Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Asosga dori moddalarni kiritish usullari


Download 7.12 Mb.
bet103/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Asosga dori moddalarni kiritish usullari:
Gidrofob asosda shamchalarni tayyorlash quyidagicha olib boriladi: 1) massa tayyorlash, 2) shamcha, sharcha va tayoqchalarni shakllantirish. Massa tayyorlash uchun har xil dori moddalar kiritish lozim. Asosga dori moddalarni kiritish ularning tarkibi, xossasi va eruvchanligiga bog‘liq. Suvda erimaydigan, asosda eriydigan moddalar.
Asosda eriydigan moddalarga kamfora, xloralgidrat, fenol va boshqa moddalar kiritishimiz mumkin. Bu moddalarni bir qism asosda yoki suyultirilgan asosda eritiladi. Agar bu moddalar eritilishi natijasida asos bilan dori modda aralashmasining erish harorati pasayib ketsa, u holda evtektik birikma xosil bo‘ladi. Xloralgidrat, kamfora, fenol kabi dori moddalari bilan asos aralashtirilganda aralashma erish harorati keskin pasayib — evtektik birikma hosil qiladi. Bunday hollarda aralashma tarkibiga uni erish haroratini oshiruvchi yoki tarkibini qattiqlashtiruvchi (kotiruvchi) moddalar (mum, parafin) qo‘shish lozim. Evtektik birikmalar hosil bo‘lish muammolari yaxshi urganib chikilmaganligi sababli, kotiruvchi moddaning qo‘shiladigan miqdori va turi har gal tajriba yo‘li bilan alohida aniqlanadi.
Suvda eriydigan, asosda erimaydigan moddalar.
Bunday moddalarga alkaloid tuzlari, novokain, etakridin laktat va boshqalar kiradi.
Ular yog‘li asoslarga eritma ko‘rinishida kiritiladi, ya‘ni emulgirlangan bo‘lishi kerak. Emulgator sifatida lanolin va setil spirti ishlatilishi mumkin. Buning uchun eritmaning miqdori iloji boricha oz bo‘lishi kerak,aks holda bu massaning yumshoqligini oshiradi. Suvli eritmaning massaga emulgatorsiz kiritilishi aralashmani ukalanib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, lanolin bunday aralashmalarda kotgan yog‘ kristallarining bir-biriga yopishishini ta‘minlaydigan yupka parda — plastifiqator rolini uynaydi. Erituvchi sifatida nafaqat suv,balki suyultirilgan spirt, suv — glitserin — spirt aralashmasi va boshqa dorivor moddalarni yaxshi eritadigan suyuqlik olinishi mumkin. Eritmalar esa chin eritma yoki kolloid eritma bo‘lishi mumkin.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling