Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Suvsiz eritmalar sifatini baholash


Download 7.12 Mb.
bet40/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Suvsiz eritmalar sifatini baholash. Suvsiz eritmalar sifatini baholashda avval ularning xujjatlari (retsept, pasport), yorlig‘i, rangi, hidi, mexaniq zarrachalarning bor-yukligi tekshiriladi. Glitserinli va moyli eritmalarning umumiy og‘irligi, spirtli eritmalarning esa hajmi tekshiriladi.
MAVZU 9. Tomchilar dori shakli sifatida, ularning tasnifi, texnologiyasi va sifatini baholash.
Ma‘ruza maqsadi: tomchi dori turi, tomchilarning texnologiyasi, ichish va sirtga
qo‘llaniladigan tomchilar bilan tanishib chiqish.
Reja:

  1. Tomchilar, tarifi, tasnifi.

  2. Quloq, burun tomchilari

  3. Tish tomchilari

Tayanch atama va iboralar: Davlat farmakopeyasi, erituvchi, eritmalar, 582 buyruq, konsentrlangan eritmalami quyultirish va suyultirish, tomchi dozator.
Tomchilar deb, chin va kolloid eritmalardan iborat tomchi holida dozalanadigan suyuq dori turiga aytiladi. Tomchili dozalash — bu dori turining yagona farqlanuvchi belgisi hisoblanadi. Mustaqil guruh sifatida ajralishiga sabab, tar- kibidagi dori moddalar shunday konsentratsiyalarda beriladiki, bir martalik doza unda bir necha tomchilardan iborat bo’ladi. Shu sababli tomchilarni retseptda 10 ml.gacha bo’lgan miqdorda yoziladi. Tomchilar suyuq dori turlari retsepturasida muhim o’rin egallaydi (25 % gacha). Tomchilar ichishga va sirtga mo’ljallangan bo‘ladi.
Tomchilar ex tempore tayyorlanadi va yana dorixonaning ichki ishlab chiqarish mahsuloti ham hisoblanib, ular haqi- qatan ham standart bo’lib ketgan. Oz hajmda beriladigan tomchilar ayrim xususiyatlarga ega bo’lib, bular suzish jarayonida kuzatiladi. Shunisi muhimki, eritma konsentratsiyasi va uning miqdori suzilganda kamaymasligi.
Shuning uchun modda eritilayotganda 3 qism suvni olib qolish kerak. So’ngra tayyorlanayotgan eritma paxta tampon orqali o’tkazilayotganda, tampon avvaldan ivitib olinadi, filtrlash tugagandan so’ng, qolgan erituvchi bilan yuviladi. Shisha filtrlar ishlab chiqilgandan so’ng, farma- tsevt ishi birmuncha yengillashadi. Asosiy e‘tibor tomchi- larni kerakli hajmgacha dozalashdir. Qulay va sodda dozator DJ-10 ishlab chiqilgan bo’lib, 10 ml suyuq dori turla- rini qadoqlashga mo’ljallangan. U tik turuvchi asosdan, prujinali shtokdan, ushlovchi — kronshteyn, uchlik nasadka chiquvchi va kiruvchi klapanlardan iborat, «Rekord» turidagi 5—10 ml.li dozator. Dozani o‘zgartirish uchun moslamaning oxirida to’g‘rilovchi vint bo’lib, uning yordamida porshenning harakati boshqariladi. Uchlik-nasadkaning boshqa bir uchiga cho‘zma naycha kiygizilib, boshqa naycha uchiga naycha mahkamlab, qadoqlanadigan suyuqlik quyiladigan idishga uchi solib qo‘yiladi. Dozatorga kerakli miqdor suyuqlik tortib olinib, so‘ngra dozator porshenini oxirigacha olib boriladi, uchlik-nasadka klapani yordamida suyuqlik dozatordan flakonga quyiladi, so‘ngra dozator tortib olinadi.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling