Andijon davlat pedagogika instituti aniq va tabiiy fanlar fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


Oʻsimlik, hayvonot olami va tabiati


Download 60.59 Kb.
bet6/7
Sana20.06.2023
Hajmi60.59 Kb.
#1628477
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sahobiddin kurs ishi (3)

2.2. Oʻsimlik, hayvonot olami va tabiati
O’simliklari. Okrugning g’arbiy tekislik qismida hamda janubi g’arbidagi Sandiqli qumligida qurg’oqchilik va qumga moslashgan o’simliklar — juzg’un, iloq, selin, kavrak, qizil qandim, yetmak, bulduruq o’ti va saksovul o’sadi. Mustahkamlangan qumlarda shuvoq va efemerlar ko’proq. Gilli cho’llarda shuvoq, sho’ra o’tlar, mingbosh, juzg’un va boshoqli o’simliklar o’sadi. Qashqadaryo adirlarida shuvoq, burg’un, bug’doyiq, kavrak, oqquray, qo’ziquloq, qurg’oqchil va toshloq yerlarda bir yillik astragal, chiy kabilar o’sadi. Adirlarda, shuningdek, bodom, zirk, do’lana kabilar ham uchraydi.1500-2500 m balandliklarda o’tlardan bug’doyiq, shuvoq, tiрchoq, javdar, shirach, daraxtlardan archa, yong’oq, zarang, qayin, tol, terak, bodom, pista, olcha, do’lana o’sadi.
Hayvonot dunyosi. Uning tekislik qismida cho’lga moslashgan hayvonlar — sariq yumronqoziq, qo’shoyoq, sichqon, kaltakesak, echkemar, ilon, bo’ri, tulki va jayron kabilar yashaydi. Daryo vodiylaridagi to’qaylarda chiyabo’ri, qirg’ovul, to’qay mushugi uchraydi. Okrugning tog’li qismida ayiq, tog’ takasi, tog’ qo’yi, bo’rsiq, bo’ri, to’ng’iz, silovsin, o’rmon kalamushi, qizildum sug’ur, kulrang sassiqko’zan, suvsar, jayra, burgut, kabutar hamda shunga o’xshash hayvon va parrandalar yashaydi. Okrug hududida Hisor qo’riqxonasi barpo etilgan. Bu qo’riqxona Hisor tizmasining g’arbiy qismida joylashgan. Uning maydoni 78 ming gektar bo’lib, archazorlar va u yerda uch- rovchi oq tirnoqli Hisor ayig’i, qor qoploni, tog’ echkisi, to’ng’iz, kaklik, Turkiston silovsini, olqor, kiyik kabilar muhofaza qilinadi. Qashqadaryo okrugida diqqatga sazovor joy va geografik obyektlar ko’p. Shularning eng mashhurlaridan biri Kitob shahridagi kenglik stansiyasi hisoblanadi. Bu ilmiy maskan dunyodagi 5 ta kenglik stansiyasidan biri bo’lib, yerning magnit qutblarini o’rganish bilan shug’ullanadi.
Tabiati Viloyat hududi, asosan, Qashqadaryo botigʻini oʻz ichiga olgan; shimol, sharq va janubi-sharqdan Zarafshon hamda Hisortizma togʻlari bilan oʻralgan.
Togʻlar bilan tekisliklar orasini adirlar egallagan. Tekislikning katta qismi gʻarbda Sandiqli va Qizilqum choʻllari bilan tutashgan Qarshi choʻlidan iborat. 
Iqlimi kontinental. Qishi nisbatan yumshoq. Yozi uzoq (155-160 kun), issiq, quruq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,2° dan 1,9° gacha, iyulniki 28°-29,5°. Eng yuqori temperatura 45°. Eng past temperatura −20°.-yiliga tekisliklarda 290-300 mm, adirlarda 520-550 mm, togʻlarda 550-650 mm yogʻin tushadi. Yogʻin, asosan, bahor va qishda yogʻadi, yozda garmsel esadi. Togʻlarda turgʻun qor qoplami hosil boʻladi (2-6 oy). Vegetatsiya davri tekisliklarda 290-300 kungacha. Asosiy daryosi — Qashqadaryo. Uning irmoqlari — Jinnidaryo, Oqsuv, Yakkabogʻdaryo, Tanxozdaryo, Gʻuzordaryo (Katta va Kichik Oʻradaryo bilan birga). Daryolar qor, yomgʻir va muzliklar suvidan toʻyinadi. Daryo suvidan, asosan, sugʻorishda foydalaniladi.
Chimqoʻrgʻon, Qamashi, Pachkamar suv omborlari; Fayziobod, 8-Mart, Eskibogʻ, Eski Anhor, Koson, Paxtaobod, Qarshi va boshqalar kanallar bor. Qarshi choʻlini oʻzlashtirishda 6 nasos stansiyasi, ochiq va yopiq kollektor drenaj tarmoqlari qurilgan. Sugʻoriladigan yerlarning tuprogʻi, asosan, tipik va och boʻz tuproqlar. Kitob — Shahrisabz soyligida koʻproq qumoq tuproqlar mavjud. Togʻlarda balandlik mintaqalari boʻylab tipik boʻz tuproqlar tarqalgan. Tabiiy florasi 1200 ga yaqin yuksak oʻsimlik turidan iborat. Viloyatda 76,6 ming ga oʻrmon mavjud. Oʻrmonlarning asosiy qismini archa va saksovulzorlar tashkil etadi. Togʻ yon bagʻirlari har xil oʻt oʻsimliklari bilan qoplangan, shuningdek, butazorlar ham bor. Togʻ oʻrmonlari archa, bodom, pista, jiydazorlardan iborat. Togʻlarda naʼmatak, zirk, chakanda, anzur piyozi, qora zira va boshqalar oʻsadi.
Viloyat hududida 100 dan ziyod qush turi, sut emizuvchilarning 60 turi, sudralib yuruvchilarning 7 turi uchraydi. Daryo va suv havzalarida qumbaliq, ilonbosh, zogʻorabaliq, gulmohi, xramula, qorabaliq yashaydi. Viloyatda Hisor togʻ-oʻrmon va Kitob davlat geologiya qoʻriqxonalari joylashgan; Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi faoliyat koʻrsatadi.
Viloyat Qashqadaryo havzasida va Pomir-Oloy togʻ tizmasining gʻarbiy chekkalarida joylashgan. Y5tegfvhududi gʻarbdan sharqqa tomon 300-400 metrgacha koʻtarilib boradi. Viloyatning sharqiy qismi Kitob-Qamashi togʻ etaklaridan iborat boʻlib, u yerlarning balandligi 450-500 dan 900-950 metrgacha boradi. Viloyat doirasidagi togʻlarning asosiy qismi uning shimoli-sharqiy qismini egallagan. Bu yerdagi togʻlarning eng baland nuqtalari 4000 metrgacha yetadi. Qashqadaryo viloyati maydoni 28,6 km, aholisi 2.442,2 mingdan ortiq (2006). Aholining qariyb 3/4 qismi qishloqlarda istiqomat qiladi.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Qashqadaryo viloyati hududining geologik,
geomorfologik genezisi landshaft komponentlarning aks etishida namoyon bo’ladi. Qashqadaryo viloyati hududining geomorfologik, geologik o’tmishining bugungi kunda inson tomonidan qulay muhit yaratishga asoslangan antropogen ta’sir ko’lamini va geoekologik holatlarning sabablari ko’rib chiqilishi zarur hisoblanadi. Hududning balandlik mintaqalarida geoekologik vaziyatning tarqalishi geomorfologik, geologik jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan qanday yotqiziqlar joylashganligi hamda antropogen ta’sirning oshishi hisobiga tabiatdan oqilona munosabat shaklida olib borish kerakliligi haqida yoritish, tog’ jinslarining landshaft hosil bo’lishidagi ishtirokini aniqlash kerak.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining sharqiy qismida Hisor tizmasi va uning davomi hisoblangan Hazrat Sulton, Chaqchar, Boysun tog’lari joylashgan. Chaqchar tog’idan janubi g’arbga tomon yo’nalgan Osmontarash, Beshnov, Eshonmaydon kabi tog’lar joylashgan. Chaqchar va Hisor tog’lari tutashgan joylarda Botirboy, Seversev kabi kichik muzliklar mavjud.
Geografiyaga oid adabiyotlardan samarali foydalana olish ular assosoda mavzuli axborotlar tayyorlay olish, geografik xarita va atlaslardan malumot manbali sifatida foydalana olish,ommaviyaxborot vositalari hamda internet saytlardan geografik mavzuga egabo’lgan malumotlar topa olish va tahlil qilish, kundalik hayotda duch keladigan geografik mavzuga ega bo’lgan malumotlar jumladan mamlakat iqtisodiyotiga doir yangiliklar haqidagi lavhalarning mohiyatini anglay olishlik kabi tushinchalar berib o'tilgan. Tabiiy geografik rayonlashtirish geografik izlanish metodlaridan biridir. Tabiiy geografik rayonlashtirish deganda hududlarni ularning o’xshash tabiiy xususiyatlariga qarab, muayyan tizimdagi regional tabiiy geografik birliklarga ajratish tushuniladi. Tabiiy geografik rayonlashtirish odatda uch xil tamoil asosida bo’ladi: regional, zonal va aralash. Regional tabiiy geografik rayonlashtirishda tabiatda ob’ektiv mavjud bo’lgan va taksonomik jihatidan bir-biri bilan bog’liq regional tabiiy geografik komplekslar (o’lkalar, provinstiyalar, okruglar rayonlar va h.k.) ajratiladi, har bir kompleks tabiatining o’ziga xos xususiyatlari ochib beriladi, ular tabiati tasvirlanadi hamda xaritaga tushiriladi. Tabiiy geografik region nafaqat tabiiy sharoiti bilan, balki o’ziga xos tabiiy resurslari bilan ham boshqalaridan ajralib turadi. Shuning uchun ham tabiiy geografik rayonlashtirish har bir hududning o’ziga xos tabiiy sharoiti va resurslarini baholashga imkon beradi, ayniqsa tabiatda ekologik muvozanatni saqlash va ekologik bo’hronning oldini olish dolzarb masala bo’lib turgan hozirgi vaqtda tabiiy geografik rayonlashtirishning ahamiyati juda katta.



Download 60.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling