Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakultetining Xorijiy til va adabiyoti fransuz tili yo‘nalishi 301-guruh talabasi Maftuna Kanjaboyeva Baxtiyor qiziga guruh tyutoridan tavsiyanoma
Download 27.93 Kb.
|
Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakultetining Xorijiy til va adabiyoti fransuz tili yo‘nalishi 301-guruh talabasi Maftuna Kanjaboyeva Baxtiyor qiziga guruh tyutoridan TAVSIYANOMA Kanjaboyeva Maftuna Baxtiyor qizi 2021- yil Andijon davlat universitetining pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim maktabgacha ta’lim va tillarni o‘qitish metodikasi fakultetiga to‘lov shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan. Hozirda Andijon davlat chet tillari instituti talabasi. Maftuna Kanjaboyeva fanlardan faqat a’lo baholarga o‘qib kelmoqda. Andijon davlat chet tillari institutida o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Institut zakovat klubi a’zosi, “Mehr quyoshi erkin valontyorlik” harakati a’zosi. Boshlang‘ich tashkilot “Yoshlar daftari ” va metsenatlik dasturlari koordinatori ,“Mehrli qo‘llar “ volontyorlik guruhi tashkilotchisi, Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining "Mehrli qo‘llar " nomi ostidagi kanalida yoshlarga motivatsiya va ma’lumotlar berib boradi. Kanjaboyeva Maftuna ingliz va fransuz tillarida gaplasha oladi. Kanjaboyeva Maftuna hozirda ko‘plab yutuqlarga erishib kelmoqda. Jumladan 2022-yil bo‘lib o‘tgan “Hayotga nazar” kanali va Mehr quyoshi EVH bilan hamkorlikda Respublika miqyosida o‘tkazilgan "Men sevgan kitob" tanlovida ishtirok etib faol qatnashganligi uchun sertifikat bilan taqdirlandi. Oliygoh.uz va iBook.uz loyihalari tomonidan Respublika miqyosida tashkil etilgan "iBook.uz stipendiyasi" tanlovida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi. Hozirda Mehr quyoshi EVH a’zosi, Institut zakovat klubi a’zosi "KEKSALAR DUOSI ELNING ZIYOSI" loyihasi asoschisi Kanjaboyeva Maftuna Andijon shahrida ko‘plab loyihalarni amalga oshirdi. Jumladan Andijon shahridagi Mehr saxovat uyiga tashrif buyurib, keksalar holidan xabar oldi, keyin tengdoshlarini o‘z atrofida yig‘ib Saxovat uyida tadbir uyushtirib keksalarning kayfiyatini ko‘tarish uchun turli chiqishlar namoyish qilishdi, tadbir so‘nggida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida saxovatli insonlar tomonidan berilgan kitoblarni Saxovat uyidagi insonlarga sovg‘a qildi. Hozirda telegram ijtimoiy tarmog‘ida o‘z obunachilariga ega bo‘lgan kanalida Internet foydalanuvchilariga ilm olishga, ezgulikka chorlovchi turli xil video va ma’lumotlar berib boradi. Nafaqat ma’lumotlar balki hozirgi kunda rivojlanib borayotgan zakovat intellektual o‘yinini targ‘ib qilish maqsadida kanalga qiziqarli va mantiqiy savollar tashab boradi. Hozirda turli xil turnirlar tashkil qilib kelmoqda. Institutda o‘tkaziladigan fakultet bo‘yicha Zakovat o‘yinlarida o‘zining "Zakiylar" jamoasi va Andijon shahrida o‘tkazilayotgan "Talabalar ligasi"da “Lider” jamoasida faol ishtirok etib kelmoqda."Yil talabasi-2022" tanlovida faol ishtirok etdi. Institutning “Renessans ” jamoasida viloyatda 2-o‘rinni, “Renessans qizlari ” jamoasida viloyatda 3-o‘rinni egallab Respublika bosqichida faol ishtirok etdi.Bundan tashqari institutda faol talabalarni yig‘ib “ Mehrli qo‘llar “ volontyorlik guruhini tashkil qilib, “ Men donorman” xayriya aksiyasini o‘tkazdi.Talabalar turar joyida zakovat intelektual o‘yini o‘tkazib turadi. Institutimizga biriktirilgan mahalla yetakchisi va institut yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda talabalar bilan suhbat o‘tkazib ,ijtimoiy himoyaga muhtoj va boquvchisini yo‘qotgan talabalarga ko‘mak berilmoqda.Maftuna Kanjaboyeva ma’naviy ,marifiy tadbirlardan bilan bir qatorda ilmiy faoliyat bilan ham shug‘ullanib keladi. “Chet tili o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari: muammo va yechimlar” respublika ilmiy-amaliy anjumani da internet, rechercher et communiquer va technologies de l’information et de la communication International Journal of Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science Publishers xalqaro jurnalida Un regard sur la morphologie de la langue ouzbèke nomli maqolasi chop etildi. .O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi hamkorligida institutda tashkil etilgan “ Press klub” ning 18 soatli o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan. Yurtimizda olib borilayotgan islohotlarda faol ishtirok etib tadbirlarni tashkil etishda faolbo‘lgani uchun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Guruh tyutori : N. Kaxramonova ________ Download 27.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling