Андижон ҳайвонот боғИ
BIOLOGIYA DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Download 1.14 Mb.
|
biologiya fanining dolzarb muammolari
BIOLOGIYA DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATIM.X.Ravshanova Sh. Normurodov Navoiy davlat pedagogika instituti Darslarni an`anaviy usullarga tayangan holda tashkil etish hozirgi vaqtda ko`p ham samara bermaydi. Chunki,an`anaviy usullarga asoslangan darslarda o`qituvchi faol, ta`lim oluvchilar sust ishtirokchi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda o`quvchilarning darsga bo`lgan e`tiborini va qiziqishini oshirish ancha mushkul vazifa bo`lib qolmoqda. Sababi axborot texnologiyalari rivojlangan davrda o`quvchilar oynai jahonda berilayotgan ko`rsatuvlar, gazeta va jurnallar, internet tarmog`I orqali ko`p ma`lumotlarga ega bo`lishi darslarni noan`anaviy usulda tashkil etishni talab etadi. Shuning uchun axborot texnologiyalariga asoslangan darslar hozirgi davr talablariga to`lamos keladi. Axborot texnologiyalarini darsda qo`llash uchun maktabda ham shunga yarasha shart – sharoitlar bo`lishi talab etiladi. Bunda o`quv xonasi kompyuter, katta monitorli ekran, mikrofon, ovoz kuchaytirgich kabi jihozlar va internet tarmog`iga ulangan bo`lishi kerak. Bunday jihozlangan o`quv xonasida biologiya fanidan amaliy va laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazish ancha qulay hisoblanadi. Amaliy va laboratoriya darslarida virtual laboratoriyadan foydalanib o`quvchilarga o`rganilayotgan o`simlik, hayvon yoki odam organizmining o`ziga xos xususiyatlari to`g`risida atroflicha bilim berish mumkin. Ko`p vaqt talab etadigan yoki o`tkazish imkoniyati cheklangan tajribalarni ham virtual laboratoriyadan foydalanib biologiya darslarida o`tkazish mumkin. O`quvchilarda ushbu tajribalarni mustaqil kompyuter jihozlaridan foydalangan holda bajarishlari va tegishli xulosalar chiqarishlari, mavzu yuzasidan bilimlarini mustahkamlashlari mumkin. Biologiya darslarida axborot texnoloogiyalarini morfologik, anatomic va fiziologik mazmundagi darslarda qo`llash yaxshi samara beradi. O`simliklarda boradigan fiziologik jarayonlarni videolavhalar, animatsiya yoki ilmiy videofilmlar asosida tushuntirish o`quvchilarning mavzuga oid bilimlarini boyitishda katta ahamiyatga ega. Masalan, “O`simliklarda organic moddalarning hosil bo`lishi. Fotosintez” mavzusida animatsiya yoki videolavhalardan foydalanish mavzuni o`quvchilar xotirasida uzoq saqlanishiga va oson o`zlashtirishiga yordam beradi. Zoologiya darslarida hayvonlarning (baliqlar, suvda ham quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar) tuzilishi, ko`payishi, ta`sirlanishi va tarqalishini ham kompyuter texnikasidan foydalangan holda turli videolavhalar hamda internetdan o`quv sayti materiallaridan foydalanib tushuntirish o`quvchilarning darsga bo`lgan e`tibori va qiziqishini oshiradi. Ularni mustaqil o`qib o`rganishga undaydi. Zoologiya darsligida qushlar to`g`risida ma`lumot berilgan ammo ularning sayrashi bilan o`quvchilar ko`p ham tanish emas. Shuning uchun zoologiya darslarida qushlarning ovozi(sayrashi)dan foydalanisho`quvchilarning mavzu yuzasidan bilimlarini boyishiga olib keladi. Odam va uning salomatligi fanidan qon aylanish, ovqat hazm qilish, nerv sistemasi, ayirish sistemasi kabi anatomic va fiziologik mazmundagi darslarda axborot texnologiyalarni qo`llash kutilgan natijalarni beradi. O`quvchilarning mavzuga oid bilimlarini mustahkamlash barobarida ularda axloqiy, estetik, gigiyenik tarbiyani shakllantiradi. Biologiya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish o`quvchilarning darsga bo`lgan qiziqishini, e`tiborini oshiradi. Ularda axloqiy, ekologik, estetik, gigiyenik, iqtisodiy tarbiyani shakllantiradi. “ТАБИАТ ВА ИНСОН” МАВЗУСИНИ ЎҚИТИШДА Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling