʻlgan? A) Metafora. B) sinekdoxa. C) vazifadoshlik. D) metonimiya
5.Ikkinchi bo'g'nida u tovushi yozilishi kerak bo'lgan so'zlar qatorini ko'rsating . A ) mutr..ub , musl..m B ) mushf ... q , muh..m C ) muq ... m , mih..t D ) mushk .. I , mug..z
6.Ravish soʻz turkumiga oid soʻz berilgan gapni aniqlang? A)Biz u bilan vahima tarzda gaplashardik. B)Mevasiz daraxtga hech kim tosh otmas. C)Yuqorida esa sharshara oqib yotardi. D) Koʻzlari nursiz edi, ammo sira aldamasdi.
7.Faqat lab undoshlaridan iborat soʻz berilgan qatorni aniqlang. A)lahza B)grammafon. C)muammo D)toabad
8.Ko'chma ma'noli soʻz berilgan javobni aniqlang. A)Yashil boylik-o'rmonimiz naqadar goʻzal! B)Podsho yoʻl boʻyi xayollari ogʻushida tebranib ketdi. C)Nizomiddin kechikdi, chunki onasining ogʻushida dam olgan edi. D) Koʻchat avval ekilsin, keyin kurtak yozadi.
9.Narsani boshqa biror narsaga oʻxshatish orqali hosil qilingan qoʻshma ot qoʻllangan gapni aniqlang. A)Kaltafahmlar doim koʻp gapiradi. B)Uyalgannamo koʻrinsa ham aslida unda uyatdan asar ham yoʻq edi. C) Qoʻziqorin terib kelgani ketgandi. D)Cho'lyalpiz shifobaxsh oʻsimlik.
10.Hurriyat keldingmi? Nahotki kelding? Pinxona sogʻindim, pinxona kutdim... Ushbu baytda qaysi undosh bilan bogʻliq imloviy xatolik qoʻllangan? A)lab-lab undoshi B)til oldi undoshi C)til oʻrta tovushi. D) Chuqur til orqa undoshi
Download 4.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling