Andijon davlat chet tillari instituti
Download 3.38 Mb.
|
Uzb History theme 5 with neo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi
- O‘zbekiston hayoti - Rossiya imperiyasi, Sovet tuzumiga qaram vaqt mobaynida
ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI Roman-german va slavyan tillari fakulteti: Filologiya tillarni o’qitish: Yapon tili Tayyorladi: Obidjonov Abdullo va Ne’matov Muhammadyusuf
- Mavzu: Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi Fan o’qituvchisi: Raupova Mushtariy Ilhomjonovna Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishiIqtisodiy islohotlarning bosqichlari va undagi belgilangan vazifalar. O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni rivojlantirish yo‘lidagi chora-tadbirlar. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlar va fermer xo‘jaliklarining tuzilishi. O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy asoslarini yaratilishi. Islohotlarning bosqichlari va undagi belgilangan vazifalar (Mustaqillik yillariga qadar olib borilgan qator siyosiy iqtisodiy islohotlar) O‘zbekiston hayoti - Rossiya imperiyasi, Sovet tuzumiga qaram vaqt mobaynida:Sovet Ittifoqi - boshqaruvning faqat ma’muriy-buyruqbozlik usullaridan foydalandi. Rahbarlik vazifasi geografik, siyosiy, iqtisodiy va etnik jihatdan Rossiya qo‘lida mujassamlashdi. Shunga binoan, markaz bilan etnik chekka joylar o‘rtasidagi munosabatlar asosan imperiyacha shaklida bo‘lib, markazga mutloq bo‘ysunish holatida bo‘lib keldi Iqtisodiyotdagi ob’ektiv qonuniyatlarning inkor etilishi ishlab chiqarishning o‘sishiga salbiy ta’sir qilib, tanglikni keltirib chiqaruvchi omillarning kuchayishiga olib keldi. Mulkka nisbatan davlat monopoliyasining o‘rnatilishi, tovar-pul munosabatlaridan oqilona foydalana bilmaslik, uning o‘rniga ma’muriy taqsimlashga asoslangan partiya-davlat boshqaruv tizimining cheksiz hukmronligi xalqning bunyodkorlik xislatlari yo‘lida to‘g‘anoq bo‘ldi. Ittifoq davrida ajrab chiqish qiyin edi chunki respublikada ko‘p yillar davomida shakllangan xalq xo‘jaligi tarkibi, ya’ni unda paxta yakka hokimligining o‘rnatilgani, xomashyo resurslarining ittifoq ehtiyojlari uchun ayovsiz ishlatilishi, texnologik jihatdan oxiriga yetkazilmagan va ishlab chiqarishning xomashyo yoki yarim tayyor mahsulotni tayyorlashga moslashtirilgani, aksariyat sanoat, hatto oziq-ovqat mahsulotlarining chetdan keltirilishi va boshqa bir qator sabablar respublikaning markazga qaramligini mustahkamlab, import mahsulotlarga ehtiyojning ortishiga olib keldi. O‘zbekiston sharoitida yetishtirish va tayyorlash mumkin bo‘lgan iste’mol mahsulotlarining asosiy qismi ham (masalan, don va go‘shtning 70%, kartoshkaning 60%, shakarning 100%) respublikaga chetdan olib kelinardi. Hatto O‘zbekistonning o‘zida zaxiralari to‘lib-toshib yotgan osh tuzi ham tashqaridan keltirilardi. Boz ustiga, bu davrga kelib markaz o‘zining ko‘plab nuqsonlarini yashirish va mamlakatdagi mavjud etishmovchiliklarni o‘z bo‘ynidan soqit qilish maqsadida, oziq-ovqat, xalq iste’mol mollari va moddiy resurslar bilan ta’minlashni ittifoqdosh respublikalar zimmasiga majburan yukladi. Don va Go‘sht: Import hajmi: 70% 100% Kartoshka: Import hajmi: 60% Shakar: Import hajmi: 100% 70% 60% Download 3.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling