Andijon davlat mashinasozlik instituti
Download 22.57 Kb.
|
Режа Ш
ANDIJON DAVLAT MASHINASOZLIK INSTITUTI MENEJMENT YO’NALISHI S-18-22- GURUH TALABASI ABDULLAYEVA SHAHZODANING “IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI” FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI Alisher Navoiyning iqtisodiy ta’limoti Alisher Navoiy (1441–1501) buyuk shoir va davlat arbobi. U o’z davrining siyosiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash, mamlakatning iqtisodiy qudratini barqarorlashtirish uchun kishilarda vatanparvarlik his-tuyg’usini uyg’otish zarurligini yaxshi tushungan. Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari shakllangan asari «Hiloliya» hisoblanadi. U shaxsning tarixdagi o„rniga katta e‘tibor berib, mamlakatning iqtisodiy ahvoli mamlakat xukmdorining aql-idroki va qobiliyatiga bog’liqligini aytadi. ―Agar mamlakat hukmdori fanlarni, ayniqsa, iqtisodiyot, tarix, falsafa va siyosiy fanlarni mukammal bilsa, o’zi boshqarayotgan mamlakat obod va badavlat bo’ladi, agar aksi bo’lsa, mamlakat qashshoq va xarob bo’ladi‖, – deydi Navoiy. Keyinchalik jamiyatning rivojlanishida iqtisodchilarning va davlat arboblarining ahamiyati katta ekanligini ingliz olimi J.M.Keyns ham qayd qilib o’tadi. Navoiy mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga alohida e‘tibor berdi. Uning fikricha Markaziy Osiyo sharoitida irrigatsiya inshootlarini kengaytirish – dehqonchilikni rivojlantirishga olib keluvchi muhim omillardan hisoblanadi. Shu bois juda ko’p kanal va ariqlar qazildi. Asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan yerni kengaytirishga, uning unumdorligini oshirishga katta e‘tibor berildi. Navoiy boylikni ikki yo’l bilan topish mumkinligini ta‘kidlaydi. Birinchi yo’l bu – o’z mehnati bilan boylik to’plash, yig’ish va o’ziga to’q yashash. Bunday boylikni u qo’llab-quvvatlagan. Navoiy olingan boylikni uch qismga bo’lib, ya‘ni birinchi qismini ketgan xarajatlarga, ikkinchi qismini o’zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlariga sarflashni tavsiya etgan. Navoiy ko’pgina madrasa, shifoxona, hammom, ko’prik va boshqalarni o’z hisobidan qurdirgan. Boylik topishning ikkinchi yo’li bu – o’g’rilik, ta‘magirlik va zo’rlik hisobiga boylik orttirishdir. Navoiy bunday boylik orttirish nomaqbul usulligini qayd qiladi. Navoiy o’zining «Mahbub-ul-qulub» (1500-y.) asarida mamlakatdagi ijtimoiy guruhlarning jamiyatda tutgan o’rnini ko’rsatib berishga harakat qiladi. Uning fikricha, dehqonlar, hunarmandlar va chet el bilan aloqasi bor savdogarlar jamiyatda moddiy boylik etishtirishda, yaratishda va mamlakatning boyligini ko’paytirishda muhim o’rin tutadi. Navoiy dehqon va uning ishlab chiqarishdagi ahamiyati to’g’risida quyidagi fikrlarni bildiradi: «Don sochuvchi dehqon yerni yorish bilan rizq yo„lini ochuvchidir». Shu bilan birga, u dehqon mehnatini ulug’lab, uning moddiy boylik yaratishdagi xatti-harakatini quyidagicha tasvirlab berdi: Har ne qilsalar harakat, Xalqqa ham yetar ovqat ham barakat. Navoiy ijtimoiy hayotga odamlarning birgalikdagi faoliyati sifatida qaraydi. Uning fikriga ko’ra kishi yakka holda hech narsa ishlab chiqara olmaydi. U biron narsani ishlab chiqarish uchun boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan munosabatda bo’lishi kerak. Masalan, dehqonga mehnat qurollari zarur bo’lsa, hunarmandlarga non kerak; dehqonga ham, chorvadorga ham hunarmandchilik va attorlik mahsulotlari zarur. Dehqon mehnatining mahsulini novvoy, unfurush, qo’shchi va o’roqchi, mashoqchi va boshqalar orziqib kutadi. Shu bilan birga dehqon ham hunarmandning, chorvadorning va boshqalarning mehnat mahsulotiga muhtoj. Ularsiz u hech narsa ishlab chiqara olmaydi. Navoiy fikricha dehqon o’z mehnati bilan o’z ehtiyoji uchun zarur bo’lgan mahsulot miqdoridan ko’ra ko’proq ishlab chiqarib, jamiyat va uning ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan boshqa qismlarini ham moddiy ne‘matlar bilan ta‘minlaydi. Uning mana shu fikri fiziokratlarning ―qo’shimcha mahsulot faqat qishloq xo’jaligida yaratiladi‖ degan fikriga mos tushadi. Navoiy ―qishloq xo’jaligining rivojlanishi mamlakat qudratini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi‖ degan ilg’or fikrni ilgari suradi. Bu fikr o’sha davr, ya‘ni feodalizm rivojlangan, uning negizini dehqonchilik tashkil qilgan bir davrda to’g’ri fikr bo’lib qolmaygina, balki tarixiy haqiqat hamdir. Navoiy xalqaro savdo sohasida faoliyat yurituvchilarga nisbatan ijobiy munosabatda bo’lsada, mamlakat ichkarisida ish yuritayotgan savdogarlar, ya‘ni olibsotarlarga nisbatan salbiy munosabatda bo’lgan. Uning fikricha olibsotarlar «o„ziga foyda va boshqalarga qaxat istovchi ... arzon olib qimmat sotish», ya‘ni xalqni zarari hisobiga foyda ko’ruvchilardir. Navoiy intellektual mehnatni, ya‘ni olimlar va boshqa shu kabilarning mehnatini jamiyat uchun zarur, deb ko’rsatib berdi va ularni o’z mas‘uliyat va burchlarini sezishga chaqirdi. Download 22.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling